67-mavzu: Old Osiyo Nazorat ishi (1 soat (A2+: 3 soat))
Old Osiyoning geografik o‘rni, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, relyefi, iqlimi, ichki suvlari, tabiat zonalari.
68-mavzu: Takrorlash (1soat)
Yil davomida o‘tilgan mavzular yuzasidan takrorlash
Mavzularni o‘rganish uchun- 68 soat (A2+: 102 soat)
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar:
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:
A2
o‘rganilgan materik va okeanlarning geografik o‘rni va tabiiy sharoiti (Antarktida va Antarktika orasidagi farqi) haqidagi ma’lumotlarni tushunadi va tushuntira oladi. Qutbiy iqlim va qoplama muzliklarning vujudga kelish sabablarini, qutbiy muz sahrolarining xususiyatlarini tushunadi va izohlay oladi. Daryolarning to‘yinishini iqlim bilan bog‘liqligini, materiklar ichki suvlarining havzalar bo‘yicha taqsimlanishini, tabiat zonalarining vujudga kelishini, o‘simlik va hayvonlar, tuproq turlarining geografik tarqalishini, qor chizig‘ining tabiiy geografik omillariga bog‘liqligini, aholining geografik joylashuvini, tabiiy geografik o‘lkalarning o‘ziga xos xususiyatlari va ularning vujudga kelish sabablarini tushunadi va tushuntira oladi.
A2+
Relyef va dengiz oqimlarining materiklar iqlimga ta’sirini anglaydi va misollar orqali tushuntira oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |