Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Bo‘lingan dunyo: Tordesillas Shartnomasi (1494) Kantinoning


Download 1.41 Mb.
Pdf просмотр
bet6/39
Sana05.12.2019
Hajmi1.41 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39

 
Bo‘lingan dunyo: Tordesillas Shartnomasi (1494) Kantinoning 
jahon xaritasi (1502) 
 
Mashhur Contino xaritasi Ispaniya va Portugaliya o‘rtasidagi 
chegaralarni belgilash to‘g‘risidagi bitim Tordesillesning davlatlararo 
yozma kelishuvida Pope tomonidan to‘g‘ri deb topilgan. 
Hindistonning katta miqdordagi boyliklari to‘g‘risidagi taassurotlar bu 
ikki millat o‘rtasida raqobat bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Kelishuvga 
binoan yer Sharini bo‘lib olishga qaror qilgan bu 2 davlat Atlantikani 
bilgan va unga alohida qiziqqan. Buni dastlab Osiyoning Sharqiy 
qismida deb ishonishgan, Shuning uchun ham xaritaga nazar solsak 
Afrika va Brazilya hududlari bo‘ylab Portugaliyaliklar kashfiyoti va 
yangi dunyodagi Ispaniyaliklar kashfiyotini ko‘ramiz. Alberto 
Cantino
1
 1501-1502-yillarda Hindiston qirg‘oqlaridan Italiyaga ya’ni 
Lissabonga olib kelingan Ferraraning hokimi Ercole 1 ning agenti edi. 
                                                 
1
 Albuquerque L. de, O Tratado de Tordesilhas e as difiultades tecnicas da sua 
aplição rigorosa, in El tratado de Tordesillas y su proyeccion, vol. 1, Valladolid 
1973, pp. 119-136. 

 
 
50
U yana suzuvchi, yer sharini tuzuvchi ham bo‘lgan. U globusni 
rejasini ham tuzgan. U Hindiston qirg‘oqlaridagi ma’lumotlar va 
qiziqarli xaritalarni yig‘ib Portugaliyaliklarga tushuntirib bergan, u 
keyinchalik Padrao Real tarkibiga kirgan, extimol Cantino 
xaritalaridan ko‘chirma nusxa olib yashirin ravishda puxta o‘rgangan. 
Italiyaliklar xaritaning orqasiga yozilgan yozuvni o‘qishgan ‘’Charta 
del navichare per le isole novamente trovate in la parte del’ India
1
’’. 
Cantino ko‘rsatib bergan xaritada atirgul kompisini ko‘rish mumkin 
va bevosita kesishib o‘tgan chiziqlar yani dengiz compisining 
yo‘nalishi bilan bir xil. Xar qanday holatda xaritadan yo‘nalishni 
aniqlash mumkin. Dengiz ortidagi hududlarni kashf etiganligi haqida 
ma’lum darajada Italiyaliklar ma’lumot bergan. Xaritadan o‘rta 
asrdagi andazalardan olib kartografik an’analarni, Gog va Magogning 
yerni eschatologik fiuresini va olisdagi osiyo hududini ham ko‘rish 
mumkin. Ma’lum bir qirgoq bo‘yi hududlarining qiziqarli maydon 
ro‘yhati diqqatni tortadi. Capricorn va Cancer 2-ta gorizontal qizil 
chiziqli Tropik maydon. Qora chiziq ekuator o‘rtasida. 
Tordesillasning yozuvuga asosan vertical chiziq qizilda chizilgan 
yozuv. ‘’este he o marCo mantre Castella y PortuGall’’ Uning 
aytishicha Portugaliya qiroli Jon ll Kolumbga G‘arbiy Hindistondan 
orqaga qaytishini xabar bergan va uni kashfiyotlari to‘g‘risida bundan 
tashqari qirol Ispanlarni Alcacovas bitimini oyoq osti qilayotganligi 
to‘g‘risida kechiktirmasdan katolik monarxlariga norozilik bildiradi. 
Portugaliyaliklar esa zaruriy narsalarni olib Afrika qirg‘oqlari va 
yangi ochilgan yerlar tomonlarini, foydalanilmagan tizg‘in joylarni 
tadbiq qilishadi va yana orollarni kashf qilishadi. Ehtimol hozirgi 
Gvineya tomonidagi Canaries orollari topib bo‘ysundirilgan. 
Canariesda Castilyaning cheklanmagan hokimyati o‘rnatilgan. 
Doiralarning Atlantikani nazorat qilishdagi kelishuvi 1481-yil Aeterni 
tomonidan ro‘yhatga olingan. Mustamlakachilikni tarixda ko‘zga 
tashlanadigan nuqtasi unda nafaqat injil mukammal shaklda 
to‘g‘irlandi mahalliy millatlarga ham yetkazildi. Columbning dengiz 
safarida aylanib o‘tish harakati natijasida Portugaliyaliklar zirovorli 
orollar va Osiyo bo‘ylab nazorat qilish maqsadiga erishdi. Birinchi 
bo‘lib Papa tomonidan butun bir kashf qilingan g‘arbiy Atlantik 
                                                 
1
 Schneider U., Tordesillas 1494: Der Beginn einer globalen Weltsicht, in 
“Saeculum”, 2003, 54, pp. 39-62. 

 
 
51
hududlarni boshqarish huquqi Ispanlarga berildi. Shuningdek shimoli 
janubi hududlarga demokratik yo‘l taklif qilindi. Papa injilga muvofiq 
ularni hammasini majusiy deb nazarda tutgan, xudo tomonidan yuqori 
palataga tartib qoida asosida umumiy harakat qilish to‘g‘risida vakolat 
bergan, u homiylik huquqini dindan holi qirollarga jo‘natadi. Shu 
taqlid coloniyalarda ishlab chiqarishni qonunga muvofiq idora qiladi. 
Tordesillsning kelishuvida Alcacovas bitimini Ispaniya qaytadan 
ko‘rib chiqishni tanlaydi. Yangi to‘g‘ri chiziqlardan erkinlik his 
qilingan. Qutbdan qutbga canary orollarining g‘arbida 370 dengiz 
yo‘lida 46 0 harakatlanilgan. G‘arb aniq hamma chiziqlarning millati 
ustidan hukmronlik qilgan. Ispanlar borib kashf qilgan joyida dengiz 
xo‘jayini bo‘lgan. Portugaliya bu chiziqlarning biroz qismiga aloqador 
bo‘lgan. Natijada shuncha narsaga qaramasdan Ispaniya amerikani 
ko‘p qismiga davo qiladi. Portugaliya Sharqiy Hindiston va brazilyani 
nazorat qiladi. Contino Portugaliyaliklar kartografiyasini aniq ravshan 
ishlagan, keyingi davrda malum bo‘lishicha Brazilya qismida biroz 
o‘zgarish yasalgani yozib o‘tiladi. Dastlab hujjatlar ochiq oydin 
ko‘rsatilmagan shuningdek yer Shari atrofidagi qismlar yoki dunyoni 
taqsimlash ham. Portugaliyaliklarning  1512-yil Moluccas
1
ga bo‘lgan 
sayohati juda katta ahamiyatga ega. Ispanlar 1518-yil Tordesills 
kelishuvi
2
ga yani yer yuzini teng barobardan yarim sharga 
bo‘linishiga sabab bo‘lgan. 1529-yil Zaragoza kelishuvi Castilia 
Cortesning orzusi ekani tariflangan. Imperator Charlz V kelishuvda 
Portugaliyaning hamma kema ho‘jayinlari va Moluccasda savdo bilan 
shug‘ullanuvchilar, hamma joylarda Sharqiy okruglarda dengizlarda 
350.000 to‘lov evaziga ishga qaytish topshirilgan. Bularning hammasi 
Shartnoma uchun katta tafsilot bo‘lgan, lekin shunga qaramasdan 
ketma ket yillar davomida ko‘pgina muzokaralar amalga oshmay 
qoldi. Ikkita qudratli davlat yillar davomida ketma ketlikdagi 
kelishuvlari bugungi kunda dengiz xaritalarida xotirlanadi. Fransuz 
qiroli  Francus ll doimo Ispaniya va Portugaliya o‘rtasida dunyoni 
bo‘lish munosabati bo‘lganini aytgan. Tordessillas kelishuvi ikki 
                                                 
1
 Dalché P.G., The Reception of Ptolemy’s Geography (End of the Fourteenth to 
Beginning of the Sixteenth Cen-tury), in Woodward D. (ed.), The History of 
Cartography, vol. 3, Chicago 2007, pp. 285-364. 
2
 Fonseca L. Adão de, Ruiz Asenico J.M. (eds.), Corpus Documental del 
Tratado de Tordesillas, Valladolid 1995. 

 
 
52
hokimyat o‘rtasidagi doimiy ochiq urushlar bo‘lganligi Davlatlarning 
3-qism sifatidagi davosini tan olishmagan Fransiya, Angliya va 
Niderlandiyaninng dengizdagi va savdodagi erkinliklarini tadbiq qilish 
oxirida muvaffaqiyat bilan tugagan. Contino xaritasi mustamlaka 
hududlarni tasavvur qilishni o‘rgatgan va shu bilan birga xarita tez 
eskirgan. Shuni nazarda tutish kerakki geografiya va tarixga oid 
ma’lumotlar juda foydali ekanini Ispanlar va Portugallar bilishgan. 
Anthilles bu nom dastlab vujudga kelganida quyidagi ma’nolarni 
bildirgan – bu nom Kastilya qirolining g‘arbiy Hindistoni, Admiral 
Kolumb tomonidan kashf qilingan bu orollarda quratli qirol don 
Fernandoning kuchli nazorati o‘rnatilgan. Bu hududga o‘rta atlantika 
deb nom berilgan, g‘arbiy graflikdagi bu hududda yangi kashf 
qilingan yerlarni va labradorlarni vakillar boshqargan.  
Diogo Cao, Bartolomeu Dias, Vasco da Gama va Pedro 
Alvares Cabrallarni malumotlarini sinchiklab o‘rgansak
1
 o‘sha davr 
mol mulkiga dvao qilish shakli va bazi hududlarning tabiati va siyosiy 
tarixini ko‘rish mumkin. oltin Afrikaning g‘arbiy sohili yuzasidan 
olingan, Portugaliyalik Cao va Dias
2
 chegaralarni o‘rganib o‘rnini 
o‘ziga xos tarzda joylashtiradi. Qadimgi yirik hajmdagi dunyo 
xaritalari Cantino tomonidan 3 xil rangdagi yelimlangan teri 
varaqlariga chizilgan. O‘lchami 85.8+40.2. U Yangi Dunyo 
tasvirlangan ikkinchi dunyo xaritasi edi. Juan de la Cosa xaritani 
nomlashni taklif qilgan 1500 Jean de Dintivella Fransiya qiroli 
Francis l ning elchisi Londonda qirol e’tiborini qozongan va 
Lavaurning o‘qimishli yepiskopi Georges de Selve va imperator 
Charlizning elchisi va mashhur elchilarning bosh suyaginin 
anampormic tasvirlash uchun, ta’svirlarni bo‘yash bugungi kunda 
London milliy galeriyasi zimmasiga topshirilgan. Ko‘p vaziyatlarda 
hukumat san’at va ilm-fanda mahsus asboblar yordamida bo‘yashga 
ruhsat beradi, bu ma’lum darajada foydali. Globusga stol ostida 
qaralsa Yangi Dunyo va Tordisellsning qizil chiziqlarini ko‘ramiz. Bu 
                                                 
1
 Schneider U., Tordesillas 1494: Der Beginn einer globalen Weltsicht, in 
“Saeculum”, 2003, 54, pp. 39-62. 
2
 Cortesão A., Teixeira de la Mota A., History of Portuguese Cartography, 2 
vols., Lisbon 1969-1971. 
 

 
 
53
Johann Schonerning  1523-yilda yasagan globusi
1
ga juda o‘xshash. 
Magellanning yo‘nalishi dunyoda mahsulotlar ishlab chiqarish orqali 
boylik va faravonlikda yashash lekin xristianlarning boshqa bir qismi 
idora qilishning bunday shaklini o‘sishini ko‘rolmaydi. Bunday 
holatda ularning imperator Charliz V bilan munosabatlaridagi 
ko‘rinish ajablanarli bo‘lmagan. Francois l  Dieppe dengizi
2
ni 
boshqarish huquqini olganda faqatgina suvlarni o‘rganishni 
taqiqlamagan lekin ispan kemalariga qarshi yaxshi hujum qilgan. 
Ispaniya va portugaliya mamlakatlari o‘rtasida muhim hodisa ro‘y 
bergan, Francois Portugaliya kemalariga qarshi hujumga ruxsat bedi. 
Portugaliyadan elchihonaga tezda kelgan Francois l murosa yo‘lini 
olib borgan
3
. Boshqa so‘z bilan aytganda Tordisellas kelishuvga 
ishora berdi, Dintevillening farazicha savollar Shart emas edi, lekin u 
ingliz eshittirishlarida murakkab siyosiy muommolar boshlanganini 
aytgan. Shunga qaramasdan Tordesillas kelishuvi 1494-yil 7-iyunda 
Ispaniya va Portugaliya monarxlari vakilligida imzolandi, qirol 
Ferdinand va qirolicha Izabella tomonidan 2-iyulda va Portugaliya 
qiroli John ll tomonidan 5-sentabrda  imzolandi. Bu ikki davlatni 
o‘rtasida chegaralarini belgilash uchun, keyingi bo‘ladigan urushlarni 
oldini olish va janjallar orqali bir biriga ziyon yetkazmaslik uchun 
ham Shartnoma imzolangan. Kelishuv rasmiyligi sababli, ko‘pchilikni 
bosh tortishiga qaramay, xalqaro sistemada 15-asr oxiridagi eng 
foydali diplomatik faoliyat namunasidir. 
 
Amerika nomidagi Valdshimyuller xaritasi (1507) 
 
Valdzemyullerning  1507-yildagi  mashhur dunyo xaritasida 
Amerika ilk bor Atlantika va Tinch okeani o‘rtasidagi alohida qi’ta 
sifatida ko‘rsatilgan, uni ba’zida Amerikaning tug‘ilganligi haqidagi 
guvohnoma deb ham atashadi. Amerika nomi xaritaning pastki 
                                                 
1
 Sicilia F. (ed.), Alla scoperta del mondo. L’arte della cartografi da Tolomeo a 
Mercatore [Th art of cartography. From Ptolemy to Mercator], in “Il giardino 
delle Esperidi”, 9, Modena 2001. 
2
 Schneider U., Tordesillas 1494: Der Beginn einer globalen Weltsicht, in 
“Saeculum”, 2003, 54, pp. 39-62. 
3
 Woodward D. (ed.), Th History of Cartography, vol. 3, Cartography in the European 
Renaissance, Chicago 2007 (vol. I, pp. 992 with Adabyotlar, pp. 1030f, n. 299, 1104, 1108-
1109). 

 
 
54
qismida Janubiy Amerikaning kichkina silueti yonida joylashgan. 
Tadqiqotchilar vikricha bu xaritaga manba bo‘lib maxfiy portugal 
xaritalari xizmat qilgan bo‘lsa kerak, lekin bu fikr fanda o‘z isbotini 
aniq topgani yo‘q. Yevropaliklardan Tinch okeanini birinchi bo‘lib 
1513-yilda  Vasko Nunes de Balboa Panama bo‘ynida ko‘rdi. 
Atlantika va Tinch okeani tutashgan joy 1520-yilda dunyo bo‘ylab 
birinchi sayyohat uyushtirgan Magelan Gorn burnidan o‘tdi va bu 
yerga uning Sharafiga magelan bo‘g‘ozi deb nom qo‘yildi. 
Xarita muallifi Martin Valdzemyuller  (1475-1520) Fraysburg 
universitetida, so‘ngra Voysgens gimnaziyasida tahsil oldi. Bu yerda 
Lotaringiya gersogi Rene homiyliligida intelektuallar klubi tashkil 
topdi. Gimnaziya qoshida 1507-yilda bosmaxona tashkil etilib u yerda 
Valdzemyuller ilk bor o‘zining devoriy xaritasini bosib chiqardi. 
Xarita Universalis Cosmographie Descriptio
1
 nomi bilan 12 varaqda 
137 243 sm xajimda chop etildi. Xaritaning tepa qismida 
Ptolomeyning rasmi bo‘lib u o‘z nigohini Sharqiy yarim Sharga 
Yevropa, Osiyo, Afrikaga qaratgan. Afrikaning Janubiy qismida biz 
Ptolomeyga no‘malum yerlar degan yozuvni ko‘ramiz. Ptolomeyning 
to‘g‘risida Amerika Vespuchining surati bo‘lib, u o‘z nigohini g‘arbiy 
yarim Sharga, “yangi dunyoga qaratgan
2
”. (Ma’nosi qadimgilar daxosi 
yoshlarni yangilikka ergashtiradi). Xarita imperator Maksimilian I 
bag‘ishlangan. Gabsburglar gerbi xaritaning eng ko‘rinarli qismida 
O‘rta yer dengizining g‘arbiy qismida joylashgan. Maksimilian 
vorislari davrida Ispaniya global imperiya darajasiga chiqdi va 
"quyoshi mangu botmas" degan nom oldi. Xarita va gerbga qarasak, 
undagi ikki boshli burgut Yangi Dunyo va Uzoq Sharq Eski 
Dunyodan yuqoriga chiqib turishi va qanotlari Sharqda Ptolomey va 
g`arbda Vespuchchiga ishora qilib turibdi.  
 Yer globusiga 360 gradusda qaraganda uning qurilishi 
Ptolomeyning ikkinchi konusli proeksiyasi asosida kengaytirilgan 
zonadagi periferiyada va sayohatchilarning xikoyalari asosida portugal 
                                                 
1
 Fischer P.J., Wieser R. von, Die älteste Karte mit dem Namen Amerika aus 
dem Jahre 1507 und die Carta  Marina aus dem Jahre 1516 des M. 
Waldseemüller, (Ilacomilus) in Faksimiledruck, Innsbruck 1903, repr. 
Amsterdam 1968. 
2
 Lester T., Th Fourth Part of the World: Th Race to the Ends of the Earth, and 
the Epic Story of the Map Tht Gave America Its Name, New York 2009. 

 
 
55
yo`l ko`rsatuvchilari haritasiga tushirilganligini ko`rishimiz mumkin. 
Karib dengizini Kolumb tomonidan ochilishi Yangi Dunyoga 
Ispaniya va Portugaliya qirollari o`rtasida bo`lib olingan holda 
ko`rsatilgan edi.  
Atlantika orollari va Afrikaning g`arbiy qirg`oqlari joylashuvi 
haritada Tordellis chizig`idan Sharq tomon portugallar ta`sir doiralari 
chegarasi tomon siljitilgan holda to`g`rilangan shaklda qilingani 
ehtimoli mavjud. Ochiq Hind okeani esa Yaxshi Niyat burni bilan 
portugal ta`sir doiralari bilan ajratib ko`rsatilgan.  
  Martin Valdzemyuller va Matias Ringmann asl nashrlari, 
kichik haritalar kichik bir Sharga joylanganligi haqida 
"Kosmografiyaga kirish" kitobi
1
da jamlandi. Mualliflar nashrning 
kirish qismida go`yoki juda oshirib yuborilgan, hecch kimga keragi 
yo`q deb o`zgartirilgan Amerigo Vespuchchining  "suv bilan 
o`ralgan boshqa bir Yangi Dunyo – to`rtinchi qit`ani borligini 
aniqlaganligi haqidagi" lotincha tarjimadagi maktubini kiritishadi. 
Shuning uchun, Ringsmann ushbu muqaddimada bu yangi ochilgan 
qit`a iqrorini haq ekanligini kiritgan:  
 Dunyoning to`rtinchi qit`asi Amerigo Vespuchchi tomonidan 
aniqlandi. Amerigo yoki Amerika Yerning bu qismini aniqlangan aql 
sohibi Amerigo ochgan bo`lsada, undan keyingilar bu yerga nega nom 
berishga haqlari bor ekanligini hech tushunmayman. Ahir Yevropa va 
Osiyo qit`alari ayol nomlarini olgan bo`lsa, nega Amerigo yeri 
Amerika deb atalmasin. 
  1492-yilda bu Karib orollariga ilk bor qadam qo`ygan Kolumb 
bu (Las India deb atalgan) noma`lum hududlarni Yangi Dunyo 
ekanligini bilmagan va faqatgina Amerigo Vespuchchi bu Yangi 
Dunyoning qirralarini tasdiqlab berdi. Valdzemyullerning oldingi 
haritalarida Kolumbni Yangi Dunyoning ilk kashfiyoti vakili sifatida 
ko`rsatilib, Amerigo nomi olib tashlangan edi. "Kosmografiya
2
"ning 
keng yoyilishi natjasida "Amerika" nomi Yangi Dunyo nomida aks 
ettirilishiga sabab bo`ldi.  
                                                 
1
 O’Gorman E., Th Invention of America: an inquiry into the historical nature of 
the New World and the meaning of its history, Bloomington 1961. 
2
 Lester T., Th Fourth Part of the World: Th Race to the Ends of the Earth, and 
the Epic Story of the Map Tht Gave America Its Name, New York 2009. 

 
 
56
  Valdzemyullerning haritasining zamonaviy qiyofaga ega 
bo`lsada, unda qadim dunyo afsonalari va qissalari, o`rta asr 
kartografiyasi an`analari aks etgan: Iskandar Zulqarnayn yurishlari, 
Ioannning Sharqiy saltanati qissalari, Topraban (Shri - Lanka) 
qimmatbaho toshlari, Gerakl qahramonliklari, dahshatli hayvonlar, 
Efiopiya odamxo`rlari, Avliyo Fomaning Hindistonda o`ldirilishi 
kabilar. 
 Harita ming nusxada chop etilgan va faqat birgina nusxasi 
Germaniya Vyurtembergda Valdburg-Valfegga Valdzee shahzodasi 
qasri kutubxonasida topib olingan. Keyinchalik Jon Fisher haritani 
chop etishi sensatsiyaga olib keldi
1
.  2001-yil Vashingtondagi AQSh 
Kongressi kutubxonasi Germaniya hukumatidan maxsus eksport 
ruxsatnomasi bilan o`n million dollarga sotib oldi va kutubxonaning 
Xazinalar galereyasida saqlanmoqda.  
 
Merkatorning jahon xaritasi (1569) 
 
Gerard Merkator 
(Gerard Kremer,  1512-1594-yillar
tomonidan 1569-yilda chop etilgan dunyo xaritasi katta ahamiyamga 
ega inqilobiy kashfiyot edi. Merkator proyeksiyasi
2
 (odatda uni 
shunday atashadi) dengizdagi aniq va xavfsiz bo‘lgan marshrutlar 
grafiklarini tuzish uchun olg‘a tashlangan qadam bo‘ldi. Biroq uning 
xaritasi shunchaki yo‘l qidiruvchilar (navigatorlar)ga mo‘ljallagandan 
ancha katta ahamiyat kasb etadi. Merkator dengiz sayohatchilari va 
ilk kashshof (kashfiyotchi)lar Yevropa keltirgan barcha yangi 
btlimlarni aks ettirishga harakat qildi. Uning xaritasi Yevropaga 
ma'lum dunyoni aks ettirardi. Tabiiyki, u Yevropani xarita markaziga 
joylashtirdi. Ayni paytda bu qit'a yevropalik geograflar va 
kartograflarga juda tanish edi. 
Boshqa har qanday ikki o‘lchamli ko‘rinishdagi uch o‘lchamli 
ob'yektlar tasviri kabi uning xaritasi voqyeilikni bo‘rttirib ko‘rsatadi. 
Proyeksiya effekti natijasida Yevropaning xaritadagi hajmi katta, 
aksincha Janubiy Amerika va Afrika esa kichrayib qolgan. Bu holat 
                                                 
1
 Laubenberger F., Rowan S., Th Naming of America, in “Th Sixteenth Century 
Journal”, 1982, 13, 4, pp. 91-113. 
2
 Mercator Projection, Encyclopædia Britannica Online
http://www.britannica.com
, accessed 11 January 2011. 

 
 
57
XX asrning bahsli mavzusiga aylanib, yevrotsentrik qarashni shubha 
ostiga qo‘ydi. 
1569-yilga kelib Merkatorda gobus va xaritalar ishlab 
chiqaruvchisi sifatida katta tajriba to‘plandi. Merkator Antverpendan 
uzoq bo‘lmagan shaharchada tug‘ildi. U umumiy ta'limni aka-ukalari 
balan Xertogenboshda oldi. 1530-yilda Leven universitetiga o‘qishga 
kirdi. U yerda u Gemma, Frizius Renyer va mamlakatning yetakchi 
nazariyotchi matematigi hamda mashhur kosmografa Benilyuksdan 
ta'lim oladi. Friziusning ilmiy ustaxonasiga ishga kirib, 1535-yilda 
unga globas yasashda ko‘maklashadi. Merkator keyinchalik graver 
va ishlab chiqaruvchi sifatida biznesini boshlaydi. 1537-yilda o‘zining 
birinchi xaritasida Muqaddas Yerni tasvirlaydi. Bir yil o‘tgach, u 
janub va shimol yarim sharlarini ikkita yurak ko‘rinishida tasvirlangan 
dunyo xaritasini yaratadi. 1541-yilda u globus yasadi, 10 yil o‘tgach 
esa, samoviy yer Sharini (tungi osmonda yulduzlarni aks ettiruvchi) 
yaratdi.  1544-yil anduhli kechdi. Shu yili Merkator inkvizitsiya 
aybloviga ko‘ra hibsga olinib, 7 oy qamoq jazosiga hukm qilindi. 
Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, 1541  Levendan Kleva gersogligiga 
qarashli Duysburgga ketadi. 1564-yilda gersog Vilgelm Klevening 
bosh kosmografi etib tayinlanadi
1

Merkator turlicha xaritalarni nashr qilgan. Masalan, 1554-yilda 
u Yevropa ta'siri ostidagi hududlarni tasvirlovchi xarita yaratadi. 
Merkator olim inson edi, uning orzusi borliq haqida jo‘g‘rofiy 
bilimlar beruvchi ish yaratish, shuningdek, jo‘g‘rofiy fanlar tarixini 
yaratish edi. Uning bu orzusi ushalmay qoldi, biroq 1569-yildan 
1568-yilgacha bo‘lgan jahon xronologiyasini chop ettirdi 
(Chronologia, 1569). 1585-1595-yillarda 51 xaritadan iborat atlasning 
birinchi qismi nashr qilindi. Merkator vafotidan so‘ng uning o‘g‘li 
Rumold  1602-yilda 34 xarita bilan atlasni yakuniga yetkazdi
2

Merkator shunday xaritalar to‘plami uchun ilk bor “atlas” atamasini 
qo‘llagan bo‘lsa-da, u atlasni chop ettirgan dastlabki olim emas. 
Undan oldin 1570-yilda  Avraam Orteliy Antverpen shunday 
xaritalar to‘plamini chop ettirgan edi. 1604-yilda xaritashunos 
                                                 
1
 N.J.W. Thower, Maps and Civilization, Cartography in Culture and Society
3rd edn., e-book, Chicago 2008, p. 80. 
2
 Mercator Projection, Encyclopædia Britannica Online
http://www.britannica.com
, accessed 11 January 2011. 
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling