Ta‘lim-tarbiyaning maqsadi tizim xosil qiluvchilik xususiyatiga EGA. Pedagogik tizimning barcha qismlari ta‘limning maqsadiga bog‘lik va uni ruyobga chiqarishga xizmat qiladi


Download 14.68 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi14.68 Kb.
#1480108
Bog'liq
Документ (5)


Ta‘lim-tarbiyaning maqsadi tizim xosil qiluvchilik xususiyatiga ega. Pedagogik tizimning barcha qismlari ta‘limning maqsadiga bog‘lik va uni ruyobga chiqarishga xizmat qiladi. Shaxsni, mutaxassisni shakllantirish maqsadi ta‘limning mazmuni /o‘quv rejasi, o‘quv dasturi, darsliklar/ni belgilaydi.
Pedagogik tizim didaktik vazifa va ta‘lim texnologiyasini o‘z ichiga oladi. Ta‘lim-tarbiyaning maqsadi va mazmuni-didaktik vazifa; didaktik jarayon, o‘qituvchi va texnik vositalar, ta‘lim-tarbiya shakllari usullari-ta‘lim texnologiyasiga kiradi. Pedagogik amaliyotda didaktik vazifani ta‘lim texnologiyasi yordamchi o‘quvchi, talaba o‘zlashtirib oladi.
Pedagogik texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, u birinchidan, ta‘lim-tarbiya jarayonini oldindan loyihalash va so‘ngra, sinfda, auditoriyada o‘quvchilar bilan birga loyihani qayta ishlab chiqishni nazarda ttadi. Bu masalani “didaktik vazifa”, “ta‘lim texnologiyasi” tushunchalarini qo‘llash bilan hal etish mumkin.
Ikkinchidan, an‘anaviy pedagogikada metodik ishlanmalar o‘qituvchi dars o‘tishi uchun tuzilsa, pedagogik texnologiya-o‘quvchini o‘quv-bilish faoliyatining shakllari va mazmunini tasvirlaydigan ta‘lim jarayoni loyihasini ishlab chiqishni taklif etadi.
Uchinchidan, pedagogik texnologiyaning muxim belgisi-maqsad hosil qilish jarayonidir. An‘anaviy pedagogikada “pedagogik maqsad” masalasiga nazariyachilar ham, amaliyotchilar ham kam e‘tibor beradi, maqsad-metodik adabiyotlarda ham noaniq ifodalanib, unga erishish darajasi ham sub‘ektiv baholanadi.
Pedagogik texnologiyada –pedagogik maqsadni aniqlash asosiy muammo bo‘lib, maqsadni diagnostik ifodalash, bilim o‘zlashtirish sifatini ob‘ektiv baholash nazarda tutiladi.
Nihoyat to‘rtinchidan, ta‘lim-tarbiya jarayonlari tuzilishi va mazmuni jixatidan yaxlitligi-pedagogik texnologiyani ishlab chiqish va amalga oshirishning muhim printsipi hisoblanadi. Yaxlitlik printsipi, shuningdek, ta‘limning har turi bo‘yicha bo‘lajak pedagogik tizimning loyihasini ishlab chiqayotganda pedagogik tizimning barcha elementlari (chorak, semestr, o‘quv yili davomida ham, shuningdek butun ta‘lim davomida ham) o‘zaro ta‘sirda bo‘lishiga erishish zarur.
Pedagogik tizimning bir elementi, masalan maqsadi o‘zgarsa uning boshqa qismlari (mazmuni, shakllari, jarayonlar) ham o‘zgaradi.
“Kadralar tayyorlash Milliy dasturi” jamiyat , davlat va oila oldida o‘z javobgarligini xis etadigan har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashni asosiy maqsad qilib qo‘ydi. Demak, Milliy dastur bizda ta‘lim va tarbiya sohasidagi davlat buyurtmasi sifatida qabul qilinayapti. Faqat ijtimoiy (davlat) buyurtmasigina ta‘lim va tarbiyaning umumiy maqsad va vazmfalarini aniq belgilab beradi yoki oliy (umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar) ta‘lim uchun pedagogik tizimning mavjudlik shartlarini kafolatlaydi.
Pedagogik tizim, har qanday nazariyaga xos bo‘lgani kabi, quyidagi ikki tushunchani qamrab oladi: didaktik masalalar va ularni amalga oshirishning pedagogik texnologiyasi. Didaktik masalalar pedagogik tizim doirasida inson faoliyatining har qanday sohasi kabi aniq maqsad va unda erishish uchun shart-sharoitlar hamda bu faoliyatlar uchun axborotlar (mazmun) bo‘lishi kerak.
Didaktik masalalarni hal etish maqsadi shaxs sifatlarini shakllantirish uchun zarurat bo‘lsa, shart-sharoitlar-talabalarning boshlang‘ich sifat ko‘rsatkichlari, axborot esa o‘quv predmetining mazmunidir.
Har bir didaktik masala pedagogik tizmda o‘ziga mos keladigan PT elementlari bilan hal qilinadi, ular: didaktik jarayon pedagog yoki o‘qitishning texnik vositalari hamda o‘qitishning tashkil qilish shakllari. Yuqorida ijtimoiy buyurtma yo‘nalishi didaktik masalalarga qaratilgan va bu bejiz emas: ta‘lim har doim jamiyat talablarini qondirishga xizmat qiladi va u ongli ravishda yoki intiutiv (ichki his blan, sezib) trzda tez yoki sekinlik bilan bu talablarga mos holda tuzatila boriladi.
Shuni alohida ta‘kidlash zarurki, pedagog-metodistlar hozirga qadar didaktik masalalarni aniq ifodalashga va unga mos keladigan PTni ishlab chiqishga kam e‘tibor berayotirlar. Shu nuqtai nazardan Milliy dastur ijtimoiy buyurtma sifatida yangi PTn yaratish va amaliyotga joriy etish majburiyatini yukladi.
Download 14.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling