Talim vazirligi


O’ZBEKİSON RESPUBLİKASİNİNG XALQ  XO’JALİGİ UMUMİY TARİFİ


Download 441.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana30.09.2017
Hajmi441.5 Kb.
#16839
1   2   3   4   5   6   7

6. O’ZBEKİSON RESPUBLİKASİNİNG XALQ  XO’JALİGİ UMUMİY TARİFİ. 

Xo’jaligining umumiy tarifi 

    


O’zbekiston o’z   mustaqilligiga erishgan kunidan boshlab iqtisodiy , ijtimoiy , madaniy 

va ma'rifiy sohalarda o'ziga xos yo'lni tanladi va bu yo'ldan dadil bormoqda . Milliy 

iqtisodiyotning o'sishi bilan birga , uning tarmoq tarkibi xilma-xilligi yaxshilandi. 

 

Respublikaning tabiyi va agroiqlimiy sharoitlari ko’p tarmoqli qishloq xo’jaligining 



rivojlanishiga, boy mineral xomashyo resurslari zamonaviy industriyani rivojlantirish uchun juda 

qulay. XIX asr oxirgi 10 yilliklaridan boshlab o’lkada sanoat karxonalarini qurish tezlashib 



bordi. Bu korxonalarning negizini asosan paxta tozalash pilla chuvish, jun yuvish, paxta yog’i 

i/ch korxonalari tashqil qilar edi. Shungdek o’lkadagi dastlabki elektr stantsiyalari va g’isht 

zavodlari ham xuddi shu davrda qurilgan edi. 1913 yilda h’ozirgi O’zbekiston xududida 425 ta 

sanoat karxonasi bulib, ularning 208 tasi paxta tozalash 80 tasi oziq-ovqat, 18 tasi objuvoz, 35 

tasi kunchilik, 29 tasi xumdon yasash, 14 tasi metallsozlik korxonalari edi. İjtimoiy 

maxsulotning 32% ishlab bergan sanoat tarmoqlarining tarkibi ham uziga xos edi. Yozning yalpi 

sanoat maxsulotining 86% qishloq xo’jalik maxsulotlarini dastlabki qayta ishlovchi (paxta 

tozalash va o’simlik yog’i ishlab chiqaruvchi) korxonalarda 12% oziq-ovqat (yog’ ishlab 

chiqarishdan  boshqa), kupchilik korxonalarida, faqat 2% og’ir sanoat korxonalarida ishlab 

chiqarilardi. Og’ir sanoat tarkibida metallsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish 

korxonalardan tashqari u qadar katta bulmagan Chimyon-neft va Shursuv-oltingugurt konlari 

hamda Oltiariqda joylashgan Vannovskiy neftni qayta ishlash zavodlari bor edi. Barcha sanoat 

karxonalarining 70% Farg’ona vodiysi shah’arlarida tuplangan edi. O’zbekistoning Sovet 

xokimiyati yillaridagi sanoat taraqiyot jarayoni bir qator bosqichlarni o’z ichiga oladi. Birinchi 

bosqich-tiklanish davri. Bu davrda eski sanoat va xunarmandchilik korxonalari qayta tiklandi va 

bir qancha yangi sanoat korxonalari qurildi. Jumladan, Toshkent va Farg’onada ipakchilik 

fabrikalari, Buzsuv GESi, sanoat qand va quvasoyda dezil elektir stantsiyalari ishga tushurildi. 

Sanoat tarah’qiyotining ikkinchi bosqichi urushgacha bulgan davirlar besh yilliklar uz ichiga 

oladi. Bu bosqich respublikada yirik sanoat uchoqlarini borpo etish davri buldi. Birinchi (1928-

1932 yil) va ikkinchi (1933-1937 yy) besh yilliklar davridayoq O’zbekistonda 831 ta  yangi 

zovod va fabrikalar ishga tushurildi.bular orasida Toshkent qishloq xo’jalik mashinasozlik 

zovodi, Chirchiq elektro kimyo, Toshkent tuqimachilik kombinat kabilar bor edi. İkkinchi besh 

yillikning oxiridayoq O’zbekiston industrial-agrar respublikaga aylangan edi. Bu xulosani 

jumxuriyat xalq xo’jaligining yalpi maxsuloti tarkibi ham tastiqlaydi. Unda sanoatning xissasi 

1913 yildagi 32% dan 1940 yilda 70% gacha kutarildi. Uchunchi bosqich Ulug’ Vatan urushi 

yillarrini uz ichiga oldi. Bu davrda respublikaga h’arbiy rayonlardan 90 ta og’ir sanoat 

korxonalari joylashtirilib ishga tushurildi. Shular jumlasiga Toshkent samalyotsozlik i/ch 

birlashmasi, O’zbekistonqishloq xo’jalik mashinasozligi zavodi, Chirchiq qishloq xo’jalik 

mashinasozlik zavodi transformotor zavodlari kiradi. Urush yillarida respublikada neft, mis, 

qurg’oshin, volfrom va molibdenning yangi konlari uzlashtrildi. Angrenda yangi kumir 

shaxtalari ishlay boshladi, 6 ta yangi elektr stantsiyasi ishga tushurildi, Bekobod metallurgiya 

zavodi qurilishi boshlab yuborildi.shu yillarda jami 280ta yangi sanoat korxonasi ishga 

tushuriladi. Bekobod metallurgiya zavodi qurilishi boshlab yuborildi. O’zbekiston sanoatining 

tarkibi keskin uzgardi, og’ir sanoat solmog’i 1940-43 yillar orasida 14,35 dan 49% gacha usdi. 

Sanoat tarah’qiyotining turtinchi bosqichi urushdan keyingi sanoat yuksalishi yillarini uz ichiga 

oladi. Bu davrda O’zbekiston xalq xo’jaligining yangi davr talabi asosida qisqa muddat ichida 

qayta qurish bosh masalalardan biri edi. Sanoat tarmoqlarini qayta qurish va kengaytirish, 

qishloq  xo’jalik ishlarini mexanizatsiyalash,ekin maydonlarini kengaytirish keng kulamda olib 

borildi. Respublika xalq xo’jaligining yanada tez suratlar bilan rivojlantirilishiga zamin 

tayyorlangan edi. Respublika sanoat tarah’qiyotining beshinchi bosqichi 60 yillar boshlaridan 80 

yillar urtalarigacha davom etdi. Bu bosqichning muh’im xususiyatlari sifatida 

O’zbekistonsanoati, tabiiy, moddiy-texnika va mehnat resurslaridan yanada kengroq 

foydalanilganligi, uning sobiq İttifoqdagi asosiy urni paxta, pilla, qorakul kabi xom ashyo va 

yarim xom ashyo etkazib berishdagi roli ortib borganligini kursatish mumkin. Bu davir uchun 

Uzbekistonq xo’jaligida fan-texnika tarah’qiyoti rivojlanishining ayrim intensiv omillaridan shu 

maxsad yulida foydalanish, ijtimoiy ishlab chikarishning samaradorligini oshirish va sifat 

kursatkichlarni yaxshilashdek bir qator xususiyatlar xarakterladir. Xuddi shu davrda 

O’zbekistonyoqilg’i energitika majmuaning asosini tashqil etadigan qator yirik gaz konlari 

uzlashtirildi, nodir metallar sanoati yaratildi, kup tarmoqli mashinasozlik barpo etildi, h’ar xil 

istemol mollari etarli darajada i/ch yunalishida dastlabki qadamlar quyildi.  

1991yil 31 avgustda uz mustaqiligini elon qilgan, Uzbekistoning xalq xo’jaligi uzining 

chinakkam yangi tarah’qiyot bosqichini boshladi. Bu taraqqiyot bosqichining asosiy vazifasi 



O’zbekiston iqtisodiy mustaqilligini taminlashda tayanch bula oladigan xalq xo’jaligi 

tarmoqlarini rivojalntirish asosida sanoat tubdan takomillashtirish,  ularni zamonaviy    ishlab 

chiqarish texnologiyasi bilan taminlash va aholi turmish   darajasini keskin yaxshilashdan 

iboratdir. Bu  maqsadlarga erishishda xalq xo’jaligining moliyaviy-investitsiya tizimi ishlarida 

yuqori samaradorlikka erishish, baxolar tizimi faoliyatini tubdan sog’lamlashtirish, ishlab 

chiqarish korxonalari faoliyatida tula mustaqillikni taminlash, respublika xududida chet el 

kapitalining h’arkati uchun etarli sharoit yaratib berish h’al qiluvchi ahamiyat kasb etadi. 

Hozirning uzidayoq h’ar bir ishlab chiqarish subektining ichki va tashqi iqtisodiy faoliyatida 

hamkorlik qilishga muljalangan turli moliyaviy-bank muassasalari, tijorat birjalari va chet el 

kapitali ishtrokida qurilgan uyushma korxonalar ish boshlaganligi Uzbekistonning bu borada 

quyilayotgan dastlabki qadamlaridir. O’zbekistonning kishloq xo’jaligi ham o’ziga xos 

murakkab taraqqiyot yulini bosib utdi. Ulug’ Vatan urushi yillarida O’zbekistonnda paxta 

etishtirish obektiv sabablarga kura 825,2 ming tonnagacha (1945 yil) kamaygan bulsada, 

urushdan keyingi yillarda yana tez rivojlandi. Paxtaning yalpi h’osili 1960 yilda 2,8 mln. 

tonnani, 1970 yilda 4,5 mln. tonnani, 1980 yilda 6,2 mln. tonnani tashqil qildi. Shu tariqa 

O’zbekistonda paxtachilik qisqa vaqt ichida misli kurilmagan usish suratlariga erishdi. 1980 

yilga kelib, paxtaning yalpi xosili h’ozirgacha 1930 yildagiga nisbatan 12 barovardan kuproq 

usdi.  


O’zbekistonda h’ozirgi zamon transportining (temir yul, avtomabil, h’avo, suv, quvur, 

elektron) ning tarmoqli tizimi barpo etildi. Moddiy tarmoqlar qatoridan urin olgan bu transport 

O’zbekiston ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirish va joylashtirishda, yangi mustaqil 

davlatlararo hamda tashqi iqtisodiy aloqalarni tashqil etishda asosiy urin tutadi. İnqilobdan oldin 

O’zbekistonda ishlab chiqaruvchi kuchlarining xududiy joylashuvini nixoyatda notekis bulib, 

Farg’ona vodiysigina iqtisodiy jiqatdan bir muncha rivojlangan edi. İshlab chiqaruvchi kuchlar 

taraqqiyotiga kura Toshkent rayoni O’zbekistonda ikkinchi urinda turar, respublikaning boshqa 

sanoat, h’atto qishloq xo’jaligi ancha sust rivojlangan edi. Sovet h’okimiyati yillarida 

respublikaning sug’oriladigan rayonlarida paxtachilikni rivojlantirish, irrigatsiya-meloratsiya 

ishlarini utkazish, mashinasozlik qishloq xo’jalik mausxlotlarini qayta ishlovchi sanoat 

korxonalarini barpo etish, er osti qazilma boyliklarini qidirib topish va ishga solish, temir yul 

hamda avtomabil yullarini qurish buyicha katta tadbirlar amalga oshirildi. Bu tadbirlar 

O’zbekistonning rayon va viloyatlari İqtisodiyotini inqilobdan oldingi davrga nisbatan ancha 

kutarish imkonini berdi. Toshkent shah’ri va viloyati O’zbekiston mintaqalari orasida eng yuqori 

tarah’qiyot darajasiga erishdi. Bu esa avvalo ularning qulay iqtisodiy geografik va transport urni 

bilan izoh’lanadi. 

Sanoatni rivojlantirish va uni xududiy tashqil qilishda xilma xil sharoitlar, omillar 

qatnashadi. Ularni ikki asosiy guruh’ga bulish mumkin. iqtisodiy geografik omillar va tabiiy-

geografik omillar. İqtisodiy-geografik omillarga mehnat resurslari bilan taminlanganlik xolati va 

ularning xususiyatlari, ishlab chiqarishni ijtimoiy tashqil qilish shakllari, energetika transport 

sharoitlari, infratuzilma xolati, ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasi, fan texnika 

taraqqiyot darajasi, tabiiy-geografik omillarga esa tabiiy sharoit (relef, iqlim kabilar) bilan 

taminlanganlik darajasi kiradi. Sanoatni rivojlantirishda ishlab chiqarishning moddiy-texnika 

bazasi katta ahamiyatga ega. Jamiyatning moddiy-texnika bazasi moddiy ishlab chiqarish bazasi 

moddiy ishlab chiqarish sharoitlarining majmuyi bulib, texnika-ishlab chiqarish qurollaridan 

tashqil topadi. 1990 yil malumotiga kura, sanoatning asosiy ishlab chiqarish jamg’armalariining 

36,35% ni, qurilish va transport bilan birga xisoblanganda esa 60% dan ortig’ini tashqil qiladi.  

Mehnat resurslari sanoatni rivojlantirish va ayniqsa uni xududiy tashqil qilishda muh’im 

omillardan xisoblanadi. Malumki, O’zbekiston mehnat resurslari bilan eng yangi yaxshi 

taminlangan respublikalardan biridir. Undagi aholi tabiiy usishning Sobiq İttifoqdagi urtacha 

kursatkichidan ancha yuqoriligi, mehnat resurslarining ortiqcha tuplanishiga olib keldi. Bu narsa 

O’zbekistonda sanoat ishlab chiqarishini sira kechiktirmay, yanada tezroq rivojlantirishni 

undaydi. Usib borayotgan mehnat resurslaridan tula va samarali foydalanish maqsadida 

sanoatning ayniqsa sermeh’nat tarmoqlarini (elektrotexnika, radiotexnika, asbobsozlik, 



elektrotexnika, engil sanoat kabilar) jadal taraqqiy etishi zarur. Bunday korxonalarni aholisi 

nisbatan tez usayotgan kichik va urta shah’arlarda qurish maqsadga mofiqdir. Sanoatni xududiy 

joyashtirishda aloh’ida h’isobga oliinish lozim bulgan masalalardan biri h’ar bir iqtisodiy 

rayonda sanoat tugunlarida va h’atto aloh’ida ishlab chiqarish korxonalarida sanoat korxonalarini 

tashqil qilishda mehnat resurslarining jinsiy tarkibini etibordan qochirmaslik kerak. Shundagina 

erkak va ayollarning mehnat qilish imkoniyatlaridan ancha samarali foydalanish mumkin buladi. 

Sanoatni rivojlantirishda mehnat resurslarining xududiy joylashuvi etiborga olinishi kerak. 

O’zbekistonda aholi va mehnat resurslari Farg’ona vodiysi, Toshkent va Xorazm voh’alarida 

ayniksa zich joylashgan. Bu joylarda, shuningdek, Zarafshon va Surxon-Sherobod vodiylarining 

sug’oriladagan noxiyalarida ish kuchi zaxiralari bor. Kelajakda aholining yuqori tabiiy usishi va 

mehnat unumdorligining oshib borishi tufayli bunday zaxiralar yanada ortib borishi tabiiy. 

Shuning uchun ham bu mintaqalarda sanoatning ish kuchin uziga kup jalb qiladigan sermehnat 

tarmoqlarni yanada rivojlantirish lozim. Mehnat resurslarining bir qismi O’zbekistonning tabiiy 

resurslariga boy, lekin iqtisodiy jixatdan kam uzlashtirilgan joylarga utib urnashishini 

rag’batlantirish ham zarur.  

Fan-texnika taraqqiyotining sanoatini xududiy joylashtirishdagi  roli katta. İlgari 

foydalanishning iloji yuqdek kuringan Mirzacho’l, Qarshi dashtlari dexonchilik o’lkalariga 

aylantirilishi, paxta h’osildorligining keskin usishi Fan-texnika yutuqlarining ishlab chiqarishga 

tadbiq etilishi natijasidir. Bu omil foydalanish maqsadga muvofiq bulmagan yoki sanoatda 

umuman ishlatilmagan turli tabiiy resurslarni ishga solish ham katta urin tutadi. Fan-texnika 

inqilobi omili O’zbekiston sanoatining deyarli barcha tarmoqlari rivojlanishiga tasir kursatadi. 

Tog’-kon, elektr enetgitika, mashinasozlik, kimyo, qishloq xo’jaligi kabi tarmoqlar taraqqiyotia 

bu omilning roli ayniqsa kattadir. 

Sanoatni xududiy tashqil etish va joylashtirishda transport ham muh’im ahamiyatga ega. 

Chunki sanoatning xomashyo va boshqa vositalar bilan taminlashda, korxonalar urtasida ishlab 

chiqarish aloqalarini yulga quyishda, mehnat resurslarining erkin h’arakatida va nih’oyat, ishlab 

chiqarilgan mah’sulotlarni istemolchilarga etkazishda transport vositalaridan keng foydalaniladi. 

Janubiy O’zbekiston va Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonining nisbatan sust rivojlanganligini kup 

h’ollarda transport imkoniyatlarining uzoq yillar davomida cheklanganligi bilan ham izoxlash 

mumkin. Sanoatni rivojlantirish va joylashishiga sezilarli tasir etuvchi omillar qatoriga murakkab 

yunalishga infratuzilma mazmuni ham kiradi. Asosiy ishlab chiqarish in’fratuzilmasi (transport-

aloxa vositalari, elektr uzatish liniyalar, suv bilan taminlash tizimlari, kanallari imkoniyatlariva 

boshqalar) va ijtimoiy infratuzilma ( uy-joy, maorif, tibbiyot, sport, savdo kabi muassasalar) ga 

bulinadigan bu majmusiz joylarda ishlib chiqaruvchi kuchlarini, jumladan, sanoatni rivojlantirib 

bulmaydi. 

O’zbekistonning viloyatlarida infratuzilmaning rivojlanish darajasi bir xil emas. Uning 

tarmoqlari Toshkent, Samarqand "  Farg’ona vodiysi viloyatlarida yaxshi rivojlangan. Bu  h’ol 

qator boshqa omillar bilan birgalikda Respublika sanoatining rivojlaish darajasida h’ozirgi 

mavjud h’ududiy farqlarning kelib chiqishiga sabab buldi. Sanoatning rivojlantirish va xududiy 

joylashtirishga tasir etuvchi tabiiy omillar orasida joylarning tabiiy resurslar (avvalo foydali 

qazilma boyliklari) bilan taminlanganlik darajasi aloh’ida urin tutadi. Chunki, yoqilg’i-

energitika, mineral xomashyolar, suv va qator boshqa resurslarsiz sanoatni, ayniqsa uning 

undiruvchi tarmoqlarini rivojlantirib bulmaydi. İshlob beruvchi sanoatning kupchilik tarmoqlari 

uchun ham xomashyoni asosan ana shu undiruvchi sanoat etkazib beradi. Umuman O’zbekiston 

ishlab chiqaruvchi sanaot tarmoqlaring kupgina muh’im tarmoqlarini rivojlantirish uchun etarli 

resurslarga egadir. Ularga yoqilg’i-energitika, rangdor metallurgiya, kimyo, qurilish materiallari 

sanaotlari va h’akazolar kiradi. O’zbekiston sharoitida suv resurslari ham sanoatni xududiy 

joylashtirish va taraqqiy ettirishda ancha faol qatnashadi. Malumki, h’ar qanday sanaot tarmog’i 

ham ozmi-kupmi suv istemol qiladi. O’zbekiston boshqa O’rta Osiyo respublikalari qatori suvga 

chanqoq, qurg’oqchil mintaqada joylashganligi, uning suv resurslari umuman cheklangan. 

Sanaotni rivojlantirishda suv resurslarini uisobga olish orol fojiasi sharoitida juda ham 

dolzarbdir. Joylarning tabiiy sharoiti ham sanaotni rivojlantirish va joylashtirishda malum rol 



uynaydi. İqlim iliq noxiyalarda sanaot obektlarini qurish sovuq iqlimli joylarga nisbatan ancha 

arzon va qulay buladi. Bu omil O’zbekistonda garchi u qadar katta urin tutmasada, sanoat 

rivojlanishida h’ar qalay ijobiy ahamiyat kasb etadi.  

 

7.SANOATİ. YOQİLG’İ-ENERGETİKA MAJMUYİ. 



Yoqilg’i -energitika majmui. 

O’zbekiston yoqilg’i energitika majmui rayonlar aro ahamiyatga ega bulib, respublika 

yalpi sanoat mausulotining 8,9% ini ishlab chiqaradi. Bu majmui ikki gruxga-yoqilg’i sanoati va 

elektr energitika sanoatiga bulinadi.  



Yoqilg’i sanoati. Ёqilg’i sanoati O’zbekiston og’ir sanoatining muxim tarmoqlaridan biri 

bulib, tabiiy gaz, neft, ko’mir qazib chiqarishni, neftni qayta ishlashni va tayyor mausulotlarni 

istemolchilarga etkazib berishni o’z ichiga oladi. O’zbekistoning gaz zaxiralari katta bulishi 

bilan birga ularni ishga solish nih’oyatda qulaydir. Shu sababli bu tarmoq juda tez rivojlantirildi. 

Shu sababli yoqilg’i-energetika balansida asosiy rol uynaydi. Respublikada yoqilg’i zaxiralarini 

qazib olishda ham, foydalanishda ham tabiiy gazning salmog’i oshdi. O’zbekistonda qazib 

chiqarilayotgan barcha yoqilg’i mausulotlari orasida gazning salmog’i shartli yoqilqi xisobida 

olinganda 86,5% ni (1990 yil) tashqil qiladi. 

 Gaz sanoati. Gaz sanoati tarkibiga tabiiy gazni qazib chiqarish, tozalash, suyultirish va 

suniy  gaz tayyorlash, etkazib berish kiradi. 1945 yilda respublikada atigi 9 mln m

3

 tabiiy gaz 



tabiiy gaz qazib chiqarilgan bulsa, 1965 yilda 16,5 mlrd m3, 1970 yilda-32,1 mlrd m

3

 gaz qazib 



chiqarildi. Yangi gaz konlari (Shurton) ning uzlashtirilishi asosida O’zbekistonda gaz qazib 

chiqarish yana kuchaytirildi. Uning miqdori 1980 yilda 34,8 mlrd m

3

 ni, 1990 yilda 40,8 mlrd m



3

 

ni tashkl qiladi. Xozirgi payitda O’zbekistonda respublikasi qazib chiqpishda Rossiya 



Fedratsiyasi va Turmanistondan keyingi urinda turadi. Respublikamizda keyingi chorak asr 

davomida gaz qazib chiqarishda usishi Buxoro-Xiva geologik mintaqasida yirik gaz konlarining 

topilishi va uzgarishi bilan bog’liq. Gazni urtabuloq, Uchqur, Jarqoq kabi gaz konlari yana ham 

istiqbolimiz Muborak va Shurton konlari ishga tushurildi. Agar dastlabki paytlarda qazib 

chikarayotgan gazning 90% dan ortig’i Buxoro viloyatida joylashgan konlar xissasiga tug’ri 

kelgan bulsa endigina bu urini Qashqadaryo viloyati konlari egallaydi. Respublikamizda qazib 

chiqarayotgan gazning 80% kuprog’i ushbu mintaqalardan olinmoqda. Kukdumoloq gaz koning 

ishga tushurilishi bilan shu xududning gaz qazib chiqarish salmog’i yana oshadi. Qashqadaryo 

viloyatida o’zlashtirilgan tabiiy gaz konlari tarkibida oltingugurt uchuvchi engil neft birikmalari 

bilan bulgan gaz qazib olinmoqta. Bunday gazni qayta ishlash, tozalash talab qilinadi. Muborak 

shaxrida shunday gazni tozalaydigan yirik majmua qurilgan. O’zbekiston gaz sanoatining yaqin 

istiqbollari yanada samaraliroq foydalanish respublikamizni tula gazlashtirish bilan bevosita 

bog’liqdir.  

Neft sanoati. Xozirgi zamon yoqilg’i sanoatining eng samarali turlaridan biridir. Neft 

sanoati O’zbekiston yoqilg’i sanoatining tung’ich tarmog’idir . Respublikamiz xududidagi 

dastlabki neft koni Chimyondan 1904 yilda topildi. Keyinchalik bu erda Chimyon, Selroqa, 

Ёrquton konlaridan neft olindi. Keyingi yillarda Namangan viloyatida olingan Mingbuloq neft 

koni respublikamizda neft qazib chiqarishni yaqin yillarda keskin kupaytirish ishlarini beradi. 

Endigina neft Farg’ona vodiysidagina emas shuningdek Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo 

viloyatida ham qazib olinmoqda. O’zbekistonda neftni qayta ishlash sanoati mavjud Farg’ona 

vodiysida ikkita qayta ishlash zavodi- Farg’ona va Oltiariq neftni qayta ishlash zavodlari ishlab 

turibdi. 

Kumir sanoati. O’zbekistonda ko’mir zaxiralari katta emas. Ko’mir Toshkent viloyatida 

joylashgan Angren koni va Surxondaryo viloyatidagi Sharg’un konidan qazib chiqariladi. 

Angren koni respublikaning asosiy kumir bazasidir. Undan O’zbekistoning 95% dan kuproq 

ko’mir qazib olinadi. Angren ko’miri O’rta Osiyoda tannarxi eng arzon kumirdir. O’zbekistoning 

ikkinchi kumir koni Surxondaryo viloyatidagi Sharg’un konidir. Bu kon kumirining sifati ancha 

yaxshi (kokslanish xususiyatiga ega) bulsada, lekin zaxirasi kam, qazib olish va tashish sharoiti 

qiyin. Respublikada 1990 yilda 6,5 mln tonna kumir qazib chiqariladi. Kelajakda Angren 


kumirni qazib olishni kupaytirish, Sharg’un toshkumirini qazib chiqarishini kengaytirish, Boysun 

toshkumir konini ishga solishni amalga oshirish maqsadga muvofiq..  



 

Elektr energetika sanoati

O’zbekiston elektr energetika sanoatining taraqqiyoti Goelro  rejasida boshlandi va u ikki 

davrni bosib utdi. Respublikada avvol GESlar qurildiki, bu maqsadga muvofiq edi. Suv 

quvvatidan foydalanish urta Osiyo respublikalarida muxim bulgan boshda bir muammoni yangi 

erlarni sug’orishni ham h’al qilib beradi. Shungdek, O’zbekistondagi dastlabki GESlar asosan 

konlarda, kichik daryolarda qurilib, iqtisodiy va texnik jih’atdan oson va arzon tushar edi. 1926 

yilda ishga tushurilgan Buzsuv GESi urta Osiyodagi dastlabki gidroelektr stantsiyasi edi. 

Urushgacha Chirchiq daryosida va Buzsuv kanalida Qodirya, Burjar, Tovoksoy kabi elektr 

stantsiyalari quruldi. Chirchiq -Buzsuv tarmog’ida 1941-1946 yillarda oltita elektr stantsiyasi 

qurilib ishga tushurildi. 1948 yilda respublikamizda eng katta Farxod GESi qurib ishga tushirildi. 

Urushdang keyingi dastlabki yillarda Chirchiq-Buzsuv suv tarmog’ida Shaxrixonsoy, 

Namangansoy daryolari va Darg’om, Qazarbou, Qumqur\g’on kanallarida bir necha GES lar 

ishga tushirildi. 1955 yilda O’zbekistonda h’osil qilingan elektr quvvatining 65%i GES lar 

xissasiga tug’ri keladi. Respublikamiz elektr-energetika sanoatining rivojlanishidagi ikkinchi 

davr 60 yillardan boshlanadi. Bu davrda elektr quvvati h’osil qilishda issiqlik stantsiyalarining 

salmog’i osha boshladi. Tabiiy gaz asosida ishlovchi Toshkent GRES i (1920  ming kVt), 

Navoiy GRESi (830 ming kVt), Taxiatosh GRESi (348 ming kVt), hamda kumir asosida 

ishlovchi Angren GRESi (600 ming kVt) lari qurib ishga tushirildi. Keyingi yillarda sirdaryo 

GRESi (30mln kVt), Yangiangren GRESi (2,4 mln kVt) lari qurib ishga tushurildi. Natijada 

1990 yil respublikada ishlab chiqarilgan butun elektr quvvatining 90% iga yaqinini issiqlik elektr 

stantsiyalari ishlab chiqaradi. Daryolarda ham elektr stantsiyalari qurush davom ettirildi.Ular 

orasida respublikamizda eng yirik bulgan Chorvoq GESİni (600 ming KVt) aloh’ida kursatib 

utish kerak. Chorvoq GESi va suv ombori Chirchiq-Buzsuv elektr stantsiyalari pog’anasining ish 

maromini yaxshiladi.  80- yillar boshida Chirchiq daryosida yana bir elektr stantsiyasi- Xujakent 

GESi (165 ming kVt) ishga tushirildi. Shu bilan Chirchiq Buzsuv pog’anasini tashqil qiluvchi 

elektr stantsiyalar 19 taga etdi. Qoradaryo Andijon GESi (110ming kVt), Amudaryoda 

Tuyamuyin GESi (70ming kVt) lari ham qurib ishga tushirildi. 1990yilda O’zbekistonda h’osil 

qilishgan elektr quvvati 56,3 mlrd Kvt ni tashqil qildi. 

Respublikada istemol qilingan elektr quvvatining 575 idan sanoat va qurilishda 

foydalaniladi. Energitika tizimlarining tashqil qilinishi elektor tarnsportining rivojlantirish bilan 

bog’liqdir. Urta Osiyo respublikalaridagi yirik elektr stantsislarini asosiy markazlar bilan 

bog’lovchi yuqori  voltli elektr uzatkich leniyalari qurildi. Ana shunday leniyalardan eng yiriklar 

500 *Vt kuchlanishga ega bulgan No’rak GESi-Mirzatursinzoda-G’uzor-Samarqand-Sirdaryo 

GRESi; Toshkent-Samarqand-Tuxtagul-Andijon-Sirdaryo GRESi va boshqalardir. 



Download 441.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling