Ta‟lim texnologiyalari


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/101
Sana05.01.2022
Hajmi1.96 Mb.
#228249
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   101
Bog'liq
'МАЪРУЗА

3-masalaninig  bayoni:  O‗tmish  milliy  madaniyatimizni  yanada  taraqqiy 
ettirish,  buyuk  ajdodlarimizning  asrlar  davomida  yaratgan  bebaho  madaniy-
ma‘rifiy merosini ko‘z qorachig‘iday asrab-avaylash, kelgusi avlodlarga yodgorlik 
qilib  qoldirish,  xalqimizning  umuminsoniy  qadriyatlar  xazinasiga  qo‘shgan  ulkan 
xissasini butun dunyoga qayta tanitish, uni keng targ‘ib etish, kishilarimiz, ayniqsa, 
yoshlarimiz  ongiga  milliy  g‘urur,  milliy  iftixor,  Vatanga  muhabbat  va  istiqlol 
g‘oyalariga  sadoqat  tuyg‘ularini  singdirib  borishda  ―Etnomadaniyat‖  fani  alohida 
o‗rin tutadi. 
yordam beradigan milliy tarbiyani izchillik bilan olib borish zarur bo‘ladi. 
Etnomadaniyat  milliy  tarbiyaning  asosiy  resursi  hisoblanadi, uning  ana  shu 
imkoniyatlaridan  qay  darajada  foydalanish  milliy  taraqqiyot  istiqbolini  ham 
belgilab  beradi.  Shu  mahnoda  ham  uni  asrash,  rivojlantirish  va  keyingi  avlodga 
yetkazish  milliy  tarbiyaning  asosiy  yo‘nalishlaridan  birini  tashkil  qiladi. 
Qaramlikdan  qutulib,  o‘z  mustaqilligini  qo‘lga  kiritgan  millat  uchun 
etnomadaniyatni  tiklashga  qaratilgan  tarbiyaviy  ishlarni  amalga  oshirish  muhim 
ahamiyatga  ega  bo‘ladi.  Bu  Mustaqillik  yillarida  O‘zbekistonda  milliy-
mahnaviyatni  tiklash  borasida  olib  borilgan  tarbiyaviy  ishlar  va  amaliy  faoliyat 
namoyon  bo‘ldi.  Ularni  amalga  oshirish  davlatimiz  siyosatining  ustuvor  vazifasi 
darajasiga ko‘tarildi. 
Prezident  Islom  Karimov  milliy-mahnaviy  tiklanishning  ahamiyatini 
shunday  tahkidlagan  edi:  ―Xalqning  ma‘naviyati  va  madaniyati,  uning  haqiqiy 
tarixi va o‘ziga xosligi qayta tiklanayotganligi jamiyatimizni yangilash va taraqqiy 
ettirish  yo‘lida  muvaffiqiyatli  olg‘a  siljitishda  hal  qiluvchi,  tahbir  joiz  bo‘lsa, 
belgilovchi ahamiyatga egadir‖
14

Mustaqillik  yillarida  bu  borada  qo‘lga  kiritilgan  yutuqlarimiz  qancha  ko‘‘ 
bo‘lmasin, baribir mustaqilligimizni mustahkamlashning hozirgi bosqichida milliy 
tarbiyani yanada kuchaytirishimizga ehtiyoj oshib bormoqda. 
Bu,  bir  tomondan,  avlod-ajdodlarimizdan  qoldirilgan  meroslarimizni 
yoshlarimiz  ongi  va  qalbiga  singdirish,  ilg‘or  urf-odat,  anhana,  qadriyat, 
marosimlarni  rivojlantirish,  milliy  o‘zlikni  anglashni  o‘stirish  kabi  vazifalarni 
                                                                 
14
  Каримов  И.А.  Ўзбекистон  иқтисодий  ислоҳотларни  чуқурлаштириш  йўлида  //  Ватан  саждогоҳ  каби 
муқаддасдир. Т.3. - Тошкент: Ўзбекистон, 1995. – 274 б. 


amalga oshirish  zaruriyatining  kuchayib borayotganligi bilan bog‘liq. Bu vazifani 
qaysi darajada amalga oshirishimiz esa etnomadaniyatning o‘ziga xosligini saqlab 
qolishimizni  va  uning  umuminsoniy  madaniyatlar  tizimida  qanday  mavqeimizni 
namoyon qila bilishimizni ham belgilab beradi. Ikkinchidan esa, globallashuvning 
tahsiri  natijasida  taraqqiy  qilgan  mamlakatlar  xalqlarining  ―ommaviy 
madaniyatlarni‖  turli  vositalar  yordamida  endi  taraqqiyot  yo‘liga  kirayotgan 
mamlakatlar xalqlari, ayniqsa yoshlari ongiga singdirishga qaratilgan xurujlarning 
oshib  borayotgan  sharoitida,  unga  qarshi  turaoladigan  omillardan  samarali 
foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj ham o‘sib bormoqda. Ana shu har ikkala jarayonga 
ehtibor  bilan  qaraladigan  bo‘lsa,  ularni  amalga  oshirishning  eng  muhim  vositasi 
sifatida  milliy  tarbiya  muhim  rol  oynashini  ko‘rishimiz  mumkin  bo‘ladi.  Chunki, 
tarbiya  vositasi  bilan,  dunyoqarashni  o‘zgartirish,  shaxsni,  shakllantirish  va  uni 
ko‘zlangan maqsadga yo‘naltirish mumkin. 
Mahlumki, tarbiyaning turli shakllari mavjud bo‘lib ular ko‘zlangan maqsad 
va  manfaatlaridan  kelib  chiqqan  holda  amalga  oshiriladi.  Milliy  tarbiya  ana  shu 
shakllardan birini tashkil qiladi va u o‘z faoliyati jihatidan tarbiya tizimida alohida 
ahamiyatga ega bo‘ladi. Chunki, u o‘zida millat manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan 
barcha  vazifalarni  bajarishga  yo‘naltirilgan  bo‘ladi.  Millat  manfaatlari  esa 
be‘oyondir.  U  milliy  o‘zlikni  saqlab  qolishdan  boshlab  millat  taraqqiyoti  bilan 
bog‘liq  bo‘lgan,  millatning  jahon  tamaddunidan  munosib  o‘rin  egallashigacha 
bo‘lgan juda katta marralarni qamrab oladi. 
Bunday  vazifalarni  amalga  oshirishda  tarbiyaning  barcha  shakllari  va 
vositalaridan  samarali  foydalanish  amaliy  ahamiyatga  ega  bo‘ladi.  Ana  shunday 
vositalardan biri yuqorida tahkidlaganimizdek ―etnomadaniyat‖ hisoblanadi. Uning 
milliy  ongga,  o‘zlikni  anglashga,  tarixiy  xotirani  tiklash,  milliy  manfaatlarni 
himoya qilish ruhiyatining shakllanishiga o‘tkazadigan tahsirchanlik imkoniyatlari 
nihoyatda katta. Uning ana shunday imkoniyatlaridan foydalanish esa uning o‘ziga 
xosligini ifoda ettiruvchi milliy tarbiyani amalga oshirish orqali erishish mumkin. 
―Milliy tarbiya‖ning falsafiy tasnifi o‘zbek ilmiy adabiyotlarimizda deyarlik 
uchramaydi. Ammo, oila, tahlim tizimi va jamoa faoliyatining asosiy  yo‘nalishini 
tarbiya  tashkil  qiladi.  Uni  oddiy  tahsir  o‘tkazish  nuqtai  nazardan  qarash  barcha  u 
masala bilan bog‘liq bo‘lgan adabiyotlarda uchratish mumkin. Jumladan, ―tarbiya‖ 
tushunchasiga  ―O‘zbekiston  entsiklo‘ediyasi‖da  adabiyotshunos  Q.Yo‘ldoshev 
quyidagicha  tahrif  bergan:  ―Tarbiya-shaxsda  muayyan  jismoniy,  ruhiy,  axloqiy, 
mahnaviy  sifatlarni  shakllantirishga  qaratilgan  amaliy  ‗edagogik  jarayon: 
insonning  jamiyatda  yashashi  uchun  zarur  bo‘lgan  xususiyatlarga  ega  bo‘lishini 
tahminlash yo‘lida ko‘riladigan chora-tadbirlar yig‘indisi‖
15
. Lekin ―milliy tarbiya‖ 
tushunchasiga unda ham,  shuningdek, ―Mustaqillik izohli ilmiy-ommabo‘ lug‘at‖, 
―Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushunchalar, tamoyillar va atamalar‖ (qisqa izohli 
tajribaviy  lug‘at),  ―Falsafa‖  qisqacha  izohli  lug‘at,  ―Falsafa  qomusiy  lug‘at‖ 
kabilarda  bu  tushunchaga  tahrif  berilmagan.  Ayni  ‗aytda  Rossiya  olimlari 
tomonidan  tayyorlanib  bosmadan  chiqarilgan  ―Falsafa  lug‘ati‖da  ham  bu 
tushunchaga  tasnif  berilmagan.  Bundan  tashqari,  mustaqillik  yillarida  ehlon 
                                                                 
15
 Ўзбекистон миллий энциклопедияси. Т.8. - Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2004. - 270 б. 


qilingan  tarbiyaga  bag‘ishlangan  ilmiy  adabiyotlarda  ham  bu  tushunchaga 
to‘laqonli tasnif yo‘q. 
Ammo,  uning  ahamiyati  haqida  ko‘‘  yozilgan  va  yozilmoqda.  Keyingi 
‗aytlarda ehlon qilingan ilmiy adabiyotlardan ayrimlarida ―milliy tarbiya tizimi‖ va 
―milliy  tarbiya‖  tushunchalar  to‘g‘risida  fikrlar  uchramoqda.  Jumladan,  ―milliy 
tarbiya  tizimlarini,  anhanalarini  tiklash  va  ularga  amal  qilish  milliy  uyg‘onish 
jarayonining  muhim  tarkibiy  qismiga  aylanmoqda‖
16
,  –  degan  fikr  ilgari  surilgan 
bo‘lsa, yana bir kitobda ―Milliy tarbiya u yoki bu millat mahnaviyati, merosi, urf-
odatlari, anhanalari va qadriyatlarini o‘z millatdoshlari tomonidan o‘zlashtirishiga 
milliy  manfaatlarni  himoya  qilishiga,  millat  oldida  mashulligini  anglash 
tuyg‘ularini  shakllantirishiga  qaratilgan  faoliyat  hisoblanadi‖
17
,  –  degan  tahrif 
berilgan.  Lekin  ularning  har  ikkalasida  ham  bir  qator  noaniqliklar  mavjud. 
Jumladan,  birinchisida  ―milliy  tarbiya  tizimi‖  o‘zi  nima,  u  o‘z  ichiga  nimalarni 
oladi,  unga  kiruvchi  elementlar  o‘rtasida  munosabatlar  qanday  kechadi  va  milliy 
tiklanishga qanday tahsir o‘tkazadi kabi savollarni tahlil qilish maqsad qilinmagan. 
Ikkinchisida  esa,  ―milliy  tarbiya‖ni  faoliyati  sifatida  qaralgan.  Akademik 
E.Yusu‘ov ―tarbiya‖ tushunchasini tahlil qilib shunday yozadi: ―Tarbiya so‘zi asli 
arabcha  so‘z  bo‘lib,  ―‗arvarish  qilish,  tahlim  berish,  o‘rgatish‖  degan  mahnoni 
anglatadi‖
18
.  Tarbiyaga  esa  yuqoridagi  maqsadlarni  amalga  oshiruvchi  shaxsdir. 
Mukammal  tarbiya  berish  mahnaviy  kamolatning  barcha  jabhalarini  rivojlantirish 
uchun zarur obhektiv va 
subhektiv  omillar  yaratishdir.  Milliy  tarbiya  tushunchasi  haqida  to‘xtalib  ―Milliy 
tarbiya  inson  shaxsini  shakllantirishda  milliy  madaniy  meros  va  qadriyatlardan 
foydalanish,  har  bir  xalq  mahnaviyatiga  o‘ziga  xos  yo‘nalish  berishga  harakat 
qilishdir‖
19
, – deb yozadi. 
―Tarbiya‖  va  ―Milliy  tarbiya‖  haqida  bildirilgan  yuqoridagi  fikrlarga 
qo‘shilgan holda, hali bu borada yana ham chuqurroq va kom‘leks, yahni boshqa 
ijtimoiy  fanlar  bilan  birga  tadqiqot  ishlarini  olib  borish  lozim  bo‘ladi.  Jumladan, 
hali tarbiya ―kimning faoliyati‖- degan masalaga ham aniqlik kiritib uning mahno, 
mazmunini  ochib  berish  zarur.  ―Tarbiya‖  tushunchasi  o‘zining  keng  qamrovli 
falsafiy  tahliliga  muhtojdir.  Tadqiqotimizdan  biz  bu  masalaning  keng  qamrovli 
tahlil  qilishni  o‘z  oldimizga  maqsad  qilib  qoymaganmiz.  Ammo,  o‘z 
mavzuimizdan  kelib  chiqqan  holda,  uning  shakllari  haqida  hamda  ular  tizimida 
―Milliy tarbiya‖ning o‘rnini ochib berishga harakat qilamiz. 
Fikrimizcha,  ―tarbiya‖  tushunchasi  haqida  ga‘  ketganda,  haqiqatan  ham 
amaliy  faoliyat  orqali  ―tahsir‖  o‘tkazish  nazarda  tutiladi.  Yahni,  mahlum  maqsad 
va  manfaatlarni  amalga  oshirish  uchun  shaxs,  millat,  ijtimoiy  guruhlar,  sinflar  va 
hokazolarga  turli  vositalar  orqali  ―tahsir‖  o‘tkazish  tushuniladi.  Bu  ―tahsir‖ni 
davlat, siyosiy kuchlar, jamoat tashkilotlari, turar joy va ishlab chiqarish jamoalari, 
                                                                 
16
  Қаранг:  Маънавий  қадриятлар  ва  уларнинг  тарбиявий  аҳамияти.  (масъул  муҳаррир  Ўзбекистон  ФА 
академиги Э. Юсупов). - Тошкент: Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2003. – 80 б. 
17
  Қаранг:  Отамуратов  Садулла,  Отамуратов  Сарвар.  Ўзбекистонда  маънавий-руҳий  тикланиш.  -  Тошкент: 
Янги аср авлоди, 2003. – 246 б. 
18
 Юсупов Э. Инсон камолотининг маънавий омиллари. - Тошкент: Университет, 1998. - 118 б. 
19
 Ўша манба. - 118 б. 


ayniqsa zamonaviy ommaviy axborot vositalari va boshqa bir qator vositalar orqali 
o‘tkazish mumkin. 
Bundan  ko‘rinib  turibdiki,  ―tarbiya‖  maqsad  va  manfaatni  amalga  oshirish 
uchun  tegishli  siyosiy  va  ijtimoiy  institutlar  va  jamoatchilik  tomonidan  turli 
vositalar orqali ―tahsir‖ o‘tkazishning amaliy faoliyati hisoblanadi. 
Agar bu tasnifdan kelib chiqadigan bo‘lsak, maqsad va manfaatlarning keng 
qamrovli ekanligini hisobga olishimiz lozim bo‘ladi. Unga muvofiq ―tarbiya‖ning 
shakllari  va  yo‘nalishlari  ham  turli  tumandir.  Jumladan,  oila  tarbiyasi, 
maktabgacha  tarbiya,  maktab  tarbiyasi,  oliy  o‘quv  yurtlari  tarbiyasi,  jismoniy 
tarbiya, aqliy tarbiya, diniy tarbiya, iqtisodiy tarbiya, axloqiy tarbiya, g‘oyaviy va 
estetik  tarbiya,  millat‘arvarlik  va  inson‘arvarlik  tarbiya,  xarbiy  vatan‘arvarlik 
tarbiyasi,  milliy  etno‘edogogik  tarbiya  va  ko‘‘lab  boshqa  bir  qator  shakllarini 
keltirish  mumkin.  Ularning  har  birining  o‘ziga  xos  xususiyatlari  mavjud  bo‘lib, 
turli  yo‘nalishlar  va  vositalar  orqali  amalga  oshiriladi.  Ular  haqida  batafsil 
to‘xtalmasdan  mavzuimizdan  kelib  chiqqan  holda  ―Tarbiya‖  tizimiga  kiruvchi 
―Milliy  tarbiya‖  va  undan  «etnomadaniyat»ni  aholi  va  ayniqsa  yoshlar  ongi  va 
qalbiga singdirish imkoniyatlari haqida fikr yuritishga harakat qilamiz. Mahlumki, 
―milliy tarbiya‖ negizi millat manfaatlari, uning taraqqiy qilishiga, ijobiy ―tahsir‖ 
o‘tkazishni tashkil qiladi. U millat vakillari bo‘lgan ota, ona, jamoatchilik, jamoat 
va  davlat  tashkilotlarining  faoliyati  orqali  amalga  oshiriladi.  Milliy  tarbiyaning 
―tarbiya‖  tizimida  alohida  o‘rin  egallaydi.  U  yuqorida  keltirilgan  ―tarbiya‖ 
shakllarini  ham  o‘ziga  qamrab  oladi.  Chunki,  to‘laqonli  millat  vakillarining 
barchasida ana shu shakllar mujassam bo‘lmog‘i lozim bo‘ladi. 
Milliy tarbiya millat vakillarida etnomadaniy birlikni mustahkamlash, milliy 
madaniy merosni o‘zlashtirish, uni ko‘z qorachig‘iday asrash, milliy g‘urur, iftixor 
va  vatan‘arvarlik  ruhiyatini  shakllantirish  millatning  o‘zligini  anglashini 
rivojlantirish  uning  jahonning  yuksak  taraqqiy  qilgan  millatlari  darajasiga 
ko‘tarilishda fidoyilik hamda mashullik hissini shakllantirish borasida oila, tahlim 
tizimi, jamoat va siyosiy tashkilotlar tomonidan olib boriladigan amaliy faoliyatdir. 
Milliy tarbiyaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, unda asosiy ehtibor millat 
vakillarining barcha faoliyatida ―milliylik‖ uning mentalitetiga xos bo‘lgan jihatlar 
namoyon  bo‘lishiga  qaratiladi.  Shuning  uchun  ham  u  ―milliy  tarbiya‖  shaklini  va 
maqomini  o‘zida  ifoda  ettiradi.  Milliy  tarbiyaning  yana  bir  xususiyati  shundaki, 
unda millat birligini mustahkamlash, milliy xarakterni  shakllantirish va millatning 
―men‖  ligini tahminlash g‘oyalarining ko‘lami  keng bo‘ladi.  Shuning  uchun ham 
uni samarali amalga oshirish orqali millat oldida turgan eng murakkab vazifalarni 
amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Shu mahnoda ham XVIII asrda mashhur frantsuz 
mahrifatchisi Jan Jak Russo shunday yozgan edi: ―Biz tayanishimiz kerak bo‘lgan 
birinchi  tamoyil-milliy  xarakterdir:  har  bir  xalq  milliy  xarakterga  ega  yoki  ega 
bo‘lishi  lozim:  xalqda  u  bo‘lmagan  taqdirda  ishni  unga  bunday  xarakterni 
berishdan boshlash kerak bo‘ladi‖
20
. Mutafakkir tomonidan ikki asr oldin aytilgan 
fikr  bugun  ham  o‘zining  dolzarbligini saqlab kelmoqda.  Bugun  jahon  taraqqiyoti 
tendentsiyalarida  namoyon  bo‘layotgan  jarayonlar  ichida  milliylikni  o‘stirish,  uni 
                                                                 
20
  Кўчирма.  ―Миллий  истиқлол  ғояси‖.  Ўзбекистон  Республикаси  олий  таълим  бакалавриат  босқичи  учун 
дарслик. - Тошкент: Академия, 2005. – 159 бетидан олинди. 


saqlab  qolish  va  mustahkamlashga  bo‘lgan  intilishning  kuchayib  borayotganligi 
sharoitida  milliy  tarbiyani  zamon  talabi  darajasiga  ko‘tarishga  ehtiyoj  oshib 
bormoqda. 
Yuqorida  tahkidlaganimizdek,  ―etnomadaniyat‖  o‘z  tarkibiga  milliy  urf-
odat,  anhana,  qadriyat,  udum,  marosimlar  va  milliy  kiyimlarni  qamrab  oladi. 
Ularning  har  biri  o‘ziga  xos  xususiyatga  ega  bo‘lib  va  ayni  ‗aytda  ularni 
birlashtirib turadigan umumiy omil – bu milliy o‘ziga xoslik hisoblanadi. 
 Bu  fan  Markaziy  Osiyo  xalqlarining  ma‘naviy  va  madaniy  tarixini 
o‘rganishning  ba‘zi  masalalari,  qadimiy  ma‘naviyat  va  madaniyat  yodgorliklari, 
islomiy  tafakkur  muammolari,  temuriylar  davrida  ma‘naviy-madaniy  hayot, 
Markaziy Osiyo xalqlarining birinchi va ikkinchi Uyg‘onish davrlariga xos bo‘lgan 
ilmiy-madaniy merosini, o‘zbek va o‘zbek xalqining kelib chiqishi tub negizlarini, 
bu xalqning jahon va boshqa xalqlardan farq qiluvchi xususiyatlarini, milliy hamda 
umuminsoniy  qadriyatlarini,  oila,  maxalla  turmush  madaniyatini,  Turkistonda 
ma‘rifatchilik  madaniyati,  jadidchilik  harakatinig  mohiyati  va  buyuk  siymolar 
ijodi,  tarixiy  ajdodlarimizning  mumtoz  merosini  o‘rganishga  sharoit  yaratadi.  Bu 
borada  biz  yana  bir  bor  e‘tiborimizni  O‘zbekiston  Resublikasi  Prezidenti  I.  A. 
Karimovning quyidagi fikrlariga qaratamiz. 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling