Talim vazirligi


QAShQADARYO  İQTİSODİY RAYONİ


Download 441.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana30.09.2017
Hajmi441.5 Kb.
#16839
1   2   3   4   5   6   7

 

22. QAShQADARYO  İQTİSODİY RAYONİ. 

İqtisodiy rayon Qashqadaryo viloyatini uz ichiga oladi. Maydoni 28,6 ming km kv



aholisi 2563,6 ming kishi (2009 y). Iqtisodiy rayon  respublika  yalpi sanoat maxsulotining 

14,2%ini,  paxtaning 10,1ni,  pillaning 7%ini, qorakul terining  27,5%ini,  g’allaning 14,35 ini 

etkazib beradi. Iqtisodiy rayonning geografik joylashgan urni qulay. 

     Shimol  va  shimoli-garbdan  Samarqand,   g’arbdan – Buxoro-Qizilqum, sharqdan Tojikiston 

Respublikasi, janubiy-sharqdan Surxondaryo  iqtisodiy rayoni,  janubi-garbdan  Turkmaniston 

Respublikasi bilan chegaradosh.  Respublika qushni viloyatlar va  respublikalar  bilan iqtisodiy 

aloqa qilish qulay.  Er yuzasi Qarshi,  Nishon cho’llaridan iborat bulib.  Ular qorako’l kuylari 

uchun yaylovlar rolini uynaydi.  Adir zonasidan bah’orikor deh’konchilik, bog’dorchilik, 

uzumchilik va chorvachilikda foydalaniladi. Daryolarda allyuvial utloq. Qarshi va Nishon 

cho’llarida och tusli va tipik buz tuproqlar Sandiqli cho’lida qumli va qumloq tuproqlar 

tarqalgan. 

İqlimi keskin kontinental, qisman subtropik  xarakterlidir. Yanvarning  urtacha  xarorati 

0+20,  minimum-20 gr,  yozi issiq.  İyul oyining urtacha xarorati +28+29gr.  Maksimal  47,  48

 



gacha kutariladi.  Sovuqsiz davr 210-242 kunni tashqil qiladi.  İjobiy xaroratlar  yigindisi  4750-

5200.  Yogin   miqdori   tekislikda 130-150  mm,  adirda  300-350 mm,  toglarda 500-600 mm ga 

teng. Qashqadaryo suvidan samarali foydalanish uchun Xisorak suv omborlari qurilgan. 

Zarafshon daryosining bir qism suvi eski Anxor kanali orqali utadi. 1964 yilda Amu-Buxoro 

kanali qazildi. 6 ta nasos stantsiyasi suvni 132 m balandlikka kutarilib bormoqda.  Mineral - 

xom-ashyo resurslariga  boy.  Respublika  gaz  zaxirasining asosiy qismi shu iqtisodiy 

rayondadir.  Ular Kukdumaloq, Toshloq, Qoraxitoy va boshqalar.  Dexkonobod, Kizilchada 

yonuvchi slanets topilgan.  Osh  tuzi  Boybichkan.  Kaliy tuz konlari Tubegan,  Okbosh  konlari 

xisoblanadi.  Qurilish materiallariga boy.  

Aholisi: Zichligi 1km2 ga 50 kishi tugri keladi. Kitob-Shaxrisabz atrofida 1km2 ga 250 

kishi tugri keladi.  Xo’jaligi. iqtisodiy rayon yirik sanoat-agrar ishlab chiqarish majmuiga egadir. 

Sanoat tuzilmasida engil sanoat   etakchi bulib,  yalpi sanoat maxsulotining 51%ini beradi.  

Keyingi vaktlarda gaz,  qurilish materiallar sanoati, tez suratlar bilan rivojlanmoqda.  Xozir 

iqtisodiy rayonda 100 dan ortik sanoat korxonalari ishlab turibdi. Engil sanoat paxta tozalash 

zavodlaridan iborat.  Bular Kitob, Shaxrisabz, Qarshi, Koson, Yakkabog shaxarlarida 

joylashgan.  Xozirgi kunda iqtisodiy rayondia 5ta paxta tozalash zavodi ishlab turibdi.  Engil 

sanoat korxonalaridan - Shaxrisabzdagi pillakashlik fabrikasini kursatish mumkin. Bu fabrikalar 

- ipak kalavalari,  paloslar ishlab chikaradi.  Chiroqchida kichikroq badiiy gilam fabrikasi 

qurilgan. 

      Oziq-ovqat  sanoati  uz  ahamiyatiga  kura ikinchi urinda turadi. Moy, gusht-sut, sharob, 

konserva, Kandolat va boshqa maxsulotlar  ishlab  chiqaradi.  Iqtisodiy rayon xozirgi elektr 

quvvatini Navoiy-Buxoro-Qarshi,  No’rak-Tursunzoda-Guzor,  Bekobod-Guzor elektr utkazgich 

liniyalari orqali olmoqda.  Qarshida-metallsozlik va mashinasozlik remont-korxonalari mavjud.  

Qurulish materiallar sanoati - Qarshi shaxrida temir-beton,  irrigatsiya quvurlari,  asfalt-beton 

keramzit beton zavodlari va  uysozlik  kombinatlari ishlamoqda.  Kitobda  marmar plitalari 


ishlab chiqarish korxonalari ishlamokda. Iqtisodiy rayonning er fondi katta. Qishloq xo’jaligida 

foydalaniladigan erlar 2251,9 ming gektar. Shundan xaydaladigan erlar  550 ming gektar.  

Shundan sugoriladigan erlar 335  ming gektarga teng bulib,  qolganlari lalmi erlar xisoblanadi. 

Iqtisodiy rayon qishloq xo’jaligining bosh tarmoqi  dexkonchilikdir.  U yalpi  maxsulotning 70% 

ini beradi.  Dexkonchilikda asosiy tarmoq paxtachilikdir.  Qarshi cho’lida yangi  o’zlashtirilgan  

Nishon,  Usmon Yusupov tumanlari  ingichka  tolali paxta etishtirishga ixtisoslashgan. Iqtisodiy 

rayonda g’allachilik muxim tarmoq xisoblanadi. Bogdorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik 

Varganzi anori mashxur. Chorvachilik cho’llarda qorako’l ko’ychiligi, maxalliy ko’y echkichilik 

qoramolchilik   rivojlagan.  Temir  yul  inqilobga  qadar-Kogon-Qarshi--Samsonov temir yuli  

qurilgan  edi.  İnqilobdan  keyin-Qarshi-Kitob,  Samarqand-Qarshi  temir  yullari qurildi.  Quvur  

Shurtan-Shirin-Toshkent liniyalari  qurildi.  Qarshi- 163,1ming aholi  yashaydi.  30 dan ortiq 

sanoat korxonalari bor.  Termoplast zavodi ishga tushirildi.  10 dan ortiq plastmassa buyumlari 

ishlab  turibdi.  Muxim transport tugunidir.  Shaxrisabz-53 ming aholi yashaydi. Engil sanoat 

korxonaari rivojlangan.  Xujum fabrikasi -palas  va  milliy buyumlari iroki duppi ishlab 

chiqaradi. 

 

23. SURXONDARYO  İQTİSODİY RAYONİ. 

        İqtisodiy rayon Surxondaryo  viloyatidan iborat bulib, respublikaning janubida joylashgan. 

U shimoli-sharqida Tojikiston  respublikasi,  shimoli-garbda  Qashqadaryo  iqtisodiy rayoni,  

garbda Turkmaniston respublikasi,  janubda Amudaryo  orqali  Afgoniston respublikasi  bilan 

chegaradosh.  Maydoni 20,1 ming km. kv bulib, respublika xududining 4,7% ini tashqil qiladi.  



Aholisi  2033,8 ming kishi (2009).  Iqtisodiy rayon ingichka tolali paxta, subtropik mevalar, erta 

pishar  sabzovot,  kumir,  neft,  gaz,  tuz  qazib  chiqarishga ixtisoslashgan. Iqtisodiy  rayonining  

geografik  o’rni iqtisodiy aloqalar qilish uchun qulay. İqtisodiy rayon  xududi  uncha katta 

bulmasada,  lekin uning tabiiy resurslari uziga xos xususiyatga ega. U 3 tomondan toglar bilan 

uralgan. Shimolda Xisor, shimoli-garbda Boysun va Kuxitang, sharqda Bobotog massivlari bilan 

uralgan.  Iqlimi subtropik  bulib,  yillik xarorati 170 dan yuqori.  Qishi iliq.  Termiz shaxrida 

+30, Sherobodda +36 ga teng. İyul oyining urtacha xarorati Termizda  +31,  Sherobodda +32 dan 

ortiq.  Sovuqsiz kunlar 236-247 kunga teng.  İjobiy xaroratlar yigindisi 480-5900 ga teng. 

İqtisodiy  rayonda  eg’ingg’archilik  kam  tushadi.  Tekislik  qismida 150mm,  togli rayonlarda 

600 mm egin tushadi.  Tekislikda  obikor deh’konchilik adirlarda lalmikor deh’konchilik, 

toglarda chorvachilik uchun qulay.  Qazilma boyliklari xilma-xil. Amudaryo, Uchqizil, Kukayti  

Lalmikorda neft kazib olinadi.  Neftga gaz, oltingugurt va meniral suvlari yuldosh bulib chiqadi. 

Yirik ko’mir konlari Boysun va  Sharg’un  ko’mir konlari xisoblanadi.  Xujaikonda tosh tuzi 

balandligi 170 m ga etadi. Qurilish materiallariga boy. Aholi zichligi 1 km kv 65 kishi tugri 

keladi. Surxon-Sherobod vodiysida 1km kv ga 50-100 kishi tugri keladi. Urbanizatsiya darajasi 

ancha past. aholining 1/5 qismi shaxarlarda yashaydi. Respublika meh’nat taqsimoti 

Surxondaryo iqtisodiy rayoni uzining intensiv qishloq  xo’jaligi bilan ajralib turadi. İqtisodiy 

rayon qissasiga respublika qishloq xo’jaligida foydalaniladigan erlarning 4,5 %i, 

h’aydalaniladigan erlarining 7%i.  Yaylov va utloqlarining 3,9%i tugri keladi.  İqtisodiy rayon 

respublika paxtasining 10%i, shu jumladan ingichka  tolali  paxtaning  75% ga yaqinini 

pillachilik 3% ni beradi. Echkilarning 10,5%,  qoramollarning 8,9%  shu  iqtisodiy  rayonga tugri   

keladi.   İqtisodiy  rayon  subtropik  mevalar  -anjir, anor,pista, uzum va tsitrus mevalari-

shakarkamish va xurma etishtiradi.  Surxondaryo  iqtisodiy rayoning qishloq  

x o’jaligida etakchi tarmogi paxtachilikdir. İnqilobdan keyingi yillarda  ekin ekiladigan  erlar  

maydoni  3  marotaba ortdi.  Sug’orishga yaroqli erlar 272 ming gektar er bulib,  uning 230 ming 

gektari sug’orilmoqda. Sherobod  massivida  suv  taminotida bir qancha kanallar mavjud. 

Qumqurgon,  Katta Xisor,  Sherobod,  Amu-zang mashina  kanallari, Uchqizil, Janubiy 

Surxon aktlari ishga tushirildi. Surxondaryo respublikasining ingichka tolali paxta etishtiradigan 

asosiy  viloyatidir.  Gagarin,  Jarqurgon,  Angor, Qumqurgon, Termiz va Sherobod rayonlari 

ingichka tolali paxta etishtirishga ixtisoslashgan.  İqtisodiy rayon subtropik mevalar bilan 

mashxurdir.  Unda anorning 90 dan ortiq navi bor,  bular ichida dashtnavvot navi sershiradir. 


Respublikada  etishtiriladigan xurmoning kupini Surxondaryo iqtisodiy rayoni beradi.  Denov 

agrosanoat birlashmasi xurmo  limon, anor  etishtirishga ixtisosashgan.  Surxondaryoda yil buyi 

sabzavot etishtirish mumkin.  Bu erda ertangi,  kechki karam ekiladi.  Adir mintaqasida tog oldi 

erlarida lalmikor bugdoy,  arpa daryo buylarida sholi,  sugoriladigan erlarda bugdoy, arpa va 

makkajuxori etishtiriladi. İqtisodiy rayonda chorvachilik muxim ahamiyatga ega. Cho’llarda 

qorako’l kuylar,  adir-tog etaklarida mashxur Xisor kuylari boqiladi. Obikor erlarda va ser ut adir 

tog yaylovlarida qoramollar boqiladi. Surxondaryo xududiy ishlab chiqarish majmuining muqim 

tarmogi sanoatdir. Sanoat, avvalo paxtachilik, meniral resurslar va qishloq xo’jalik xom ashesiga 

boglik xolda rivojlanmoqda.  İqtisodiy rayonda og’ir sanoat tarmoqlaridan yoqilgi sanoati 

muxim rol uynaydi. Shargun konida yiliga 200 ming t yuqori kalloriyali  ko’mir qazib 

olinmoqda.  Bu respublikada qazib olinadigan ko’mirning 7%ini tashqil qiladi.  Amudaryo ,  

Uchqizil,  Kukaydi va Lalmikor konlaridan neft olinmoqda.  Lalmikor gaz koni Jarqurg’on  

Qumqurgon shaxarlariga gaz etkazib bermoqda. İqtisodiy rayonda  yiliga  3,5  mln kvt soat 

elektr quvvati xosil qilinadi. Bir necha issikliq va suv elektr stantsiyalari qurilgan,  ularning eng 

kattasi Termiz issiklik elektr stantsiyasidir.  İqtisodiy rayon extiyoji uchun zarur asosiy quvvat 

O’rta Osiyo energetika tizimidan, yani qushni Tojikiston respublikasidan oladi. Denov mashina 

tuzatish zavodi qishloq xo’jalik  mashinalari  va  traktorlarini remont qilishga bulgan extiyojini 

tula qondira olmaydi.  Termizda teplovoz vagon tuzatish ustaxonasi bor.  İqtisodiy rayonda temir 

beton qismlar,  keramzit, gisht, gips, oxak va boshqalar ishlab chiqarilmoqda.  İqtisodiy rayon 

sanoatining etakchi tarmoqi paxtani va  boshqa  qishloq xo’jalik xom ashesini qayta ishlaydigan 

engil va ozik - ovkat sanoatidan iborat. Paxta tozalash zavodlari Termiz, Denov,  Sherobod,  

Uzun , Shurchi, Jarqurgon, ....... va boshqa erlarda joylashgan.  Boysunda shoyi tuqish  fabrikasi  

bor.  Shurchida pillakashlik fabrkasi kurilgan.  Denov yirik yog’ ekstraktsiya zavodi,  Termizda 

gusht kombinati kurilgan.  Denovda  sharob  zavodi,Shurchida  elevator un kombinati bor.  Yuk 

oboroti jixatidan temir yul etakchi urinda turadi.  Viloyatda dastlab 1915 yilda Amudaredan 

Termizgacha  kurildi.  U  1926 yil 193O yillarda Dushanbegacha etkazildi. 1974 yilda Termiz 

temir yuli orkali Kurgontepa bilan boglandi. Boldirdan Xujaikon tuz konigacha temir yul koni 

kuril-di. Shurchidan Bandixon glmoya koniga, Boysun kumir koniga temir yulTermizni 

Toshkent va Dushanbe bilan boglaydi.  İqtisodiy rayonida quvur transporti rivojlana boshladi. 

Turkmaniston respublikasi janubida Dushanbe shaxrigacha kurilgan magistral gaz quvuri. Uning 

bir kancha shaxar va qishloqlariga gaz  etkazib  bermoqda.  Termiz-Surxondaryo viloyatining 

markazi, respublika janubida joylashgan shaxar.  86,7 ming  aholi  yashaydi. Unda  issiklik  

elektr  stantsiyasi,  paxta tozalash,  temir beton konstruktsiya zavodlari,  sut,  gusht va non  

kombinatlari,  gilam fabrikasi  mavjud.  Denov (48,2ming)  -iqtisodiy rayonda ikkinchi muxim 

sanoat tuguni.  Unda paxtachilik va subtropik  mevachilikka asoslangan    agrosanoat   

birlashmasi,   sharob-peva, motor-tuzatish, gisht, paxta,tozalash, yog-moy zavodlari, sut,non va 

boshqa ishlab chiqaradigan korxonalar ishlab turibdi. 

 

24.  QUYİ AMUDARYO  İQTİSODİY RAYONİ. 

     İqtisodiy rayon Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyatini o’z ichiga oladi. 

Maydoni 172,7 ming km kv bulib, respublika maydonining 38,4 % ini tashqil qiladi. Aholisi 



3 146,5 ming kish (2009 y).  Quyi Amudaryo iqtisodiy  rayoni  O’zbekistonning  shimolidagi 

paxtachilik, sholichilik va chorvachilikka ixtisoslashgan mintaqalaridan biri xisoblanadi. Bu 

iqtisodiy rayon Respublika paxtasining 15 %ini,  pillaning 11% ini, sholining 72 %ini, qora 

mollarning 15%ini, qo’y-echkilarni 10 % ga yaqinini, sanoat maxsulotlarini 4,5 %ini etkazib 

beradi. Quyi Amudaryo  iqtisodiy rayoni O’zbekistonning qadimdan rivojlangan iqtisodiy 

rayonlaridan  uzoqda  joylashgan.  İqtisodiy rayon xududi orqali Chorjuy-Kungirot – Makat -

Beynov temir yulining qurilishi uning iqtisodiy rivojlanishida muxim omil buldi.  İqtisodiy 

rayonning  tabiiy sharoiti xilma-xil,  asosan tekisliklardan iborat.  İqtisodiy rayon xududini 

genetik jixatdan uch qismga bulish mumkin.  Birinchi qism Tuyamuyindan Orol dengizigacha 

chuzilgan,  pasttekislik Amudare mansabidan iborat. Mansabning yukori qismini Xorazm voxasi 

tashqil etadi,  bu kadimiy obikor dexkonchilik va madaniyat uchoklaridan biridir.  İqtisodiy 


rayon xududining ikkinchi qismi Qizilqumning shimoliy-garbiy qismi. Bu qism qorakulchilikda  

yaylov  sifatida  foydalaniladi.  Uchinchi qism Ustyurt platosi,  bu xudud 40-yillarning 

o’rtalaridan boshlab o’zlashtirila boshlandi. Ustyurt mineral resurslari va yaylovlaridan 

foydalanilmokda.  İklimi keskin kontinental.  İjobiy xaroratlar yig’indisi boshqa rayonlarga 

nisbatan kamroq, yog’in eng kam -200 mm tushadi. İqtisodiy rayonda sug’orishni 

rivojlantirishda Amudarening roli kattadir. Bu erda O’zbekistonda eng katta suv ombori - 

Tuyamuyin  gidrouzeli  (sig’imi 7800 mln m3) barpo etilishi bilan Xorazm viloyati, 

Qoraqalpog’iston respublikasi va Turkmaniston respublikasining  Toshxovuz viloyatida suv 

taminoti keskin darajada yaxshilandi, elektr quvvati kupaydi, transport ahamiyati ortdi. İqtisodiy 

rayonda Ustyurtda tabiiy gaz (Shaxpaxta, Quvonich) tuzlar, qurilish materiallarining katta 

zaxirasi  Sulton Uvays tog’ida fosforit, temir rudasi, Oq tog’da dala shpati va talk, 

Qushxonatovda mirablit tuzlari mavjud. İqtisodiy  rayon qurilish materiallariga boy. İqtisodiy 

rayon aholisi tez ko’paymoqda. 1959 yilda  uning aholisi 1021 kishi bulgan bulsa, 2000 yilda 

uning aholisi 2 600 ming kishi, xozirgi kunda 3 146,5 ming kishiga etdi (2009 y).  Xorazm 

viloyatida aholi zichligi 242 kishiga tugri kelsa, Qoraqalpog’iston  respublikasida 9,5 kishiga 

tug’ri keladi.  Qoraqalpog’iston respublikasida aholi 42,3 % bulsa, Xorazm viloyatida 27,4%ga 

teng.  İqtisodiy rayonda sanoat va transport jadal suratlar bilan  rivojlanib  bormoqda.  Uning 

iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi asosiy tarmoqdir.  Qishloq xo’jaligida esa deh’konchilik etakchi 

bulib,  u  qishloq  xo’jalik yalpi maxsulotining 3/4 qismini etkazib beradi.  İqtisodiy rayon 

respublikaning yirik sholi  etishtiruvchi rayonidir. Xar  yili  iqtisodiy  rayonda  467,1 ming tonna 

sholi etishtiriladi. Quyi Amudaryo poliz ekinlari, xususan qovun, makkajuxori, savzavot va beda 

etishtirish yildan-yilga kupayib bormoqda.  Chorvachilikda qoramolchilik birmuncha 

rivojlangan. Bundan tashqari qorakulchilik, yilqichilik, tuyachilik ham rivojlangan. Xorijiy 

davlatlar bilan kushma korxonalar kurilmokda. Xitoy bilan  birgalikda Xorazmda ipak-gazlama 

korxonasi (1992yil) kurildi. İqtisodiy rayon ishlab chikaraetgan quvvat va  baliq 

 

konservalarining deyarli hammasi,  temir beton konstruktsiyalar hamda gusht maxsulotlari va 



guruchning 3/4 qismini Qoraqalpog’iston respublikasi  etkazib beradi.  Mashinasozlik va 

metallsozlik asosan avtotuzatish va kishloq xo’jalik mashinalarini tuzatish korxonalaridan iborat. 

Bular Nukus, Urganch, Taxiatosh, Kungirot, Xujayli va boshqa shaxarlar. İqtisodiy  rayonda  

engil  sanoat  korxonalari, paxta  tozalash zavodlari,  tuqimachilik korxonalari,  tikuvchilik 

fabrikaliri mavjud. Paxta tozalash zavodlari Urganch, Xujayli, Xonqa, To’rtkul, Beruniy, 

Mang’itda joylashgan. Xivada gilam tuqish fabrikasi ishlab turibdi.  Nukusda tuqimachilik 

kombinati  kurilgan. Shaxarda kigiz bosish kombinati ham bor. İqtisodiy rayonning oziq-ovqat 

sanoati moy,  sholi oqlash zavodlari,  non, sut kombinatlari,  konserva zavodlaridan iborat.  Moy 

zavodlari Xujayli, Kungirot, Chimboy, Beruniy va boshqa shaxarlardadir. Urganchdagi moy  

zavodi qayta qurilib respublikadagi eng yirik zavodlardan biriga aylandi. Xujaylida gusht 

kombinati bor. Beruniy, Kungirot, Chimboy, Turtko’l va boshqa shaxarlarda un kombinati ishlab 

turibdi. Qurilish sanoati iqtisodiy rayon xom ashyo  resurslari  va extiyojlaridan orqada 

qolmoqda. Nukus, Urganch, Taxiatosh, Dustlik shaxarlarida temir-beton konstruktsiyalari 

zavodlari ishlab  turibdi.  Elektr energetikasida keyingi yillarda yiliga 2 mln KVT ga yaqin elektr 

quvvati ishlab chiqarilmoqda. Buni asosan Taxiatosh İES si bermoqda. Nukus-Qoraqalpogiston 

respublikasining poytaxti. 

     Shaxarda qurilish materiallari kombinati,  utov-kigiz kombinati,  motor tuzatish, avtotuzatish, 

engil,  Oziq-ovqat korxonalari ishlab turibdi. Xo’jaligi (60,3 ming kishi) paxta tozalash zavodi,  

moy zavodi,  gusht kombinati,  kema tuzatish,  zavodi,  palos va tikuvchilik fabrikalari bor.  

Urganch (128,9 ming kishi),  viloyat markazi.  yog-moy zavodi,  ekskavator tuzatish zavodi, 

pillachilik va tikuvchilik fabikalari. Xiva (40,6 ming kishi yashaydi) kadimiy shaxar bulib,  

tarixiy memorchilik edgorliklariga boydir. Shaxarda gilam kombinati, paxta tozalash zavodi, 

tikuvchilik va kulolchilik korxonalari bor.  

       


 

 

25 .TAShQİ  İQTİSODİY ALOQALAR. 

 

     O’zbekiston  tashqi  savdo  va  xorijiy  aloqalar  davlat  komiteti  1992 yil 12 fevralda tashqi 



iqtisodiy aloqalar vazirligiga aylantirildi. 1998 yil 2000 -yilgacha bulgan davrda O’zbekiston 

respublikasining eksport imkoniyatlarini rivojlantirish davlat dasturi kabul kilindi.  

     O’zbekiston    respublikasining    tashqi   iqtisodiy aloqalar soxasidagi yangi trategiyasi 

uyidagilarni uz ichiga oladi. Eksport-import operatsiyalarini markazlashtirmaslik:  davlat 

extiyojlari uchun zarur tovarlarning eksporti va importi ustidan nazorat kuchaytirish: davlat 

uchun muxim bulmagan tovarlar eksportini osonlashtirish: eksportning xom asheviy yunalishini 

bartaraf etish, xorijiy investitsiyalar oqimining kengayishiga kumaklashish.  Mustaqil 

respublikaning tashqi iqtisodiy aloqalar tugrisidagi  yangi siyosati jaxondagi  juda kup 

mamlakatlar bilan xar tomonlama aloqalarni kengaytirishda uz ifodasini topmoqda. 

     1997 yil  O’zbekistonning  tashqi savdo oboroti 8,9 mlrd,  dollorni tashqil etdi. Uning 31,2% 

dan kuprogi MDX mamlakatlari, 68,6% boshqa xo rijiy mamlakatlar bilan olib borilgan savdo-

sotikka tugri keladi. O’zbekiston Evropa İttifoqining Markaziy Osiyodagi eng yirik  savdo 

iqtisodiy sherigi xisoblanadi. 1994 yil Evropa İttifoqi bilan diplomatik munosabatlar urnatildi va 

Bryusselda O’zbekiston  respublikasi  vakolatxonasi ishlay boshladi. 

     O’zbekiston  va  Evropa  İttifoki o’rtasida  tuqimachilik  maxsulotlari savdosi bitim tuzilgan.     

Respublikamiz eksportining asosiy maxsulotlari: paxta tolasi, mashinalar, ularga jixozlar va 

extiet qismlar,  rangli va kora metallar, mineral xom-ashyo,  ugit,  pilla,  paxta chiqindilari,  

o’simlik moyi, ip, gazlama. 

     O’zbekistonga  30  dan  ortiq  maxsulot  chetdan keltiriladi.  Bugdoy, gusht, sut va sut 

maxsulotlari, srieg, shakar, choy, kofe, shirinliklar, kartoshka, farmotsevtika maxsulotlari,  

avtomobil, poyafzal uskunalari import qilinadi. İmportning  18,2%  ni  oziq-ovqat maxsulotlari 

tashkil etadi. Xukumatimiz kurgan chora tadbirlar natijasida respublikada galla  etishtirish 

kupaydi. Galla importi 2 marta, gurush importi 10 marta, oziq-ovqat importi jiddiy kamaydi. 

     İqtisodiyotdagi ustivor  loyixalarni amalga oshirish uchun jalb etilgan xorijiy investitsiyalar 

xajmi 1 mlrd.  AQSh dollorini  tashkil  etadi. Xorijiy sarmoyadorlik iktisodda tub uzgarishlar 

siesatini amalga oshirishda, texnika va texnologiyani yangilash jarayonlarini jadallashtirish, 

birinchi navbatda ishlov beruvchi sanoatni rivojlantirishda erdam bermoqda. Xorijiy firmalar,  

xalqaro tashkilotlar firmaning kimyo, gaz, neft sanoati, qishloq xo’jaligini rivojlantirish buyicha 

yirik investitsiya loyixalarida ishtiroq etmoqda. 

     AQSh,  Germaniya,  Frantsiya,  Turkiya,  Evropa tiklanish va taraqqiyot banki eng yangi 

mashina va uskunalar hamda texnologiyalar  importini qishloq xo’jaligi maxsulotlarini  

markazlashtirilgan  xolda xarid qilishni moliyalash, Kukdumaloq gaz-neft konini uzlashtirish 

loyixalarini kreditlash buyicha bitimlarni  imzoladi.  Buxoro  neftni qayta ishlash zavodini 

qurish, Qashqadaryo va Namangan viloyatlaridagi neft konlrini uzlashtirish  buyicha rantsiya 

bilan munosabatlar faol rivojlanmoqda.  Evropa tiklanish  taraqqiyot banki bilan Murintov oltin 

konlaridan oltin ,  kumush va  boshqa nodir metallar  olishga ixtisoslashgan "Zarafshon-

Nyumont" Uzbekiston-AQSh qushma korxonasi qurilishini va boshq moliya manbalarini  

muvofiqlashtirish buyicha bitimlar imzolandi. 

 Paxta xomashyosini xalqaro bozor talablariga javob beradigan tayyor maxsulot darajasiga qayta 

ishlashning jami tsiklini qamraydigan yangi texnologiyalarni joriy qilish buyicha loyixalar ishlab 

chiqarilgan. Bu loyixalarni amalga  oshirish  uchun Shvetsariya banklari bilan birga 

"Uzengilsanoat", "Paxtabank", O’zbekiston respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki 

ham ishtirok etmoqda. Respublika xalqaro Valyuta fondi, Jaxon banki, Xalqaro mehnat 

tashkiloti, Xalqaro  elektr ittifoki,  Evropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya 

korparatsiyasi, Bojxona hamdustligi kengashi kabi iqtisodiy hamkorlik buyicha obruli xalqaro 

tashkilotlar azoligiga qabul qilindi.  

 

 

 


 

 

Adabiyotlar  ruyxati

 

1.  Karimov İ.A - O’zbekiston XXI asr busag’asida: xavsizlika taqdid, barqororlik shartlari 



va taraqqiyot kafolatlari.          - T. " O’zbekiston" 1997 yil. 

2.  Karimov İ.A- O’zbekiston XXI asrga intilmoqda                -T. «O’zbekiston» 1999 yil 

3.   Asanov G.A., M. Nabixonov, İ.Safarov -«O’zbekistoning iqtisodiy va  ijtimoiy            

jug’rofiyasi».               -T." O’qituvchi" 1994 yil. 

4.  Akromov Z.M., P.G.Musaev. O’zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy jug’rofiyasi.  

-T. " O’qituvchi" 1997 yil. 

5.  Soliev A. E.Axmedov, M.Nazarov va boshqalar «Mintaqaviy iqtisodiyot» Toshkent 

«Universitet» 2003 yil 

6.  Asanov G.R. Sotsial-iqtisodiy geografiya: termin va tushunchalar izoxli lug’ati- T.1990 

yil 


7.  Axmedov E.A. O’zbekiston va uning iqtisodiy rayonlari  -Toshkent. 1969 

8.  G’ulomov S. Ubaydullaeva R. Axmedov E. Mustaqil O’zbekiston.  –T.1999 yil 



 

Download 441.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling