Ta’lim texnologiyasi


Download 20.65 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi20.65 Kb.
#1164115
Bog'liq
3-variant


3-variant

  1. ... – bu o’quv mashg’ulotining har bir bosqichini alohida-alohida loyihalash, kutiladigan natijalarni oldindan aniqlashtirish, har bosqichda qo’llaniladigan shakl, metod va vositalarini oqilona tanlab olish, professor-o’qituvchi va o’quvchining vazifalarini oydinlashtirish qaratilgan algoritmik ketma-ketlik.

    1. Ta’lim texnologiyasi

    2. Pedagogik texnologiyalar

    3. O’qitish texnologiyasi

    4. Tarbiya texnologiyasi




  1. Ta’lim vositasi nima?

    1. Dars jarayonida tabiiy va sun’iy ko’rgazmali vositalardan foydalanish

    2. Ma’lum o’qitish usulini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo’lgan yordamchi o’quv materiallari

    3. Ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning kutilgan maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyati

    4. Ta’lim-tarbiya jarayonidagi vosita


  1. O’zbekistonda Informatika o’qitish metodikasi fan sifatida qachondan boshlab shakllangan?

    1. 1985 yildan boshlab

    2. 1986 yildan boshlab

    3. 1984 yildan boshlab

    4. 1987 yildan boshlab




  1. O’zbekistonda Informatika o’qitish metodikasi bo’yicha birinchilar qatorida ilmiy izlanishlar olib borgan professorlarni ko’rsating

    1. V.Qobulov, M.Kamilov, T.Bekmurodov, M.Kamilov, M.Begalov

    2. M.Aripov, U.Yuldoshev, M.Begalov, M.Kamilov, T.Bekmurodov

    3. U.Yuldoshev, M.Begalov, T.Azlarov, V.Qobulov, M.Kamilov

    4. M.Ziyoxo’jayev, A.Abduqodirov, M.Aripov, U.Yuldoshev, M.Begalov




  1. 6-sinflarda Informatika va AT fani uchun qancha vaqt ajratilgan

    1. Jami 17 soat, haftasiga 1 soat

    2. Jami 17 soat, haftasiga 0,5 soat

    3. Jami 34 soat, haftasiga 1 soat

    4. Jami 34 soat, haftasiga 1 soat


  1. ... – bu o’qituvchining o’qitish vositalari yordamida o’quvchilarga muayyan sharoit va ketma-ketlikda ta’sir ko’rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan sifatlarni shakllantirish jarayonidir.

    1. Ta’lim texnologiyasi

    2. O’qitish texnologiyasi

    3. Pedagogik texnologiyalar

    4. Tarbiya texnologiyasi




  1. ... – didaktik tizimning tarkibiy jarayonli qismi.

    1. Ta’lim texnologiyasi

    2. O’qitish texnologiyasi

    3. Pedagogik texnologiyalar

    4. Tarbiya texnologiyasi




  1. Ta’lim muassasalarida dars berishning noan’anaviy metodlariga qaysilar kiradi?

    1. Aralash darslar, konferensiya darslar, yakka mashg’ulot darslari, amaliy darslar

    2. Ma’ruza dars, takroriy dars, repetitorlik darslari. Yakka holda dars o’tish, uyga vazifa berish

    3. Dars - ma’ruza, dars - bilim, dars - ekskursiya, nazariy bilimlarni mustahkamlash darslari

    4. Dars - ma’ruza, dars - seminar, dars - munozara, dars - konferensiya, dars - musobaqa, mustaqil ish darslari


  1. Masofadan o’qitish uslubiy materiallari?

    1. Innovatsion o’qitish, lektor o’qkitish, elektron kutubxona

    2. Darslik, audio va video darsliklar, onlayn darslar (Internet sahifa), elektron kutubxona, testlar, multimedia- elektron darslik va albatta axborot texnologiya vositalari

    3. Multimediya o’qitish, innovatsion o’qitish, testlar

    4. Masofadan o’qitish, lektor o’qitish, innovatsion o’qitish


  1. ... – axborot texnologiyasini foydalangan holda masofadan turib ta’lim muxiti yordamida o’quv axborotlarini almashinishni ta’minlaydigan va o’quv jarayonini olib borish hamda boshqarish tizimini amalga oshiradigan bilim va ko’nikmalarni egallash jarayoni.

    1. Muammoli ta’lim.

    2. Interfaol ta’lim.

    3. Masofaviy ta’lim.

    4. Modul-kredit tizimi.




  1. Informatika o’qitish metodikasi fan sifatida qachondan boshlab shakllangan?

    1. XX asrning ikkinchi yarmidan

    2. XX asrning birinchi yarmidan

    3. XIX asrning ikkinchi yarmidan

    4. XIX asrning birinchi yarmidan


  1. “Informatika o’qitish metodikasi” fanida qanday asosiy masalalar ko’riladi va hal etiladi? 1.Informatika va AT fanini o’qitishning maqsad va vazifalari; 2.Informatika va AT fani mazmuni; 3.O’quv predmeti sifatida informatikaning mazmunini nimalar tashkil etishi kerakligi; 4. Informatikadan o’quv materiali qaysi ketma-ketlikda joylashishi va o’quvchilarga etkazilishi kerakligi; 5.Iinformatikadan o’quv materialini to’liq va chuqur o’rganish uchun qanday usul, shakl va vositalardan foydalanish kerakligi.

    1. 1,2,3,5

    2. 1,3,4,5

    3. 1,2,3,4

    4. 2,3,4,5




  1. “Informatika va axborot texnologiyalari” kursining dasturiy ta’minoti necha turga bo’linadi?

    1. 3

    2. 4

    3. 5

    4. 2


  1. Informatika kursining dasturiy ta’minoti quyida keltirilgan qaysi vositalar kompleksidan tashkil topadi? 1. tayanch dasturiy ta’minoti; 2. amaliy dasturiy ta’minot; 3. pedagogik dasturiy vositalar; 4. elektron darsliklar.

    1. 2, 3

    2. 1, 3

    3. 1, 4

    4. 3, 4




  1. Tayanch dasturiy ta’minot quyidagilarning qaysilaridan tashkil topadi? 1.klaviatura trenajyori; 2.dasturlash tillari; 3.o’quv o’yin dasturlari; 4.matn muharriri; 5.grafik muharrir yoki protsessor; 6.test dasturlari; 7.elektron jadvallar; 8.elektron o’quv materiallarini yaratish uchun uskunaviy dasturiy vositalar; 9.ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari; 10.lokal tarmoq bilan ishlash dasturlari va boshqalar; 11.o’rgatuvchi va mashq qildiruvchi dasturlar; 12.Windows operatsion tizimi; 13.ma’lumotnoma tizimlari va boshqalar.

    1. 2, 3, 4, 5, 7, 8, 11, 12

    2. 1, 2, 4, 5, 7, 9, 10, 12

    3. 3, 4, 5, 6, 7, 8, 11

    4. 1, 2, 3, 6, 8, 11, 13


  1. Tayanch dasturiy ta’minot quyidagilarning qaysilaridan tashkil topadi?1.klaviatura trenajyori; 2.Windows operatsion tizimi; 3.dasturlash tillari; 4.o’quv o’yin dasturlari; 5.o’rgatuvchi va mashq qildiruvchi dasturlar; 6.matn muharriri; 7.grafik muharrir yoki protsessor; 8.test dasturlari; 9.elektron jadvallar; 10.ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari; 11.elektron o’quv materiallarini yaratish uchun uskunaviy dasturiy vositalar; 12.lokal tarmoq bilan ishlash dasturlari va boshqalar; 13.ma’lumotnoma tizimlari va boshqalar.

    1. 1, 5, 9, 13

    2. 2, 8, 9, 11

    3. 3, 4, 7, 12

    4. 4, 5, 8, 11


  1. “Tarmoqlar” metodi – bu

    1. Mantiqiy fikrlash, umumiy fikr doirasini kengaytirish, mustaqil ravishda adabiyotlardan foydalanishni o’rgatishga qaratilgan

    2. Talabalarni erkin fikrlash, keng doirada turli g’oyalar - ni bera olishi, ta’rif bera olishiga qaratilgan

    3. Ta’lim jarayonida yakka, kichik guruh holda tahlil etib, hulosa chiqara olishi, ta’rif bera olishiga qaratilgan

    4. Mantiqiy fikrlash, umumiy fikr doirasini kengaytirishga qaratilgan


  1. Mavzuga doir asosiy o’quv materialini o’zlashtirish (amaliyotda bilim va ko’nikmalarni qo’llash va mustahkamlash) uchun darsga ajratilgan umimiy vaqtning necha % i sarflanishi mumkin?

    1. 50 %

    2. 40 %

    3. 60 %

    4. 70 %


  1. “Texnologiya” so’zining ma’nosi nima?

    1. “texne” - san’at, “logos” – tushuncha o’qitish

    2. “texne” - qobiliyat, san’at, “logos” - tushuncha ta’lim

    3. “texne” - mehnat, san’at, “logos” - tushuncha bilim

    4. “texne” - mahorat, san’at, “logos” - tushuncha ta’limot




  1. Ma’ruza turlari nechta?

    1. 2 ta

    2. 7 ta

    3. 3 ta

    4. 5 ta




  1. … - ta’lim jarayonining ma’lum bosqichida, o’quv maqsadlariga erishganlik darajasini oldindan mo’ljallab qoyilgan mezonlar asosida belgilash, o’lchash, tahlil qilish jarayonidir.

    1. Tekshirish

    2. Kuzatish

    3. Baholash

    4. Nazorat qilish


  1. Darsdan tashqari mashg’ulotlarning mazmunini aniqlash va tashkillashtirish uchun qaysi o’rindagilarga amal etishi lozim?

    1. Davom etuvchilik, tarixiy materiallardan foydalanish, qiziqtirish, izlanishga o’rgatish, jamoat bo’lib ishlash printsiplari

    2. Davom etuvchilik, tarixiy materiallardan foydalanish, qiziqtirish, izlanishga o’rgatish, shaxsiy fikr yurgizishni rivojlantirish

    3. Davom etivchilik, tarixiy materiallardan foydalanish, qiziqtirish, izlanishga uratish, shaqsiy fikr yurgizishni rivojlantirish, ijodiy loyihalarini tayyorlash, jamoat bo’lib ishlash printsiplari

    4. Davom etivchilik, tarixiy materiallardan foydalanish, ijodiy loyihalarni tayyorlash, qiziqtirish, izlanishga o’rgatish printsiplari


  1. Dars konspektiga qanday talablar qo’yiladi? 1.Tematik ish rejasiga mos kelishi; 2.Darslikdan sistemali va to’liq konspektlashtirib olish; 3.Kerakli ko’rgazmali qurollardan,o’qitishning usul va vositalaridan aktiv foydalanish; 4.O’quv rejasiga mos kelishi; 5.Keying mavzuni takrorlashi.

    1. 1, 2, 3, 4

    2. 1, 2, 3, 5

    3. 2, 3, 4, 5

    4. 1, 3, 4, 5




  1. Informatikadan uy vazifalarini berishdan maqsad nima? 1.O’quvchilarning mustaqil ishlashlarini tashkil etish; 2.Darsda o’tilgan tushunchalarni yanada mustahkamlash; 3.Maktab bilan oila o’rtasida uzviy aloqadorlikni o’rnatish; 4.Ko’rgazma qurollar tayyorlashga o’rnatish;

    1. 2, 3

    2. 3

    3. 1

    4. 1, 2, 4




  1. Informatika kursining mazmuni va tuzilishini aniqlashda, shuningdek, uni o’qitish jarayonida umumiy didaktika tomonidan ko’rsatilgan qaysi asosiy tamoyillarga rioya qilish zarur?

    1. Ilmiylik; tizimli va izchil bayon qilish; tushunarlilik; ko’rgazmalilik; nazariyaning amaliyot bilan bog’lanishi; faollik, bilimlarni mustahkam o’zlashtirish

    2. Ilmiylik; tizimli va izchil bayon qilish; tushunarlilik; ko’rgazmalilik; nazariyaning amaliyot bilan bog’lanishi; an’anaviylik, ommaboplik

    3. Ilmiylik; tizimli va izchil bayon qilish; tushunarlilik; ko’rgazmalilik; nazariyaning amaliyot bilan bog’lanishi; tizimlilik, aniqlilik

    4. Ilmiylik; tizimli va izchil bayon qilish; tushunarlilik; ko’rgazmalilik; nazariyaning amaliyot bilan bog’lanishi; diskretlilik, natijaviylik

Download 20.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling