Ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishdagi faolligi
Download 4.24 Kb.
|
Metodbirlashma Metodlari
Qo’shtepa tumani 2-IDUMI matematika,fizika,chizmachilik,jismoniy tarbiya metodbirlashmasi rahbari M.Muhammadiyorovaning “Ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishdagi faolligi” bo’yicha ma’lumot Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o’qitishning zamonaviy metodlari keng qo’llanilmoqda. O’qitishning zamonaviy metodlarini qo’llash, o’qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq sanaladi. Ananaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli tuman ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish, ta’lim oluvchilarning o’zlashtirish darajasini ko’tarilishiga olib keladi. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag’batlantirilib turilishi, o’quv materialini kichik kichik bo’laklarga bo’lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs munozara muammoli vaziyat, yo’naltiruvchi matn, rolli o’yinlar kabi metodlarni qo’llash ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi. Shulardan kelib chiqib metodbirlashma raisi M.Muhammadiyorova 1-chorakda “Aqliy hujum”, “Kichik guruhlarda ishlash” metodlarini qo’llash yuzasidan tavsiyalar berdi. 2-chorakda o’quvchilar bilimidagi bo’shliqlarni to’ldirish maqsadida murakkab mavzulardan biri bo’lgan “Ehtimollar nazariyasi va unga oid masalalar ishlash usullari” mavzusida uslubiy tavsiya berdi. 3-chorakda ham o’quvchilar bilimidagi bo’shliqlarni to’ldirish maqsadida “Sinuslar , kosinuslar yig`indisi va ayirmasi” mavzusida uslubiy tavsiya berdi. 4-chorakda dars jarayonlarini samarali tashkil etish maqsadida “Davra suhbati”, “Ishbob o’yin”, “Rolli o’yin” metodlarini dars jarayonida qanday qo’llash kerakligini ko’rsatib o’tdi. Metodbirlashma rahbari: M.Muhammadiyorova Download 4.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling