tushuntirishning o„ziga xos usullari
G‘oyalar to‘g‘risidagi bilimlarga insoniyat tarixining eng qadimiy
davrlaridan boshlab katta e‘tibor berilgan. Bu atamaning mazmun-
mohiyati g‘arb mamlakatlarida ―ideya‖ tushunchasi orqali ifojalanadi.
―Ideya‖ grek tilidagi ‖idea‖ so‘zidan olingan bo‘lib, qadimda
―obraz‖, ―tashqi ko‘rinish‖ degan ma‘nolarni anglatar edi. Lekin bu
tushunchaning mazmun-mohiyati taraqqiyot davomida o‘zgarib
borgan va falsafa tarixida xilma-xil ma‘nolarda ishlatilgan. Masalan,
qadimgi yunonistonlik faylasuf Platon ―g‘oyalar dunyosi va soyalar
dunyosi‖ to‘g‘risidagi ta‘limotini asoslar ekan, g‘oyalarni dunyoning
yaratuvchisi, asosi deb atagan va ularni ob‘ektiv reallik sifatida talqin
qilgan. Yana bir yunon allomasi Demokrit esa olam tarkibidagi eng
mayda va bo‘linmas zarra-atomlarni ideyalar deb atagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |