Ta’lim tizimidagi chuqur va keng ko`lamli islohotlarning mazmuni va amalga oshirish muddatlari O`zbekiston Respublikasining "Ta’lim to`g`risidagi" qonunda o`z ifodasini topgan


Download 0.75 Mb.
bet1/23
Sana07.10.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1694466
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
test matematika fanida akademik litse


KIRISH
Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilib hayotga tadbiq etilgan “Ta’lim to`g`risidagi” qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” kabi hujjatlarda aks etgan vazifalar ayni yoshlarimizning kelajagi, yorqin va ishonchli bo`lishiga xizmat qilayotir. Qad rostlagan va rostlayotgan, nafaqat tashqi ko`rinishi, balki ta’lim-tarbiya berish sifati bilan ham beqiyos ahamiyatga molik. Kasb-hunar kolleji, akademik litseylarni aytmaysizmi?! Yohud muxtasham, eng zamonaviy va sifatli o`quv jihozlari bilan ta’minlangan maktablarda bilim olayotgan farzandlarimizga boqib faxrlanmay bo`ladimi?! Amalga oshirilayotgan bu kabi islohotlar buyuk kelajagimizni barpo etayotgan muhim mezon hisoblanadi [1-3].
Ta’lim tizimidagi chuqur va keng ko`lamli islohotlarning mazmuni va amalga oshirish muddatlari O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risidagi” qonunda o`z ifodasini topgan. Jumladan, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’kidlanganidek, “Kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish lozim”.
Talabalarning o`zi ta’lim olayotgan yo`nalishlari bo`yicha fikrlarini yozma bayon qilish malakasi, asosan, referat, kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlash jarayonida shakllanadi. Bu davrda talaba o`zini mustaqil seza boshlaydi, uning ishlarini o`z vaqtida tekshirib, xato va kamchiliklari ko`rsatilib, shuningdek, takliflar berib borilsa, ularda ishlarni yozish mahorati ancha yuksaladi. Ayniqsa, o`rta maxsus va oliy ta’lim tizimida bunday jarayonlarga alohida e’tibor berish lozim deb hisoblaymiz.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari-o`rta umumiy ta`limning bevosita davomi bo`lgani uchun ham, bu yerda matematikani o`qitishda o`quvchlarning ilgari olgan bilimlarini chuqurlashtirish, amaliyotga tatbiq qilish, abstrakt va mantiqiy fikrlashni o`stirish asosiy vazifalar qatoriga kiradi.
Ushbu test variantlari akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining matematika o`quv fan dasturidagi asosiy mavzularni qamrab olgan bo`lib, 20 ta variantdan iborat. Har bir tuzilgan variant 25 ta savolni tashkil qiladi va jami 500 ta savolni o`z iziga olgan. Tuzilgan test topshiriqlari talabalar bilimini baholash mezonlariga asoslangan.
Ishlab chiqilgan test variantlaridan yuqoridagi ta’lim muassasalari uchun matematika kursi bo`yicha o`quvchilar bilimini baholashda, ya’ni joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni o`tkazishda, shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlariga tayyorlash bo`yicha foydalanish mumkin.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling