Ta’limda axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalarini izohlang


Download 30.77 Kb.
bet1/5
Sana21.06.2023
Hajmi30.77 Kb.
#1645589
  1   2   3   4   5
Bog'liq
informatika


  1. Ta’limda axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalarini izohlang.

Ta’limda axborot texnologiyalari fanining maqsad va vazifalari, fan nimani o‘rganadi, informatika va uning paydo bo‘lishi, axborot texnologiyasining rivojlanish bosqichlari, vatanimizda informatikaning taraqqiyoti va istiqbollari, axborot, texnologiya, axborot turlari, axborot texnologiyasi, axborotning sifat ko‘rsatkichlari (xossalari), axborotlashgan jamiyat, axborot tizimlari va turlari, axborot texnologiyalarining qo‘llanish sohalari, axborot o‘lchov birliklari, axborotlarni kodlash, EHMning arifmetik asosi, sanoq sistemalari, ular ustida amallar. Kompyutеr, informatik, algoritm, konsеpsiya, Pentium, protsеssor. Tеxnik ta’minot, matеmatik ta’minot, dasturiy ta’minot, axborot ta’minoti, tashkiliy ta’minot, xususiy ta’minot. Tеxnologiya. Ta’limda axborot texnologiyalari fanining maqsadi – zamonaviy axborot texnologiyalari asoslari, zamonaviy shaxsiy kompyuterlar va ularning atrof qurilmalari, sistemali dasturiy ta’minoti, amaliy dasturiy vositalar, zamonaviy kommunikasion texnologiyalar, Web-dizayn asoslari, dasturlash, Microsoft Officening dasturiy vositalari haqidagi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat. Ta’limda axborot texnologiyalari fanining vazifasi: - informatika va axborot texnologiyalari haqida bir butun tasavvur hosil qilish; - informatika va axborot texnologiyalarining har bir inson hayotidagi va jamiyatning rivojidagi rolini ochib berish; - informatikaning texnik va dasturiy vositalarining mohiyati va imkoniyatlarining ochib berish; - axborot tizimlari va texnologiyalarini nima maqsadida va qanday qo‘llash haqida tushuncha hosil qilishdan iborat. Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar « Ta’limda axborot texnologiyalari » o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: - informatika, axborot texnologiyalari, shaxsiy kompyuterlar va uning zamonaviy qurilmalari, kompyuterning zamonaviy dasturiy ta’minoti, amaliy dasturlar paketi, operasion tizimlar, Windows operasion tizimi, Windows paketining dasturlari, zamonaviy axborokommunikasiya texnologiyalari, kompyuter to‘rlari, Internet, elektron pochta, ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalari, fanlarni o‘іitishda zamonaviy axborot texnologiyalarini bilishi kerak. - kompyuterning asosiy va qo‘shimcha qurilmalari bilan ishlash; axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minotini ko‘llay olish; amaliy dasturiy ta’minot dasturlari bilan ishlay olish, Windows operasion tizimida va Windows paketining dasturlarida ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak; - zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini o‘z predmet sohasida qo‘llay olish, kompyutur lokal to‘rlari, Internet, elektron pochta bilan ishlash, tarmoq texnologiyasidan foydalana olish malakalariga ega bo‘lish kerak. Informatika bu - axborotlarni kompyuter yordamida qayta ishlash, yig‘ish, ifodalash va uzatish usullari bilan shug‘ullanuvchi fandir. Informatika deganda har bir odam so‘z qandaydir axborot, ushbu axborot biror narsaga, hodisa yoki jarayonga tegishli ekanligi, va boshqalar haqida borishligini tushunadi. Lekin bu axborot qanday olingan? U qayrda va qanday saqlanadi? Unga qanday yo‘l topish mumkin? – degan savollarning paydo bo‘lishi o‘rinli. Ushbu savollarga javob jamiyatning o‘zgarishiga, uning fan-texnika sohasidagi taraqqiyotiga qarab o‘zgarib turadi. Informatika atamasi lotincha informatic so‘zdan kelib chiqqan bo‘lib, tushuntirish, xabar qilish, bayon etish ma’nosini anglatadi. Ingliz tilida bu atamaga Computer science (kompyuter texnikasi haqida fan) sinonimi mos keladi.


  1. Download 30.77 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling