Ta`lim va tarbiya jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish


Fazoda mo‘ljalga olishni shakllantirish vazifalari o‘ziga nisbatan tinch va harakatlar holatidagi asosiy y


Download 0.58 Mb.
bet3/6
Sana25.10.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1719805
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Fazoda mo‘ljalga olishni shakllantirish vazifalari o‘ziga nisbatan tinch va harakat holatidagi asosiy yo‘nalishlarni farqlash

Fazoda mo‘ljalga olishni shakllantirish vazifalari o‘ziga nisbatan tinch va harakatlar holatidagi asosiy yo‘nalishlarni farqlash. Narsalarni o‘ng qo‘l bilan chapdan o‘ngga qarab terish ko‘nikmasini mustahkamlash. U yoki bu predmetning o‘ziga nisbatan joylashuvini so‘z bilan ifodalashni o‘rgatish (oldimda - stol, orqamda - shkaf, pastda - pol, yuqorida - shift, o‘ng tomonimda - deraza, chap tomonimda - eshik, shkaf - uzoqda, stul - yaqinda ).Bolalarga berilgan yo‘nalishda (oldinga-orqaga, o‘ngga-chapga) harakat qilishni o‘rgatish. Tevarak- atrofda fazoda mo‘ljal olish bo‘yicha ishlash bir necha yo‘nalishda o‘tkaziladi. Eng oldin amaliy tajriba takomillashtiriladi. Bolalar bu yosh davrida ancha mustaqil bo‘lib qolishadi, o‘yinchoqlar saqlanadigan joyni bilishadi, o‘rnatilgan tartibga amal qilishadi. O‘rta guruhda ular oshxonada navbatchilik vazifalarini bajarishga o‘rgatiladi, o‘quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab esa, materialni mashg‘ulotga tayyorlash o‘rgatiladi. Navbatchilarning vazifalarini bajarish stoldagi idishlar, o‘quv ashyolarining fazoviy joylashuvlarini o‘zlashtirish bilan bog‘lik. Bolalar endi binoda va bolalar bog‘chasi uchastkasida erkinroq mo‘ljal oladilar. Masalan, boshqa guruhlar, musiqa zali, tibbiyot xonasi qayerda joylashganini, ularga qanday borishni biladilar. Bularning hammasi atrofni o‘rab olgan fazoda katta qiziqish bilan mo‘ljal olishdan darak beradi. Pedagogik ishning ushbu yo‘nalishi keyingi yosh guruhlarida asosan bolalar bilan kundalik muloqotlarda, ya’ni o‘qishdan tashqari vaqtda ham keng joriy qilinadi. O‘rta guruhda o‘quv faoliyatini tashkil qilish jarayonida tarbiyachi boshqa masalalarni ham hal qiladi: 1) fazo haqidagi dastlabki bilimlarni mustahkamlaydi, ularni kengaytiradi va teranlashtiradi, yangi ma’lumotlar beradi; 2) olingan bilimlarni o‘yinlarda, dasturning boshqa bo‘limlariga bag‘ishlangan mashg‘ulotlarda har xil hayotiy situatsiyalarda qo‘llashga o‘rgatadi. «Bolajon» dasturining «Tevarak- atrofda mo‘ljal olish bo‘limiga mos ravishda tarbiyachi bolalarga o‘ziga nisbatan yo‘nalishni aniqlashni, berilgan yo‘nalishda harakat qilishni (oldiga-orqaga, yuqoriga-pastga, o‘ngga-chapga), o‘ziga nisbatan buyumlarning holatini so‘zlar bilan tushuntiradi. Ammo oldin bolaga nisbatan qarama-qarshi yo‘nalishda turgan, ya’ni oldida-orqasida, o‘ngda-chapda turgan 1-2 ta o‘yinchoqni, buyumlar joylashuvini aniqlashga doir topshiriq beriladi. O‘yinchoqlar yoki qandaydir buyumlar soni asta-sekin 4 taga yetkaziladi. Dastlabki vaqtlarda buyumlarni boladan uncha uzoqmas masofaga (uning yoniga) joylashtirish ma’qul. Keyinchalik masofani kattalashtirib borish kerak. Tarbiyachining topshirig‘iga binoan, bola xonaning ma’lum bir joyiga turadi va o‘z oldida, chapida va o‘ngida qanday buyumlar turganini aytadi. Shundan keyin tarbiyachi boladan o‘ngga (chapga) turilishini va yana qanday buyumlar undan qaysi yo‘nalishda turganligini aytishni so‘raydi.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling