Talim vazirligi
QORA VA RANGDOR METALLURGİYa SANOATİ
Download 441.5 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9. MAShİNASOZLİK SANOATİ.
- Qurilish sanoati
- 11.ENGİL VA OZİQ-OVQAT SANOAT Engil sanoat.
- Oziq-ovqat sanoati
- 13. O’zbekiston Respublikasining transporti.
8. QORA VA RANGDOR METALLURGİYa SANOATİ Rangdor, asl va nodir metallarning qazib olish, boyitish va eritishning uz ichiga oladigan rangdor metallurgiya, uning asosiy tarmoqlari O’zbekistoning dunyoviy ahamiyatga ega bulgan,iqtisodiy soxalardan biri xisoblanadi. O’zbekistoning rangdaor metallurgiyasi ancha yosh ishlab chiqarish tarmoqlaridandir. Shunga qaramay, uning qissasiga urta Osiyo respublikalaridan ishlab chiqarilgan rangdor metallarning 2/3 qismidan kuprog’i tug’ri keladi. Hozirgi kunda respublikada rangdor metallurgiya sanoatining barcha texnologik jarayonlari shu erda amalga oshiriladi. Bunday sanoat korxonaliri Olmaliq, Muruntov (Zarafshon), Navoiy shaxarlarida joylashgan xisoblanadi. Olmaliq tog’-metallurgiya kombinati rangdor metallurgiyaning yirk korxonalaridan biridir. Bu kombinat mis, polimetall rudalarini qazib olish, boyitish, mis va rux eritish korxonalarini birlashtiradi. Mis Qalmoqqir va Sarichuv konlaridan qazib olinadi. Xamda kombinat tarkibiga kiruvchi boyitish fabrikasida boyitilib mis zavodida eritiladi. Qurg’oshin kon va oltin tog’ kon polimetal konlaridan qazib olinadigan rudalar qurg’oshin-rux boyitish fabrikasida boyitiladi. Rux kontsentrantlari konbinat tarkibidagi rux zavodida eritiladi; qurg’oshin kontsentrantlari esa eritish uchun h’ozircha respublikadan tashqariga chiqarilmoqda.
Olmaliq tog’- metallurgiya kombinatining rux va qurg’oshin sanoati bilan bog’liq korxonalar tarkibiga sulfat kislotalari ishlab chiqaruvchi korxona ham kiradi. O’zbebekiston mis hamdustlik mamlakatlarida ishlab chiqarilayotgan eng arzon va sifatli misdir. Xozirgi asosiy mis konlaridan biri Qalmoqqirda1 t ruda kazib olish uchun sarf qilinadigan kapital mablag’ MDH mis sanoatidagi urtacha kursatkichga nisbatan ikki marta 1 t rudaning tannarxi esa 1,9 marta kamdir. Uning asosiy sababi shundaki, O’zbekistondagi mis rudalari ochiq usulda qazib olinadi. Mis konlari Qalmoqqir, Sarichigu, Dalniy, baliqchi kabi konlardan tashqari , janubiy O’zbekistondagi Xondeza va Chaqchar, Navoiy viloyatida Qiziluum, Farg’ona vodiysi va boshqa joylardagi mis konlaridir. Mis-metallurgiya kombinati Olmaliq amofos zavodiga sulfat kislotasi etkazib berilmoqda. Kimyo sanoati korxonalarida sentetik tolalar, qishloq xo’jaligi uchun zararli kimyoviy moddalar va boshqa maqsulotlar ishlab chiqarish uchun zarur ishlab chiqarish komponentlaribilan taminlab turibdi. Volfrom-molebdin kontsentrantlari Chirchiqdagi O’zbekiston qiyin eriydigan va utga chidamli qotishmalar kombinatida eritiladi. Kombinat hamdutlikdagi eng yirik korxonalardan biribulib, xilma-xil maxsulotlar (volfrom, molebdin simlari,qattiu qotishmalar prokati, togg’jinslarini parshalaydigan asboblar va h’okozolar) ishlab chiqaradi. Hozirgi paytda Nurota, Chotqol tog’lari yonbag’rlari va Markaziy qizilqumdagi Marjon buloq, Chodan, Murintov konlaridan oltin qazib olinmoqda. Zarafshon shaxrida yirik oltin tayyorlash kombinati ishlab turibdi. 1991 yildan boshlab Olmaliq tog’ metallurgiya kombinati tarkibida yuldosh asl metallar (oltin, kumush) ni ajratib oladigan tsex ishga tushirildi.O’zbekistonda allyuminiy sanoatini rivojlantirish uchun ham zarur sharoit va zaxiralar mavjud. Qora metallurgiya sanoatiga Vatan urushi yillarida asos solindi. 1946 yilda Bekobod metallurgiya zavodi ishga tushirildi. 70 yillar ikinchi yarmida O’zbekiston
metallurgiya zavodida elektr quvvati yordamida pulat eritish tsexi va jamiyatning yangi prokat tsexi ishga tushirildi. Bundan tashqari korxona qoshida istemol buyumlari ishlab chiqaradigan tsex ham ishlaydi. 1990 yilda 1015ming t pulat hamda 955 ming tonna prokat ishlab chiqarildi. Toshkentdagi "ikkilamchi qora metall" zavodida (Buxoro, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida) temir-tersaklarini qayta ishlovchi maxsus korxonalar hamda tsexlar qurildi. Respublika xududida qora metallurgiyani rivojlantirish uchun zarur bulgan temir va mrganets rudalari,olmos materiallari va utga chidamli xomashyolar ham topilgan. 9. MAShİNASOZLİK SANOATİ. Og’ir sanoatning eng yirik va etakchi tarmog’idir. O’zbekiston sharotida mashinasozlik sanoatining rivojlanishi muxim ahamiyat kasb etadi. Chunki mashinasozlik malakali ish kuchini kup talib qilganligidan uni aholisi va mehnat resurslari yuqori suratlar bilan respublikamizda rivojlantirish ayniqsa muximdir. Mashinasozlik sanoati O’zbekistonda asosan Sovet xokimiat yillarida barpo etildi va u yuqori suratlar bilan rivojlantirildi. M: 1940-75 yillar orasida O’zbekistonda sanoat yalpi mausuloti 13 marta ortgan bulsa, mashinasozlik sanoati yalpimaqsuloti 587 marta usdi. 1980-89 yillarda mashinasozlik sanoatida yalpi maqsulot ishlab chiqarish 65%ni tashqil qildi. O’zbekistonmashinasozligining xalqaro miqyosdagi urnini paxtachilikmajmui bilan bog’liuq va unga xizmat qiluvchi tarmoqlarini belgilaydi. Republika mashinasozligining 45%i paxtachilik majmui bilan bog’liqdir. Bular ham uch guruxga bulinadi. 1. Paxtachilik majmuini mexanizatsiyalashtirishga xizmat qiladigan mashina va uskunalar ishlab chiqarish 2. İrrigatsiya-melarotsiya mashinasozligi: 3. Paxtani qayta ishlash bilan bog’liq mashinasozlik tarmoqlari (tuqimachilik mashinasozligi, paxta tozalash sanoativa boshqa engil hamda oziq ovqat sanoati uchun uskunalar ishlab chiqarish). Respublika qishloq xo’jalik mashinasozligi korxonarining deyarli hammasi keyingi yillarda qayta qurilmoqda, yalpi uskunalar yangi texnologik vositalar bilan tamilanmoqda. Bu soxada respublika qishloq xo’jaligi mashinasozligining bosh korxonasi Toshkentqishloq xo’jalik mashinasozlik zavodida erishilgan yutuqlar xarakterlidir. Bu zavodda "Uzbekiston" markali paxta terish mashinaliri ishlab chiqarilmoqda. Mashinasozlikning paxtachilik majmui tarkibiga kiruvchi yana bir yunalish irrigatsiya-meliratsiya mashinasozligidir. Pespublikamizda irrigatsiya mashinasozligining eng yirigi Andijon irrigatsiya mashinasozligi va Andijon mashina zavodlari xisoblanadi. Paxtachilik majmui bilan bog’liq mashinasozlikning uchinchi yunalishi tuqimachilik
mashinalari va paxta tozalsh sanoati uchun texnologik uskunalar ishlab chiqarishdir. Mashinasozlikning ancha taraqqiy etgan. Paxta tozalash sanoati uchun zarur uskunalar ishlab chiqaruvchi Toshkent mashinasozlik, Andijondagi "Komunar", Samarqanddagi paxtachilik mashinasozligi, olmos(Namangan viloyati) paxta tozalash uskunalari uchun qismlar ishlab chiqaruvchi zavodlardir. O’zbekiston mashinasozligining yana bir muxim tarmog’i elektro texnika sanoatidir. Bu tarmoq Vatan urushi yillarida vujudga kelib respublika mashinasozligining muxim tarmoqlaridan biriga aylandi. Bu tarmoqning respublikamiz mashinasozligidagi salmog’i 20% dan kattadir. Bu tarmoq korxonalari transformatorlar, elektr stantsiyalar va podstantsiyalar uchun shchit, panellar, zamonaviy murakkab kabellar, elektr asbob uskunalari, umuman 200 turda maqsulotlar ishlab chiu\qaradi. Elektro texnika mashinasozligining yirik korxonali Toshkent elektrotexnika va kabel zavodlari, Chirchiq va Namangan transformator zavodlari, Andijon "elektr aparat" va "elektr dvigatel", Quqon elektr mashinasozligi zavodlari va boshqalardir. Mashnasozlik tarmoqlari orasida eng yosh va h’ozircha kam taraqqiy etgan asbobsozlik katta istiqbollarga ega. Gap shundaki, bu tarmoq kup mehnat resurslarini jalb qiladi hamda republikaning asosiy ixtisos soxasi bulgan paxtachilik majmui tarkibida rivojlantiriladi. Mavjud "paxtachilik asboblari" zavodi asosan paxta tozalash zavodlari uchun paxta navini va tolasining sifatini aniqlash uchun maqsulotlar ishlab chiqaradi. O’zbekistoninstrumintal maqsulotlar ishlab chiqarish ham tashqil etgan. Bu yunalishning yirik korxonalari Toshkent instrumintal va obrazif zavodlaridir. Respublikada og’ir mashinasozlik sanoatiga mansub bir qator korxonalar mavjud. Toshkentdagi "kutargich", "kompressor", Chirchiqdagi O’zbekiston kimyo mashinasozligi, Namangandagi mashinasozlik zavodlari kimyo va neftni qayta ishlash sanoatlari uchun mashina va uskunalar ishlab chiqaradi. Shuningdek Toshkent ekskovator, teplovvoz tuzatish zavodi, avtomobil tuzatish zavodlari, Samarqanddagi neftsozlik, xolodilnik, Toshkent va Farg’ona gaz aparat zavodlari vo shqa mashinasozlik hamda metalozlik korxonalri ishlab turibdi. O’zbekistonda keyingi yillardi mazkur majmuining ilmiy texnika taraqqiyoti h’osilasi bulgan aniq va murakkab mashinasozligi soxasi tobora rivojlanmoqda. Toshkentdagi elektro texnika "Mikondo", "Zenit " zavodlari murakkab elektro texnika , elektronika, telemexanika vositalari ishlab chiqaradi. Algoritm birlashmasi eng takomillashgan elektron xisoblash majmuilari ishlab chiqmouqda. Mashinasozlik iqtisodiy tarmoqlaring bundan keyingi taraqqiyoti asosan xorijiy mamlakatlar hamkorligida va ilg’or texnologiyasi asosida olib boriladi. Hozirdayoq shu yul bilan qurilgan ayrim korxonalar, jumladan bir marta ishlatiladigan shpritslar, uquv kompyuterlari, telivizor va vediomagnitofonlar va boshqa maxsulot bera boshladi. Janubiy Koreyaning "DEU", Germaniyaning "Mersedes-Bents" kompaniyalarinig Asaka va Dustlik shaxarlarida zamonaviy avtomobillar ishlab chiqariladigan zavodlar qurib ishga tushirildi. Ular mausulot berayabdi.
Og’ir sanoatning xalq xo’jaligida fan-texnika taraqqiyotining taminlovchi tarmoqlaridan biridir. Bugungi O’zbekiston kimyo sanoati ancha yaxshi taraqqiy etgan mamoakatlardan biridir. Respublikada h’ozirgi zamon kimyo sanoatinig juda kup maqsulotlari ishlab chiqariladi. Azotli fosforli va murakkab ug’itlar (ammofos), sulfat kislotalar, sport va lak-buyog’, hamda rezina buyumlar , dori-darmonlar, qishloq xo’jalik zarakunandalariga qarshi kurash vositalari, kimyoviy tolalar, plasstmassalar va kuplab boshqa maqsulotlar shular jumlasidandir. O’zbekiston kimyo sanoatining dastlab vujudga kelgan tarmog’i- meneral ug’it ishlab chiqarishdir. Bu soh’ada korxonalar birinchi besh yilliklar davridayoq qurilgan bulib, asosan boshqa rayonlardan keltirilgan ug’itlarni aralashtirish bilan shug’illanuvchi Quqon va Kogon zavodlari edi. 1940 yilda Chirchiqda azotli mineral ug’itlar ishlab chiqaradigan elektroximiya kombinati ishga tushirildi. 1946 yilda Quqon va 1957 yilda Samarqand superfosfat zavodlari qurildi. Bu korxonalar asosiy ishlab chiqarish komponenti bulgan fosforitni ilgari Kola yarim orolidan olardi, endilikda Qoratov (Qoraqolpag’iston) dan olmoqda. Chirchiqda elektroximiya kombinati gaz asosida ishlashga utdi. 60 yillar davomida tabiiy gaz asosida ishlaydigan Farg’ona azot ug’itlari zavodi va Navoiy kimyo zavodi qayta qurilib, bu erda ham amofos ishlab chiqarilmoqda. G’uza bargini tukadigan defalientlar ishlab chiqarish Navoiy elektroximiya kombinatida, Farg’ona azot ug’itlari zavodida tayyorlanmoqda.Quqon va Samarqand superfosfot zavodlarida sulfat kislota tayyorlanib, meneral ug’itlar, organik sentiz kimyosi, neftni qayta ishlash, rangdor metallurgiya, engil va boshqa tarmoqlar extiyojini qondira olmas, shu tarixa u kuplab boshqa rayonlardan (asosan Uraldan) keltirilar edi. Endilikda olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibidagi mis va rux zavodlari yonida sulfat kislota ishlab chiqaradigan ikkita tsex ishga tushirildi va qimmatli maxsulot bilan taminlash ancha yaxshilandi. Respublikada kimyo sanoatining kenja tarmoqlaridan biri- organik sintez kimyosi tez rivojlanmoqda. Uning taraqqiyoti ham gaz sanoati bilan bog’liqdir. Hozirgi vaqtda bu soxaning eng yirik tarmog’i Navoiy kimyo kombinati xisoblanadi. Uning tarkibida atsitelin, sirka kislotasi,tselyuloza, nitron tola ishlab chiqaradigan maxsus quvvtlar yaratilgan. Farg’onada atsetat ipak ishlab chiqarufchi zavod ishlab turibdi. Namangan kimyo sanoatida visiozipak bu suniy tolalar turli xil gazlamalar, gilam, trikotaj ishlab chiqarishda keng foydalaniladi. Kimyoviy tolalar ishlab chiqarish O’zbekiston kimyo sanoatining yuksak darajada rivojlantiriladigan yunalishdir. Navoiy va Farg’ona bu soxaning bundan buyon ham asosiy markazlari bulib qolaveradi. Hozir ishlab chiqariladigan atsetat, nitron tolalar bilan birga vinop tola ishlab chiarishni ham yulga quyish muljallanmoqda. Vinol tolasidan tayyorlangan materialari jah’on bozoria ingichka tolali paxtadan tayyorlangan material bilan bir xil bah’olanmoqda. O’zbekistonda plastik massalar va ulardan turli maqsulotlar ishlab chiqarish yildan yilga kupaymoqda. Toshkent plastmassa quvurlar. Oh’angoronda plastmassa asosida linolum, polietelin quvurlar ishlab chiqaradigan zavodlar ishga tushiriladi. Plastmassa asosida istemol maxsulotlari ishlab chiqarish italiya bilan hamkorlikda "sovplastital" qushma korxonasida amalga oshirilmoqda. Olmaliq maishiy kimyo zavodida kundalikxarid maxsulotlari bilan birga kashmir tolalari ishlab chiqarish ham yulga quyilgan. Respublika kimyo sanoatining yana bir yunalishi turli xil rezina-texnika tarmog’idir. Xal\q xo’jaligida foydalanilgan texnik rezina buyumlar Toshkent, Yangyul, Angrenda ishlab chiqarilmoqda. Toshkent va Popda shina tamirlash zavodlari ishlab turibdi. Popda (Namangan viloyati) rezina sanoatining yirik markaziga aylanmoqda. Bu erda rezinadan poyafzal tayyorlavchi zavod qurilgan. Kimyo sanoatining paxta sheluxasi (xavochou) dan turli maqsulotlar (etil spirti, furfori, kselit, sarit, furam, furil, ouchil achituisi) ishlab chiqaradigan gidroliz tarmog’i ham muh’im ahamiyatga ega. Hozir Farg’ona gidroliz zavodi furam birikmalari (asosan furofurol) ishlab chiqarishga ixtisoslashagn. Andijon gidroliz zavodida xomashyo sifatida sheluxa urniga g’uzapoyadan foydalanilmoqda. Yangiyuldagi gidroliz zavodi mikrobiologik maxsulotlar ishlab chiqaradigan bioximiyaviy zavodga aylantirildi. Kimyo sanoatining mah’alliy ahamiyatiga ega bulgan yunalishlariga- lak-buyog’ va maishiy kimyo maqsulotlari ishlab chiqarishni maqsulotlar tayorlanmoqda. Olmaliq zavodida kir yuvish vositalari ishlab chiqarilmoqda.
Qurulish sanoati zavod fabrikalar, kanal- suv omborlari, uy-joylar va h’okozalar qurishni uz ichiga oladi. Oktyabr tuntarishidan ilgari O’zbekiston xududida qurilish materiallari sanoati yarim kustar tipidagi g’isht zavodlvridan iborat bulib, ularda 1913 yilda 35 mln dona g’isht ishlab chiqarilgan. Respublikada qurilishning "noni" xisoblangan tsement sanoati ayniqsa tez rivojlantirildi. Hozirgi paytda respublika uzini tsement bilan asosan taminlanmoqda. Bekobod, Quvasoy, Angren, Navoiy va Oh’angaronda yirik tsement zavodlari ishlab turibdi.Qurilish materiallari sanoatning keyingi yillarda taraqqiy etgan tarmog’i-yirik panelli uysozlik kombinatlari deyarli barcha viloyat markazlari va katta shaxarlarda qurilgan. Eng yiriklari Toshkent, Samarqand, Andijon, Chirchiq, Farg’ona, Qarshi va Nukus shaxarlarida joylashgan. Deraza oynalari ishlab chiqaradigan zavod Chirchiqda (G’azalkentda) joylashgan. Quvasoyda shisha zavodi shisha buyumlar bilan birga qurilish maqsadlarida ishlatiladigan oyna bloklar singari maqsulotlar tayyorlanadi. Shisha idishlar zavodi Jizzaxda ishga tushirildi, shunday zavodlar Surxondaryo va quyi Amudaryoda ham Qurilmoqda. Keyingi yillarda g’isht sanoatini qilona joylashtirishda ancha ishlar ilindi. Jumladan Qiziltepa (Navoiy viloyati), sharg’un
(Surxondaryo viloyati) va Qarshida yirik g’isht zavodlari kurildi. Xozirgi paytda Jizzax, Quvasoy, Qoravulbozorda oh’ak zavodlari ishlab turibdi.O’zbekistonda xilma-xil qurilish materiallar (pardozlash plitalari, issiqni sauqaydigan materiallar, keramina quvurlari va boshqalar) ishlab chiqarish yaxshi yulga quyilgan. Angrendagi uysozlik buyumlari zavodida ishlangan chuyan vannalar rakovinalar, chuyan kanalizatsiya quvurlvr va boshqa maqsulotlar, qirimda keramzit devor materiallari ishlab chiqarilmoqda. Ayrim binokorlik materiallari (altbaster, chang, oh’ak,cheripitsa,chiy, hamish plitalar) ishlab chiuqrishda mauh’lliy sanoat ham muxim rol uynaydi. Jizzaxdagi siminakaltsiy zavodi eng arzon binokorlik materiali-lyossdan devor bloklari, tom uchun plitalar, zinopoyalar va boshqa maxsulotlar ishlab chiqarilayotir.
Engil sanoat. Qishloq xo’jalik mahsulotlariga ishlov beradigan engil va oziq-ovqat sanoatlari agrosanoat majmuini tarkibiy qismidir. Engil sanoat O’zbekiston sanoatini rivojlanish darajasi va istiqboliga kura eng muhim tarmoqlardan biridir. Uni rivojlantirish va joylashtirishda xom ashyo bazasi, yoqilg’i-energiteka meh’nat resurslari hamda istemolchilarni mavjudligi asosiy tasir kursatadigan omillar h’isoblanadi. Respublika qishloq xo’jaligini asosiy mah’sulotlari, birinchi navbatda, paxta, ipak, kanop, engil sanoatini muayan soxalarini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi. O’zbekiston engil sanoatini ikki gruxga bulish mumkin. Birinchi guruxga qishloq xo’jaligi berish bilan mausulotlarni dastlabki qayta ishlaydigan paxta tozalash, pillakash, qorako’l teriga, kanop tolasiga ishlov berish, jun yuvush kabi tarmoqlar kiradi. İkkinchi guruxga - aholi va xalq-xo’jaligi eh’tiyojlari uchun eng keng istemol mollari-tuqimachilik, ip- gazlama, trikotaj, shoyi gazlama, tikuvchilik, poyafzal, muyna, shuningdek atirlik mollari, chinni idishlar kabi mausulotlar ishlab chiuaradigan tarmoqlar kiradi. h’ozir respublikada 120 ta paxta tozalash zavodi va 500 ta paxta punktlari ishlab turibdi. Asaka, Hijduvon, Buxoro, Quqon, Yangiyul, Qarshi, Zirabuloq, Namangan va Jumadagi paxta tozalash zavodlari eng irik zavodlardir. O’zbekiston paxta tozalash sanoati uz mausulotlarini MDH jumh’uriyatlari hamda 30 dan ortiq chet mamlakatlarga yuboradi. Qishloq xo’jaligi mausulotlarini dastlab qayta ishlovchi engil sanoat tarmoqlaridan biri - pillakashlik sanoatidir. O’zbekistondagi birinchi pillakashlik fabrikasi 1921 yilda Farg’ona shah’rida qurildi. Bunday fabrikalar keyinchalik Samarqand, Marg’ilon, Buxoro, Toshkent, Urganch va Shah’risabzda qurib ishga tushirildi. Bu esa etishtirilgan pillani tula dastlabki qayta ishlashni taminladi. Lub sanoati kanop tolasiga dastlabki ishlov berish bilan shug’ullanadi va O’zbekiston engil sanoatining muh’im tarmoqlaridan biri h’isoblanadi. Respublikada kanop tolasi ishlab chiqaradigan 11 ta lub zavodi ishlab turibdi. Ular kanop ekiladigan rayonlarda (Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq, Oqqurg’on, O’rta Chirchiq rayonlarining qishloqlarida) joylashgan. Tuqimachilik sanoati. 1930 yilda ishga tushirilgan Farg’ona yigiruv-tuquv fabrikasi O’zbekiston ip-gazlama sanoatining tunuichi edi. Hozirgi kunda bu korxona yirik tuqimachilik kombinatidir. Kombinat tarkibida yigiruv, tuquv va kirza fabrikalari, poyabzal ishlab chikarishda foydalaniladigan maxsus gazlama, tasma ishlab chiqaradigan tsexlar bor. O’zbekistondagi eng yirik ip-gazlama korxonasi – Toshkent tuqimachilik kombinati 1936 yilda ishga tushirildi. Bu kombinat tarkibida yigirvu, tuquv, pardozlash va qator yordamchi korxonalar bor. Respublikamizdagi yrik tuqimachilik korxonalaridan Andijon ip-gazlama kombinati, Jizzax paxta yigiruv fabrikasi, Nukus ip-gazlama kombinatlarini misol qilib kursatish mumkin. O’zbekistonda shoyi gazlamalar ishlab chiqarish uchun qulay imkoniyatlarga egadir. Samarqand shoyi tuqish fabrikasi 1932 yilda ishga tushirildi. 1942 yilda Marg’ilonda pilakashlik fabrikasi asosida yirik shoyi kombinati barpo etildi. Bu kombinat xilma-xil shoyi (krepdishin, polotno, jujuncha va h’akozalar ishlab chiqaradi. Marg’ilonning avrli gazlamalar "Atlas" firmasi xilma- xil gazlamalar, birinchi navbatda atlas ishlab chikarishga ixtisoslashgan. Milliy gazlamalar Samarqand , Quqon Namangan shoyi fabrikalarida ham kuplab tayyorlanadi. Namangan va Popda notuqima materiallar fabrikalari mavjud. Trikotaj mollar 1939 yilda ishga tushirilgan.
Quqon paypoq- trikotaj fabrikasi, shuningdek Andijon, Toshkent trikotaj fabrikalarida, Samarqand, Buxoro va Jizzax ustki trikotaj fabrikalarida ishlab chiqariladi. Xivada gilam kombinati, Olmaliq gilam fabrikalari respublika aholisini chiroyli gilam poyondozlar bilan taminlanmouda. Dastlabki kun zavodi Toshkentda 1928 yilda qurilib, ishga tushirildi. 1967 yilda ikkinchi ana shunday korxona ishga tushirildi.1968 yilda esa suniy charm va klyonka ishlab chiuaradigan zavod ishga tushirildi. Farg’ona shah’ridagi suniy kun zavodi bu tarmoqning katta tarmoqlaridan biridir. Poyafzal Toshkent, Samarqand, Quqon, Buxoro, Yangiyul, Chirchiq, Andijon, Namangan, Farg’ona fabrikalarida ishlab chiqariladi. Buxorodagi qorakul dunyo bozorida yuuoriuadr topdi. Keyingi yillarda O’zbekiston h’ududida ondatra, nutra kabi muyynali h’ayvonlarni kupaytirish sanoat ahamiyatiga ega bulmouda.Chunki buyumlar ishlab chiqariladigan yirik korxonalar-Toshkent chinni zavodi (1952 y), Samarqand chinni zavodi (197O y) , Quvasoy chinni zavodi (1977 y) dir.
Oziq-ovqat sanoati. Hozir oziq-ovqat sanoati respublika sanoat maqsulotining 18% ini etkazib bermoqda. Respublika oziq-ovqat sanoatida o’simlik moyi, konserva va sharob ishlab chiqarish tarmoqlari eng yaxshi rivojlangan. O’zbekiston moyi ishlab chiqarish sanoatida chigitdan moy olinadi. Bu tarmoq eng rivojlangan bulib, oziq-ovqat sanoati yalpi mausulotining 40% ini ishlab chiqaradi. O’zbekiston o’simlik moyi ishlab chiqarishda MDX da Rossiya, Ukrainadan keyin uchinchi urinda turadi. Guliston, Namangan, Urganch, Faruona, Andijon, Kattaqurg’on, Yangiyul, Quqon va Toshkent moy kombinatlari tarmog’ning eng yirik korxonalaridir. 1913 yilda O’zbekistonda joylashgan uchta konserva korxonasi 200 ming banka konserva ishlab chiuargan. Muynokda balik konservalari kombinati ishlab turibdi. Kombinatda xom-ashyoning bir qismini respublika suv omborlaridan, bir qismini chetdan oladi. Respublikadagi katta sharob zavodlari-Toshkent, Samarqand, Namangan, Quqon, Urganch, Nukus, Denov, Yangiyul va boshqa shaxarlarda ishlab turibdi.
Transport sanoat bilan qishloq xo’jaligi o’rtasidagi ishlab chiqarish aloqalarini , mamlakatning turli hududlari o’rtasidagi mahsulot almashinishi , uning tashqi savdosini ta’minlaydi . Yangi hududlarni o’zlashtirishdan oldin ularga transport yo’llari o’tkaziladi . Hozirgi zamon shaharlari hayotini transportsiz tasavvur qilib bo’lmaydi . Transportning mudofaa ahamiyati ham juda kattadir . Bizning davrimizga kelib transportning quruqlik (temir yo’l , avtomobil transporti) , suv (dengiz va daryo) , havo , quvur va electron (elektr uzatish liniyalari) transporti turlari vujudga keldi . Mamlakatimizda hozirgi zamon transportining deyarli barcha turlari bor .O’zbekistonda barcha turdagi transportda har yili tashiladigan yuklarning asosiy qismini paxta tolasi , mineral o’g’itlar , har xil mashinalar , boyitilgan ruda ,qora va rangli metallar , neft mahsulotlari , binokorlik materiallari va keng iste’mol mollari tashqil etadi . Respublikaning transporti respublika ichida, MDH mamlakatlari , xalqaro miqyosda qatnab turibdi. Transport mustaqil respublikamiz ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishi va joylanishiga muh’im tasir ko’rsatadi. Respublikada h’ozirgi zamon transportining deyarli barcha turlari - temir yo’l, avtomobil, h’avo, daryo, quvur va elektron transporti mavjuddir. Respublikada moddiy boylik ishlab chiqarishda band bo’lgan ishchi-xizmatchilarning 12% dan ortig’i transport sistemasida ishlamoqda. Sovet h’okimiyati yillarida transport tarmoqlari, ayniqsa uning yangi turlari tez rivojlanib bordi. Masalan, temir yo’lda yuk tashish 1980 yilga kelib, 1940 yildagiga nisbatan qariyib 18 marta ortgan bo’lsa, shu davrda avtomobil transportida 122 marta ko’paydi, h’avo transporti, ayniqsa quvur transportining yuk oboroti bundan ham ortik bo’ldi. O’zbekiston transportining moddiy-texnika bazasi mustaxkamlanib va takomillashib bormoqda. Respublikaning transport turlari ichida yuk tashish bo’yicha temir yo’l transporti etakchi rol o’ynaydi. Temir yo’l transporti. Sovet xokimiat yillarida temir yo’llarning uzunligi 3
marta, yuk tashish oboroti 20 marta ortdi, passajir tashish 1940 yilga nisbatan 2 marta ko’paydi. Temir yo’l transporti, Ayniksa rayonlararo iqtisodiy aloqalarda muxim rol o’ynamouda. O’zbekistonda temir yo’l qurilishi 1888 yildan boshlangan edi. Krasnovodsk-Chorjo’y temir yo’li davom ettirilib Forb bekatidan Samarqandgacha olib borildi. 1890 yildan esa Toshkentdan Andijonga etkazildi. 1905 yilda Orenburg va Toshkent oraligida temir yo’l ishga tushirildi. Fuqoralar urushi yillarida temir yo’llarga ancha shikast etkazildi. Respublika xukimati iqtisodiy kiyinchiliklarga uaramay shikastlangan temir yo’llarini tiklash va yangi yo’llar uurishga katta ahamiyat berildi. 1934 yilda Turkiston magistralining ishga tushirilishi respublika iqtisodiy va maualliy tarakkiyotida kata ahamiyatga ega bo’ldi. Ulug Vatan Urushi yillarida Angren temir yo’li kurib ishga tushirildi. 1952-56 yillarda Chorjo’y-Kungirod temir yo’li qurilishi bilan uuyi Amudaryo sobik itfokta O’zbekistonning boshqa rayonlari bilan boglandi. 1962 yilda Navoiy- Uchkuduk temir yo’li kurib ishga tushirildi. Sirdaryo-Jizzax, Samarqand-Karshi bilan kiska masofada boglandi. 1972 yilda Qungirod-Ustyurt orqali Beynov temir yo’li o’tkazildi. Endilikda O’rta Osiyo Evropaga ikki yo’nalishdagi temir yo’l orkali chiqadi. Respublika Arıs-Orenburg temir yo’li orkali Ural, Volgabo’yi, Markaziy va Janubiy iqtisodiy rayonlari bilan, Arıs-Novosibirsk temir yo’li orkali Kozokiston garbiy Sibir, Sharqiy Sibir va Uzok Sharq bilan boglangan. Toshkent-Krasnovodsk temir yo’li orkali Turkmaniston, Kavkazorti, Shimoliy Kavkaz iqtisodiy rayonlari bilan boglangan. Termiz- Dushanbe va Termiz- Qo’rg’ontepa yo’llari orkali Tojikiston bilan, Kirgiziston bilan esa Arıs-Lugovaya-Bishkek va Andijon-Falolobod-O’sh orkali aloqa qiladi. O’zbekistonda temir yo’llarning uzunligi 3,4 ming km. 1990 yilgacha Nukus-Chimboy temir yo’li kurib bitkazildi. Tuyamo’yin- To’rtko’l temir yo’li kurildi. Tajan temir yo’li O’rta Osiyo respublikalarini Eron bilan bog’laydi. Avtomobil transporti. O’zbekistonda avtomobil transporti tez rivojlanmoqda. U respublikalararo va rayonlararo yuk tashishda muxim rol o’ynaydi. Toshkent-Olmaliq yo’li, Katta O’zbekiston trakti, Fargonaxalka yo’li, Zarafshon va Qorakolpogiston traktlari va boshqa yo’llar shularga misol bo’la oladi. Katta O’zbekiston trakti Toshkent-Sirdaryo, Jizzax- Samarqand-Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarni kesib o’tadi. Bu trassa xozir Dushanbe shaxrigacha olib borilgan. Zarafshon trakti Samarqand-Buxoro viloyatlarini bir-biri bilan boglaydi. Qorakalpogiston trakti Turtkul shaxridan boshlanib Nukus shaxri orkali Taxtakupirga boradi. Buxoro-Gazli-Samarqand temir yuli Qizilqumni kesib utadi. Toshkent-Quqon temir yo’li Qamchiq dovoni orkali ikki dovonni bir-biriga bog’laydi. Toshkent-Orol avtomagistrali poytaxtni Qizilqum orkali, Quyi Amudaryo orkali bog’laydi. 1982 yilda Termiz-Afgonistonga avtomobil yuli o’tkazildi. Respublikada 70 ga yakin avtobus va taksamator tizimlari barpo etildi. Xavo transporti: Respublikamiz endilikda 100 dan ortik shaxar va aholi manzilgoxlari bilan boglangan. Respublikamizda samolyotlarda pasajirlar tashish 1940 yilga nisbatan 110 marotaba, yuk tashishi 230 marotabadan ko’paydi. Suv transporti. Quvur transporti. Chimyon neft konini Oltiarik qayta ishlash zavodi bilan bog’laydi. Respublikamiz janubida neft konlari (Lalmikor-Kumkurgon ishga tushirilishi bilan Amudaryo konidan Amuzangacha). Qashqadaryo viloyatidagi garbiy toshloqdan Qashqadaryo bekatigacha, Shimoliy O’rta buloqdan Oltingugurt zavodigacha neft quvurlari o’tkazildi. 1992 yilda Mingbuloq-Oqtosh neft quvuri ishga tushirildi. 1958 yilda gaz quvurlarini yotuizish boshlandi. 1960 yilgacha Asaka-Andijon, Xo’jaobod-Faruona, Shimoliy So’x- Quqon, Shimoliy So’x- Farg’ona-Kuvasoy, Gazli-Kogon gaz quvurlari bitkazildi. Jarkent-Buxoro -Samarqand-Toshkent gaz quvuri juda mustaxkam. Respublikada elektr stantsiyalarining O’rta Osiyo elektr stantsiyalarga ulanishi bilan tarnsportning yangi turi elektron transport vujudga keldi. 1933 yilda uadriya GESi bilan sharqiy Toshkent podstantsiyasi orasida kurilgan edi. 1958 yilda Kayrakkum GESi bilan orasida elektr o’tkazgich liniyasi kurildi. So’ngra Sirdaryo GRESi-Toshkent, Andijon-To’xtagul, Toshkent GRESi- Chimkent, Tursunzoda-Guzor-Sirdaryo oraligida elektr uzatgich liniyalari barpo etildi. Shunday qilib O’rta Osiyo va Janubiy Qozog’iston energetika
tizimi barpo etildi. Xozir O’zbekistonda 15 ming kmdan ortik kuchlanishli elektr o’tkazgich ishlab turibdi.
Download 441.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling