Ta‟lim texnologiyalari
monizm, dualizm, plyuralizm, idealizm va materializm
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
'МАЪРУЗА
monizm, dualizm, plyuralizm, idealizm va materializm singari oqimlar, ya‘ni
milliy g‗oya shakllari paydo bо‗lgan. Monizm – olamning asosida bitta narsa yotadi, deb tushuntiradi. Dualizm - olam xudo tomonidan yaratilgan, lekin uning rivojlanishi о‗zining moddiy xususiyatlariga ham bog‗liq deb tushuntiradi. Plyuralizm – olam kо‗p narsalarning birikishi natijasida vujudga kelgani haqidagi qarashni ilgari suradi Idealizm - olam va odamning yaralishi, dunyoning yashashi va rivojlanish qonuniyatlari, borliq hamda yо‗qlik masalalarida ruhiy va ilohiylik tamoyillari ustuvor deb biladi va ularni mutlaqlashtiradi. Materializm - olam va odamni ilohiy kuch yaratmagan, ular moddaning rivojlanib borishi natijasida paydo bо‗lgan, deb о‗rgatadi. Bundan tashqari,, dunyoda shovinizm, kosmopolitizm, nigilizm kabi g‗oyaviy ta‘limotlar ham mavjud Shovinizm – XIX asrda Napoleonning Shoven nomli lashkarboshisi boshlab bergan, muayyan shaxs, davlat yoki millatni boshqa shaxs, davlat yoki millatdan ustun qо‗yishga undaydigan ta‘limot. Kosmopolitizm - kо‗proq vatansizlikni yoqlaydigan ta‘limot. Nigilizm – an‘ana va qadriyatlarni mutlaq rad etuvchi ta‘limot. Bulardan tashqari bugungi kunda dunyoda islom, buddizm, xristianlik kabi bir qancha dinlar mavjudki, о‗z о‗rnida ular ham diniy asosdagi milliy g‗oya shakllari hisoblanadi. G‗oyalar hukmronligining tamal toshi aynan qadimiy sivilizatsiyalar davrida qо‗yilgan edi. Unga binoan, odatlar va taomillarga emas, balki g‗oyalar yoki biror maqsadga bо‗ysundirilgan muayyan tildagi inson xulq - atvorini shakllantirish mumkin edi. Lekin shu bilan bir vaqtda, qadimdanoq kishilar ongini nayrang va aldovlar vositasida, yolg‗on ideallar bilan zaharlash imkoniyati ham paydo bо‗ldi. Qadimiy sivilizatsiyalarda ijobiy g‗oya va qadriyatlar bilan birga, salbiy xarakterdagi mafkuralarning ham unib chiqishi uchun zamin bо‗ladigan tasavvur - tushuncha maydonga kela boshlagan edi. Masalan, qadimiy Rimda bunday qadriyatlar tizimini, bir qarashda umuminsoniy qadriyatlar jumlasidan bо‗lgan, vatanparvarlik tushunchasini belgilar edi. Ammo, bu tushuncha Rim xalqining xudo tomonidan alohida tanlangani, taqdirning о‗zi tomonidan zafarli istilolar va Rim saltanati hududini kengaytirish uchun safarbar qilingani tо‗g‗risidagi soxta tasavvurlarga asoslangan edi. Soxtalik esa doimo yovuzlikga yо‗l ochadi. Bunday mafkuraviy asoslar imperiyalik tafakkur tarzining shakllanishiga sabab bо‗ldi. Boshqa hududlarni bosib olishga rag‗batlantiruvchi ushbu g‗oya keyinchalik dunyoqarashlar tizimida bir xalqning boshqa xalq tomonidan mustamlakatchilik asoratiga solinishini nafaqat ahloqiy jihatdan oqlaydigan, balki uni qahramonlik darajasiga kо‗taradigan buyuk davlatchilik mafkurasining rivojlanishiga omil bо‗ldi. О‗rta asrlar diniy ekstremizmi, о‗z navbatida, javob reaksiyasi tarzida - antagonizmga asoslangan turli g‗oyalar hamda ateizmning kuchayishiga ham sabab bо‗ldi. Vaqt о‗tishi bilan alohida siyosiy kuchlar bunday g‗oyalar va xudoga murosasizlikka asoslangan ateizmdan ham о‗zlarining mafkuraviy maqsadlari yо‗lida foydalandilar. G‗oyalar va mustabid mafkuralar tarixida bundan foydalangan sobiq kommunistik ta‘limot alohida о‗rin tutadi. U tashqi jihatdan adolat idealini о‗zida mujassam etgan olijanob intilishlarni asos qilib olgandek kо‗rinsa-da, oxir - oqibatda mustabid jamiyatni shakllantirish mafkurasiga aylanadi. Bolshevizm bilan bir qatorda, XX asrning boshida ildizlari sotsialistik g‗oyadan suv ichgan mustabid g‗oya va mafkuraning boshqa shakli - fashizm (ital. Fashio - birlashma) paydo bо‗ldi. Sobiq sotsialist B. Mussolini Italiyada fashistlar harakatning asoschisi bо‗ldi. Germaniyada milliy satsialistik partiya tuzgan A. Gitler esa fashizimning «ma‘naviy ota» siga aylandi. Fashizm II jahon urushi olovini yoqdi, 50 mln. dan ortiq kishining qirilib ketishiga sabab bо‗ldi. Bizning mamlakat ham motam libosiga о‗raldi. Ikkinchi Jahon urushi jabhalarida kurashga ketgan о‗zbekistonlik jangchilardan 263005 nafari halok bо‗ldi, 132670 kishi dom - daraksiz ketdi, 604552 kishi nogiron bо‗ldi. Bolshevizm va fashizm mafkuralari о‗rtasida kо‗plab о‗xshash jihatlar mavjud. Ayni paytda jiddiy tafovutlar ham kо‗zga tashlanadi. Asosiy farqlardan biri, bu millat omilining turlicha baholanishidir. Agar kommunistik ta‘limot, xalqlarning milliy - etnik о‗ziga xosliklarini yо‗qotish, «proletar baynalminalligi» shiori bilan maydonga chiqqan bо‗lsa, fashizm bir hukmron millatning «irqiy - etnik sofligi» ni mutlaqlashtirishini targ‗ib - tashviq etadi. U irqchilikning homiysi hisoblanadi. «Rasizm» sо‗zi «rasa» (irq) atamasidan kelib chiqqan. Bu atama XVII asrdan boshlab Yevropada «insoniyat nasli» ni turli irqiy guruhlar, jumladan, «oq», «qora» va «sariq» irqqa ajratish uchun qо‗llana boshladi. Irqchilik ta‘limoti «oq tanli»larning afzalligi, ularning azaldan «oliy irq» etib tanlangani, boshqa irqlarning esa «oq»larga qaraganda nomukammal yaratilganligi va hamisha taraqqiyotning quyi pog‗onalarida turishini «asoslab» beradi. Uning asosiy g‗oyasi о‗zining «ilohiy» tabiatiga kо‗ra «oq» irqlarni «quyi» irqlar ustida xukmron qilishga d‘avat etishga qaratilgan edi. Irqchilik milliy mansubligi va terisining rangiga kо‗ra ajralib turuvchi kishilarga taziyq о‗tkazish, ularni xaqoratlash, urish va о‗ldirish kabi harakat - xodisalarda yaqqol namoyon bо‗ldi. Ijtimoiy hukmronlik shakllaridan birining mafkurasi bо‗lar ekan, buyuk davlatchilik, ashaddiy shovinizm, «tanlangan» xalqlarning milliy afzalligi g‗oyalari bilan chambarchas bog‗lanib ketdi. Irqchilik - kо‗p qiyofali. Masalan, о‗zini oliy irq hisoblagan ingliz, ispan, fransuz bosqinchilari о‗rta asrlar va ayniqsa, XVIII - XIX asrlarda Amerika, Avstriya, Afrika va Osiyoda yerli xalqlarni kо‗plab qirib tashladilar. Janubiy Afrika Respublikasi tomonidan XX asrda uzoq yillar mobaynida о‗tkazib kelingan irqiy ayirmachilik siyosati - shafqatsiz irqiy tahqirlash va kamsitishda о‗z ifodasini topdi. 1865 yilda AQShda tuzilgan «Ku - kluks -klan» terroristik tashkiloti ham о‗zining oshkora irqchilik yо‗nalishidagi faoliyat bilan ajralib turadi. Negrlarning fuqarolik huquqlariga qarshi kurash va ularni mamlakatdan chiqarib yuborish uning asosiy g‗oyasi hisoblanadi. Inson hayoti uning ongida kechgan fikrlar kurashi, jamiyat hayoti g‗oyalar, mafkuralar kurashidan iboratdir. Shu sababli Prezidentimiz asarlarida «Mafkura bо‗lmasa har qaysi davlat va jamiyat, qolaversa, har qaysi inson о‗z yо‗lini yо‗qotishi muqarrarligi», jamiyatda mafkuraviy, insonlar ongida fikriy bо‗shliqga yо‗l qо‗yib bо‗lmasligi konsepsiyasining ishlab chiqilishi, biz о‗rganayotgan fanning tamal toshlaridan biridir. Hozirgi zamonda bunyodkor va buzg‗unchi g‗oyalarning kurashi ayon kо‗rinib turibdi. Biroq g‗oyaga qarshi, u qanchalik yovuz bо‗lmasin qurol bilan kurashish, faqat yovuzlikni tug‗diradi. Shu sababli Islom Karimov bayon etgan: «Fikrga qarshi fikr, g‗oyaga qarshi g‗oya, jaholatga qarshi ma‘rifat bilan kurashish» tamoyili hozirgi davrda na faqat mustaqil mamlakatimiz, balki butun jahon xalqlarining tinchligi, farovonligi mamlakatlari taraqqiyotida ulkan ahamiyatga ega. U yoki bu g‗oyaning milliy g‗oya sifatida maydonga chiqishi millatning о‗tmishi, mavjud holati bilan bevosita bog‗liqdir. Zero, ana shu ikki negizga tayangan holdagina biror millatning qisqa yoki uzoq vaqtda erishishi lozim bо‗lgan maqsad-muddaolari va mо‗ljallarini tо‗g‗ri ifodalay olishi mumkin. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling