Ta’lim va zamon


MA’NODOSH SO‘ZLAR (SINONIMLAR)


Download 0.55 Mb.
bet6/9
Sana02.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#196730
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5402425545281505458

MA’NODOSH SO‘ZLAR (SINONIMLAR)

Bir umumiy ma’noni ifodalovchi ikki va undan ortiq so‘zlarga ma’nodosh so‘zlar deyiladi.Ma’nodosh so‘zlar bir ma’noni xilma-xil so‘zlar orqali turli nozik ma’no qirralari bilan ifodalashda, so‘z sehrini namoyish etishda, nutqni bezashda, ta’sirchanligini ta’minlashda katta ahamiyatga ega.

Ma’nodosh so‘zlar belgi, predmet, shaxs, voqeaning bir necha nomlar bilan aytilishidir. Masalan, odam, inson, kishi, bashar; yel, bo‘ron, sabo, nasim; katta, buyuk, ulug‘; gapirdi, aytdi, so‘zladi, dedi, uqtirdi, bayon etdi va b.

Sinonimlar badiiy uslub vositasi bo‘Iib, adabiy tilni boyitish manbalaridandir. Ona tili imkoniyatlarimizdan (bet - yuz) va boshqa tillardan so‘zlar olish yo‘li bilan sinonimik qatorlar kengayaveradi: dastur (reja), nasim (yel), botir (mard, jasur, qahramon), ota (padar), o 'qituvchi (muallim), kishi (inson, bashar), bitik (kitob), et (go 'sht), el (yurt, diyor, vatan), chiroy (husn), chiroyli (go‘zal, ajoyib), katta (buyuk), tug‘ilmoq (tavallud topmoq) va b.

Sinonimlar nutqni ravon va ta’sirli qiladi: Erur bas chu husn-u malohat senga, Yasanmoq, bezanmoq ne hojat senga. (N.) Shu qadar chiroyli, shu qadar go‘zal! Minglab gulistondan afzaldur bu joy. Minglab gulistonga, minglab chamanga Bahuzur ko‘rk bo‘lur undagi chiroy. (U.)

Ma’noni kuchaytirish va ta’kidlash uchun sinonimlar birin-ketin qo‘llanadi:



Ul oyki, kula-kula qirog‘latdi meni,

Yig‘latdi meni demayki, siqtatdi meni. (N.)

Sadoqatli, qadrdon, oshno-yu, do‘st-uyorimbor. (Habibiy)

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling