Ta’lim tuzilmasi – dts. O’quv dasturlar. Ta’lim turlati sirtqi, masovafiy Reja


Download 251.73 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi251.73 Kb.
#1015352
Bog'liq
O\'razbayev Sh


Ta’lim tuzilmasi – DTS. O’quv dasturlar. Ta’lim turlati - sirtqi, masovafiy
Reja
  • Davlat ta’lim standartlarining mazmuni
  • Davlat ta’lim standartlarini yaratish bо‘yicha ishlar
  • DTS (davlat ta’lim standarti) ta’lim mazmuni shakllari vositalari

Davlat ta’lim standartlarining mazmuni.
Davlat ta’lim standarti umumiy о‘rta ta’lim, kasb-hunar ta’limi hamda oliy ta’lim uchun alohida-alohida ishlab chiqarildi.
Umumiy о‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti о‘quvchilar umumta’lim tayyorgarligi saviyasiga qо‘yiladigan majburiy minimal darajani belgilab berdi. О‘z navbatida kasb-hunar ta’limi, davlat ta’lim standarti о‘quvchilar kasb-hunar tayyorgarligiga, saviyasiga qо‘yadigan (oliy ta’lim DTS talablar mutaxassislik tayyorgarligiga, saviyasiga qо‘yiladigan) majburiy minimal darajani belgilaydi.
DTS (davlat ta’lim standarti) ta’lim mazmuni shakllari vositalari, usullari va ularning sifatini baholash tartibini belgilaydi. Ta’lim mazmunining о‘zagi hisoblangan standart vositasida, mamlakat hududida faoliyat kо‘rsatayotgan turli ta’lim muassasalarida (davlat va nodavlat) ta’limning barqaror darajasini ta’minlash sharti amalga oshiriladi. DTS о‘z mohiyatiga kо‘ra о‘quv dasturlari, darsliklar, qо‘llanmalar, nizomlar о‘quv rejasi va boshqa mayoriy hujjatlarni yaratish uchu nasos bо‘lib xizmat qiladi.
Davlat ta’lim standarti. Ta’lim mazmunining rivojlanishida kо‘zga tashlanayotgan zamonaviy tendensiyalaridan biri uni standartlashtirish (davlat miqyosida yagona qoidalar va talablar о‘rnatilishi) hisoblanadi. 
Standartlashtirishda quyidagi ikki omil muhim ahamiyatga ega:
1)Turli ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning umumiy о‘rta, о‘rta maxsus, kasb-hunar bilimlar hajmining bir xillik darajasini ta’minlovchi mamlakatda yagona pedagogik muhitni yaratish zarurligi;
2) О‘zbekistonning jahon hamjamiyattizimiga kirishi natijasida xalqaro ta’lim amaliyotida umumiy о‘rta va о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmunini rivojlanishi tendensiyalarining hisobga olinishi.
Davlat ta’lim standarti:
1) ta’lim olish shaklidan qat’iy nazar bitiruvchilar erishishlari kerak bо‘lgan ta’lim darajasini belgilovchi asosiy hujjat;
2) о‘quv fani bо‘yicha yakuniy ta’limning yakuniy natijalarini belgilovchi asosiy hujjat;
3) ta’lim dasturlari mazmunining minimumi, о‘quvchilar tomonidan bajariladigan о‘quv ishlarining maksimal hajmi, shuningdek, bitiruvchilarning tayyorgarlik darajalariga qо‘yiluvchi talablarni belgilaydi.
О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni bilan bir qatorda ta’lim standarti asosiy meyoriy hujjat hisoblanadi. «Standart» ingliz tilidan tarjima qilinganda «meyor», «namuna», «andoza», «model» ma’nolarini anglatadi. Standart yordamida, respublika miqyosidagi turli ta’lim muassasalarida ta’limning barqarorlik darajasini ta’minlashga erishiladi, о‘quv ishlari normativlari moslashtiriladi, о‘quvchilarning bilimlarini baholash mezonlari ishlab chiqiladi. О‘quvchi davlat tomonidan belgilangan ta’lim standarti bilan cheklanishlari mumkin, yoki bilimlarni yanada chuqurroq egallab olish maqsadida mustaqil shug‘ullanish imkoniyatiga ega. Uning uchun qiyin bо‘lgan yoki qiziqarli bо‘lmagan fanni о‘rganishda о‘quvchiga standartga kiritilgan normativ minimum bilan cheklanish imkoniyati beriladi.
Ta’limni standartlashtirish dunyoning rivojlangan mamlakatlarida, mukammal ravishda о‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish, ta’limning ma’lum darajasini belgilash bilan amalga oshiriladi. Ammo “standart” termini о‘zi ta’limga nisbatan yaqin davrlardan qо‘llanila boshlangan. Davlat ta’lim standartlari ta’lim sifatini oshirishga imkon beradi. Ular ta’lim mazmuni minimal hajmini qayd etish va ta’lim darajasining quyi chegarasini belgilab beradi.
Ta’lim standartini kiritishdan avval bunday majburiy qoidalar mavjud emas edi. О‘zlashtirishning aniq belgilangan chegaralari yо‘qligi XX asrning 80-yillarida kо‘pchilik bitiruvchilarining haqiqiy bilim darajalari juda past bо‘lishiga olib keldi.
Davlat ta’lim standartlarini yaratish bо‘yicha ishlar О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni (1992 yil) qabul qilingandan keyin boshlandi. Mazkur hujjatning 6-bandida jahon ta’limi amaliyoti meyorlariga mos keluvchi davlat ta’lim standartlarini yaratish zarurligi ta’kidlab о‘tiladi. О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning IX sessiyasida (1997 yil) О‘zbekiston Respublikasining yangi tahriridagi “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingandan sо‘ng ta’lim dasturlari yangi avlodi yaratildi. Jahon amaliyoti tajribasi asosida yaratilgan ta’lim standartlari har bir fan bо‘yicha о‘zlashtirilishi zarur bо‘lgan bilimlarning minimal darajasini belgilashga imkon berdi.
Davlat ta’lim standartlari tarkibiy tuzilishiga kо‘ra quyidagilardan iboratdir:
  • Ta’limning yangi yoki aniqlashtirilgan maqsadlari, fanning о‘rganish obyektlari va asosiy mazmunli yо‘nalishlari kо‘zda tutiladigan о‘quv fanining umumiy ta’rifi.
  • О‘quv fanining mazmuni, tayanch (invariant) darajasini tasvirlash.
  • Ta’limning majburiy natijalarini ifodalash, ya’ni о‘quvchilarning Bilim, kо‘nikma va malakalarga qо‘yiluvchi talablar, bu ularning majburiy tayyorgarliklari darajasining “о‘lchamidir”, ya’ni, tekshirish ishlari, testlar va alohida topshiriqlarni bajarishlariga qarab о‘quvchilar tomonidan talablarning majburiy darajasiga erishilganligi haqida fikr yuritish mumkin bо‘ladi.

Umumiy о‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’limning DTS quyidagi tamoyillariga tayangan holda ishlab chiqiladi:
-DTS ni davlat va jamiyat talablari va shaxs ehtiyojiga mosligi;
-о‘quv dasturlari mazmunining jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti hamda fan-texnika rivojlanishi bilan bog‘liqligi;
-umumiy о‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi;
-umumiy о‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’lim mazmunining insonparvarligi;
-ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlardagi birligi va yaxlitligi;
-umumiy о‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya (ilg‘or) texnologiya yutuqlariga tayanish;
-pedagogik tafakkurda qaror topgan an’anaviy qarashlar bilan «Ta’lim tо‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» mazmunida ifodalangan zamonaviy talablarning uzviyligi;
-ilg‘or demokratik xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida meyorlarni belgilash tajribalarida milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish.
E’tiboringgiz uchun
rahmat !
Download 251.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling