Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


miloddan avvalgi III ming yillikning


Download 1.41 Mb.
Pdf просмотр
bet14/39
Sana05.12.2019
Hajmi1.41 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39

miloddan avvalgi III ming yillikning birinchi yarmiga tegishli 
bo‘lgan Lagash bilan Umma shaharlari o‘rtasida yuz bergan chegara 
mojarolarini aks ettirgan ikkita loy silindrlarga bitilgan yozuvlar 
hisoblanadi.  
Bundan tashqari miloddan avvalgi XXIII asrda Aqqod podshosi 
bilan Elam podshosi o‘rtasida imzolangan teng huquqli Shartnoma 
hamda Mari podshosi Zimrilim saroyi xarobalarini qazish vaqtida (II 
ming yillik boshlarida) topilgan arxivda ham muhim diplomatik 
hujjat mavjud. Arxivda Bobil, Mari davlat arboblarining Suriya va 
Finikiya hokimlari o‘rtasidagi juda ko‘p yozishmalari saqlangan. 
Mesopotamiya hududidagi davlatlarning miloddan avvalgi II 
ming yillik tarixi va o‘sha davr xalqaro munosabatlarini o‘rganish 
                                                 
1
 История Востока. Восток в древности. Москва Издательская фирма 
«Восточная литература» РАН 2002 

 
 
128
uchun favqulodda ahamiyatga ega bo‘lgan hujjat qadimgi Misrda 
topilgan El - Amarna arxividir. Bunda Mitanni, Ossuriya, Bobil 
podsholarining Misr fir'avnlari Amenxotep III va Exnatonga yozgan 
maktublari saqlangan. 
1955-yilda topilgan Ossuriya podshosi Asarxaddon bilan unga 
tobe Midiya hukmdorlari o‘rtasida imzolangan Shartnoma hamda 
Ashshurbanipalning Bobil shahri bilan olib borgan muzokaralari 
bayoni ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
 
  Shumer, Aqqod, Bobil, Ossuriya va boshqa davlat 
hukmdorlarining tarixiy bitiklari muhim manba hisoblanadi. 
Miloddan avvalgi XXV asrda Lagash davlatining oyoqqa turishi, 
tashqi siyosati, qudratli qo‘shnisi Umma davlati bilan olib borgan 
keskin kurashlari Eannatum bitiklarida keng yoritilgan. 
Miloddan avvalgi VIII - VII asrlarda Sargoniylar sulolasi 
podsholari zamonida yozilgan bitiklar faqat tarixiy tusga ega bo‘lmay, 
shu bilan birga adabiy-tarixiy asar ham hisoblanadi. Ular chiroyli 
uslubi, original va mazmundorligi, voqyealarni batafsil tasvirlashi 
bilan ajralib turadi. Ana shunday bitiklardan biri “Sargon II ning 
xudo Ashshurga yozgan maktubi” o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. 
Tarixda yangi Bobil podsholarining 140 dan ziyod bitiklari 
mavjud. Bularning aksariyat qismi mashhur Navuxodonosor II va 
Nabonidga tegishli. Ularda harbiy yurishlar, saroy, ibodatxona, shahar 
qurilishlari, sovg‘alar, qurbonliklar va boshqalar haqida tarixiy 
ma'lumot beriladi. 
Ayniqsa, podsholarning diniy yozuvlari jiddiy ahamiyatga ega. 
Bu yozuvlar ibodatxona, xudo va podsholarga bag‘ishlab yozilgan 
madhiyalardan iborat. Miloddan avvalgi VIII-VII asrga oid 
Nineviya, Kalxu va boshqa shaharlarda 1,5 mingdan ortiq ana 
shunday bitik topilgan. 
Bundan tashqari qadim zamonlarda Shumer, Bobil, Ossuriya 
hukumdorlariga oid ro‘yxatlar ham tarixiy asar hisoblangan. Ana shu 
ro‘yxatlar yordamida qadimgi Mesopotamiya podsholarining 
yashagan, hukmronlik qilgan va taxtdan tushgan vaqtlarini aniq bilish 
mumkin. 
Antik mualliflar Mesopotamiyaning tabiati, ob-havosi, aholisi, 
diniy qarashlari, urf-odatlari, madaniyati, tarixi haqida o‘ziga xos 
ma'lumotlarni berishadi. Yunon tarixchisi Gerodot o‘z asarlarida 

 
 
129
qadimgi Mesopotamiya haqida batafsil ma'lumot beradi. U bu 
mamlakat bo‘ylab sayohat qilgan. Gerodot asarlari asosini 
muallifning kohin, zodagon, tarjimonlardan eshitgan hikoyalari tashkil 
qiladi. Uning Mesopotamiya haqidagi hikoyalari o‘ta nodir, chunki u 
sayohat vaqtida ko‘rgan, bilgan va eshitganlarini yozgan. 
Geograf  Strabon Gerodotdan so‘ng 500 yil o‘tgach 
Mesopotamiyaga ta'rif beradi
1
. Uning “Geografiya” asari 
Mesopotamiya to‘g‘risida qiziqarli materialga boy manbadir.  
Gerodot zamondoshi, ko‘p yillar Eronda yashagan Knidlik 
Ktesiy ham o‘zining “Eron tarixi” nomli 22 kitobini 
Mesopotamiyaga bag‘ishlagan. Biroq uning bu tarixiy asari ko‘proq 
an'anaviy afsonalarga asoslangan bo‘lib, voqyealarni yoritishda 
ko‘plab xatolar va buzib ko‘rsatishlarga yo‘l qo‘yilgan.  
Miloddan avvalgi V-IV asrlarda yashagan yunon tarixchisi 
Ksenofont Mesopotamiyada bo‘lib, u ham o‘zidan so‘ng 
“Kiropsidiya” va “Anabasis” asarlarini qoldirgan. Unda muallif Dajla 
va Frot daryolari vodiylarida yashagan xalqlar, ularning urf-odatlari 
haqida ancha-muncha narsalarni yozadi. 
Iosif Flaviy o‘zining “Qadimiy Iudeya” asarida Ossuriya bilan 
Bobilning Falastin davlati bilan bo‘lgan o‘zaro munosabatlarini 
yoritadi.  
Rim tarixchisi Pompey Trogning kitobida Mesopotamiya tarixi 
to‘g‘risida qator ma'lumotlar mavjud. U Bobil va Ossuriya tarixini 
an'anaviy afsonalarga asoslangan holda tasvirlaydi. Pompey 
Ossuriyaning bosqinchilik siyosati sabablari, qadimda yirik 
imperiyalarning vujudga kelish Sharoitlari, bosib olingan yerlarni 
boshqarish usullari, yirik imperiyalarning halokatga uchrashi 
sabablarini tushuntirishi katta qiziqish uyg‘otadi. 
Mesopotamiya tarixi haqida yunon mualliflari Xeril, Kratet, 
Mark Anney va Lukan kabi Rim shoirlari ham o‘z asarlarida 
muayyan ma'lumotlar keltirganlar.  
Mixxat yozuvlari va ularning ahamiyati. Mesopotamiyaning 
qadimgi yodgorliklari bilan yaqindan tanishish maqsadida XVIII 
asrda Daniya olimi K.Niburo ilmiy maqsadda birinchi marta 
                                                 
1
 World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin, 
Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011 

 
 
130
Mesopotamiyaga sayohat qildi, bu yerdagi moddiy yodgorliklar bilan 
tanishib, ulardan nusxalar ko‘chirdi. 
1802-yilda nemis olimi, falsafa va qadimiy tillar o‘qituvchisi 
G.F.Grotefend mixxatlarni deshifrovka qilish sohasida katta ish qildi. 
U Persepol mixxatlari sirini ochib, ularning Ahamoniylar sulolasi 
podsholariga tegishli ekanligini aniqladi. Grotefend 13 fors mixxat 
belgilarini aniqladi. 
XIX asrning 30-40-yillarida Yaqin Sharqda uzoq vaqt ishlagan 
ingliz zobiti va diplomati G.Roulinson mixxatlar ma'nosini ochishga 
katta hissa qo‘shdi. U Hamadon yaqinida joylashgan Behistun 
qoyasiga Eron podshosi Doro I tomonidan bitilgan ko‘plab yozuvni 
o‘qishga muyassar bo‘ldi. 1847-yilda  Roulinson ulardagi 600 
belgidan 250 tasini aniqlab, 1855-yilda Behistun mixxatlarining elam 
tilida yozilgan uchinchi qismining ma'nosini anglashga musharraf 
bo‘ldi
1

Qator fransuz olimlari, chunonchi, F. de SolsiJ. Oppert hamda 
irlandiyalik  E.Xinks va boshqalar Aqqod mixxatlarini tadqiq etdilar. 
Ularni o‘qishda ingliz olimi E.Norris, daniyalik N.Vestergard 
ishtirok etishdi. Bu ishlar natijasida ossuriologiya fanida yangi 
yo‘nalish paydo bo‘ldi. 
Mesopotamiya mixxatlar tizimidan bobilliklar, shumerliklar, 
ossuriyaliklardan tashqari hurritlar, keyinchalik, elamiy, xett va 
urartuliklar foydalanishgan. Yuqorida zikr etilgan kashfiyotlar tufayli 
ossuriologiya fanidan shumerologiya, elamitologiya, xettologiya kabi 
sohalar paydo bo‘ldi. 
Mixxat ma'lumotlarini mustaqil o‘rgangan Britaniya muzeyi 
naqqoshi  J. Smitning nomi tarixda buyuk olim sifatida qoldi. U 
mixxat usulida yozilgan ko‘plab adabiy asarlar, ilmiy, diniy matnlarni, 
Aqqod tilida yozilgan xo‘jalikka oid hujjatlarni topdi va tarjima qildi. 
XIX asr oxiri-XX asr boshlarida nemis olimi K.Betsold besh 
tomlik mixxat taxtachalari katalogini nashrdan chiqardi. E.Shreder 
esa - olti tomlik ossur - bobil matnlari to‘plamini chop etdi. 
XIX asrning oxirida Mesopotamiya tarixini o‘rganish sohasida 
katta ilmiy ishlar yuzaga keldi. 
                                                 
1
 World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin, 
Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011 

 
 
131
Xorijiy mualliflarning tarixiy asarlari. Mesopotamiyadagi ichki 
siyosiy voqyealarni hamda tashqi siyosat tarixini o‘rganishga ko‘plab 
chet ellik olimlar, chunonchi, D.O.Edsard,  R.Borger,  A.Fine va 
boshqalar katta hissa qo‘shdilar
1
.  
Mesopotamiyaning siyosiy davlat tuzumini o‘rganishda Daniya-
Amerika shumerologi T.Yakobsenning  “Qadimgi Mesopotamiyada 
ibtidoiy demokratiya” va «Mesopotamiyaning ilk siyosiy taraqqiyoti» 
mavzusidagi asarlari alohida o‘rin tutadi. 
Chet el olimlari qadimgi Mesopotamiya madaniyati va dinini 
o‘rganishga katta e'tibor berib, jumladan, K.Betsold,  B.Maysner,  F. 
Delich,  G.Vinkler,  G.Shmekel,  S.Kramer kabi tadqiqotchilar o‘z 
ishlarida Mesopotamiya madaniyatining turli jihatlarini: uning 
vujudga kelishi muammolari, shumerliklar, bobilliklar va 
ossuriyaliklarning qadimgi Sharq xalqlari madaniy rivojiga qo‘shgan 
hissalarini yoritib berdilar. G‘arb va Amerika olimlari qadimiy 
Mesopotamiya huquqshunosligini o‘rganishga ham salmoqli hissa 
qo‘shdilar. Bu sohada - V.SheylG.KolerF.PayzerG.Vinkler kabi 
tadqiqotchilar jiddiy ishlarni amalga oshirishdi. 
Mesopotamiya tarixini o‘rganishga rus shumerolog, ossurolog 
olimlari ham o‘z ulushlarini qo‘shdilar. Mashhur rus olimi 
M.V.Nikolskiy rus ossurologiyasiga asos solib, 1908-1915-yillarda 
ikki tomdan iborat “Eng qadimgi Xaldeyada xo‘jalik hisobotlariga 
oid hujjatlar” nomli ilmiy asarini nashr etdi. Bu kitobda Nikolskiy 
xo‘jalikka oid 500 dan ziyod hujjatlarni (miloddan avvalgi III ming 
yillikka doir) tahlil qildi. B.A.To‘rayev  “Qadimgi Sharq tarixi” 
nomli yirik asarini nashr etdi. XX asrning 20-60-yillarida 
akademiklar  N.M.Nikolskiy,  A.I.Tyumenev,  V.V.Struve va 
boshqalar Mesopotamiya tarixi, uning ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlari, xususiy mulk muammolari, davlat tuzumi va boshqa 
sohalarni o‘rganish borasida katta ishlar qilishdi. I.M.Dyakonovning 
ilmiy faoliyati markazida Mesopotamiyaning ijtimoiy-iqtisodiy 
tarixini o‘rganish turadi. I.M.Dyakonov  1967-1968-yillarda 
                                                 
1
 История Востока. Восток в древности. Москва Издательская фирма 
«Восточная литература» РАН 2002 

 
 
132
“Xususiy mulk muammolari”,  “Iqtisodiyot muammolari haqida” 
deb nomlangan nazariy maqolalarni chop etdi
1

XX asrning 50-70-yillarida Mesopotamiyani tadqiq etish yuksak 
darajaga ko‘tarildi. 1971-yilda yirik olim M.A.Dandamayevning 
“Vaviloniyada quldorlik” nomli fundamental asari bosmadan chiqdi. 
Mashhur olim M.Ye.Masson Mesopotamiyada ibtidoiy jamoadan ilk 
sinfiy jamiyatga o‘tish muammolari bilan shug‘ullandi. 
N.B.Yankovskaya,  R.A.Gribov,  N.V.Kozireva,  V.I.Avdiyev va 
boshqalar Mesopotamiya tarixi va madaniyatining turli jihatlarini 
tadqiq qilishga yirik hissa qo‘shishdi. 
Miloddan avvalgi VII-VI ming yilliklarda 
Mesopotamiyada turli madaniyat o‘choqlari 
paydo bo‘la boshlaydi. III ming yillik boshlarida 
turli tillarda so‘zlashuvchi etnik guruhlar, shahar 
- davlatlar vujudga keladi. Qadimgi Mesopotamiyada yashagan 
xalqlar, etnik guruhlar o‘ziga xos noyob madaniyatga, din, urf-
odatlarga ega bo‘lganlar. Ularning bir-birlari bilan aralashib, o‘zaro 
ta'sir ko‘rsatishlari natijasida Mesopotamiya sivilizatsiyasi vujudga 
keladi. Uzoq tarixiy rivojlanish jarayonida Mesopotamiya mintaqasi 
xalqlari turli-tuman etnik guruhlar madaniyatini rivojlantirishda 
generator rolini o‘ynagan. Ana shunday qadimiy madaniyatlardan biri 
Ossuriya madaniyatidir. 
Ossuriya davlati paydo bo‘lish (miloddan avvalgi XX-XVI 
asrlar), rivojlanish (miloddan avvalgi XV-XVI asrlar), gullab - 
yashnash  (miloddan avvalgi X-IX asrlar) hamda yemirilish 
(miloddan avvalgi VIII-VII asrlar) jarayonlarini boshidan kechirdi. 
Ana shu tarixiy jarayonlar davomida Ossuriya madaniyati va 
mafkuraviy hayoti shakllandi va rivojlandi. 
Ossuriya madaniyati Mesopotamiyada yashagan qadimgi xalqlar, 
ayniqsa, Shumer, Aqqod va Bobil madaniy meroslari bilan bog‘liq 
holda rivojlandi. Ossuriyaning mafkuraviy hayoti ham 
Mesopotamiyada yashagan qadimiy xalqlarning diniy qarashlari, 
aqidalari, urf-odatlari, rasm-rusumlari ko‘p xudolik tamoillariga 
asoslangan edi. Din va diniy qarashlarda, aqidalarda fol ochish, tush 
ko‘rish, oldindan aytib berish - bashorat qilish kabilarga ishonish 
                                                 
1
 World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin, 
Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011 
Qadimgi Ossuriya 
madaniyati 

 
 
133
muhim o‘rin egallagan. Qadimgi Ossuriyaliklar turli kasalliklarni 
oldini olish, baxtsizliklarga yo‘l qo‘ymaslik, notavonlikni oldini olish 
maqsadida turli diniy urf-odatlarga, afsonalarga ishonishar va amal 
qilishar edi. Diniy aqidalar, qarashlarni shakllantirish va 
mustahkamlashda turli xudolar (Yer, Suv, Quyosh, hosildorlik va 
hokazolarga ishonish) va ibodatxonalar ilohiylashtirilgan, podsholar, 
tabiat hodisalari muhim rol o‘ynagan. 
Umuman olganda ossuriyaliklar ikkinchi ming yillikda (xristian 
erasidan oldin) adabiyot, ilm-fan, san'at soxasida amalda original biror 
narsa yaratishmagan. Ular bobil va xurrit - xettlarning bu sohada 
erishgan yutuqlarini to‘la-to‘kis qabul qilishgan. Ularda badiiy 
adabiyot bo‘lmagan. 
O‘sha davrning eng qiziq muhim tarixiy va ijtimoiy-madaniy 
yodgorliklaridan biri “O‘rta Ossuriya qonunlari” hisoblanadi. U 
aslida davlat qonunlari bo‘lmay, aksincha, o‘ziga xos huquq 
majmualari, qonuniy normalar va hujjatlarning ilmiy to‘plamidan 
iborat, xolos. “O‘rta Ossuriya qonunlari” Ashshur jamoasining 
amaliy ehtiyojlariga javob berish maqsadida tuzilgan. Bu qonunlardan 
jami bo‘lib 14 ta taxtacha va lavha saqlanib qolgan. Masalan, “A” 
harfi bilan belgilangan taxtachada (ellik to‘qqizta paragraf bor) erkin 
ayollarning huquqiy holatining turli jihatlari, ularga belgilangan 
jazolarning (agar ular huquq normalarini buzishsa, jinoyat sodir 
qilishgan bo‘lsa) turli xillari aks ettirilgan. Bu qonunlar miloddan 
avvalgi XIV-XIII asrlarga tegishli bo‘lib, Ossuriyada huquqiy 
tafakkurning ancha rivojlanganligini ko‘rsatadi.  
Ossuriyaning mafkuraviy hayotida qadimgi xalqlar tomonidan 
ishlab chiqilgan turli-tuman afsonalar tizimi ham jiddiy ahamiyat kasb 
etgan. Bu afsonalarda real hayot va borliqning ko‘plab muhim falsafiy 
masalalari, jumladan, olamning paydo bo‘lishi, insonning yaratilishi 
haqidagi g‘oyalar ilgari surilgan. 
Ossuriyaliklar qadimgi Mesopotamiya xalqi dinining ko‘p 
jihatlari, mixxatlar tizimi, adabiy asarlari, san'ati hamda ilmiy 
bilimlarini o‘zlashtirishgan. Shuningdek, Ossuriyaliklar qadimgi 
shumerliklardan ba'zi bir xudolarning nomi va ularga ishonishni qabul 
qilishgan. Ibodatxona va qasrlar qurishda shumerliklarning turli 
me'moriy shakllaridan, hatto qurilish materiali-g‘ishtdan 
foydalanishgan. 

 
 
134
Miloddan avvalgi 729-yilda Ossuriya podshosi Tiglatpalasar 
III tomonidan Bobilning butunlay bosib olinishi
1
 va uni Ossuriya 
davlati tarkibiga kiritilishi tufayli Bobil madaniyatining Ossuriya 
madaniyatiga ko‘rsatgan ta'siri kuchaydi. Ossuriyaliklar bobilliklardan 
o‘sha davrda keng tarqalgan diniy asarlar, jumladan, olamning 
yaratilishi haqidagi epik poema va qadimgi xudolar - Enlil va 
Mardukka bag‘ishlangan madhiyalarni o‘rganishgan. Bundan 
tashqari, ossuriyaliklar bobilliklardan davlatni boshqarishdagi ba'zi 
jihatlarni, o‘lchov va pul tizimini, Hammurapi zamonida ishlab 
chiqilgan huquqlarning ko‘p o‘rinlarini qabul qilishgan edi.  
Ossuriya madaniyati yuksalgan davrini Ossuriya hukmdori 
Ashshurbanipal saroyining vayronalari ostidan topilgan 
“Ashshurbanipal” kutubxonasi misolida ko‘rish mumkin. 
Kutubxonada juda ko‘p turli-tuman diniy yozuvlar, adabiy asarlar, 
ilmiy matnlar bo‘lgan. Bular orasida astronomiya kuzatuvlari, 
tibbiyotga oid matnlar, grammatika va leksikaga oid 
ma'lumotnomalar, shuningdek, yer hamda qullarning soni, soliqlar, 
harbiy hizmatga jalb qilish xaqidagi ma'lumotlar alohida ahamiyatga 
ega.  
Ossuriyalik mutaxassislar - mirzalar (kotiblar) shohning 
ko‘rsatmasiga binoan, turli-tuman adabiy asarlarni, qadimgi 
yozuvlarni diqqat bilan tartibga solishgan, qadimgi Sharq xalqlari 
madaniy durdonalar xazinalarini kutubxonaga to‘plashgan. Mirzalar 
o‘ziga to‘q kishilar bo‘lgan. Mirzalik unvonini egallash osonlikcha 
bo‘lmagan. Bu kasbni egallash uchun ko‘p vaqt va mashaqqatli 
mehnat talab qilingan. Chunki mixxatlarni yozish hamda ularda o‘ziga 
xos ma'no va mazmunlarni ifoda etish oson kechmagan. Shuning 
uchun mirzalar jamiyatning Yuqori tabaqalari safidan joy olgan. 
Mirzalarning yeri, mol-mulki bo‘lgan. Shohdan mukofotlar - turli 
hadya va tortiqlar olishgan.  
Ossuriyaliklarning me'morchilik sohasida erishgan yutuqlarini 
podsho  Ashshurnazirpalning Kalahda hamda podsho Sargon II 
hukmdorlik davrida Durr - Sharrukinda (hozirgi Xorsobod) barpo 
etilgan qasr vayronalarida ko‘rish mumkin. Sargon II barpo etgan 
saroy 210 ta zal va 30 hovlidan iborat bo‘lgan. Hashamatli saroyning 
                                                 
1
 World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin, 
Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011 

 
 
135
kiraverishida odam kallasi tasvirlangan qanotli buqa yoki sherlarni aks 
ettirgan juda katta bahaybat haykallar o‘rnatilgan. 
Ossuriyada qurilgan qasrlar, saroylar Ossuriya me'morchiligining 
mahobatli haykaltaroshlik, badiiy relyeflar hamda nafis naqshlar bilan 
uyg‘unlashib ketganligidan darak beradi. Saroy zalining devorlari 
saroy hayotini, urushlar va ovlarni aks ettirgan turli - tuman naqshlar 
bilan bezatilgan. Bularning hammasi ulkan harbiy davlatni boshqargan 
podsholarni ulug‘lashga xizmat qilgan va Ossuriya davlati qudratini 
namoyish qilishga qaratilgan. Qasr va saroy devorlariga solingan 
ajoyib naqshlar, yovvoyi hayvonlar ovini aks ettirgan sahnalar 
Ossuriya san'atining ravnaq topganligini ko‘rsatadi. Ossuriya 
haykaltaroshlarining yovvoyi hayvonlarni haqqoniy qilib jonli tarzda 
tasvirlashlari kishilarni hayratda qoldiradi.  
 
 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
1. Qadimgi Sharq mamlakatlari tarixi va madaniyatini 
o‘rganishda manbashunoslik va tarixnavislik 
fanlarining ahamiyati va ularning farqi nimada? 
2. Qadimgi Mesopotamiyani o‘rganishda qanday 
manbalar ustuvor ahamiyatga ega? 
3. Qadimgi Bobil yozuvi qanday paydo bo‘lgan? 
4. Qadimgi Bobilning ijtimoiy-siyosiy hayotida din 
qanday rol o‘ynagan? 
5. Ossuriya madaniyatining rivojlanish jarayonlarini 
ayting. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
 
136
8-mavzu.Yaqin Sharqda Qadimgi davlatlar: Xettlar davlati, 
Falastin, Frigiya va Lidiya, Finikiya davlatlarining vujudga 
kelishi. 
 
Reja: 
1. Qadimi Xett davlati. 
2. Qadimgi Falastin davlati. 
3. Qadimgi Falastin madaniyati.  
4. Qadimgi Finikiya davlati.  
5. Qadimgi Suriya davlati.  
 
Tayanch iboralar:  Anitta”dengiz xalqlari” “tosh uylar” “iyexer” 
“Dovud shahri” “Vasiyatlar qutisi” “Tavrot” Tir – Sidon “Kart 
Xadaiy” “Rosh-Melkart”, “Melkart boshi”, Tingiz, Selis, Adonis, 
“Ipuver (Ipuser) nasihati”, “mushklar davlati”, Ardis, Aliatt, Krez, 
likiya, kilikiya. 
Xett davlatining vujudga kelishi, rivoji, buyuk davlatga aylanishi 
tarixi ikki davriy bosqichdan iborat:  
1. Qadimgi Xett saltanati (miloddan avvalgi XVIII-XVI asrlar) 
davri.  
2. Yangi Xett saltanati (miloddan avvalgi XIV-XIII asrlar) 
davrida Buyuk Xett davlati. 
Miloddan avvalgi II ming yillik boshlarida Kichik Osiyoda, 
qabilalar ittifoqi asosida hududiy jihatdan uncha katta bo‘lmagan 
shahar - davlatlar vujudga keldi. Bu davlatlar safiga Kanes, Kussar 
(Kushshar),  Burusxand (Burushxand), Nesa (Nesha), Xalpa 
(Zalpuva) va Xattusa (Xattushash) shaharlari kirardi. Bunday shahar - 
davlatlar shakllanishida Kichik Osiyoda miloddan avvalgi XX-XVIII 
asrlarda paydo bo‘lgan savdo koloniyalari muhim rol o‘ynagan. 
Xalqaro savdo aloqalari shu kabi koloniyalar orqali amalga oshirilar 
edi. Savdo ishlarida oltin, kumush, qo‘rg‘oshin, mis kabi tabiiy 
boyliklar asosiy o‘rin tutgan. Xalqaro savdo aloqalari - Kichik 
Osiyoning iqtisodiy rivojida muhim omil bo‘lgan. Shuningdek, bu 
yerda sudxo‘rlikning turli shakllari mavjud bo‘lgan. Shahar-davlatlar 
shohlar tomonidan boshqarilishiga qaramay, ularning ichki ishlari 
ozod aholining umumiy majlislarida hal qilingan. Ozod aholi o‘rtasida 
boy savdogarlar, sudxo‘rlar katta mavqyega ega bo‘lgan. 

 
 
137
Kichik Osiyoda ilk bor alohida yirik davlat tuzishga intilish 
miloddan avvalgi XVIII asrning birinchi yarmidan boshlanganini 
ko‘ramiz. Kussar shahri hokimi Pitxan (Putxan) qo‘qqisdan tunda 
Nesa shahriga hujum qilib uni bosib oladi. Pitxanning vorisi shoh 
Anitta poytaxtni Nesaga ko‘chirib, bu yerda istehkomlar, 
ibodatxonalar barpo etadi. Ko‘p o‘tmay, Xalpa shiddatli janglardan 
so‘ng, Xattusa shahrini bosib oladi. Bundan xabar topgan Burusxand 
shahri hokimi Anittaga o‘z xohishi bilan taslim bo‘ladi va taxtni 
topshiradi. Tez orada Kanes shahri ham Anitta ixtiyoriga o‘tadi. 
Shunday qilib, Anitta yirik davlat hokimi - shohi bo‘lib qoladi. 
Tadqiqotchilar bu davlatga Qadimgi Xett saltanati deb nom berganlar 
Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 63%20Тарих%20фанлари
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti
63%20Тарих%20фанлари -> «0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi. 1-kitob. Shamsuddinov R, Karimov SH.pdf [Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim]
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi 2-kitob. Shamsuddinov R.pdf [Ahmadbekhoji mehmonxonasi]
63%20Тарих%20фанлари -> «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati
63%20Тарих%20фанлари -> Fayzulla boynazarov qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> O`zbekiston tarixidan universal qo`llanma tmp9232.pdf [Amudaryo xazinasi]
63%20Тарих%20фанлари -> A b d u m a jid m a d r a im o V gavhar fuzailo va


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling