Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 1.41 Mb.
Pdf просмотр
bet5/39
Sana05.12.2019
Hajmi1.41 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39

 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
 
1.  Yoshlarni dunyo tarixi bilan tanishtirishda dunyo 
olimlari qanday usullardan foydalanishadi? 
2.  Samarkand: Dunyo tarixining markazi? 
3.  Jahon tarixiga yaponlarning g‘oyaviy yondashuvlari qanday?  
4.  Fridrix Shiller: Umumiy tarix nima va nima uchun biz umumiy 
tarixni o‘rganamiz?  
 
                                                 
1
 Central Asia can include the 5 former Soviet Republics, the Chinese 
Autonomous Republic of Xin- 
jiang, Afghanistan and Eastern Iran, or even the Caucasus, the Turkic Republics 
of the Russian Federa- 
tion, Tibet, Mongolia, North-West Pakistan, and a long etc. 

 
 
39
2-mavzu. Jahon tarixi xaritalarda. 
 
Reja: 
1.  Ptolemey: Dunyoni xaritalashtirish. 
2.  Osma Beatusning xaritasi: O‘rta asr va xristian dunyo qarashi. 
3.  Al-Idrisi va uning jahon xaritasi. 
4.  Hereford dunyo xaritasi: O‘rta asr ensiklopediyasi va diniy 
tasavvurlar 
5.  Bo‘lingan dunyo: Tordesillas Shartnomasi Kantinoning jahon 
xaritasi. 
6.  Amerika nomidagi Valdshimyuller xaritasi. 
7.  Merkatorning jahon xaritasi. 
 
Tayanch atama va iboralar: Hiphejesis, Jakob Angelus, 
Nikolaus Germanus, Jeyms Kuk, “Ptolomey ta’kidlagan noma’lum 
yer”, Heian Period, yashirn zamin, l Dieppe dengizi, Kosmografiya, 
"Toichiranto", "Noruviki" 
 
Ptolomey mashhur yunon astronomi, matematigi va geografi 
bo‘lib, u mil.avv.II asrda Aleksandriya, Misrda yashagan. Uning 
astronomiyaga oid ishi Magiste sarlavhasi ostida ko‘pchilikka ma’lum 
bo‘lgan yunon matematikasi kitobida saqlangan. Magiste 13 ta 
kitobga bo‘lingan
1
. Bu kitoblarda Ptolomey Gippakrad, boshqa 
muhim yunon astronomining nazariyalarini davom ettirdi va Yer 
borliq markazidagi o‘zgarmaydigan sayyora degan qarashga ko‘ra 
o‘zining geosentrik tizimini bildirdi. Geografshunos sifatida Ptolomey 
yunon geografiyasida 14 asrdan ko‘proq vaqtta kartografiyada 
yagona mufassal kitobni yozdi. Uning Hiphejesis asari dunyo va uning 
asosiy rayonlari xaritalarini chizish uchun foydalanilgan vertikal 
uzunliklar va gorizontal kengliklarning bir xil koordinatasi, uning 
koordinatsiyalar o‘lchami yoki hisoblangan chegarasi bilan 6400  ta 
joyda ro‘yhatga olingan Yevropa, Osiyo va Afrikada 8000 ta 
                                                 
1
 Rojo Orcajo T., Catálogo descriptivo de los códices que se conservan en la 
Santa Iglesia Catedral de Burgo de Osma, in “Boletín de la real Academia de la 
Historia”1929, 94, pp. 655-792. 

 
 
40
toponimlar nazariyasini ifodalaydi
1
. Ushbu matn o‘sha paytda 
Kanareya orollaridan Xitoygacha, Shotlandiya va janubiy 
Skandinaviyadan Markaziy Afrika va Indoneziyagacha bo‘lgan 
hududda istiqomat qilinganligi haqidagi ma’lumotni qamrab oladi. 
Mil.avv. III asrda  Sirine Eratozes, boshqa yunon astronomi 
tomonidan aniq hisoblangan yerning aylana uzunligining haqiqiy 
o‘lchamining qisqa shakli 25% ga taxmin qilinadi. Ptolomeyning 
Oykumenasi 3 ta materikni qamrab oladi va u o‘z davridagi bilim 
doirasiga ko‘ra noaniq kengaytirilgan dunyoning ko‘pgina hududini 
aniqlaydi. Uning geografiyaga oid ma’lumotlari ko‘pdan ko‘p 
xatoliklarni o‘zgartiradi, bundan tashqari ular dunyoning yaxshi 
ma’lum bo‘lgan qismlariga jo‘nashadi. Osiyoning Sharqiy sohili janub 
va g‘arbga burildi, shu sababli Hind okeani bitta ko‘l bo‘ldi. Ptolomey 
tomonidan janubning noma’lum yeri bo‘lgan terra 
australisinkognitaning mavjudligi aytildi. Uning mavjudligi axiyri 
britaniyalik kapitan Jeyms Kukning  1772-1775-yillar Tinch 
okeaniga qilgan ikkinchi sayohati davomida noto‘g‘riligi isbot qilindi. 
Ptolomey tekislik va sharsimon yuzada chizilgan xaritalar metodini 
taklif qildi. Tekis yuzada dumaloq yerni aks ettirib, tomoshabin katta 
masofadan globusga qarayotganini tasvirlashiga to‘g‘ri keldi. Dunyo 
xaritasi shuni ko‘rsatadiki, masofalar proporsiyasini saqlash, 
rejalashtirish uchun bog‘liq bo‘lgan joylar huquq normalariga 
bo‘ysunishga to‘g‘ri keldi. Ptolomey bir silindrsimon va ikki konusni 
muhokama qiladi. Ptolomey shuningdek, o‘ngda Sharqda xaritaning 
shimoliy okrugi oriyentatsiyasini standartlashtirdi, buning vositasida 
chapda joylashgan ma’lum hududda bugungacha qoldiqlar saqlangan. 
Shunga qaramay bir marta qarshi chiqdiki, biz hozir Ptolomeyning 
matnlari dunyo xaritasi va 26 ta hudud xaritasidan iborat bo‘lgan 
atlasga qo‘shilganligiga ishonamiz. Afsuski bu qadimiy xaritalar 
yo‘qotilgan. O‘rta asrlar davomida geografiya fani kamdan kam aytib 
o‘tilgan.  
IX asrdan keyin islomshunos kartograflar islom dunyosining 
hududiy xaritalarini chizish uchun Hiphejesis tarjimalarinidan 
foydalandi.  Al-Idrisning Atlasi bu an’anaga tegishlidir. 1300-yillar 
                                                 
1
 Berggren J.L., Jones A., Ptolemy’s Geography: An Annotated Translation of 
the Theoretical Chapters, Princ- 
eton 2000. 

 
 
41
atrofida vizantiyalik monax Maksimos Planudes xaritalar bilan to‘la 
bo‘lgan geografiya fanining ajoyib qo‘lyozmasini o‘rgandi va 
imperator Andronikos II Palailoyes ko‘chirtirishni tartibga oldi. 
Bundan oldin g‘arbiy Latinda yunon qo‘lyozma nusxalari Ptolomey 
uyg‘onish davrini boshladi, 1393-yil vizantiyalik diplomat Manuel 
Xrisalaros Italiyaga boshqa yunon qo‘lyozmalari orasida 
geografiyaning bir nusxasini olib keldi. U o‘quvchisi Jakob Angelus 
tomonidan  1406-yilda to‘ldirilgan Latin tarjimasini boshlab berdi. 
Yangi kosmagrafiya sarlavhasi ostidagi ish ulkan omad edi. Biz 80 ta 
qo‘lyozmalarni, saroy kutubxonalarida oxiriga yetkazilgan ajoyib 
xaritalarning ko‘pchiligini bilamiz. Ptolomeyning matn va 
xaritalaridagi xatolar tezda to‘g‘rilandi
1
. Odamlar janubga ochilgan 
Hind okeanini o‘rgandi lekin yana Osiyo Yevropa yaqinroq ekanligiga 
ishontirish uchun Ptolomey tomonidan Kolumb rahbarlik qilinadi. 
Italiya, Skandinaviya, Gaul, Ispaniyaning boshqa hududlari bo‘yicha 
zamonaviy xaritalar va hatto shahar xaritalari atlaslarga qo‘shildi. 
O‘sha paytda u samarasiz bo‘ldi, klassik matnga asta-sekin e’tibor 
qisqartirilgan lekin Ptolomeyning kartografik asboblari keng xarita 
chizishni ayniqsa yangi kashfiyotlarni kuchaytirdi. Muhrlangan 
nusxalar  1477-yilda paydo bo‘lgan Ptolomeyning Geografiyasini 
yozishga yordam berdi. Bu yerda bo‘laklangan yog‘och xarita 
ko‘rsatilgan, 1482/86-yillarda Ulmda nashr qilingan, taxminan 1460-
yil  Nikolaus Germanus tomonidan ishlab chiqilgan qo‘lyozmani 
kuzatishdi. Yana faqat 180 ga uzaytirilgan globus darajalari 
berkitilgan. Uyerda Afrikaning yonma-yon g‘arbiy sohillari 
kashfiyotlari yo‘q; globusning janubiy qismi hali ham “Ptolomey 
ta’kidlagan noma’lum yer” va Hind okeani ko‘l bo‘lib qoladi
2

Yevroosiyo tekshiriladi lekin zamonaviy ro‘yxatlarga Skandinaviya va 
Yashil dunyo qo‘shilgan. 
 
 
                                                 
1
 Dalché P.G., La Geographie de Ptolémée en Occident (IVe-XVIe siècle), 
Turnhout 2009. 
2
 Dalché P.G., Th Reception of Ptolemy’s Geography (End of the Fourteenth to 
Beginning of the Sixteenth Century), in Woodward D. (ed.), Th History of 
Cartography, vol. 3, Chicago 2007, pp. 285-364. 
 

 
 
42
Osma Beatusning xaritasi: O‘rta asr va xristian dunyo 
qarashi (1086) 
“Beautes Xaritalar”i o‘rta asrlardagi maxsus namuna hisoblanib 
uning Mapundi qo‘lyozmalari Warhi yani apakalipsis diniy 
qo‘lyozmalari Warhi 1086-yilda yozilgan va hozirda Ispaniyaning 
Osma burg qalasidagi bosh cherkov kutubxonasida saqlanadi. 
D. Shoodvard shunday yozadi. 
Million yillardan beri qadimiylik va zamonaviy dunyolar 
o‘rtasidagi aloqalarni tiklab kelayotgan jahon xaritalari janri yoki 
xarita chizish san’ati klassik an’anaviylik sifatida V-XV  asrlarda 
xristian dinidan keyin rivojlandi va milliy an’ana sifatida aynan 
xristian cherkovlarida yuksaldi. Dastavval bu mapumundilarning 
maqsadi xristianlar tarixida sodir bo‘lgan eng muhim hodisalar haqida 
vijdonan va tezroq malumot berish maqsadida tuzilgan va ularda 
hodisalar yuz bergan joylarning o‘rni ham aniq ko‘rsatilgan.  
Ular o‘rta asrlarning xaritalarida dunyoning nafaqat geografik va 
tarixiy ko‘rinishlarini balki eng hayratlanarli bilimlarining turli xil 
ko‘rinishlarini o‘zida namoyon qildi. Mapumundida shuningdek o‘rta 
asrlar jamiyatlarida pragmatic tarzida foydalanildi. O‘rta asrlar tarixiy 
matnlariga tasviriy o‘xshashliklar singari xarakterlarga ega bo‘lgan, 
lekin ular to‘g‘rida to‘g‘ri siyosiy kuch vazifasini bajara olmagan. U 
xaritalar ditaktik g‘oyasi va falsafiy qarashlari G‘arbiy Yevropa 
jamiyatidagi nuqtayi nazari hamda tilning metaforik xususiyat- larini 
aniq ko‘rsatib beradi.  
Simantik va rasmli namoyishli ko‘rinishlariga qaramasda 
“Xristian yerlari” nomli xaritaga ishinishgan ammo beutes 
xaritalariga ishonilmaganligi sabali qo‘llanilmagan
1
. Ular juda ham 
noyob miniature va qo‘lyozma nusxalari keltirilgan avliyo Jonning 
apokalipsis diniy maxsus nomi ostida 26 ta miniaturali 35 ta nusxasi 
hozirgacha saqlanib qolgan, qaysiki ular Kastiliya, Libana, Sagun, 
Kantabriya monastirlaridagi erkak rohiblar tomonidan 8 asr davomida 
yozilgan. Saqlanib qolingan ko‘plab Libana qo‘lyozma nusxalari 
xristian dunyosi xaritalarini va jami Apakalipsis qo‘lyozma 
nusxalarining eng nodir namunalarini o‘z ichiga oladi. Shuning uchun 
                                                 
1
 Ptolemaios, Handbuch der Geographie [griechisch-deutsch], 2 vols., ed. Alfred 
Stückelberger, Gerd  
Graßhoff, 2 vols. and CD-ROM, Basel 2006, (scholarly edition). 

 
 
43
ham ular o‘rta asrlarning eng muhim tarixiy hujjatlari sifatida 
saqlanadi. 
 “Beautes Osma” xaritasi
1
ning har bir qo‘lyozma si injil 
an’analariga ko‘ra Apostollar (Isoning shogirdlari) ni turli regionlarga 
yuborish orqali jamlangan. Beauties Mapumundining hamma nusxasi 
albatta juda qiziqarli chunki ularda o‘rta asr xristian oykumenalari 
haqidagi fikrlar aniqlik nuqtayi nazaridan ifodalangan. Sharqiy 
okruglardagi so‘lim tepaliklarga qaralsa Sharqda cherkovlarning 
g‘arbdagi nusxasi qurilayotganligini ko‘rish mumkin. Xaritalarning 
asosiy qismida qurulishning yer sathini to‘rtdan birini qoplagan 
qurulish strukturasini ko‘rish mumkin. Hozirgi paytda bu 3ta 
mintaqada ko‘zga yaqqol tashlanadi, bular: Yevropa, Osiyo va 
Afrikadir.  Burgo Osma xaritasida yerni to‘rt qismidan ocean orab 
turishi ko‘rsatilgan, shu sababdan u yashirn zamin deb atalgan. Bu 
to‘rt qismli xarita 12 ta apostollar tomonidan qilingan ishlarni 
aniqligini ko‘rsatishga xizmat qiladi, qaysiki bu apostollar injil 
rivoyatlariga  
ko‘ra dunyoning to‘rtta turli xil qismlariga yuborilgan. Ba’zi 
apostollar o‘z ibodatxonalariga yoki geografik mashg‘ulotlariga xos 
vakil bo‘lishgan, shuning uchun bu xaritada o‘rt asr Xristianlarning 
muqaddas joylarining geografik hududlarini kengaytirish maqsadi 
bo‘lgan, masalan: Ispaniyadagi Avliyo jaks ibodatxonasi. Bu xarita 
turli xil arabik ko‘rinishlarini ko‘rsatmasa ham Islom dini madaniyati 
va san’atiga katta tasir ko‘rsatadi. Ushbu xarita va qo‘lyozmalardan 
ko‘rinib turubdiki ularning asosiy maqsadi o‘rta asr jamiyatlarining 
g‘oyasini dunyoviy nuqtai nazarda martabasini ko‘tarish bo‘lgan va bu 
go‘ya Avliyo Avgustinning Xudoning Uyi
2
  ibodatxonasida yaxshi 
ta’sis etilgan. Bu g‘oya yerda hayot tugasa bir biriga hamohang tarzda 
hayot samoda davom etadi degan ma’noni anglatadi.  
                                                 
1
 Id., Th Illustrated Beatus. A Corpus of the Illustration of Th Commentary on 
the Apocalypse, 5 vols., London 1994-2003. 
2
 Rojo Orcajo T., Catálogo descriptivo de los códices que se conservan en la 
Santa Iglesia Catedral de Burgo de Osma, in “Boletín de la real Academia de la 
Historia”1929, 94, pp. 655-792. 

 
 
44
Xaritali qo‘lyozmalar Osma Burgidagi bosh cherkovda 
saqlanadi
1
. Ushbu qo‘lyozmalar XIX asr va va turli xil davrlardagi 
1920-yillargacha uzoq muddatli jim-jitlikdan keyin 1920-yillarda 
birinchi marta esga olindi. “Osma Beutes” qo‘lyozmalari 1929-yilga 
yaxshilab qaytadan o‘rganildi va 1992-yilda qo‘lyozmaning asl 
nusxasi nashr qilindi. 
 
Al-Idrisi va uning jahon xaritasi (1154) 
 
Sitsiliyalik norman qiroli rodjer 2 Gayskard (giskard) 
xomiyligida 18 dan buyon ishlagan. Rodjer palermodagi saroyida kop 
viloyatlardan olimlarni toplaydi. Morokkolik geograf Al Idrisi  1154 
yilda dunyoning atlsini va tavsifini tugallaydi.rasman bu dunyoni 
kashf qilishni xoxlovchilar uchun ermak (uzoq yerlarga sayr qilishni 
xoxlovchi erkak uchun ermak). Bu kitob Rodjerning kitobi va Tabula 
Rodgeriana ning xaritalari sifatida tanilgan. Zamonaviy andozalarga 
muofiq, eng yaxshi kartografik ish edi shuningdek orta asrlar 
davomida ishlab ciqarilgan eng boy geografik malumotning manbai 
edi.  
Muhammad Al Idrisi
2
 (abu abd allah Muhammad al idrisi al 
qurtubi al hasani al sabti yoki oddiy qilib al idrisi. 1100-1156
taxminan Seutada o‘sha vaqtdagi almoravidlar imperiyasida, tugulgan. 
Va kordobada taxsil olgan. Norman qirollar boshqaruvi ostida sitsiliya 
O‘rta yer dengizida vizantiya, islom va g‘arbiy xristian madaniyatlari 
orasida markaziy pozitsiyani ushlaydi. Palermoning poytaxt shahri 
ko‘p millatlardan kelgan dengizchilar, savdogarlar, ziyoratchilar, salib 
yurishi qatnashchilari uchun engi yaxshi uchrashadigan joylardan biri 
bo‘lgan. 
Qirol rodjerning buyrug‘iga binoan yozilgan. Xaritada yo‘q narsalar 
xam qamrab olinadi: mamlakatlar va quruqliklarning xolati, ularning 
                                                 
1
 Rojo Orcajo T., Catálogo descriptivo de los códices que se conservan en la 
Santa Iglesia Catedral de Burgo de Osma, in “Boletín de la real Academia de la 
Historia”1929, 94, pp. 655-792. 
2
  The Encyclopaedia of Islam, new edn., vol. 3, Leiden, p. 1038 (online). 
Maqbul Ahmad S., Cartography of Al-Sharif al-Idsrisi, in Harley J.B., Woodward D. 
(eds.),  Th History of  Cartography, vol. 2, book 1, Cartography in the traditional 
Islamic and South Asian societies, Chicago 1992. pp. 156-173. 

 
 
45
odamlari va ularning mol mulki, joylar, va ularning o‘xshashliklari, 
dengizlari, tog‘lari va o‘lchamlari, ularning ekin donlari va 
daromadlari, xamma binolar turlari, mol mulklar. Ular ishlab ciqargan 
mahsulotlar. Ularning iqtisodi va tovar ayirboshlash, eksport va 
import. Unga bogliq bolgan barca ajoyib narsalar. Shuningdek yetti 
iqlimga xurmatda bolishgan va shuningdek odamlarining tavsifi va 
ularning urf odatlari, tashqi korinishi, kiyimlari va tillari xaqida 
aytiladi. 
Yirik kitob 70 ta xududiy xaritalar toplami bilan toldiriladi
1

Xammasi janub tomonga yonaltirilgan. Bir necha asr dan buyon eng 
togri xarita bolgan. Bugungi kundagi 10 ta qo‘lyozmaning 8 tasi oz 
ichiga xaritalarni qamrab oladi. Al-idrisining geografiyasi 
musulmonlarning mavhum narsalarni chizish an’anasini to‘xtatgan va 
u matematik kardinatalarsz islim dunyosining xududiy xaritalarini 
tasvirlagan. U grek matematigi va geografigi ptolamey izidan borgan. 
Yolg‘iz manzilgohlarnig geografik kordinatalarini berish orqali butun 
dunyoni tasvirlagan. Ptolamey an’anasiga muofiq, u dunyoni globus 
shaklida tasvirlaydi. Aylana uzunligida 22 900 mil bolishini 
xisoblaydi. fazoda tuxum sarigi kabi bir xil turushini aytadi. Ptolamey 
kabi u kengliklarga kora yerni 7 ta iqlimga boladi
2
. Xar bir iqlim suniy 
ravishda 10 ta bo‘lim ichidagi uzun ciziqlar orqali bolinadi. Dunyoni 
afrikaning garbiy qirgoqlaridan osiyoning Sharqiy qirgoqlarigacha deb 
tasvirlaydi. Natijasi tortburchakli xaritalar bn deyarli bir xil natija aks 
etadi.  
Ptolameyning geografik ishi orta asr yevropasida deyarli yog 
bolib ketadi ammo 9 ci asr da arab tarjimalarida saqlanib 
qolingan.idrisi andalusiyalik astranom al zarqalining ishidan xam 
fodalanadi. Shuningdek garbiy ortayer dengizidagi bogliq bolgan 
joylardagi ptolameyning tuzatishlaridan xam foydalanadi. U ulkan 
sayoxatlaridagi mumotlaridan va boshqa sayohatchi va 
savdogarlarning malumotlarini toplaydi. U shuningdek turli xil 
                                                 
1
 Martinez-Gros G., La division du monde selon Idrīsī, in Balard M., Ducellier A. 
(eds.), Le partage du monde. Échanges et colonisation dans la Mediterranée 
médiévale, Paris 1998, pp. 315-334. 
2
 Martinez-Gros G., La division du monde selon Idrīsī, in Balard M., Ducellier A. 
(eds.),  Le partage du monde. Échanges et colonisation dans la Mediterranée 
médiévale, Paris 1998, pp. 315-334. 

 
 
46
madaniyatga oid ananalardan tarixiy va afsonaviy faktlardan 
foydalanadi. Dunyo xaritasining pasti chap birchagida uzoq Sharqi 
osiyodagi yopiq ulkan darvozalar ortidagi yajuch majuch (gog and 
magog) larning yerini koramiz. Yajuch majuchlar bibliyada, mashhur 
qadimiy kitoblarda 3 asrdagi rimlik aleksandr yoki Qur'an kabi 
kitoblarda paydo bolgan.  
Al idrisi islom geograflari ibn battuta, ibn haldun, piri rais va 
yevropalik dendizchilar xristafor kolumb, vasko da gama larni 
ilhomlantiradi. Biroq bahsli bolishiga qaramasdan uning yevropadagi 
tasiri kam bolgan.  
Xozirda Rodjer kitobining 10 ta qolyozma nusxasi bor. Eng eskisi 
1325-yilga taluqli. Ularning 5 tasi toliq kitob. 8 tasida xaritalar bor. 
Oltitasi juda rivojlangan dunyoning aylana shaklidagi xaritalarni o‘z 
ichiga oladi. Eng toliq qolyozma istanbulda saqlanadi u dunyoning 
xaritasi va barcha 70 ta bo‘limli xaritalarni oz iciga oladi. Aylana 
shaklidagi xarita xaqidagi tasavvurimiz 1456 yil kairoda ali ibn hasan 
al hufu al qasimi tomomidan kochirilgan qo‘lyozmadan. Xozirda u 
oksforddagi Bodlien kutubxonasida saqlanadi. 
Konrad miller turli xil qo‘lyozyomalardan kocirilgan barca 
xududiy xaritalarning mexanizmi va transkripsiyasini ishlab ciqadi. 
 
Hereford dunyo xaritasi: O‘rta asr ensiklopediyasi va diniy 
tasavvurlar 
 
XIII asrning eng ajoyib xususiyatlari orasida Hereford dunyo 
xaritasi o‘zining o‘lchami va o‘ziga xos jihati bilan o‘rta asr 
xaritashunosligining shoh asari hisoblanadi. Hozirgi kunda, Hereford 
dunyo xaritasi, saqlanib qolingan yagona katta hajmdagi mappamundi 
(o‘rta asr xaritashunosligining yagona namunasi) hisoblanadi. 
Qadimda undan kattaroq ikkita xarita mavjud bo‘lgan, ammo XIII asr 
Chelivoy-Milon xaritasi 1885-yilda yo‘q qilingan va Ebstorfning 
dunyo xaritasi(huddi shu asrga ta’luqli) 1943-yilda Gannover
1
da 
                                                 
1
  Die Ebstorfer Weltkarte. Kommentierte Neuausgabe in zwei Bänden. Bd. 1: 
Atlas. Bd. 2: Untersuchungen und Kommentar, Text- und Tafelband, hg. v 
Hartmut Kugler et al., Berlin 2007. Edson E., Th World Map, 1300–1492. Th 
Persistence of Tradition and Transformation, Baltimore 2007. 

 
 
47
bo‘lib o‘tgan havo hujumi paytida yo‘q qilingan ammo keyinchalik 
qayta tiklangan. 
Bir dona pergamentga chizilgan Herford xaritasining o‘lchami 
1.50 ga 1.30 metr bo‘lib, o‘z ichiga 1000 dan ortiq yozuvni qamrab 
oladi. Uning tasviriy rasmlari bir qancha ta’sirli hayvonlar, g‘alati va 
dahshatli mavjudotlar, shaharlar, yo‘nalishlar, ko‘chib yuruvchilar va 
geografik tasvirlarni aks etadi. Barcha o‘rta asrlar ko‘rinishlari kabi 
Hereford xaritasi ham ma’lum bo‘lgan uchta qit’aning (Osiyo, Afrika 
va Yevropa) sur’atlarini ko‘rsatadi va tasvirlar tekis disk ichida 
chizilgan bo‘lib u dunyo chegarasini ko‘rsatib turuvchi ramz 
ma’nosiga ega. Hereford xaritasida, doira shaklidagi disk faqatgina 
dengiz bilan o‘ralib qolmey balki, yuqori qismida ulug‘vorlik bilan Iso 
Masixning surati tasviriy romlar bilan bezatilgan, bunga o‘z o‘rnida 
uning Oxirgi Hukmga raislik qilayotgan holati sifatida qaraladi. Past 
qismining chap burchagida, Sezar Avgust tominidan dunyoni 
tekshirish kerekligi haqidagi buyrug‘I yozilgan: “butun dunyo tomon 
olg‘a bor va uning… barcha qismlarini yozib qoldir”. (Luke 2,1
(Avgustning geografik tusdagi buyruqlari tortishuvlarga sabab 
bo‘lgan, hozirgi kunda unga ko‘proq soliq to‘lovini tekshirish 
ma’nosida qaraladi). Nihoyat, past qismining o‘ng burchagidagi tashqi 
tasviriy romda, bir kishining ov qilayotgan holati ko‘rsatilgan, bu o‘z 
o‘rinda o‘rta asrlar hayot tarsi va mashg‘ulotining belgisi hisoblanadi. 
Hereford xaritasidagi shamollar nomlari-o‘rta asrlarga xos-pereferal 
iboralar va qisqa ta’riflar, o‘sha davrda Ingliz zodagonlari tomonidan 
qo‘llanilgan Ingliz-Norman tilida
1
 yozilgan. 
Hereford xaritasidagi yerning ko‘rinishi Yunon an’analariga 
asoslangan bo‘lib, unda doira shaklidagi diskni dengiz o‘rab turadi va 
o‘z o‘rnida xarita o‘z ichiga juda boy geografik, zoologik va botanik 
ma’lumotlarni qamrab oladi. U yerda Ingliz shaharlari haqida 
ma’lumotlar mavjud bo‘lib, masalan, Hereford shahrining Uay daryosi 
bo‘yida joylashganligi undan tashqari xarita Muqaddas Yerlarni ham 
o‘z ichiga oladi, bunga xaritaning doira qisming ichki burchagida 
joylashgan Quddusning zamonaviylashtirilgan lohiyasini hamda 
                                                 
1
  Die Ebstorfer Weltkarte. Kommentierte Neuausgabe in zwei Bänden. Bd. 1: 
Atlas. Bd. 2: Untersuchungen und Kommentar, Text- und Tafelband, hg. v 
Hartmut Kugler et al., Berlin 2007. Edson E., Th World Map, 1300–1492. Th 
Persistence of Tradition and Transformation, Baltimore 2007. 

 
 
48
“dunyo shohi” deb ta’riflagan Rim loyihasini misol qilib keltirish 
mumkin. Xarita yana Nil daryosining delta qismi sxemasi va 
Aleksandr mayog‘i haqida undan tashqari Qizil dengiz va O‘rta Yer 
dengizi, Konstantinopal va Tuna daryosi haqida batafsil ma’lumotlar 
mavjud. Xaritada ajoyib mavjudotlar tasvirlaridan keng foydalanilgan, 
yarimi inson-yarmi ot, kentavrlar va afsonaviy bir shohli ot shiral 
jumlasidandir. Undan tashqari xaritada tulki, quyon, tipratikon va 
o‘rta asrlar rassomchiligiga xos boshqa hayvonlar tasviri ham 
uchraydi, tuya,fil va karkidon kabi hayvonlarga Sharqiy Yevropa 
nuqtai nazaridan qaralganda ular ko‘proq ekzotik turdagi hayvonlar 
hisoblanadi. Shunga qaramay, xaritadagi barcha raqamlar Bestiariy 
yozuvi tarkibidagi matnlar va obrazli tillar orasida yaqin va parallel 
aloqalar borligini ifodalaydi. Xaritaning tashqi qismida yozilgan 
gaplarga qaramasdan, cheksiz raqamlar va tasvirlar Lotin tilida 
yozilgan. 
San’at tarixi va Xaritashunoslik tarixi mutaxasislari Hereford 
xaritasining yaqinda topilgan gotika yog‘ochli triptixining markazi 
bo‘lganligiga ishonishadi, o‘z o‘rnida uning yon panelini tasvirlashda 
Jabroil va Maryamlarning tasvirlaridan foydalanilgan. Bilinishicha 
triptix  Hereforda joylashgan Muqaddas Maryam soborining va 
Muqaddas Etelbergdagi butxona yonida joylashtirilgan, u yerda xarita 
hozirgi kunga qadar yaxshi holatda saqlanib kelinmoqda. 
Hereford dunyo xaritasini to‘g‘ri talqin qilish ancha qiyin masala 
hisoblanadi. Xaritaning entiklopedik xususiyatlari mutaxasislar 
tomonidan tahlil qilingan va qayd etilgan, tahlil qilish davomida ular 
xaritashunoslik tomonidan yoki o‘quvchi talabiga qarab ijtimoiy va 
madaniy jihatini o‘rganishga e’tibor berishadi. Hereford xaritasining 
asosiy maqsadi avvaliridek butun dunyodagi o‘n ikkita Apostallar 
diffuziyasi haqidagi gaplar bo‘lmasa ham, xarita o‘rta asrlar mashhur 
qo‘lyozmalari safiga kiritiladi. Shuning uchun ham Beatus deb 
nomlangan xaritalar bilan yuqori masshtabli ma’lumotlarga ega 
Hereford xaritasi o‘rtasida aniq farq mavjud. Xaritalarning ikki turi 
ham Hudo shahriga yoki dunyoning diniy nuqtai nazariga ta’luqli 
hisoblanadi. Shunga qaramay Beatus xaritasining asosiy ideologik 
maqsadi yahudiylashtirish bo‘lgan, ammo Hereford 
xaritashunoslarining asosiy maqsadi- o‘rta asrlar vaqtida- Hudoning 
yaratuvchi ekanligini ko‘rsatish bo‘lgan. Evelin Edson ta’kidlab 

 
 
49
o‘tganidek, xaritaning “geografik elementlari” qolgan axborotlar 
tizimini aniqlashga xizmat qiladi. Hudoni yaratuvchi sifatidagi tasviri, 
Edson va Rid Klaynlar ta’kidlaganidek o‘rta asr san’at soxasida keng 
qo‘llanilgan, bu tasvir Hereford xaritasida geografik, zoologik va 
botanik rasmlar bilan birga qo‘llaniladi. Xaritaning diniy qarashlari 
faqatgina dunyoning yaralishi yoki paydo bo‘lishi haqida emas. Butun 
loyihaning ma’lumot manbai shuni ko‘rsatib turibdiki, Hereford 
xaritasi Bobildan Rim imperiyasigacha bo‘lgan joylar va davr tarixini 
o‘z ichiga qamrab oladi. Va unda yana dindan xoli va ijtimoiy o‘rta 
asrlar faoliyatlari va faktlariga aniq ishoralar mavjud, masalan, yangi 
qo‘rg‘on va saroylar qurilishi- Konvi va Kaernarvon-, shaharlarning 
podevorlari-masalan Praga va Vorm hamda faol jun sotish 
yarmarkalari tizimi-Flandriya. 
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, Hereford dunyo xaritasi 
Hudoni yaratuvchi sifatidagi rolini ko‘rsatuvchi o‘rta asrlar qomusiy 
va diniy ilmi, shu bilan birga insoniyatning faoliyatlarini va ijtimoiy 
hodisalarni xristian diniga bog‘lab ko‘rsatuvchi qisqa ma’lumotnoma 
bo‘lib xizmat qiladi.  
Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 63%20Тарих%20фанлари
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti
63%20Тарих%20фанлари -> «0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi. 1-kitob. Shamsuddinov R, Karimov SH.pdf [Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim]
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi 2-kitob. Shamsuddinov R.pdf [Ahmadbekhoji mehmonxonasi]
63%20Тарих%20фанлари -> «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati
63%20Тарих%20фанлари -> Fayzulla boynazarov qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> O`zbekiston tarixidan universal qo`llanma tmp9232.pdf [Amudaryo xazinasi]
63%20Тарих%20фанлари -> A b d u m a jid m a d r a im o V gavhar fuzailo va


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling