Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
Жахон тарихи. (Қадимги дунё тарихи). У.Абдуллаев
IX asrda Finikiya davlati yanada o‘sib, gullab-yashnadi. Mamlakat podsholaridan biri - Itobaal Liviyada Avzu shahrini qurdi. Bu davrda Berit, Bibl va Sidon kabi yirik savdo shaharlari bo‘lgan Finikiya sohilining katta qismi Tirga tegishli bo‘lgan. Finikiyaliklar butun O‘rta yer dengizi havzasida bir qancha mustamlaka davlatlarga ega edilar. Miloddan avvalgi XVI asrdayoq Finikiya mustamlakalari Kipr oroli va Kichik Osiyo janubiy sohilining bir qismini va bundan tashqari butun Egey dengizi hududini o‘z ichiga olgan. Finikiyaliklar o‘zlarining savdo faktoriyalari uchun qirg‘oqqa yaqin orollar, muhim savdo va harbiy yo‘llari tutashgan, tabiiy boyliklari serob va tabiiy jihatdan himoyalangan joylarni tanlaganlar. Ular Kiprni bosib olib, so‘ng Rodos, Kiklad va Sporad guruhidagi ayrim orollarni, oltinga boy Fasosni, Samofrakiyani istilo qilganlar hamda Gelespont va Bosfor orqali Qora dengizga, Kichik Osiyoning shimoliy qirg‘oqlariga qadar yetib borganlar. Finikiya savdo yo‘li bilan Kichik Osiyo va Yunonistonning materik qismidagi hudud va shaharlariga ham kirib borgan. Troya, Miken va Trinfada o‘tkazilgan qazilma ishlarida Finikiyaga xos bir qancha buyumlar topilgan. Tir savdogarlari O‘rta dengizning Sharqiy qismida keng savdo ishlari yuritganlar. Tirliklar Finikiya sohillaridan Iberiya qirg‘oqlariga, asosan, Tartessga olib boradigan dengiz yo‘lidan asta-sekin olg‘a siljiganlar. Bu yo‘l Sitsiliya, Malta, Pantelleriya orqali Turditaniyaning asosiy daryosi Gvadalkvivirning quyilish joyiga yaqin orolda finikiyaliklar asos solgan qadimgi Gader shahriga (lotincha Gades, hozirgi Kadis) olib borgan. Sitsiliya orolida finikiyaliklar “Rosh-Melkart” (Tir bosh xudosi “Melkart boshi”) shahrini bunyod etganlar. Sardiniya orolidagi Karalis (Kalyari) shahri ham Finikiya mustamlakasi hisoblangan. Sardiniyada saqlanib qolgan kesik konus shaklidagi maqbaralar (toshdan ishlangan) Finikiya ta'sirini ko‘rsatadi. O‘rta yer dengizidagi Finikiya mustamlakalari 156 Shimoliy Afrikaning ba'zi hududlarini bosib olganlar va u yerlarda o‘zlarining savdo faktoriyalari va shaharlarini qurganlar. Ular ichida Karfagen alohida o‘rin tutgan. Bu shahar miloddan avvalgi I ming yillikning birinchi yarmida mavjud edi. Karfagen finikiyaliklar tomonidan miloddan avvalgi 825-823-yillarda bunyod etilgan. Miloddan avvalgi VI-V asrlarda Karfagen O‘rta yer dengizining g‘arbiy qismidagi Finikiya mustamlakalarini o‘z atrofida birlashtirib, yirik va qudratli quldorlik davlatini tashkil etgan. G‘arbda Finikiya savdosining eng uzoq tayanch nuqtalari - g‘arbiy Afrika sohilidagi qishloqlar: Tingiz (Tanja, Tanjer), Selis (Azila) va boshqalar bor edi. Undan janubda, keyingi rivoyatlarga ko‘ra, tirliklar asos solgan va 30 kunlik yo‘lda 300 ta Finikiya qishlog‘i joylashgan. Finikiyaning dengiz orqali savdosi va mustamlakachiligining keng quloch yoyganligi to‘g‘risida “Karfagenlik Gonnon Peripl” aniq va batafsil ma'lumot beradi. Bu ma'lumot Karfagendagi El tangrisi ibodatxonasidagi hujjatdan olingan. “Peripl” matni miloddan avvalgi VI asrga oid bo‘lib, unda sayohatga chiqish haqidagi buyruq keltiriladi va Gonnonning Afrika atrofidagi sayohati ta'riflanadi. Bu ta'rifga ko‘ra, Gonnon okeanga Gerakl ustunlari (Gibraltar bo‘g‘ozi) orqali chiqqan. Uning floti har biri 50 eshkakli 60 ta kemadan iborat bo‘lib, unda 30 ming erkak va ayol xizmat qilgan. Finikiyaning bu ulkan ekspeditsiyasi oqibatida g‘arbiy Afrika qirg‘oqlari o‘rganilgan, va u yerda yangi shahar va ibodatxonalar barpo qilingan. Finikiyada dengizchilik taraqqiy etganini Misr fir'avni Nexo II ning buyrug‘i bilan Finikiya dengizchilarining Afrikaga qilgan sayohatidan ham bilish mumkin. Finikiyaliklarning Pireney yarim orolining g‘arbiy qirg‘og‘i bo‘ylab shimolga suzib borganliklari to‘g‘risida ma'lumot saqlanib qolgan. Lekin ular to‘la tasdiqlangan emas. Finikiyaliklar dengiz yo‘li bilan Britaniyadan qalay va qahrabo 1 ham keltirganlar. Finikiyaliklar Sharqdagi mamlakatlarga ham yetib borganlar. Tir bozorlarida Armanistondan keltirilgan mollar sotilgan. Ular Mesopotamiyada Frot daryosi bo‘yida Eddona shahrini barpo qiladilar. Suriya bilan Falastin Finikiyani xom ashyo, turli buyumlar, shuningdek, ishchi kuchi bilan ta'minlab turgan. Arabistondan esa ziravorlar keltirilgan. Shunday qilib, Finikiya savdosi va 1 World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin, Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011 157 mustamlakachiligi miloddan avvalgi XVI-XII, ayniqsa, X-IX asrlarda keng quloch yoydi. Miloddan avvalgi IX asrda juda ravnaq topgan Tir - Sidon podsholigi Ossuriya kabi kuchli dushmanga duch kelib, uzoq chidash bermadi. Biroq Finikiyaning eng katta shaharlari-Tir bilan Sidon aholisi Finikiya dengiz bo‘yini qo‘lga kiritishga intilgan Ossuriya shohlariga uzoq vaqt qarshilik ko‘rsatdi. Faqat Asarxaddon (miloddan avvalgi VII asr) Finikiyaning mazkur shaharlari qarshiligini yengib, Finikiyani Ossuriya tarkibiga qo‘shib olishga erishadi. Finikiya madaniyati miloddan avvalgi IV-I ming yilliklarda Finikiya va uning mustamlakalari hududida vujudga kelgan. Uning rivojiga misrliklar, shuningdek, Ossuriya, Bobil, Xett, Egey va yunon madaniyatlari katta ta'sir ko‘rsatdi. Finikiyaliklarning eng katta yutuqlaridan biri miloddan avvalgi II ming yillikda bu yerda undosh harflarining kashf etilishidir. Bu kashfiyot keyinchalik barcha harf - tovush tizimidagi xatlarda ishlatiladigan bo‘ldi. Tarixchilarning fikriga ko‘ra, Finikiya yozuvi bibl “псевдоиероглифик” yozuv, ya'ni so‘zlardan tarkib topgan xat yoki Sinay yozuvi va uning ilk Falastin variantlaridan kelib chiqqan. Finikiya adabiyotining eng qadimgi namunalari Ugarit mifologik matnlari va Finikiya podsholarining yozishmalari (Bibllik Axiram va Iyeximilk, Sidonlik Eshmunazar va boshqalar) dan iborat. Rim imperiyasi hukmronligi va ellinlar davrida Finikiyada yunon tilidagi adabiyot rivoj topdi: kosmogoniya va teogoniyaga oid Menandraning tarixiy afsonalari, Diy (miloddan avvalgi II-I asrlar), Feodot (milodiy I asr), Bobillik Filon (I-II asrlar) va boshqalarning asarlari. Bu mualliflarning ishlari “Tir solnomasi” va boshqa asarlarda aks etadi. Shimoliy Afrikada rivojlangan Finikiya adabiyoti, Gannon va Gamilkon dengizchilarining Atlantika okeanidagi sayohatlari haqidagi hikoyalar va qishloq xo‘jaligi ishlarini samarali yuritishga bag‘ishlangan Magon asarlari bizga ma'lum. Ma'lumki, Finikiyada oliy xudoni El deb ataganlar. Buning ma'nosi xudo, uning rafiqasi Elat yoki Asherat (dengiz ruhi). Qolgan xudolar - shohlar (malk) yoki sohiblar (ball, vall), shu bilan birga, osmon xudosi - Baalshamem, quyosh xudosi (issiqlik egasi) - Baalxammon, shuningdek alohida joy, daryolar xudolari bo‘lgan. Finikiya madaniyati 158 Finikiya shaharlarining tanlangan xudolari bo‘lgan, masalan Tirda - Melkart (shahar hokimi), Sidonda - Eshmun (tabib - davolash xudosi), Beritda - Buyuk Berit egasi, Biblda - (Finikiya umumiy xudolaridan biri) sevgi va hosildorlik xudosi Ashtarta (Astarta). Finikiyada, ayniqsa, hosildorlik xudosiga keng e'tiqod qilingan edi. Finikiyalik rassomlar Misr, Xet - xurrit va Bobil san'ati motivlarida asarlar yaratganlar. Shu bilan birga ular o‘ziga xos yo‘nalishlarga ega bo‘lgan. Ayniqsa, o‘sha davrda Finikiya hunarmandlari yasagan buyumlar Yuqori baholangan. Finikiyaning turli o‘lkalarida yozuvga ehtiyoj sezila boshlangan. Aholining katta qismi mashg‘ul bo‘lgan dengizchilik va savdo munosabatlarining rivojlanishi bilan faqat ayrim hattotlar yoza oladigan yozuvni soddalashtirish zarurati yuzaga kelgan. Finikiya yozuvining kamchiliklari quyidagilardan iborat bo‘lgan: u faqat undosh tovushlarni ifodalar va misr yozuvi kabi matn o‘qishni osonlashtiradigan qo‘shimcha belgilarga ega emas edi. Shuning uchun matnlarni o‘qish oson bo‘lmay, murakkab matnlarni tushunish esa, yanada qiyin kechgan. Vaqt o‘tib, shimoliy finikiya alifbosi 22 belgidan iborat janubiy finikiya alifbosi tomonidan siqib chiqarildi va u keyinchalik butun mamlakatda tarqaldi. Yunon alifbosi uning asosida qurilgan. Bu yunon harflarining qadimiy shakli hamda qator yunon harflari nomlarining kelib chiqishi semitcha ekanligini ko‘rsatadi. Masalan “alfavit” so‘zining o‘zida birinchi ikki “alef” va “bet” (g‘arbiy semit tilida “buqa” va “uy” ma'nosini bildiradi) Finikiya harflariga to‘g‘ri keladi. Bu alifbo harflari asosida qadimgi rasm - belgilar yotar edi. Aksariyat yunon harflarining nomlari Finikiya harflari nomiga to‘g‘ri keladi. Yunon va oromiy alifbolari ko‘pgina zamonaviy alifbolar uchun asos bo‘lib xizmat qilgan. Osmon xudosi Finikiya shaharlarida bosh tangri hisoblanib, u o‘z ismi bilan emas, balki turli nomlar bilan atalgan. U oddiygina “ega” (Vaal), “shahar shohi” (Melkart), “hokimiyat” (Molox) yoki “xudo” (El) deb atalgan. Osmon xudosi Vaal yonida uning xotini Astarta (Ashtart, Asherat) joy egallagan. Osmon va yer tangrilari bilan birga o‘lib- tiriluvchi o‘simliklar xudosi ham e'zozlangan. Ko‘pincha uni Adonis - Din 159 “mening janobim” deb ataganlar. Ushbu tangrining ayrim sifatlari Vaal va uning singlisi Anat (ba'zi taxminlarga ko‘ra, xotini Astarta) haqidagi mifologik dostonda o‘z aksini topgan. Dostonning ayrim lavhalari mazmuni Osiris va uning singlisi Isida haqidagi Misr mifologik dostoniga yaqin. O‘luvchi va qayta tiriluvchi xudo e'tiqodi bilan birga diniy dramalar ham vujudga kela boshladi. Ugarit matnlaridan birini aynan shunday diniy xarakterga ega bo‘lgan drama sifatida talqin qilish mumkin. Finikiyada Falastin va Suriyadagi kabi odam qurbon qilish odati uzoq saqlanib qoldi. Ko‘pincha yosh bolalar, ayniqsa, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar qurbonlik qilingan. Davlatga nisbatan xavf tug‘ilgan paytda bu urf amalga oshirilar edi. Masalan: miloddan avvalgi IV asrda Tir yunon - makedon qo‘shinlari tomonidan qamal qilingan paytda, shahar devori ustida makedoniyalik harbiy asirlar qurbonlik sifatida qatl etilgan. Miloddan avvalgi III ming yillik oxirlaridan miloddan avvalgi II ming yillik o‘rtalarigacha bo‘lgan tarixni kuzatish mumkin. Ugarit deb nomlangan bu davlat hududida eng muhim savdo yo‘llari tutashib, Misr va Egey dengizi sohilini Kichik Osiyodagi xett qabilalari bilan o‘zaro mahkam bog‘lab turgan. Shahar xarobalaridan topilgan va maxsus mixxat yozuvida bitilgan esdaliklar katta ahamiyatga ega. Afsonalardan olingan matnlar Shimoliy Suriyadagi qabilalar 1 ning miloddan avvalgi II ming yillik o‘rtalaridagi diniga oid muayyan ma'lumot beradi. Suriya va Finikiyaning bu davrdagi siyosiy tarixini o‘rganish uchun Amarna arxividan topilgan (diplomatiyaga oid) xatlar, xett hujjatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Suriya va u bilan bog‘liq Finikiya tarixini o‘rganish uchun Bobil va Ossuriya yozuvlari, hamda miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda o‘tgan Ossuriya podsholarining ma'muriy yozishmalari muhim o‘rin tutadi. Shuningdek, antik mualliflar Iosif Flaviy, Gerodot, Yevseviy asarlarida ham qadimgi Suriyaga oid ancha ma'lumot bizga qadar yetib kelgan. Misrning Suriya va Finikiyani istilo qilishi. Misr-Xett nizolari. Ichki kurash natijasida kuchsizlanib borgan Suriya bir necha bor ajnabiy bosqinchilar asoratiga tushgan. Qadim Sharqdagi katta 1 World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin, Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011 160 davlatlar hukmdorlari, Misr fir'avnlari va Bobil podsholari nisbatan kichik mamlakatlar - Suriya va Shimoliy Mesopotamiyani bir necha bor istilo qilganlar. Miloddan avvalgi II ming yillik o‘rtalarida Suriya va Finikiya Misr hukmronligi ostiga tushib qoladi. XVIII sulola fir'avnlari Suriyani Frot daryosigacha istilo etadilar va mamlakatga og‘ir xiroj solib, uning tabiiy boyliklariga egalik qiladilar. Ammo Suriya Misrning iqtisodiy va siyosiy nazorati ostida qolganiga qaramay, qisman mustaqilligini saqlab qoladi. Miloddan avvalgi XIV asrga kelib Misrning Suriyadagi o‘z hukmronlik mavqyeini saqlab qolishi uchun kuchi yetmay qoldi. Misrliklar o‘rnini xettlar egallab, Shimoliy Suriyani mustamlakaga aylantiradilar. Suriyaning ko‘p hududlari dehqonchilikning turli shakllarini rivojlantirish uchun birmuncha noqulay bo‘lgan. Shuning uchun bu hududda, ayniqsa, Suriyani Mesopotamiyadan ajratib turgan cho‘llarda yashagan qabilalar uzoq vaqtgacha ko‘chmanchi hayot kechirib, chorvachilik bilan shug‘ullanishgan. Faqat ba'zi vodiylargina dehqonchilikni rivojlantirish imkonini bergan. G‘alla bilan birga dehqonchilikning yanada intensivroq turlari, ya'ni uzum yetishtirish hamda vinochilik tarkib topgan. Bu yerda zaytun moyi va vino ishlab chiqarish imkoniyati bo‘lgan. Turli hunarlar rivojlangan, masalan, to‘qimachilik mahsulotlari, bo‘yalgan mato, rang-barang bo‘yoqlar Finikiya eksportida muhim o‘rin tutgan. Quruqlikdagi karvon yo‘llari orqali Ras-Shamrada yuritilgan savdo Suriyaning shimoliy qirg‘og‘idan to Qizil dengiz sohilidagi Aqaba qo‘ltig‘igacha keng hududni o‘z ichiga oladi. “Ipuver (Ipuser) nasihati” da (O‘rta podsholik davri) Suriyadan sarkofag - tobutlar yasash uchun alohida yog‘och va mo‘miyolash uchun daraxt yelimi (smolasi) keltirilganligi haqida so‘z boradi. Suriya qadim zamonlardan beri har tomondan taraqqiy etgan qadimgi madaniy va qudratli davlatlar bilan o‘ralgan edi. janubiy-g‘arbda Misr, Sharqda Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar va savdo Qdimgi Suriya madaniyati 161 Bobil va Ossuriya, shimoliy-Sharqda Mitanni, shimolda Xett davlati joylashgan edi. Mazkur davlatlar Suriyaga madaniy jihatdan kamroq ta'sir ko‘rsatgan. Shimoliy Suriya Sharqiy O‘rta dengiz miqiyosida ilk sivilizatsiya markazlaridan bo‘lgan. So‘nggi yillarda arxeologik qazishmalar natijalari (XX asr 80-yillari boshida) shundan dalolat berib turibdi. Suriyaning shimoliy-g‘arbiy qismida miloddan avvalgi III ming yillikda mahalliy sivilizatsiya paydo bo‘lganligi va unga Shumer sivilizatsiyasi madaniy ta'sir ko‘rsatganligi aniqlandi. Ushbu sivilizatsiya ulkan qazish ishlari natijasida (Tell-Mardix shahar xarobalarida) qadimgi Emba shahridan topildi (hozirgi Halab shahridan 50 km narida). Arxeologlar Tell - Mardixning quyi, eng qadim qatlamlarini ochishga muvaffaq bo‘lganlar. Ushbu qatlamlardan Tel Mardix tarixining ikki bosqichi aniqlandi: Eblaning YAhmad davlatining qaramligidagi davri (miloddan avvalgi 1900- 1600 yillar) va Ebla tarixining mustaqillik davri (milollan avvalgi XXVI-XXIII asr). Ushbu madaniyatning eng katta yutug‘i bo‘lmish Ebla matnlari aynan shumer yozuvida yaratilgan. Eblait alifbosining vujudga kelishiga ham shumer yozuvi katta ta'sir ko‘rsatgan. Matnning 90 % shumer alifbo belgilarida bitilgan. Eblait-shumer alifbo belgilari tashqi ko‘rinishidan janubiy shumer an'anaviy yozuvlariga o‘xshab ketadi (Lagash, Ur, Uruk yodgorliklaridan). Ammo olimlarning fikricha, bu tizim shimoliy (ya'ni Kish) hududlarida vujudga kelgan (miloddan avvalgi 2500-yil). Tell- Mardixda ham shumer -eblait qomuslari topilgan. Shunday qilib, bu yerdan topilgan xat namunalari alohida ahamiyatga ega bo‘lib, oddiy Ossuriya - Bobil yozuvidan ancha farq qiladi. Me'morchilik sohasida ilk neolit davriga oid Ras - Shamrada “qal'a ko‘rinishidagi yodgorliklar”, miloddan avvalgi III-II ming yilliklarda esa, Ebla shahrida Mesopotamiyadagi kabi ibodatxonalar topilgan. O‘sha davrdayoq Suriya me'morchiligining ko‘p namunalari (ibodatxona, qal'alar) rivoj topdi. Shu davrga oid arxitekturada, ayniqsa, san'at bilan dinning o‘zaro chambarchas bog‘liq ekanligi yaqqol namoyon bo‘ladi. Suriya va Finikiya qabilalarining eng qadimgi dini qadimgi jamoa - dehqonchilik kultlariga borib taqaladi. Ras-Shamra mifologik 162 dostonlarida arpani sug‘orish jarayoni va boshqa qadimgi diniy urf- odatlar ta'riflanadi. Qayta tiriluvchi tabiat xudosi Vaal va uning o‘g‘li Aleyyan haqidagi dostonda diniy qarashlar o‘zining yorqin ifodasini topgan. “Vaal va Aleyyan” nomli ushbu dostonda hikoya qilinishicha, Vaal xudosi uchun hashamatli ibodatxona barpo qilinib, bu unda Vaal o‘lim xudosi Mot ustidan qozongan g‘alabasini nishonlaydi. Bu afsona hamda tabiat xudosiga e'tiqod qilish keyinchalik Adonisga sig‘inish uchun asos bo‘lgan. Adonisga e'tiqod qilish esa keyinchalik Suriya va Finikiyada keng tarqalgan. Suriya san'ati, xususan arxitekturasi madaniy yodgorliklari katta ahamiyatga ega. Frigiya - Kichik Osiyoning shimoliy-g‘arbida joylashgan tarixiy viloyat. Frigiya aholisi - frigiyaliklar (Yevropadan ko‘chib kelganlar). Miloddan avvalgi II ming yillikda Frigiya gullab-yashnadi va o‘z hududini kengaytirishga erishdi. Gomer “Iliada” sida Frigiya Troyaga yunonlarga qarshi kurashishda yordam bergan, so‘ng Troya ustidan o‘z “hukmronligini o‘rnatdi” deb yozilgan. Miloddan avvalgi XII asrda Frigiya Xett davlati qulashida katta rol o‘ynadi va uning katta qismini o‘ziga qo‘shib oldi. Shu asr oxirida esa Frigiya Ossuriya bilan to‘qnash keldi. Tiglatpalasar I yozuvlarida Frigiya “mushklar davlati” deb tilga olinadi (yunoncha “mosxlar”). Miloddan avvalgi X-VIII asrda Frigiya poytaxti Gordion shahri bo‘lgan. Miloddan avvalgi IX asrda Frigiya Egey dengizida o‘z hukmronligini o‘rnatdi. Miloddan avvalgi VIII asrda esa Frigiyaning xalqaro mavqyei biroz yomonlashdi. Uning shimoliy va shimoliy- g‘arbiy hududlarini Yevropadan ko‘chib kelayotgan yangi xalqlar egallay boshlashdi, Sharqda esa Ossuriya bilan to‘qnashuvlar ko‘paydi. Frigiya shohi Midas (ossuriyacha - Mita) miloddan avvalgi 717-yilda Urartu bilan ittifoq tuzadi, lekin 713-yili Ossuriyadan bir necha marta mag‘lubiyatga uchragandan keyin Sargon II bilan Shartnoma tuzadi va g‘olibga boj to‘lashga majbur bo‘ladi. Frigiyaga kimmer qabilalari ham xavf solar, miloddan avvalgi VII asrning 70- yillarida ular Frigiyaning ancha qismini bosib olgan edilar. 163 Gerodot so‘ziga ko‘ra frigiyaliklar 1 Yevropada yashagan paytlarida o‘zlarini briglar deb atashgan. Osiyoga ko‘chib kelganlaridan keyin esa o‘z nomlarini frigiyaliklarga o‘zgartirganlar. Yozuv va ismlarga asoslangan holda aytish mumkinki, frigiyaliklar tili hind-yevropa tillari turkumiga kirgan va yunon tili bilan bog‘liq. Xett davlati bilan bevosita aloqadagi mahalliy aholi bilan yaqin frigiyaliklar tez orada Old Osiyoning qadimgi jamoalariga xos bo‘lgan sivilizatsiya darajasiga yetib oldilar. Arxeologik manbalarga asoslangan holda aytish mumkinki, dehqonchilik Frigiya jamoasining iqtisodiy asosi bo‘lgan. Frigiyaning hududi bo‘ylab ko‘plab istehkomlar qurilgan edi. Frigiyada qazishlar paytida topilgan sopol idishlar o‘tgan davrdagi hunarmandchilik an'analarining taraqqiyot darajasini ko‘rsatadi. Unda Xett davlati, Kichik Osiyo va hatto Kipr kulolchiligining namunalarini ko‘rish mumkin. Shoh va amaldorlar qo‘rg‘onlarda dafn qilinib, hunarmandchilik taraqqiy etishi tufayli tosh maqbaralar qurila boshlandi. G‘arbiy sohildagi yunon shahar-davlatlari bilan Frigiya savdo aloqalarini o‘rnatgan bo‘lib, bu yunon va frigiya jamiyatlari madaniyati yaqinlashuviga olib kelgan. Ossuriya va yunon manbalarida faqat ikki Frigiya podshosi - Gordiya va Midas ismi keltiriladi. Ayrim mutaxassislar bu ismlar emas, balki shohlik amallari nomi deb xisoblashadi. Frigiyaliklar dehqonchilik, chorvachilik bilan, shuningdek marmar qazib olish, oltin konlarini o‘zlashtirish, junni qayta ishlash bilan shug‘ullanishgan. Savdo-sotiq ishlari ko‘proq yunonlar va rimliklar bilan olib borilgan. Frigiyaliklar asosan qishloq joylarda yashashgan, lekin bir necha Gordion, Kelena, Kotiy kabi katta shaharlar ham bo‘lgan. Frigiya madaniyatining Egey dengizi atrofida yashaydigan xalqlar madaniyati va sivilizatsiyasi bilan o‘xshash tomonlarini ko‘rish mumkin. Qadimgi Frigiya alifbosi yunon alifbosining bir varianti bo‘lib, Frigiya va Yunoniston madaniyatining yaqin aloqalarini ko‘rsatadi. Kadimgi Yunon afsonalarida Frigiya shohi Midasga katta o‘rin berilgan. Ularga ko‘ra shoh qo‘li tekkan narsa oltinga aylangan. 1 World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin, Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011 164 Sakarya (Sangariy) daryosi vohasida topilgan qadimgi Frigiya yozuvlari, shuningdek G‘arbiy Kichik Osiyo va Kappadokiya shaharlaridan ham topilgan 1 . Bularning bari, Frigiya davlati gullagan davrida uning chegaralari g‘arb va Sharqqa tomon keng hududlarni egallaganligini ko‘rsatadi. Yunon madaniyati Frigiyaga Germa vohasi orqali kirib kelgan. Shu yo‘l bilan Frigiya madaniyati o‘z ta'sirini Kichik Osiyoning g‘arbiy sohilidagi yunon aholisiga o‘tkazgan. Frigiya musiqasi yunonlar tomonidan qabul qilinib, qadimgi yunon madaniyatining rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling