Ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti
Download 38.54 Kb. Pdf ko'rish
|
B.BUVANAZAROV(1)
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI. SIRTQI BO’LIM 2-BOSQICH HBA-90 GURUXI TALABASI B.BUVANAZAROVNING “MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT" FANIDAN ORALIQ NAZORAT ISHI. TOSHKENT-2023 YIL. VARIANT-3 u 1. Pul taklifi. Pul bozorida muvozanat u 2. Avtonom xarajatlar multiplikatori. u 3. LM – egri chizig’i va uning tenglamasi Pul taklifi. Pul bozorida muvozanat. u Pul taklifi (Ms) o’z ichiga bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar (S) va zarur bo’lganda (D) iqtisodiy agentlar bitimlar uchun ishlatishi mumkin bo’lgan depozitlarni oladi: Ms = S+D. Aksariyat mamlakatlarda davlat pul chiqarishda monopol huquqqa ega.. Uni amalga oshirish huquqi nisbatan mustaqil muassasa Markaziy bank ixtiyorida. “Markaziy bank O’zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to’lov vositasi sifatida banknotlar va tangalar ko’rinishidagi pul belgilarini muomalaga chiqarish mutlaq huquqiga ega”. Ammo pul taklifini ko’paytirish imkoniga yoki pul yaratish qobiliyatiga tijorat banklari ham ega. Ular kreditlar bera borib, to’lov vositalari emissiyasini yoki kredit multiplikasiyasini amalga oshiradi. Masalan, A bankning depoziti 2000 so’mga o’sgan bo’lsa, zahira normasi 20 % ga teng bo’lganda (zahira normasi – tijorat banklar depozitlarining ma’lum qismini Markaziy bankda saqlab turish normasi), u 400 so’mni Markaziy bankda zahiralab, qolgan 1600 so’mni qarzga beradi. Shunday qilib, A bank pul taklifini 1600 so’mga ko’paytiradi va u endi 2000+1600=3600 so’mni tashkil etadi. u Ya’ni, omonatchilarning depozitlardagi 2000 so’mdan tashqari yana 1600 so’m qarz oluvchilar qo’lida qoladi. Agar, 1600 so’m yana banka tushsa, (masalan, B bankka) unda 20 % ga teng bo’lgan zahira normasida u 320 so’mni zahirada qoldirib, 1280 so’mni kreditga beradi hamda shu miqdorda pul taklifini oshiradi. Kredit berishning bu jarayoni so’nggi pul birligidan foydalanishga qadar davom etadi. Yakuniy hisob kitob bank depozitlari jami 10000 schqmga ko’payganligini ko’rsatadi. Bu jarayonni formula ko’rinishida quyidagicha yozishimiz mumkin: M = (1/ rr ) x D Bunda: M- pul taklifi hajmi; rr – majburiy zahiralash normasi ; D - dastlabki depozit u Keltirilgan formuladan ko’rinib rr koeffisentiga bog’liq bo’lib, uni bank turibdiki, pul taklifi 1/ multiplikatori yoki pul ekspansiyasi multiplikatori, deb ataladi. U ushbu bank zahiralar normasida ortiqcha zahiralarning bir pul birligi bilan yaratilishi mumkin bo’lgan yangi kredit pullarining eng ko’p miqdorini bildiradi Pul bozorida muvozanat u Pul bozori modeli pulga talab va taklifni birlashtiradi. Dastlab, soddalik uchun pul taklifi Markaziy Bank tomonidan nazorat qilinadi va (M/P)s darajasida qayd qilingan deb olamiz. Agarda M -pul taklifini, P-narxlar darajasini bildirsa, M*/P* pul vositalarining real zahirasi miqdorini ko’rsatadi. u (M/P) s = M*/P* u Bu yerda: M - pul taklifi darajasini bildiradi; u P – baholar darajasi (ushbu modelda ekzogen o’zgaruvchi )ni ko’rsatadi. u Pul taklifi miqdoridagi foiz stavkasiga bog’liq bo’lmagan vaziyatni ko’rsatadi. Shuning uchun real pul vositalari taklifi grafikda ko’rsatayotganimizdek vertikal chiziq ko’rinishiga ega bo’ladi. Bu holat foiz stavkasi qanchalik o’zgarishiga qaramasdan real pul taklifi miqdori o’zgarmasdan qolgan vaziyatni aks ettiradi. u Baholar darajasini ham barqaror deb qabul qilamiz. Bu holatda real pul taklifi M*/P* ga teng va grafikda Ms to’g’ri chiziq ko’rinishiga ega bo’ladi. u Pul talabi berilgan daromad darajasida foiz stavkasiga teskari proporsional egri chiziq ko’rinishiga ega. Muvozanat nuqtasida pul talabi va taklifi o’zaro teng, O’zgarib turuvchi foiz stavkasi pul bozorini muvozanatda ushlab turadi. Foiz stavkasining o’zgarishi natijasida iqtisodiy agentlar o’z aktivlari tarkibini o’zgartirgani tufayli pul bozorida muvozanatga erishish uchun vaziyatga ta’sir etib uni o’zgartirish zarur va mumkindir. Agar R juda yuqori bo’lsa, pul taklifi unga bo’lgan talabdan yuqori bo’ladi. Iqtisodiy agentlar o’zlarida to’planib qolgan ortiqcha naqd pullarni aksiya va obligasiyalarga aylantirib, ulardan qutilishga intilishadi u Yuqori foiz stavkasi, ta’kidlanganidek, obligasiyalar kursining pastroq darajasiga mos keladi. Shu sababli, arzon obligasiyalarni (kelajakda foiz stavkasi pasayishi oqibatida ular kursi o’sishini ko’zda tutib) sotib olish foydali bo’ladi. Banklar, Ms> Md bo’lgani uchun foiz stavkasini pasaytira boshlaydi. Astasekin iqtisodiy agentlar o’z avtivlari tarkibini o’zgartirishi va banklar tomonidan foiz stavkasining o’zgartirilishi oqibatida pul bozorida muvozanat tiklanadi. Foiz stavkasi pasayib ketgan holatda teskari jarayon ro’y beradi. . Avtonom xarajatlar multiplikatori. u Avtonom xarajatlar multiplikatori - Davlatning byudjet- soliq siyosati davlat xarajatlari va soliqqa tortish darajasini o’zgarishiga bevosita ta’sir etadi. Davlat xarajatlarini oshishi (G) daromadlarni berilgan darajasida rejalashtirilayotgan jami xarajatlarni o’sib borishini bildiradi. Shunga muvofiq muvozanatli daromad ham o’sadi. Bunda daromadlarni qo’shimcha o’sishi davlat xarajatlarining qo’shimcha o’sishiga qaraganda ko’proq bo’ladi, ya’ni Y>G. Y/G nisbatni davlat xarajatlarining multiplikatori deb ataladi. u U davlat xarajatlarini bir miqdorga ko’payishida muvozanatli daromad qancha oshganligini bildiradi. Davlat xarajatlari jami xarajatlarning bir qismi hisoblanar ekan, demak unday holatda davlat xarajatlari multiplikatori hamda jamg’arishga (MPS) va iste’molga (MPC) bo’lgan chekli moyig’llik o’rtasida aloqa mavjud bo’ladi. Daromadlarda jamg’arish ulushining o’zgarishi qanchalik kam bo’lsa, xarajat shunchalik ko’p va daromadlar miqdori (Y) yuqori bo’ladi. Shunga muvofiq mul’tiplikator ham yuqori bo’ladi. Boshqacha aytganda, multiplikator MPS ning teskari qiymatiga teng yoki 1/MPS. Biroq MPC+MPS=1 bo’lgani uchun davlat xarajatlari multiplikatori miqdori 1/1- MPCga barobar bo’ladi. u Misol uchun, iste’molga bo’lgan chekli moyig’llik 0,7ga teng bo’lsa, unda multiplikator 3,33 teng bo’ladi, ya’ni u Δ Y1µo= --------- = ----------- = 1/ (1-0,7) = 3,33 ΔG 1- MPC u Demak iste’molga bo’lgan chekli moyillik qancha katta bo’lsa, multiplikator samarasi ham shuncha yuqori bo’ladi. Bu shuni bildiradiki, davlat xarajatlarini bir miqdor ko’payishi muvozanatli daromadni 3,33 birlikka oshiradi. u Multiplikatorning matematik mohiyati cheksiz kamayib boruvchi geometrik progressiyani anglatadi, ya’ni u µ =1+b+b2+b3+b4+…+bn, bu erda b=MPC u Tenglikning ikki tomonini b ga ko’paytiramiz: µb=b+b2+b3+b4+…+bn+1 u Endi birinchi tenglamadan ikkinchisini ayiramiz: µ - µb=1-bn+1 , µ (1-b) =1-bn+188 u Hisob- kitob natijalarini quyidagicha tasvirlaymiz: µo=(b n+1)/(1-b)b kasr son va bn+1 nolga juda yaqin bo’lgani uchun µo=1/(1-b) tenglik to’g’ri bo’ladi u Soliqlarning o’zgarishi (T) daromad va iste’molga teskari ta’sir ko’rsatadi. Soliqlarni kamayishi multiplikator samarasini keltirib chiqaradi, ya’ni daromadlarni soliqlar o’zgarishi miqdoriga qaraganda yanada ko’proq qo’shimcha o’sishiga olib keladi. Soliq multiplikatori yoki daromadlarga soliqlarni o’zgarishidan keladigan samara teng: u Y-MPCµs= ---------=-------------T1-MPC u Masalan, agarda iste’molga bo’lgan chekli moyig’llik chegarasi 0,7ga teng bo’lsa, unda soliq multiplikatori 0,7/1-0,7=2,3ga teng bo’ladi, ya’ni Y-MPC-0,7µs= ---------=---------=----------=- 2,3 T1-MPC 1-0,7 Bu shuni bildiradiki, soliqlarni bir miqdorga oshirish daromadlarni 2,3 miqdorga qisqarishiga olib keladi LM – egri chizig’i va uning tenglamasi u LM – egri chizig’i o’zgarmas narxlar sharoitida pul vositalari bozorida vijudga keladigan foiz stavkasi va daromadlar darajasi o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni aks ettiradi. LM – egri chizig’ining har bir nuqtasida pulga talab Md pul taklifi Ms ga teng bo’ladi. Pul bozorida bunday muvozanatga daromad Y ning oshishi bilan foiz stavkasi R ko’tarilsagina erishiladi u Pulga talab funktsiyasiniquyidagicha yozamiz: u M/R=f(R;U) u Shunday qilib, yuqoriroq daromad yuqoriroq foiz stavkasiga olib keladi buni LM egri chizig’i aks ettiradi. U pul bozorida foiz stavkasi va daromad o’rtasidagi munosabatlarni ko’rgazmali tarzda ifodalaydi. Daromad darajasi qancha baland bo’lsa, pulga bo’lgan talab shuncha yuqori va shunga muvofiq muvozanatli foiz stavkasi ham shuncha yuqori bo’lad u LM egri chizig’i tenglamasi pulga talab funktsiyasini R va Y ga nisbatan echib topiladi. R ga nisbatan LM egri chizig’i tenglamasi quyidagicha: R=(k/h)Y-(1/h) (M/P). Y ga nisbatan LM egri chizig’i tenglamasi quyidagicha: Y=(1/k)(M/P) + (h/k) R. k/h koefitsenti LM egri chizig’ining Y o’qiga nisbatan og’ish burchagini xarakterlaydi hamda fiscal va pul kredit siyosatining nisbiy samaradorligini baholaydi. Shunday qilib, LM egri chizig’i o’zgarmas narxlar sharoitida pul vositalari bozorida vujudga keladigan foiz stavkasi va daromadlar darajasining kombinatsiyalarini ko’rsatadi. LM egri chizig’ining har bir nuqtasida pul bozorida talab va taklif o’zaro teng bo’ladi Download 38.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling