Ta’lim texnologiyalari fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Ta’lim texnologiyalarining rivojlanish tarixi


Download 24.13 Kb.
bet2/2
Sana15.11.2023
Hajmi24.13 Kb.
#1773766
1   2
Bog'liq
Ta’lim texnologiyalari fanining predmeti, maqsad va vazifalari-fayllar.org

Ta’lim texnologiyalarining rivojlanish tarixi
Dastlab “ta’lim texnologiyasi” tushunchasi AQSh olimlari tomonidan kiritilgan (birinchi bor amerikalik psixolog B.Skinner tomonidan qo’llanilgan bo’lib, u ta’lim texnologiyalari tushunchasini pedagogika va psixologiyaning eng ilg’or bilimlarini ta’limda uyg’unlashtirish hamda unumli foydalanish, deya izohlagan) va 1940-yillardan 50-yillar o’rtasigacha o’quv jarayonida audio-vizual texnika vositalaridan foydalanishni ifodalagan. O’tgan asrning 50-yillari o’rtasidan 60-yillargacha “ta’lim texnologiyasi” atamasida dasturlashtirilgan ta’lim nazarda tutilgan. 60-yillar o’rtalarida bu tushunchaning mazmuni chet ellarda pedagogik nashrlarda va xalqaro konferensiyalarda keng muhokama etildi, natijada ushbu sohada turli mamlakatlarda (AQSh, Angliya, Yaponiya, Fransiya, Italiya, Vengriya) uni talqin qilish ikki yo’nalishda belgilandi. Birinchi yo’nalish tarafdorlari texnik vositalar va dasturlashtirilgan o’qitish vositalarini qo’llash zarurligini ta’kidladilar (technology in education).
Ikkinchi yo’nalish tarafdorlari esa o’quv jarayonini tashkil etish samaradorligini oshirish va pedagogik g’oyalarning texnikaning keskin rivojlanishidan ortda qolishini yo’qotishni muhim deb hisobladilar. Shunday qilib 1-yo’nalish “o’qitishda texnik vositalar” sifatida belgilandi, biroz keyinroq yuzaga kelgan 2-yo’nalish “o’qitish texnologiyasi” yoki “o’quv jarayoni texnologiyasi” sifatida belgilandi. 70-yillarda “pedagogik texnologiya” atamasi qo’llanilib, u avvaldan loyihalashtirilgan va aniq belgilangan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi o’quv jarayonini ifodalagan.
70-yillarning boshlarida turli xildagi o’quvuskunalarini va o’quv vositalarini modernizatsiyalashtirish zarurligi anglab yetildi. Bularsiz o’qitishning sifatliligi va samaradorligiga erishib bo’lmas edi. 60-yillar o’rtalari va 70-yillarning boshlarida AQSh, Angliya, Yaponiya, Italiya kabi yuksak rivojlangan davlatlarda pedagogik texnologiyalar masalalari bilan shug’ullanuvi jurnallar nashr etila boshlandi, keyinchalik bu muammo bilan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va markazlar shug’ullana boshlaydi. 80-yillarning boshidan pedagogik texnologiya deb ta’limning kompyuterli va axborot texnologiyalarini yaratish tushunilgan. Texnologiya tushunchasi Amerika va G’arbiy yevropada ta’limni isloh qilinishi bilan bog’liqravishda kirib keldi. B.Blum, D.Kratvol, J.Kerroll, J.Blok, B.Skinner, P.Ya.Galperin, V.I.Davidov, N.A.Menchinskaya, Z.I.Kalmikova, L.I.Zankov texnologiyalari mashhur. O’qitishni tashkil qilishning texnologik yondashuvlari V.P.Bespalko, V.Guzeyev, V.Slastenin, M.V.Klarin, B.Lixachev, N.F.Talizina, L.M.Fridman, T.V.Kudryavsev, A.M.Matyushkin, M.I.Maxmutov kabi aksariyat psixolog va didaktikachilarga taalluqlidir. Texnologik yondashuvlar tahlili shuni ko’rsatadiki, aksariyat o’qitish texnologiyalari bo’sh texnologiyalanganligi bo’yicha qolib ketmoqda. Bir qator texnologiyalarda nazariy asoslar kuchaytirilgan, amaliy tomoni u qadar oydinlashtirilmagan. Vaqt o’tishi bilan ularni qo’llash darajasi kengayib borishi natijasida mazmuni ham tegishlicha o’zgarib bordi. Hozirga kelib esa ta’lim texnologiyasi tushunchasining zamonaviy, ilmiy asoslangan yagona ta’rifini belgilash maqsadida bir qancha yirik olimlar tomonidan turli fikr va mulohazalar asoslab berildi. O’qitish texnologiyalari, pedagogik texnologiyalar, rivojlantiruvchi texnologiyalar, tarbiya texnologiyalari va ta’lim texnologiyalari iboralari turli davrlarda va turli manbalarda qo’llanilgan bo’lsa-da, barchasi umumiy maqsadni ko’laydi, ya’ni bunda ta’lim maqsadlariga erishish va har tomonlama yetuk shaxsni shakllantirishga qaratilgan pedagogik faoliyatni doimiy ravishda rivojlantirish hamda samaradorligini oshirish tizimi va loyihasi tushuniladi.
Pedagogik texnologiya – barcha tashkiliy qismlar va ularning bog’liqligini tahlil qilish, tanlash, loyihalash hamda nazorat qilish yo’li bilan pedagogik samaradorlikni yuqori darajaga ko’tarish hamda bu borada tizimli yondashuvni joriy etishni ifodalaydi. Nima uchun bugungi kunda ta’lim texnologiyalarining nazariy asosini yaratish va amaliyotga tatbiq etish zarurati tug’ildi? Birinchidan, an’anaviy o’qitish tizimi, aytish mumkinki, yozma va og’zaki usullarga tayangani tufayli “axborotli o’qitish“ sifatida tavsiflanadi, chunki o’qituvchi faoliyati faqat o’quvjarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib borayotganligini ta’kidlagan holda baholanmoqda. Ikkinchidan, ilmiy- texnik taraqqiyotning rivojlanayotgan bosqichida axborotlarning keskin ko’payib borayotganligi va ulardan o’qitish jarayonida foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi, shuningdek yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash, malakali mutaxassislarni yetishtirish kabi talablar tizimi texnologik yondashuvni joriy etishni taqozo etmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimiz ta’lim sohasida ro’y berayotgan tub burilishlar har bir ta’lim muassasasida didaktika sohasini jonlantirishni, ta’lim samaradorligini oshirishni, raqobatbordosh kadrlarni tayyorlashni talab etadi, yangilikni joriy etish yo’li esa har doim murakkab va uzoq. Ishonch bilan aytish mumkinki, ta’limni texnologik asosga qurish sifat darajasini oshirishga, natijalarni kafolatlash tizimiga o’tishga, o’z-o’zini takomillashtiruvchi mexanizmlarni yaratishga xizmat qiladi. Ta’lim texnologiyasi - shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida XXI asrda ta’lim sohasida katta burilishlar yuz beradi,
o’qituvchifaoliyati yangilanadi, talaba- yoshlarda mustaqil va ijodiy fikrlash, bilimga intilish, o’z ustida ishlash, izlanish, o’z-o’zini rivojlantirish tizimli ravishda shakllanadi. Texnologik jarayon xar doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko’zda tutadi. Yanada aniqroq aytadigan bo’lsak, texnologik jarayon bu mehnat qurollari bilan mehnat ob’ektlariga bosqichma bosqich ta’sir etish natijasida sifatli mahsulot yaratish borasidagi ishchining faoliyatidir. Ya’ni: ta’lim texnologiyasi - bu o’qituvchi(tarbiyachi) ning o’qitish(tarbiya) ning turli xil vositalari yordamida o’quvchi (talaba) larga muayyan sharoitda samarali ta’sir ko’rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir. O’qitish texnologiyasi ko’proq xususiy metodika bilan o’xshash ma’noni anglatadi, chunki u ma’lum predmet, mavzu va savollar doirasidagi aniq o’ q uv materiallarini o’zlashtirish yo’lini muayyan texnologiya atrofida ifoda etadi. Ba’zan metodikani texnologiyadan ajrata olmaydigan, ular bir narsa deb e’tirof etadigan amaliyotchi o’qituvchilar uchrab turadi. Metodika – o’quv jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar majmuasidan iborat desak, ta’lim texnologiyasi – o’qituvchining kasbiy faoliyati samaradorligini oshiruvchi va ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan, o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan xatti-harakatlar yig’indisidir. Tanlangan metodni qayta ishlash, unda texnologiyaga xos xususiyatlarni shakllantirish asosida texnologik darajaga ko’tarish mumkin. O’tgan asrning 70-yillaridan boshlab pedagogik adabiyotlarda ta’lim texnologiyasi tushunchasining mohiyati ancha keng talqin etila boshlandi. Yaponiya olimi T.Sakomoto tomonidan “O’qitish texnologiyasi – bu o’qitishning maqbulligini ta’minlovchi yo’l- yo’riqlar tizimi bilan bog’liq bilimlar sohasi” deb izohlanadi. Rus olimi N.F.Talizina fikri bo’yicha: “Pedagogik texnologiya – belgilangan o’quvmaqsadlariga erishishning oqilona usullarini aniqlashdan iborat” deb tushuntiriladi. I.Ya.Lernerning fikricha, Pedagogik texnologiya – o’quvchilar harakatlarida aks etgan o’qitish natijalari orqali ishonchli anglab olinadigan va aniqlanadigan maqsadni ifodalashni taqozo etadi. Ko’rinib turibdiki, ta’lim texnologiyasi belgilangan maqsad va mazmun asosida o’quv jarayonini loyihalash sifatida tashkil etilgan. Bu bir jihatdan to’g’ri bo’lsa, boshqa tomondan chuqurroq tahlil etilganda, bunday yondashuvda oquvchi shaxsi e’tibordan chetda qolmoqda. Bu holatni yoki kamchilikni akademik V.P.Bespalko aniqladi va
ta’lim texnologiyasi – bu o’qituvchi mahoratiga bog’liq bo’lmagan holda pedagogik faoliyat muvaffaqiyatini kafolatlay oladigan ta’lim oluvchi shaxsini shakllantirish jarayoni loyihasidir, deb ta’riflaydi. Loyihalangan tayyor texnologiyani amalga oshirish fan o’qituvchisidan katta pedagogik tajriba talab etmaydi, lekin ushbu tayyor texnologiyadan foydalanish samarasi o’qituvchining egallagan texnologik bilim, ko’nikma, malakalariga bog’liq. Agar o’qituvchi texnologik loyihani mazmuni va maqsadini chuqur anglasa, texnologiyalardan o’z o’rnida va to’g’i foydalanishni bilsa, yakuniy natija, albatta, kafolatlanadi. Natijada novator pedagogning boy va ko’p yillik tajribasidan yosh pedagoglar uchun foydalanish imkoni tug’ladi. Ta’lim texnologiyalarining rivojlanish tarixi nuqtai nazaridan qaralganda, nazariya va amaliyot bir-biriga bog’liqbo’lmagan holda talqin etilganligini ko’rish mumkin. Natijada o’qitish jarayonini takomillashtirishga yoki o’quvchilarning bilim faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan u yoki bu ilg’or metodikalar texnologiya darajasiga ko’tarila olmay asta sekinlik bilan o’z mavqyeini yo’qotib pedagogika nazariyasidan uzoqlashib borgan. Masalan, 60-yillarda katta shov-shuvga sabab bo’lgan “Dasturlashtirilgan ta’lim” yoki 70-80-yillardagi “shatalovchilik harakati” kabilar. Bugungi kunda mamlakatimizdagi pedagogik soha mutaxassislarining ilmiy salohiyati ta’lim texnologiyalari mohiyatini ochib berishga yetadi. Ta’lim texnologiyalarini pedagogik fanning alohida tarmog’i sifatida yoki faqat ta’lim amaliyotini maqbullashtirishga yo’naltirilgan ta’lim yo’nalishi deb qarash ham ma’qul emas. Ta’lim texnologiyasi bu sohadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyatni aks ettiradi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ta’lim-tarbiyaning maqsadini yangi yo’nalishga buradi: “o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos bo’lgan, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash” - deb belgilanadi. Demak, ta’lim-tarbiyaning maqsadi butunlay yangilanadi, unga mos h olda ta’lim mazmunida ham, pedagogik jarayonda ham yangilanish ro’y bermoqda, yangi texnologiyalar kirib kelmoqda. Yangi metodikalarni talab etadigan va unga o’zining ma’lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi texnikaviy, axborot-kommunikatsion, audio-vizual vositalar mavjudki, ular ta’lim texnologiyalarini real voqyelikka aylantiradi. Ta’lim texnologiyalari boshqa sohalardagi texnologik jarayonlar bilan uzluksiz boyib boradi va an’anaviy o’quv jarayoniga, uning samarasini oshirishgata’sir ko’satishning yangi imkoniyatlarini egallab oladi. Afsuski, bu jarayon h ozirgi ta’lim tizimida juda qiyin kechyapti, haqiqiy kompyuterli ta’lim texnologiyalari o’zining ilmiy ishlanmasini kutyapdi: “Kompyuterlarning shu kundagi qo’llanishi - ekstensivlik xolos: an’anaviy o’quv kurslari shunchaki ekran monitoriga joylashtirilyapti”. Bu yerda ta’lim texnologiyalari va axborot texnologiyalari o’rtasida o’zaro munosabatni oydinlashtirish lozim bo’ladi. Keyingi vaqtlarda ba’zi bir olimlar (informatika sohasi vakillari) ta’lim texnologiyalarini axborotlashtirishga kiritish yoki tenglashtirish (ba’zan ustun qo’yish) ni yoqlamoqdalar. Bu urinishlar to’g’ri emas. O’quv-tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish tarixiy (ayniqsa, XX asr ikkinchi yarimidan boshlab) voqelik va jarayondir. Axborotlashtirish bu jarayondagi inqilobiy “burilish”, uning muhim bosqichidir. Ta’limda axborot texnologiyasi - bu “o’quvchi- kompyuter” o’rtasidagi muloqotdir. Axborotli texnologiya ta’lim texnologiyalarining tarkibiy qismi, texnik vositalarining mukammallashgan zamonaviy turi sifatida ta’lim jarayonida qo’llanila boshladi. Kelajakda iqtisodiy muammolar hal etilib, o’quv yurtlari kompyuterlar va dasturli texnikalar bilan yetarli darajada ta’minlanadi. Shundagina axborotli texnologiya asosida o’quvchi (talaba)larning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish imkoniyatlari tug’iladi va u o’qituvchining yaqin ko’makdoshiga aylanadi. Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik texnologiyalar markazlari. AQShda 1971 yil – “Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar bo’yicha AQSh Assotsiatsiyasi” tuzilgan. Hozirgi kunda mamlakat bo’ylab va Kanadada bu kengashning 50 dan ortiq filiallari ish olib bormoqda. AQShda 1961 yilda “Ta’lim texnologiyasi” jurnali (“yeducational Technology”), 1971 yilda esa – “Audiovizual o’qitish” jurnali nashr etila boshlandi. Angliyada 1967 yil - Pedagogik texnologiya bo’yicha Milliy kengash 1964 yildan boshlab “Ta’lim texnologiyasi va o’qitishni dasturlashtirish” yeducational Technology and programmed learning”) jurnalini, 1971 yilda – “Pedagogik texnologiya” jurnalini nashr eta boshladi. Yaponiyada - Pedagogik texnologiyalar muammolari bilan 4 ta ilmiy tashkilotlar shug’ullanadi. 1967 yilda “Pedagogik texnologiyalar bo’yicha Milliy kengash” tashkil etildi, uning filiallari 22 ta davlat universitetlarida joylashtirilgan. 1965 yildan boshlab yapon tilida har uch oyda “Pedagogik texnologiya” jurnali va ingliz tilida yiliga ikki marta “Pedagogik texnologiyalar sohasida tadqiqotlar” jurnali nashr etiladi. “Pedagogik texnologiyalar bo’yicha umumyapon Markaziy kengashi” tashkil etildi, u ta’lim muammolari bo’yicha xalqaro aloqalar o’rnatish bilan ham shug’ullanadi. Italiyada 1971 yili pedagogik texnologiyalar bo’yicha Milliy markaz tashkil etildi va “Pedagogik texnologiyalar” jurnali nashr etiladi. Vengriyada 1973 yili o’qitish texnologiyasi Davlat Markazi tashkil etildi. Vengriya olimi L.Salai “o’qitish texnologiyasi” tushunchasiga rejalashtirish, maqsadlarni tahlil qilish, o’quv-tarbiyaviy ishlar jarayonini ilmiy tashkil etish, samaradorligini oshirish maqsadida eng muhim vosita va materiallarni tanlashni kiritib o’qitish jarayonini tashkil etuvchilar doirasini ancha kengaytirdi. E.Bisterski va J.Sellerlar (AQSh) to’plangan ma’lumotlar bo’yichao’qitish texnikasi faqatgina yordamchi vosita va yangi tizimdan iborat bo’libgina qolmay, balki o’qish jarayoni tashkiliy shaklini, metodi va mazmunini o’zgartirib uni rivojlantirishda muhim rol o’ynadi. Bu esa o’z navbatida o’qituvchilar va o’quvchilarni pedagogik fikrlashlariga katta ta’sir ko’rsatdi. XX asrning 80-yillarida zamonaviy pedagogik jarayonning, pedagogik texnologiyaning mohiyatini yanada chuqurroq anglab yetishga urinishlar davom etdi. Rossiyada XX asrning 90-yillarida pedagogik texnologiyalar bo’yichaMarkaz tashkil etildi, “Maktab texnologiyasi”, “Ta’limda innovatsiyalar” jurnallari nashr etildi. O’zbekistonda 90-yillarda, xususan, 1997 yil 29 avgustda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilingandan boshlab ta’lim tizimida, pedagogik nashrlarda ta’lim texnologiyalari muammolari dolzarb tadqiqotchilik obyekti sifatida ko’tarila boshlandi. 1999 yilda Respublika ta’lim Markazi qoshida pedagogik texnologiyalar bo’yicha Markaz tashkil etildi. “Ta’lim texnologiyalari”, “Ta’lim muammolari” kabi jurnallar nashr etila boshlandi, pedagogik texnologiyalar muammolari bo’yicha maqolalar “Xalq ta’limi”, “Pedagogik ta’lim”, “Ta’lim va tarbiya” jurnallarida, “Ma’rifat”, “O’qituvchilar gazetasi” va boshqa ilmiy-pedagogik nashrlarda yoritilmoqda. 1994 yili pedagogik texnologiyalar muammolari bo’yicha 1-Respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi o’kazildi, ma’ruzalar va hisobotlar materiallari maxsus to’plamda chop etildi. Pedagog-olimlar U.Nishonaliyev, N.Saidaxmedov, N.Azizxo’jayeva, B.Ziyamuxammedov, U.Tolipov, M.Usmonboyeva, M.Ochilov, S.Xasanov, R.Ishmuxamedov, B.Farberman, J.Yo’ldoshev, S.Usmonov, D.Ro’ziyeva, M.Xoshimova va boshqalar Respublikada pedagogik texnologiyalar muammolari bo’yicha jiddiy tadqiqotlar olib bordilar. 2000 yilda, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshida pedagogika fanlari doktori, professor N.N.Azizxo’jayeva rahbarligi ostida innovatsion texnologiyalar bo’yichamarkaz tashkil etildi, bu markaz zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalar muammolari bo’yicha pedagog kadrlar malakasini oshirish bilan shug’ullanib kelmoqda.
http://fayllar.org
Download 24.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling