Talim vazirligi
O’ZBEKİSON RESPUBLİKASİNİNG XALQ XO’JALİGİ UMUMİY TARİFİ
Download 441.5 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.SANOATİ. YOQİLG’İ-ENERGETİKA MAJMUYİ. Yoqilg’i -energitika majmui.
- Yoqilg’i sanoati.
6. O’ZBEKİSON RESPUBLİKASİNİNG XALQ XO’JALİGİ UMUMİY TARİFİ. Xo’jaligining umumiy tarifi
O’zbekiston o’z mustaqilligiga erishgan kunidan boshlab iqtisodiy , ijtimoiy , madaniy va ma'rifiy sohalarda o'ziga xos yo'lni tanladi va bu yo'ldan dadil bormoqda . Milliy iqtisodiyotning o'sishi bilan birga , uning tarmoq tarkibi xilma-xilligi yaxshilandi.
Respublikaning tabiyi va agroiqlimiy sharoitlari ko’p tarmoqli qishloq xo’jaligining rivojlanishiga, boy mineral xomashyo resurslari zamonaviy industriyani rivojlantirish uchun juda qulay. XIX asr oxirgi 10 yilliklaridan boshlab o’lkada sanoat karxonalarini qurish tezlashib bordi. Bu korxonalarning negizini asosan paxta tozalash pilla chuvish, jun yuvish, paxta yog’i i/ch korxonalari tashqil qilar edi. Shungdek o’lkadagi dastlabki elektr stantsiyalari va g’isht zavodlari ham xuddi shu davrda qurilgan edi. 1913 yilda h’ozirgi O’zbekiston xududida 425 ta sanoat karxonasi bulib, ularning 208 tasi paxta tozalash 80 tasi oziq-ovqat, 18 tasi objuvoz, 35 tasi kunchilik, 29 tasi xumdon yasash, 14 tasi metallsozlik korxonalari edi. İjtimoiy maxsulotning 32% ishlab bergan sanoat tarmoqlarining tarkibi ham uziga xos edi. Yozning yalpi sanoat maxsulotining 86% qishloq xo’jalik maxsulotlarini dastlabki qayta ishlovchi (paxta tozalash va o’simlik yog’i ishlab chiqaruvchi) korxonalarda 12% oziq-ovqat (yog’ ishlab chiqarishdan boshqa), kupchilik korxonalarida, faqat 2% og’ir sanoat korxonalarida ishlab chiqarilardi. Og’ir sanoat tarkibida metallsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalardan tashqari u qadar katta bulmagan Chimyon-neft va Shursuv-oltingugurt konlari hamda Oltiariqda joylashgan Vannovskiy neftni qayta ishlash zavodlari bor edi. Barcha sanoat karxonalarining 70% Farg’ona vodiysi shah’arlarida tuplangan edi. O’zbekistoning Sovet xokimiyati yillaridagi sanoat taraqiyot jarayoni bir qator bosqichlarni o’z ichiga oladi. Birinchi bosqich-tiklanish davri. Bu davrda eski sanoat va xunarmandchilik korxonalari qayta tiklandi va bir qancha yangi sanoat korxonalari qurildi. Jumladan, Toshkent va Farg’onada ipakchilik fabrikalari, Buzsuv GESi, sanoat qand va quvasoyda dezil elektir stantsiyalari ishga tushurildi. Sanoat tarah’qiyotining ikkinchi bosqichi urushgacha bulgan davirlar besh yilliklar uz ichiga oladi. Bu bosqich respublikada yirik sanoat uchoqlarini borpo etish davri buldi. Birinchi (1928- 1932 yil) va ikkinchi (1933-1937 yy) besh yilliklar davridayoq O’zbekistonda 831 ta yangi zovod va fabrikalar ishga tushurildi.bular orasida Toshkent qishloq xo’jalik mashinasozlik zovodi, Chirchiq elektro kimyo, Toshkent tuqimachilik kombinat kabilar bor edi. İkkinchi besh yillikning oxiridayoq O’zbekiston industrial-agrar respublikaga aylangan edi. Bu xulosani jumxuriyat xalq xo’jaligining yalpi maxsuloti tarkibi ham tastiqlaydi. Unda sanoatning xissasi 1913 yildagi 32% dan 1940 yilda 70% gacha kutarildi. Uchunchi bosqich Ulug’ Vatan urushi yillarrini uz ichiga oldi. Bu davrda respublikaga h’arbiy rayonlardan 90 ta og’ir sanoat korxonalari joylashtirilib ishga tushurildi. Shular jumlasiga Toshkent samalyotsozlik i/ch birlashmasi, O’zbekistonqishloq xo’jalik mashinasozligi zavodi, Chirchiq qishloq xo’jalik mashinasozlik zavodi transformotor zavodlari kiradi. Urush yillarida respublikada neft, mis, qurg’oshin, volfrom va molibdenning yangi konlari uzlashtrildi. Angrenda yangi kumir shaxtalari ishlay boshladi, 6 ta yangi elektr stantsiyasi ishga tushurildi, Bekobod metallurgiya zavodi qurilishi boshlab yuborildi.shu yillarda jami 280ta yangi sanoat korxonasi ishga tushuriladi. Bekobod metallurgiya zavodi qurilishi boshlab yuborildi. O’zbekiston sanoatining tarkibi keskin uzgardi, og’ir sanoat solmog’i 1940-43 yillar orasida 14,35 dan 49% gacha usdi. Sanoat tarah’qiyotining turtinchi bosqichi urushdan keyingi sanoat yuksalishi yillarini uz ichiga oladi. Bu davrda O’zbekiston xalq xo’jaligining yangi davr talabi asosida qisqa muddat ichida qayta qurish bosh masalalardan biri edi. Sanoat tarmoqlarini qayta qurish va kengaytirish, qishloq xo’jalik ishlarini mexanizatsiyalash,ekin maydonlarini kengaytirish keng kulamda olib borildi. Respublika xalq xo’jaligining yanada tez suratlar bilan rivojlantirilishiga zamin tayyorlangan edi. Respublika sanoat tarah’qiyotining beshinchi bosqichi 60 yillar boshlaridan 80 yillar urtalarigacha davom etdi. Bu bosqichning muh’im xususiyatlari sifatida O’zbekistonsanoati, tabiiy, moddiy-texnika va mehnat resurslaridan yanada kengroq foydalanilganligi, uning sobiq İttifoqdagi asosiy urni paxta, pilla, qorakul kabi xom ashyo va yarim xom ashyo etkazib berishdagi roli ortib borganligini kursatish mumkin. Bu davir uchun Uzbekistonq xo’jaligida fan-texnika tarah’qiyoti rivojlanishining ayrim intensiv omillaridan shu maxsad yulida foydalanish, ijtimoiy ishlab chikarishning samaradorligini oshirish va sifat kursatkichlarni yaxshilashdek bir qator xususiyatlar xarakterladir. Xuddi shu davrda O’zbekistonyoqilg’i energitika majmuaning asosini tashqil etadigan qator yirik gaz konlari uzlashtirildi, nodir metallar sanoati yaratildi, kup tarmoqli mashinasozlik barpo etildi, h’ar xil istemol mollari etarli darajada i/ch yunalishida dastlabki qadamlar quyildi. 1991yil 31 avgustda uz mustaqiligini elon qilgan, Uzbekistoning xalq xo’jaligi uzining chinakkam yangi tarah’qiyot bosqichini boshladi. Bu taraqqiyot bosqichining asosiy vazifasi O’zbekiston iqtisodiy mustaqilligini taminlashda tayanch bula oladigan xalq xo’jaligi tarmoqlarini rivojalntirish asosida sanoat tubdan takomillashtirish, ularni zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyasi bilan taminlash va aholi turmish darajasini keskin yaxshilashdan iboratdir. Bu maqsadlarga erishishda xalq xo’jaligining moliyaviy-investitsiya tizimi ishlarida yuqori samaradorlikka erishish, baxolar tizimi faoliyatini tubdan sog’lamlashtirish, ishlab chiqarish korxonalari faoliyatida tula mustaqillikni taminlash, respublika xududida chet el kapitalining h’arkati uchun etarli sharoit yaratib berish h’al qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Hozirning uzidayoq h’ar bir ishlab chiqarish subektining ichki va tashqi iqtisodiy faoliyatida hamkorlik qilishga muljalangan turli moliyaviy-bank muassasalari, tijorat birjalari va chet el kapitali ishtrokida qurilgan uyushma korxonalar ish boshlaganligi Uzbekistonning bu borada quyilayotgan dastlabki qadamlaridir. O’zbekistonning kishloq xo’jaligi ham o’ziga xos murakkab taraqqiyot yulini bosib utdi. Ulug’ Vatan urushi yillarida O’zbekistonnda paxta etishtirish obektiv sabablarga kura 825,2 ming tonnagacha (1945 yil) kamaygan bulsada, urushdan keyingi yillarda yana tez rivojlandi. Paxtaning yalpi h’osili 1960 yilda 2,8 mln. tonnani, 1970 yilda 4,5 mln. tonnani, 1980 yilda 6,2 mln. tonnani tashqil qildi. Shu tariqa O’zbekistonda paxtachilik qisqa vaqt ichida misli kurilmagan usish suratlariga erishdi. 1980 yilga kelib, paxtaning yalpi xosili h’ozirgacha 1930 yildagiga nisbatan 12 barovardan kuproq usdi.
O’zbekistonda h’ozirgi zamon transportining (temir yul, avtomabil, h’avo, suv, quvur, elektron) ning tarmoqli tizimi barpo etildi. Moddiy tarmoqlar qatoridan urin olgan bu transport O’zbekiston ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirish va joylashtirishda, yangi mustaqil davlatlararo hamda tashqi iqtisodiy aloqalarni tashqil etishda asosiy urin tutadi. İnqilobdan oldin O’zbekistonda ishlab chiqaruvchi kuchlarining xududiy joylashuvini nixoyatda notekis bulib, Farg’ona vodiysigina iqtisodiy jiqatdan bir muncha rivojlangan edi. İshlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyotiga kura Toshkent rayoni O’zbekistonda ikkinchi urinda turar, respublikaning boshqa sanoat, h’atto qishloq xo’jaligi ancha sust rivojlangan edi. Sovet h’okimiyati yillarida respublikaning sug’oriladigan rayonlarida paxtachilikni rivojlantirish, irrigatsiya-meloratsiya ishlarini utkazish, mashinasozlik qishloq xo’jalik mausxlotlarini qayta ishlovchi sanoat korxonalarini barpo etish, er osti qazilma boyliklarini qidirib topish va ishga solish, temir yul hamda avtomabil yullarini qurish buyicha katta tadbirlar amalga oshirildi. Bu tadbirlar O’zbekistonning rayon va viloyatlari İqtisodiyotini inqilobdan oldingi davrga nisbatan ancha kutarish imkonini berdi. Toshkent shah’ri va viloyati O’zbekiston mintaqalari orasida eng yuqori tarah’qiyot darajasiga erishdi. Bu esa avvalo ularning qulay iqtisodiy geografik va transport urni bilan izoh’lanadi. Sanoatni rivojlantirish va uni xududiy tashqil qilishda xilma xil sharoitlar, omillar qatnashadi. Ularni ikki asosiy guruh’ga bulish mumkin. iqtisodiy geografik omillar va tabiiy- geografik omillar. İqtisodiy-geografik omillarga mehnat resurslari bilan taminlanganlik xolati va ularning xususiyatlari, ishlab chiqarishni ijtimoiy tashqil qilish shakllari, energetika transport sharoitlari, infratuzilma xolati, ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasi, fan texnika taraqqiyot darajasi, tabiiy-geografik omillarga esa tabiiy sharoit (relef, iqlim kabilar) bilan taminlanganlik darajasi kiradi. Sanoatni rivojlantirishda ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasi katta ahamiyatga ega. Jamiyatning moddiy-texnika bazasi moddiy ishlab chiqarish bazasi moddiy ishlab chiqarish sharoitlarining majmuyi bulib, texnika-ishlab chiqarish qurollaridan tashqil topadi. 1990 yil malumotiga kura, sanoatning asosiy ishlab chiqarish jamg’armalariining 36,35% ni, qurilish va transport bilan birga xisoblanganda esa 60% dan ortig’ini tashqil qiladi. Mehnat resurslari sanoatni rivojlantirish va ayniqsa uni xududiy tashqil qilishda muh’im omillardan xisoblanadi. Malumki, O’zbekiston mehnat resurslari bilan eng yangi yaxshi taminlangan respublikalardan biridir. Undagi aholi tabiiy usishning Sobiq İttifoqdagi urtacha kursatkichidan ancha yuqoriligi, mehnat resurslarining ortiqcha tuplanishiga olib keldi. Bu narsa O’zbekistonda sanoat ishlab chiqarishini sira kechiktirmay, yanada tezroq rivojlantirishni undaydi. Usib borayotgan mehnat resurslaridan tula va samarali foydalanish maqsadida sanoatning ayniqsa sermeh’nat tarmoqlarini (elektrotexnika, radiotexnika, asbobsozlik, elektrotexnika, engil sanoat kabilar) jadal taraqqiy etishi zarur. Bunday korxonalarni aholisi nisbatan tez usayotgan kichik va urta shah’arlarda qurish maqsadga mofiqdir. Sanoatni xududiy joyashtirishda aloh’ida h’isobga oliinish lozim bulgan masalalardan biri h’ar bir iqtisodiy rayonda sanoat tugunlarida va h’atto aloh’ida ishlab chiqarish korxonalarida sanoat korxonalarini tashqil qilishda mehnat resurslarining jinsiy tarkibini etibordan qochirmaslik kerak. Shundagina erkak va ayollarning mehnat qilish imkoniyatlaridan ancha samarali foydalanish mumkin buladi. Sanoatni rivojlantirishda mehnat resurslarining xududiy joylashuvi etiborga olinishi kerak. O’zbekistonda aholi va mehnat resurslari Farg’ona vodiysi, Toshkent va Xorazm voh’alarida ayniksa zich joylashgan. Bu joylarda, shuningdek, Zarafshon va Surxon-Sherobod vodiylarining sug’oriladagan noxiyalarida ish kuchi zaxiralari bor. Kelajakda aholining yuqori tabiiy usishi va mehnat unumdorligining oshib borishi tufayli bunday zaxiralar yanada ortib borishi tabiiy. Shuning uchun ham bu mintaqalarda sanoatning ish kuchin uziga kup jalb qiladigan sermehnat tarmoqlarni yanada rivojlantirish lozim. Mehnat resurslarining bir qismi O’zbekistonning tabiiy resurslariga boy, lekin iqtisodiy jixatdan kam uzlashtirilgan joylarga utib urnashishini rag’batlantirish ham zarur. Fan-texnika taraqqiyotining sanoatini xududiy joylashtirishdagi roli katta. İlgari foydalanishning iloji yuqdek kuringan Mirzacho’l, Qarshi dashtlari dexonchilik o’lkalariga aylantirilishi, paxta h’osildorligining keskin usishi Fan-texnika yutuqlarining ishlab chiqarishga tadbiq etilishi natijasidir. Bu omil foydalanish maqsadga muvofiq bulmagan yoki sanoatda umuman ishlatilmagan turli tabiiy resurslarni ishga solish ham katta urin tutadi. Fan-texnika inqilobi omili O’zbekiston sanoatining deyarli barcha tarmoqlari rivojlanishiga tasir kursatadi. Tog’-kon, elektr enetgitika, mashinasozlik, kimyo, qishloq xo’jaligi kabi tarmoqlar taraqqiyotia bu omilning roli ayniqsa kattadir. Sanoatni xududiy tashqil etish va joylashtirishda transport ham muh’im ahamiyatga ega. Chunki sanoatning xomashyo va boshqa vositalar bilan taminlashda, korxonalar urtasida ishlab chiqarish aloqalarini yulga quyishda, mehnat resurslarining erkin h’arakatida va nih’oyat, ishlab chiqarilgan mah’sulotlarni istemolchilarga etkazishda transport vositalaridan keng foydalaniladi. Janubiy O’zbekiston va Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonining nisbatan sust rivojlanganligini kup h’ollarda transport imkoniyatlarining uzoq yillar davomida cheklanganligi bilan ham izoxlash mumkin. Sanoatni rivojlantirish va joylashishiga sezilarli tasir etuvchi omillar qatoriga murakkab yunalishga infratuzilma mazmuni ham kiradi. Asosiy ishlab chiqarish in’fratuzilmasi (transport- aloxa vositalari, elektr uzatish liniyalar, suv bilan taminlash tizimlari, kanallari imkoniyatlariva boshqalar) va ijtimoiy infratuzilma ( uy-joy, maorif, tibbiyot, sport, savdo kabi muassasalar) ga bulinadigan bu majmusiz joylarda ishlib chiqaruvchi kuchlarini, jumladan, sanoatni rivojlantirib bulmaydi. O’zbekistonning viloyatlarida infratuzilmaning rivojlanish darajasi bir xil emas. Uning tarmoqlari Toshkent, Samarqand " Farg’ona vodiysi viloyatlarida yaxshi rivojlangan. Bu h’ol qator boshqa omillar bilan birgalikda Respublika sanoatining rivojlaish darajasida h’ozirgi mavjud h’ududiy farqlarning kelib chiqishiga sabab buldi. Sanoatning rivojlantirish va xududiy joylashtirishga tasir etuvchi tabiiy omillar orasida joylarning tabiiy resurslar (avvalo foydali qazilma boyliklari) bilan taminlanganlik darajasi aloh’ida urin tutadi. Chunki, yoqilg’i- energitika, mineral xomashyolar, suv va qator boshqa resurslarsiz sanoatni, ayniqsa uning undiruvchi tarmoqlarini rivojlantirib bulmaydi. İshlob beruvchi sanoatning kupchilik tarmoqlari uchun ham xomashyoni asosan ana shu undiruvchi sanoat etkazib beradi. Umuman O’zbekiston ishlab chiqaruvchi sanaot tarmoqlaring kupgina muh’im tarmoqlarini rivojlantirish uchun etarli resurslarga egadir. Ularga yoqilg’i-energitika, rangdor metallurgiya, kimyo, qurilish materiallari sanaotlari va h’akazolar kiradi. O’zbekiston sharoitida suv resurslari ham sanoatni xududiy joylashtirish va taraqqiy ettirishda ancha faol qatnashadi. Malumki, h’ar qanday sanaot tarmog’i ham ozmi-kupmi suv istemol qiladi. O’zbekiston boshqa O’rta Osiyo respublikalari qatori suvga chanqoq, qurg’oqchil mintaqada joylashganligi, uning suv resurslari umuman cheklangan. Sanaotni rivojlantirishda suv resurslarini uisobga olish orol fojiasi sharoitida juda ham dolzarbdir. Joylarning tabiiy sharoiti ham sanaotni rivojlantirish va joylashtirishda malum rol uynaydi. İqlim iliq noxiyalarda sanaot obektlarini qurish sovuq iqlimli joylarga nisbatan ancha arzon va qulay buladi. Bu omil O’zbekistonda garchi u qadar katta urin tutmasada, sanoat rivojlanishida h’ar qalay ijobiy ahamiyat kasb etadi.
Yoqilg’i -energitika majmui. O’zbekiston yoqilg’i energitika majmui rayonlar aro ahamiyatga ega bulib, respublika yalpi sanoat mausulotining 8,9% ini ishlab chiqaradi. Bu majmui ikki gruxga-yoqilg’i sanoati va elektr energitika sanoatiga bulinadi. Yoqilg’i sanoati. Ёqilg’i sanoati O’zbekiston og’ir sanoatining muxim tarmoqlaridan biri bulib, tabiiy gaz, neft, ko’mir qazib chiqarishni, neftni qayta ishlashni va tayyor mausulotlarni istemolchilarga etkazib berishni o’z ichiga oladi. O’zbekistoning gaz zaxiralari katta bulishi bilan birga ularni ishga solish nih’oyatda qulaydir. Shu sababli bu tarmoq juda tez rivojlantirildi. Shu sababli yoqilg’i-energetika balansida asosiy rol uynaydi. Respublikada yoqilg’i zaxiralarini qazib olishda ham, foydalanishda ham tabiiy gazning salmog’i oshdi. O’zbekistonda qazib chiqarilayotgan barcha yoqilg’i mausulotlari orasida gazning salmog’i shartli yoqilqi xisobida olinganda 86,5% ni (1990 yil) tashqil qiladi. Gaz sanoati. Gaz sanoati tarkibiga tabiiy gazni qazib chiqarish, tozalash, suyultirish va suniy gaz tayyorlash, etkazib berish kiradi. 1945 yilda respublikada atigi 9 mln m 3 tabiiy gaz tabiiy gaz qazib chiqarilgan bulsa, 1965 yilda 16,5 mlrd m3, 1970 yilda-32,1 mlrd m 3 gaz qazib chiqarildi. Yangi gaz konlari (Shurton) ning uzlashtirilishi asosida O’zbekistonda gaz qazib chiqarish yana kuchaytirildi. Uning miqdori 1980 yilda 34,8 mlrd m 3 ni, 1990 yilda 40,8 mlrd m 3
ni tashkl qiladi. Xozirgi payitda O’zbekistonda respublikasi qazib chiqpishda Rossiya Fedratsiyasi va Turmanistondan keyingi urinda turadi. Respublikamizda keyingi chorak asr davomida gaz qazib chiqarishda usishi Buxoro-Xiva geologik mintaqasida yirik gaz konlarining topilishi va uzgarishi bilan bog’liq. Gazni urtabuloq, Uchqur, Jarqoq kabi gaz konlari yana ham istiqbolimiz Muborak va Shurton konlari ishga tushurildi. Agar dastlabki paytlarda qazib chikarayotgan gazning 90% dan ortig’i Buxoro viloyatida joylashgan konlar xissasiga tug’ri kelgan bulsa endigina bu urini Qashqadaryo viloyati konlari egallaydi. Respublikamizda qazib chiqarayotgan gazning 80% kuprog’i ushbu mintaqalardan olinmoqda. Kukdumoloq gaz koning ishga tushurilishi bilan shu xududning gaz qazib chiqarish salmog’i yana oshadi. Qashqadaryo viloyatida o’zlashtirilgan tabiiy gaz konlari tarkibida oltingugurt uchuvchi engil neft birikmalari bilan bulgan gaz qazib olinmoqta. Bunday gazni qayta ishlash, tozalash talab qilinadi. Muborak shaxrida shunday gazni tozalaydigan yirik majmua qurilgan. O’zbekiston gaz sanoatining yaqin istiqbollari yanada samaraliroq foydalanish respublikamizni tula gazlashtirish bilan bevosita bog’liqdir. Neft sanoati. Xozirgi zamon yoqilg’i sanoatining eng samarali turlaridan biridir. Neft sanoati O’zbekiston yoqilg’i sanoatining tung’ich tarmog’idir . Respublikamiz xududidagi dastlabki neft koni Chimyondan 1904 yilda topildi. Keyinchalik bu erda Chimyon, Selroqa, Ёrquton konlaridan neft olindi. Keyingi yillarda Namangan viloyatida olingan Mingbuloq neft koni respublikamizda neft qazib chiqarishni yaqin yillarda keskin kupaytirish ishlarini beradi. Endigina neft Farg’ona vodiysidagina emas shuningdek Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatida ham qazib olinmoqda. O’zbekistonda neftni qayta ishlash sanoati mavjud Farg’ona vodiysida ikkita qayta ishlash zavodi- Farg’ona va Oltiariq neftni qayta ishlash zavodlari ishlab turibdi. Kumir sanoati. O’zbekistonda ko’mir zaxiralari katta emas. Ko’mir Toshkent viloyatida joylashgan Angren koni va Surxondaryo viloyatidagi Sharg’un konidan qazib chiqariladi. Angren koni respublikaning asosiy kumir bazasidir. Undan O’zbekistoning 95% dan kuproq ko’mir qazib olinadi. Angren ko’miri O’rta Osiyoda tannarxi eng arzon kumirdir. O’zbekistoning ikkinchi kumir koni Surxondaryo viloyatidagi Sharg’un konidir. Bu kon kumirining sifati ancha yaxshi (kokslanish xususiyatiga ega) bulsada, lekin zaxirasi kam, qazib olish va tashish sharoiti qiyin. Respublikada 1990 yilda 6,5 mln tonna kumir qazib chiqariladi. Kelajakda Angren
kumirni qazib olishni kupaytirish, Sharg’un toshkumirini qazib chiqarishini kengaytirish, Boysun toshkumir konini ishga solishni amalga oshirish maqsadga muvofiq.. Elektr energetika sanoati. O’zbekiston elektr energetika sanoatining taraqqiyoti Goelro rejasida boshlandi va u ikki davrni bosib utdi. Respublikada avvol GESlar qurildiki, bu maqsadga muvofiq edi. Suv quvvatidan foydalanish urta Osiyo respublikalarida muxim bulgan boshda bir muammoni yangi erlarni sug’orishni ham h’al qilib beradi. Shungdek, O’zbekistondagi dastlabki GESlar asosan konlarda, kichik daryolarda qurilib, iqtisodiy va texnik jih’atdan oson va arzon tushar edi. 1926 yilda ishga tushurilgan Buzsuv GESi urta Osiyodagi dastlabki gidroelektr stantsiyasi edi. Urushgacha Chirchiq daryosida va Buzsuv kanalida Qodirya, Burjar, Tovoksoy kabi elektr stantsiyalari quruldi. Chirchiq -Buzsuv tarmog’ida 1941-1946 yillarda oltita elektr stantsiyasi qurilib ishga tushurildi. 1948 yilda respublikamizda eng katta Farxod GESi qurib ishga tushirildi. Urushdang keyingi dastlabki yillarda Chirchiq-Buzsuv suv tarmog’ida Shaxrixonsoy, Namangansoy daryolari va Darg’om, Qazarbou, Qumqur\g’on kanallarida bir necha GES lar ishga tushirildi. 1955 yilda O’zbekistonda h’osil qilingan elektr quvvatining 65%i GES lar xissasiga tug’ri keladi. Respublikamiz elektr-energetika sanoatining rivojlanishidagi ikkinchi davr 60 yillardan boshlanadi. Bu davrda elektr quvvati h’osil qilishda issiqlik stantsiyalarining salmog’i osha boshladi. Tabiiy gaz asosida ishlovchi Toshkent GRES i (1920 ming kVt), Navoiy GRESi (830 ming kVt), Taxiatosh GRESi (348 ming kVt), hamda kumir asosida ishlovchi Angren GRESi (600 ming kVt) lari qurib ishga tushirildi. Keyingi yillarda sirdaryo GRESi (30mln kVt), Yangiangren GRESi (2,4 mln kVt) lari qurib ishga tushurildi. Natijada 1990 yil respublikada ishlab chiqarilgan butun elektr quvvatining 90% iga yaqinini issiqlik elektr stantsiyalari ishlab chiqaradi. Daryolarda ham elektr stantsiyalari qurush davom ettirildi.Ular orasida respublikamizda eng yirik bulgan Chorvoq GESİni (600 ming KVt) aloh’ida kursatib utish kerak. Chorvoq GESi va suv ombori Chirchiq-Buzsuv elektr stantsiyalari pog’anasining ish maromini yaxshiladi. 80- yillar boshida Chirchiq daryosida yana bir elektr stantsiyasi- Xujakent GESi (165 ming kVt) ishga tushirildi. Shu bilan Chirchiq Buzsuv pog’anasini tashqil qiluvchi elektr stantsiyalar 19 taga etdi. Qoradaryo Andijon GESi (110ming kVt), Amudaryoda Tuyamuyin GESi (70ming kVt) lari ham qurib ishga tushirildi. 1990yilda O’zbekistonda h’osil qilishgan elektr quvvati 56,3 mlrd Kvt ni tashqil qildi. Respublikada istemol qilingan elektr quvvatining 575 idan sanoat va qurilishda foydalaniladi. Energitika tizimlarining tashqil qilinishi elektor tarnsportining rivojlantirish bilan bog’liqdir. Urta Osiyo respublikalaridagi yirik elektr stantsislarini asosiy markazlar bilan bog’lovchi yuqori voltli elektr uzatkich leniyalari qurildi. Ana shunday leniyalardan eng yiriklar 500 *Vt kuchlanishga ega bulgan No’rak GESi-Mirzatursinzoda-G’uzor-Samarqand-Sirdaryo GRESi; Toshkent-Samarqand-Tuxtagul-Andijon-Sirdaryo GRESi va boshqalardir. Download 441.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling