Talim vazirligi
QAShQADARYO İQTİSODİY RAYONİ
Download 441.5 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 23. SURXONDARYO İQTİSODİY RAYONİ.
- 24. QUYİ AMUDARYO İQTİSODİY RAYONİ.
22. QAShQADARYO İQTİSODİY RAYONİ. İqtisodiy rayon Qashqadaryo viloyatini uz ichiga oladi. Maydoni 28,6 ming km kv, aholisi 2563,6 ming kishi (2009 y). Iqtisodiy rayon respublika yalpi sanoat maxsulotining 14,2%ini, paxtaning 10,1ni, pillaning 7%ini, qorakul terining 27,5%ini, g’allaning 14,35 ini etkazib beradi. Iqtisodiy rayonning geografik joylashgan urni qulay. Shimol va shimoli-garbdan Samarqand, g’arbdan – Buxoro-Qizilqum, sharqdan Tojikiston Respublikasi, janubiy-sharqdan Surxondaryo iqtisodiy rayoni, janubi-garbdan Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh. Respublika qushni viloyatlar va respublikalar bilan iqtisodiy aloqa qilish qulay. Er yuzasi Qarshi, Nishon cho’llaridan iborat bulib. Ular qorako’l kuylari uchun yaylovlar rolini uynaydi. Adir zonasidan bah’orikor deh’konchilik, bog’dorchilik, uzumchilik va chorvachilikda foydalaniladi. Daryolarda allyuvial utloq. Qarshi va Nishon cho’llarida och tusli va tipik buz tuproqlar Sandiqli cho’lida qumli va qumloq tuproqlar tarqalgan. İqlimi keskin kontinental, qisman subtropik xarakterlidir. Yanvarning urtacha xarorati 0+20, minimum-20 gr, yozi issiq. İyul oyining urtacha xarorati +28+29gr. Maksimal 47, 48 o
gacha kutariladi. Sovuqsiz davr 210-242 kunni tashqil qiladi. İjobiy xaroratlar yigindisi 4750- 5200. Yogin miqdori tekislikda 130-150 mm, adirda 300-350 mm, toglarda 500-600 mm ga teng. Qashqadaryo suvidan samarali foydalanish uchun Xisorak suv omborlari qurilgan. Zarafshon daryosining bir qism suvi eski Anxor kanali orqali utadi. 1964 yilda Amu-Buxoro kanali qazildi. 6 ta nasos stantsiyasi suvni 132 m balandlikka kutarilib bormoqda. Mineral - xom-ashyo resurslariga boy. Respublika gaz zaxirasining asosiy qismi shu iqtisodiy rayondadir. Ular Kukdumaloq, Toshloq, Qoraxitoy va boshqalar. Dexkonobod, Kizilchada yonuvchi slanets topilgan. Osh tuzi Boybichkan. Kaliy tuz konlari Tubegan, Okbosh konlari xisoblanadi. Qurilish materiallariga boy. Aholisi: Zichligi 1km2 ga 50 kishi tugri keladi. Kitob-Shaxrisabz atrofida 1km2 ga 250 kishi tugri keladi. Xo’jaligi. iqtisodiy rayon yirik sanoat-agrar ishlab chiqarish majmuiga egadir. Sanoat tuzilmasida engil sanoat etakchi bulib, yalpi sanoat maxsulotining 51%ini beradi. Keyingi vaktlarda gaz, qurilish materiallar sanoati, tez suratlar bilan rivojlanmoqda. Xozir iqtisodiy rayonda 100 dan ortik sanoat korxonalari ishlab turibdi. Engil sanoat paxta tozalash zavodlaridan iborat. Bular Kitob, Shaxrisabz, Qarshi, Koson, Yakkabog shaxarlarida joylashgan. Xozirgi kunda iqtisodiy rayondia 5ta paxta tozalash zavodi ishlab turibdi. Engil sanoat korxonalaridan - Shaxrisabzdagi pillakashlik fabrikasini kursatish mumkin. Bu fabrikalar - ipak kalavalari, paloslar ishlab chikaradi. Chiroqchida kichikroq badiiy gilam fabrikasi qurilgan. Oziq-ovqat sanoati uz ahamiyatiga kura ikinchi urinda turadi. Moy, gusht-sut, sharob, konserva, Kandolat va boshqa maxsulotlar ishlab chiqaradi. Iqtisodiy rayon xozirgi elektr quvvatini Navoiy-Buxoro-Qarshi, No’rak-Tursunzoda-Guzor, Bekobod-Guzor elektr utkazgich liniyalari orqali olmoqda. Qarshida-metallsozlik va mashinasozlik remont-korxonalari mavjud. Qurulish materiallar sanoati - Qarshi shaxrida temir-beton, irrigatsiya quvurlari, asfalt-beton keramzit beton zavodlari va uysozlik kombinatlari ishlamoqda. Kitobda marmar plitalari
ishlab chiqarish korxonalari ishlamokda. Iqtisodiy rayonning er fondi katta. Qishloq xo’jaligida foydalaniladigan erlar 2251,9 ming gektar. Shundan xaydaladigan erlar 550 ming gektar. Shundan sugoriladigan erlar 335 ming gektarga teng bulib, qolganlari lalmi erlar xisoblanadi. Iqtisodiy rayon qishloq xo’jaligining bosh tarmoqi dexkonchilikdir. U yalpi maxsulotning 70% ini beradi. Dexkonchilikda asosiy tarmoq paxtachilikdir. Qarshi cho’lida yangi o’zlashtirilgan Nishon, Usmon Yusupov tumanlari ingichka tolali paxta etishtirishga ixtisoslashgan. Iqtisodiy rayonda g’allachilik muxim tarmoq xisoblanadi. Bogdorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik Varganzi anori mashxur. Chorvachilik cho’llarda qorako’l ko’ychiligi, maxalliy ko’y echkichilik qoramolchilik rivojlagan. Temir yul inqilobga qadar-Kogon-Qarshi--Samsonov temir yuli qurilgan edi. İnqilobdan keyin-Qarshi-Kitob, Samarqand-Qarshi temir yullari qurildi. Quvur Shurtan-Shirin-Toshkent liniyalari qurildi. Qarshi- 163,1ming aholi yashaydi. 30 dan ortiq sanoat korxonalari bor. Termoplast zavodi ishga tushirildi. 10 dan ortiq plastmassa buyumlari ishlab turibdi. Muxim transport tugunidir. Shaxrisabz-53 ming aholi yashaydi. Engil sanoat korxonaari rivojlangan. Xujum fabrikasi -palas va milliy buyumlari iroki duppi ishlab chiqaradi.
İqtisodiy rayon Surxondaryo viloyatidan iborat bulib, respublikaning janubida joylashgan. U shimoli-sharqida Tojikiston respublikasi, shimoli-garbda Qashqadaryo iqtisodiy rayoni, garbda Turkmaniston respublikasi, janubda Amudaryo orqali Afgoniston respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 20,1 ming km. kv bulib, respublika xududining 4,7% ini tashqil qiladi. Aholisi 2033,8 ming kishi (2009). Iqtisodiy rayon ingichka tolali paxta, subtropik mevalar, erta pishar sabzovot, kumir, neft, gaz, tuz qazib chiqarishga ixtisoslashgan. Iqtisodiy rayonining geografik o’rni iqtisodiy aloqalar qilish uchun qulay. İqtisodiy rayon xududi uncha katta bulmasada, lekin uning tabiiy resurslari uziga xos xususiyatga ega. U 3 tomondan toglar bilan uralgan. Shimolda Xisor, shimoli-garbda Boysun va Kuxitang, sharqda Bobotog massivlari bilan uralgan. Iqlimi subtropik bulib, yillik xarorati 170 dan yuqori. Qishi iliq. Termiz shaxrida +30, Sherobodda +36 ga teng. İyul oyining urtacha xarorati Termizda +31, Sherobodda +32 dan ortiq. Sovuqsiz kunlar 236-247 kunga teng. İjobiy xaroratlar yigindisi 480-5900 ga teng. İqtisodiy rayonda eg’ingg’archilik kam tushadi. Tekislik qismida 150mm, togli rayonlarda 600 mm egin tushadi. Tekislikda obikor deh’konchilik adirlarda lalmikor deh’konchilik, toglarda chorvachilik uchun qulay. Qazilma boyliklari xilma-xil. Amudaryo, Uchqizil, Kukayti Lalmikorda neft kazib olinadi. Neftga gaz, oltingugurt va meniral suvlari yuldosh bulib chiqadi. Yirik ko’mir konlari Boysun va Sharg’un ko’mir konlari xisoblanadi. Xujaikonda tosh tuzi balandligi 170 m ga etadi. Qurilish materiallariga boy. Aholi zichligi 1 km kv 65 kishi tugri keladi. Surxon-Sherobod vodiysida 1km kv ga 50-100 kishi tugri keladi. Urbanizatsiya darajasi ancha past. aholining 1/5 qismi shaxarlarda yashaydi. Respublika meh’nat taqsimoti Surxondaryo iqtisodiy rayoni uzining intensiv qishloq xo’jaligi bilan ajralib turadi. İqtisodiy rayon qissasiga respublika qishloq xo’jaligida foydalaniladigan erlarning 4,5 %i, h’aydalaniladigan erlarining 7%i. Yaylov va utloqlarining 3,9%i tugri keladi. İqtisodiy rayon respublika paxtasining 10%i, shu jumladan ingichka tolali paxtaning 75% ga yaqinini pillachilik 3% ni beradi. Echkilarning 10,5%, qoramollarning 8,9% shu iqtisodiy rayonga tugri keladi. İqtisodiy rayon subtropik mevalar -anjir, anor,pista, uzum va tsitrus mevalari- shakarkamish va xurma etishtiradi. Surxondaryo iqtisodiy rayoning qishloq x o’jaligida etakchi tarmogi paxtachilikdir. İnqilobdan keyingi yillarda ekin ekiladigan erlar maydoni 3 marotaba ortdi. Sug’orishga yaroqli erlar 272 ming gektar er bulib, uning 230 ming gektari sug’orilmoqda. Sherobod massivida suv taminotida bir qancha kanallar mavjud. Qumqurgon, Katta Xisor, Sherobod, Amu-zang mashina kanallari, Uchqizil, Janubiy Surxon aktlari ishga tushirildi. Surxondaryo respublikasining ingichka tolali paxta etishtiradigan asosiy viloyatidir. Gagarin, Jarqurgon, Angor, Qumqurgon, Termiz va Sherobod rayonlari ingichka tolali paxta etishtirishga ixtisoslashgan. İqtisodiy rayon subtropik mevalar bilan mashxurdir. Unda anorning 90 dan ortiq navi bor, bular ichida dashtnavvot navi sershiradir.
Respublikada etishtiriladigan xurmoning kupini Surxondaryo iqtisodiy rayoni beradi. Denov agrosanoat birlashmasi xurmo limon, anor etishtirishga ixtisosashgan. Surxondaryoda yil buyi sabzavot etishtirish mumkin. Bu erda ertangi, kechki karam ekiladi. Adir mintaqasida tog oldi erlarida lalmikor bugdoy, arpa daryo buylarida sholi, sugoriladigan erlarda bugdoy, arpa va makkajuxori etishtiriladi. İqtisodiy rayonda chorvachilik muxim ahamiyatga ega. Cho’llarda qorako’l kuylar, adir-tog etaklarida mashxur Xisor kuylari boqiladi. Obikor erlarda va ser ut adir tog yaylovlarida qoramollar boqiladi. Surxondaryo xududiy ishlab chiqarish majmuining muqim tarmogi sanoatdir. Sanoat, avvalo paxtachilik, meniral resurslar va qishloq xo’jalik xom ashesiga boglik xolda rivojlanmoqda. İqtisodiy rayonda og’ir sanoat tarmoqlaridan yoqilgi sanoati muxim rol uynaydi. Shargun konida yiliga 200 ming t yuqori kalloriyali ko’mir qazib olinmoqda. Bu respublikada qazib olinadigan ko’mirning 7%ini tashqil qiladi. Amudaryo , Uchqizil, Kukaydi va Lalmikor konlaridan neft olinmoqda. Lalmikor gaz koni Jarqurg’on Qumqurgon shaxarlariga gaz etkazib bermoqda. İqtisodiy rayonda yiliga 3,5 mln kvt soat elektr quvvati xosil qilinadi. Bir necha issikliq va suv elektr stantsiyalari qurilgan, ularning eng kattasi Termiz issiklik elektr stantsiyasidir. İqtisodiy rayon extiyoji uchun zarur asosiy quvvat O’rta Osiyo energetika tizimidan, yani qushni Tojikiston respublikasidan oladi. Denov mashina tuzatish zavodi qishloq xo’jalik mashinalari va traktorlarini remont qilishga bulgan extiyojini tula qondira olmaydi. Termizda teplovoz vagon tuzatish ustaxonasi bor. İqtisodiy rayonda temir beton qismlar, keramzit, gisht, gips, oxak va boshqalar ishlab chiqarilmoqda. İqtisodiy rayon sanoatining etakchi tarmoqi paxtani va boshqa qishloq xo’jalik xom ashesini qayta ishlaydigan engil va ozik - ovkat sanoatidan iborat. Paxta tozalash zavodlari Termiz, Denov, Sherobod, Uzun , Shurchi, Jarqurgon, ....... va boshqa erlarda joylashgan. Boysunda shoyi tuqish fabrikasi bor. Shurchida pillakashlik fabrkasi kurilgan. Denov yirik yog’ ekstraktsiya zavodi, Termizda gusht kombinati kurilgan. Denovda sharob zavodi,Shurchida elevator un kombinati bor. Yuk oboroti jixatidan temir yul etakchi urinda turadi. Viloyatda dastlab 1915 yilda Amudaredan Termizgacha kurildi. U 1926 yil 193O yillarda Dushanbegacha etkazildi. 1974 yilda Termiz temir yuli orkali Kurgontepa bilan boglandi. Boldirdan Xujaikon tuz konigacha temir yul koni kuril-di. Shurchidan Bandixon glmoya koniga, Boysun kumir koniga temir yulTermizni Toshkent va Dushanbe bilan boglaydi. İqtisodiy rayonida quvur transporti rivojlana boshladi. Turkmaniston respublikasi janubida Dushanbe shaxrigacha kurilgan magistral gaz quvuri. Uning bir kancha shaxar va qishloqlariga gaz etkazib bermoqda. Termiz-Surxondaryo viloyatining markazi, respublika janubida joylashgan shaxar. 86,7 ming aholi yashaydi. Unda issiklik elektr stantsiyasi, paxta tozalash, temir beton konstruktsiya zavodlari, sut, gusht va non kombinatlari, gilam fabrikasi mavjud. Denov (48,2ming) -iqtisodiy rayonda ikkinchi muxim sanoat tuguni. Unda paxtachilik va subtropik mevachilikka asoslangan agrosanoat birlashmasi, sharob-peva, motor-tuzatish, gisht, paxta,tozalash, yog-moy zavodlari, sut,non va boshqa ishlab chiqaradigan korxonalar ishlab turibdi.
İqtisodiy rayon Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyatini o’z ichiga oladi. Maydoni 172,7 ming km kv bulib, respublika maydonining 38,4 % ini tashqil qiladi. Aholisi 3 146,5 ming kish (2009 y). Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni O’zbekistonning shimolidagi paxtachilik, sholichilik va chorvachilikka ixtisoslashgan mintaqalaridan biri xisoblanadi. Bu iqtisodiy rayon Respublika paxtasining 15 %ini, pillaning 11% ini, sholining 72 %ini, qora mollarning 15%ini, qo’y-echkilarni 10 % ga yaqinini, sanoat maxsulotlarini 4,5 %ini etkazib beradi. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni O’zbekistonning qadimdan rivojlangan iqtisodiy rayonlaridan uzoqda joylashgan. İqtisodiy rayon xududi orqali Chorjuy-Kungirot – Makat - Beynov temir yulining qurilishi uning iqtisodiy rivojlanishida muxim omil buldi. İqtisodiy rayonning tabiiy sharoiti xilma-xil, asosan tekisliklardan iborat. İqtisodiy rayon xududini genetik jixatdan uch qismga bulish mumkin. Birinchi qism Tuyamuyindan Orol dengizigacha chuzilgan, pasttekislik Amudare mansabidan iborat. Mansabning yukori qismini Xorazm voxasi tashqil etadi, bu kadimiy obikor dexkonchilik va madaniyat uchoklaridan biridir. İqtisodiy
rayon xududining ikkinchi qismi Qizilqumning shimoliy-garbiy qismi. Bu qism qorakulchilikda yaylov sifatida foydalaniladi. Uchinchi qism Ustyurt platosi, bu xudud 40-yillarning o’rtalaridan boshlab o’zlashtirila boshlandi. Ustyurt mineral resurslari va yaylovlaridan foydalanilmokda. İklimi keskin kontinental. İjobiy xaroratlar yig’indisi boshqa rayonlarga nisbatan kamroq, yog’in eng kam -200 mm tushadi. İqtisodiy rayonda sug’orishni rivojlantirishda Amudarening roli kattadir. Bu erda O’zbekistonda eng katta suv ombori - Tuyamuyin gidrouzeli (sig’imi 7800 mln m3) barpo etilishi bilan Xorazm viloyati, Qoraqalpog’iston respublikasi va Turkmaniston respublikasining Toshxovuz viloyatida suv taminoti keskin darajada yaxshilandi, elektr quvvati kupaydi, transport ahamiyati ortdi. İqtisodiy rayonda Ustyurtda tabiiy gaz (Shaxpaxta, Quvonich) tuzlar, qurilish materiallarining katta zaxirasi Sulton Uvays tog’ida fosforit, temir rudasi, Oq tog’da dala shpati va talk, Qushxonatovda mirablit tuzlari mavjud. İqtisodiy rayon qurilish materiallariga boy. İqtisodiy rayon aholisi tez ko’paymoqda. 1959 yilda uning aholisi 1021 kishi bulgan bulsa, 2000 yilda uning aholisi 2 600 ming kishi, xozirgi kunda 3 146,5 ming kishiga etdi (2009 y). Xorazm viloyatida aholi zichligi 242 kishiga tugri kelsa, Qoraqalpog’iston respublikasida 9,5 kishiga tug’ri keladi. Qoraqalpog’iston respublikasida aholi 42,3 % bulsa, Xorazm viloyatida 27,4%ga teng. İqtisodiy rayonda sanoat va transport jadal suratlar bilan rivojlanib bormoqda. Uning iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi asosiy tarmoqdir. Qishloq xo’jaligida esa deh’konchilik etakchi bulib, u qishloq xo’jalik yalpi maxsulotining 3/4 qismini etkazib beradi. İqtisodiy rayon respublikaning yirik sholi etishtiruvchi rayonidir. Xar yili iqtisodiy rayonda 467,1 ming tonna sholi etishtiriladi. Quyi Amudaryo poliz ekinlari, xususan qovun, makkajuxori, savzavot va beda etishtirish yildan-yilga kupayib bormoqda. Chorvachilikda qoramolchilik birmuncha rivojlangan. Bundan tashqari qorakulchilik, yilqichilik, tuyachilik ham rivojlangan. Xorijiy davlatlar bilan kushma korxonalar kurilmokda. Xitoy bilan birgalikda Xorazmda ipak-gazlama korxonasi (1992yil) kurildi. İqtisodiy rayon ishlab chikaraetgan quvvat va baliq
konservalarining deyarli hammasi, temir beton konstruktsiyalar hamda gusht maxsulotlari va guruchning 3/4 qismini Qoraqalpog’iston respublikasi etkazib beradi. Mashinasozlik va metallsozlik asosan avtotuzatish va kishloq xo’jalik mashinalarini tuzatish korxonalaridan iborat. Bular Nukus, Urganch, Taxiatosh, Kungirot, Xujayli va boshqa shaxarlar. İqtisodiy rayonda engil sanoat korxonalari, paxta tozalash zavodlari, tuqimachilik korxonalari, tikuvchilik fabrikaliri mavjud. Paxta tozalash zavodlari Urganch, Xujayli, Xonqa, To’rtkul, Beruniy, Mang’itda joylashgan. Xivada gilam tuqish fabrikasi ishlab turibdi. Nukusda tuqimachilik kombinati kurilgan. Shaxarda kigiz bosish kombinati ham bor. İqtisodiy rayonning oziq-ovqat sanoati moy, sholi oqlash zavodlari, non, sut kombinatlari, konserva zavodlaridan iborat. Moy zavodlari Xujayli, Kungirot, Chimboy, Beruniy va boshqa shaxarlardadir. Urganchdagi moy zavodi qayta qurilib respublikadagi eng yirik zavodlardan biriga aylandi. Xujaylida gusht kombinati bor. Beruniy, Kungirot, Chimboy, Turtko’l va boshqa shaxarlarda un kombinati ishlab turibdi. Qurilish sanoati iqtisodiy rayon xom ashyo resurslari va extiyojlaridan orqada qolmoqda. Nukus, Urganch, Taxiatosh, Dustlik shaxarlarida temir-beton konstruktsiyalari zavodlari ishlab turibdi. Elektr energetikasida keyingi yillarda yiliga 2 mln KVT ga yaqin elektr quvvati ishlab chiqarilmoqda. Buni asosan Taxiatosh İES si bermoqda. Nukus-Qoraqalpogiston respublikasining poytaxti. Shaxarda qurilish materiallari kombinati, utov-kigiz kombinati, motor tuzatish, avtotuzatish, engil, Oziq-ovqat korxonalari ishlab turibdi. Xo’jaligi (60,3 ming kishi) paxta tozalash zavodi, moy zavodi, gusht kombinati, kema tuzatish, zavodi, palos va tikuvchilik fabrikalari bor. Urganch (128,9 ming kishi), viloyat markazi. yog-moy zavodi, ekskavator tuzatish zavodi, pillachilik va tikuvchilik fabikalari. Xiva (40,6 ming kishi yashaydi) kadimiy shaxar bulib, tarixiy memorchilik edgorliklariga boydir. Shaxarda gilam kombinati, paxta tozalash zavodi, tikuvchilik va kulolchilik korxonalari bor.
25 .TAShQİ İQTİSODİY ALOQALAR.
O’zbekiston tashqi savdo va xorijiy aloqalar davlat komiteti 1992 yil 12 fevralda tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga aylantirildi. 1998 yil 2000 -yilgacha bulgan davrda O’zbekiston respublikasining eksport imkoniyatlarini rivojlantirish davlat dasturi kabul kilindi. O’zbekiston respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalar soxasidagi yangi trategiyasi uyidagilarni uz ichiga oladi. Eksport-import operatsiyalarini markazlashtirmaslik: davlat extiyojlari uchun zarur tovarlarning eksporti va importi ustidan nazorat kuchaytirish: davlat uchun muxim bulmagan tovarlar eksportini osonlashtirish: eksportning xom asheviy yunalishini bartaraf etish, xorijiy investitsiyalar oqimining kengayishiga kumaklashish. Mustaqil respublikaning tashqi iqtisodiy aloqalar tugrisidagi yangi siyosati jaxondagi juda kup mamlakatlar bilan xar tomonlama aloqalarni kengaytirishda uz ifodasini topmoqda. 1997 yil O’zbekistonning tashqi savdo oboroti 8,9 mlrd, dollorni tashqil etdi. Uning 31,2% dan kuprogi MDX mamlakatlari, 68,6% boshqa xo rijiy mamlakatlar bilan olib borilgan savdo- sotikka tugri keladi. O’zbekiston Evropa İttifoqining Markaziy Osiyodagi eng yirik savdo iqtisodiy sherigi xisoblanadi. 1994 yil Evropa İttifoqi bilan diplomatik munosabatlar urnatildi va Bryusselda O’zbekiston respublikasi vakolatxonasi ishlay boshladi. O’zbekiston va Evropa İttifoki o’rtasida tuqimachilik maxsulotlari savdosi bitim tuzilgan. Respublikamiz eksportining asosiy maxsulotlari: paxta tolasi, mashinalar, ularga jixozlar va extiet qismlar, rangli va kora metallar, mineral xom-ashyo, ugit, pilla, paxta chiqindilari, o’simlik moyi, ip, gazlama. O’zbekistonga 30 dan ortiq maxsulot chetdan keltiriladi. Bugdoy, gusht, sut va sut maxsulotlari, srieg, shakar, choy, kofe, shirinliklar, kartoshka, farmotsevtika maxsulotlari, avtomobil, poyafzal uskunalari import qilinadi. İmportning 18,2% ni oziq-ovqat maxsulotlari tashkil etadi. Xukumatimiz kurgan chora tadbirlar natijasida respublikada galla etishtirish kupaydi. Galla importi 2 marta, gurush importi 10 marta, oziq-ovqat importi jiddiy kamaydi. İqtisodiyotdagi ustivor loyixalarni amalga oshirish uchun jalb etilgan xorijiy investitsiyalar xajmi 1 mlrd. AQSh dollorini tashkil etadi. Xorijiy sarmoyadorlik iktisodda tub uzgarishlar siesatini amalga oshirishda, texnika va texnologiyani yangilash jarayonlarini jadallashtirish, birinchi navbatda ishlov beruvchi sanoatni rivojlantirishda erdam bermoqda. Xorijiy firmalar, xalqaro tashkilotlar firmaning kimyo, gaz, neft sanoati, qishloq xo’jaligini rivojlantirish buyicha yirik investitsiya loyixalarida ishtiroq etmoqda. AQSh, Germaniya, Frantsiya, Turkiya, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki eng yangi mashina va uskunalar hamda texnologiyalar importini qishloq xo’jaligi maxsulotlarini markazlashtirilgan xolda xarid qilishni moliyalash, Kukdumaloq gaz-neft konini uzlashtirish loyixalarini kreditlash buyicha bitimlarni imzoladi. Buxoro neftni qayta ishlash zavodini qurish, Qashqadaryo va Namangan viloyatlaridagi neft konlrini uzlashtirish buyicha rantsiya bilan munosabatlar faol rivojlanmoqda. Evropa tiklanish taraqqiyot banki bilan Murintov oltin konlaridan oltin , kumush va boshqa nodir metallar olishga ixtisoslashgan "Zarafshon- Nyumont" Uzbekiston-AQSh qushma korxonasi qurilishini va boshq moliya manbalarini muvofiqlashtirish buyicha bitimlar imzolandi. Paxta xomashyosini xalqaro bozor talablariga javob beradigan tayyor maxsulot darajasiga qayta ishlashning jami tsiklini qamraydigan yangi texnologiyalarni joriy qilish buyicha loyixalar ishlab chiqarilgan. Bu loyixalarni amalga oshirish uchun Shvetsariya banklari bilan birga "Uzengilsanoat", "Paxtabank", O’zbekiston respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ham ishtirok etmoqda. Respublika xalqaro Valyuta fondi, Jaxon banki, Xalqaro mehnat tashkiloti, Xalqaro elektr ittifoki, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korparatsiyasi, Bojxona hamdustligi kengashi kabi iqtisodiy hamkorlik buyicha obruli xalqaro tashkilotlar azoligiga qabul qilindi.
Adabiyotlar ruyxati.
1. Karimov İ.A - O’zbekiston XXI asr busag’asida: xavsizlika taqdid, barqororlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. - T. " O’zbekiston" 1997 yil. 2. Karimov İ.A- O’zbekiston XXI asrga intilmoqda -T. «O’zbekiston» 1999 yil 3. Asanov G.A., M. Nabixonov, İ.Safarov -«O’zbekistoning iqtisodiy va ijtimoiy jug’rofiyasi». -T." O’qituvchi" 1994 yil. 4. Akromov Z.M., P.G.Musaev. O’zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy jug’rofiyasi. -T. " O’qituvchi" 1997 yil. 5. Soliev A. E.Axmedov, M.Nazarov va boshqalar «Mintaqaviy iqtisodiyot» Toshkent «Universitet» 2003 yil 6. Asanov G.R. Sotsial-iqtisodiy geografiya: termin va tushunchalar izoxli lug’ati- T.1990 yil
7. Axmedov E.A. O’zbekiston va uning iqtisodiy rayonlari -Toshkent. 1969 8. G’ulomov S. Ubaydullaeva R. Axmedov E. Mustaqil O’zbekiston. –T.1999 yil Download 441.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling