Ta’limda axborot texnologiyalari” mutaxasissligi Ahmedov Abdulaziz Mashrabovich


KIRISH Dissertasiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi


Download 1.7 Mb.
bet2/21
Sana14.03.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1268119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Intelektual tahlil metodlarini ta\'lim jarayonida qo\'llash

KIRISH
Dissertasiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. O'zbekiston respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini. O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi (keyingi o'rinlarda — Kontseptsiya) oliy ta'lim tizimini ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, fan, ta'lim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini ta'minlash asosida ta'lim sifatini yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi PQ-4391-son «Oliy va o'rta maxsus ta'lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora- tadbirlari to'g'risida»gi qarori ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan. Kontseptsiya O'zbekiston Respublikasida oliy ta'limni rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo'nalishlari, vazifalari, o'rta va uzoq muddatli istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda sohaga oid dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo'ladi.
Tasdiqlash to'g'risida bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi ikkinchi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018-yil 21-noyabrdagi «Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori e’lon qilindi. 
Ta’lim sohasida yangi pedagogik texnologiyalar, axborot resurslaridan foydalangan holda ta’lim berish usullari nega zarur bo’lib qoldi? 
Birinchidan, Jamiyatimiz taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan samarali o’rin olishi uchun, aholiga ta’lim berishni jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida eng ilg’or pedagogik tajriba va tadbirlardan foydalanish zarurligi;
Ikkinchidan, an’anaviy o’qitish tizimi yozma va og’zaki so’zlarga tayanib ish ko’rishi tufayli “axborot resurslar bazasida o’qitish” sifatida tavsiflanib, o’qituvchi faoliyati birgina o’quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga ya’ni “trener”ga aylanib qolganligi;
Uchinchidan, fan-texnika taraqqiyoti o’ta rivojlanganligi natijasida axborotlar hajmi keskin ko’payib borayotganligi va ularni yoshlarga yetkazish uchun vaqtning chegaralanganligi;
To’rtinchidan, kishilik jamiyati o’z taraqqiyoti shu kundagi bosqichida nazariy va empirik bilimlarga asoslangan tafakkurdan tobora foydali natijaga ega bo’lgan, aniq fikr-mulohazaga asoslangan texnik tafakkurga o’tib borayotganligi
Beshinchidan, yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash talabi ularga eng ilg’or bilim berish usuli hisoblangan ob’ektiv borliqqa tizimli yondashuv tamoyilidan foydalanishni talab qilishidadir.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari davlatning iqtisodiy tizimini yuritishning asosiy kuchi bo‘lib: telekommunikatsiya, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish kabi sohalarda yangi ish joylarni tashkil qiladi, hamda yangi axborot-kommunikatsiya atrofida paydo bo‘layotgan ta’lim va o‘qitish kabi xizmatlar sohasiga yangi dasturiy ta’minotni yaratmoqda. Ta’lim jarayoniga ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish talabalar va o‘qituvchilarni intellektual rivojlantirish hamda jamiyatimizni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirishning muhim vazifasidir. Shu bois ta’lim sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning kirib kelishi yangi o‘zgarishlardan foydalanishni taqazo etadi. Ta’lim jarayoniga yangi axborot texnologiyalarini kiritish zarurdir. Zamonaviy jamiyat axborot uzatish hajmi va tezligi jihatidan chegaralanmagan butun jahon axborot tarmog‘idan faol foydalanishi bilan harakatlanadi. Multimediya va Internet texnologiyalarining paydo bo‘lishi va keng tarqalishi axborot texnologiyalarni muloqot, tarbiya, jahon hamjamiyatiga kirib borish vositasida ishlatish imkonini beradi.
Ta’lim jarayonida, dars mashg‘ulotlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning ishlatilishi o‘qishga bo‘lgan talabalarning qiziquvchanligini, mustaqil ishlarning samaradorligini oshiradi. Kompyuter axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan birgalikda ta’lim sohasida, talabalarning o‘qish va ta’lim olishiga yangi imkoniyatlarni taqdim etadi. Keyingi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlariga hamda xalqaro standartlar talablariga mos keladigan oliy ta’lim tizimini yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Hududlarda yangi oliy ta’lim muassasalarining tashkil etilishi, kadrlar tayyorlashning zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari hamda sirtqi va kechki bo‘limlarning ochilishi, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarining oshirilishi mazkur yo‘nalishdagi muhim islohotlar hisoblanadi.
O‘zbekistonda ta‘lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri bu ta‘lim jarayoniga zamonaviy axborot va kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish bilan bog‘liq bo‘lib, respublikamiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov bu masalada ―… bugun hayotimizga chuqur kirib borayotgan Internet tizimini keng joriy etish, yoshlarimizni O‘zbekistonning qadimiy va boy tarixi, ezgu qadriyatlarimiz, yuksak axloqiy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan milliy axborot resurslarini shakllantirish va rivojlantirish, bu borada o‘zbek tilining imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalasi doimo e‘tiborimiz markazida turishi lozimligini ta‘kidlaydi[3]. Bu kabi vazifalarni bajarish kadrlar tayyorlash milliy modelini amalga oshirishning bosqichlarida belgilab berilgan bo‘lib, uning kelajakdagi istiqboli birinchi Prezidentimiz tomonidan ilmiy asoslab berildi. Modelni amaliyotga tatbiq etish o‘quv jarayonini texnologiyalashtirish bilan uzviy bog‘liqdir. Ilmiy texnikaviy taraqqiyot ishlab chiqarishning ko‘p sonli tarmoqlari bilan bir qatorda ta‘lim sohasiga ham zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishni taqozo etmoqda. Shu boisdan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ―o‘quv-tarbiyaviy jarayonni ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari bilan ta‘minlash― zarurati e‘tirof etildi, uning ikkinchi va uchinchi bosqichlarida bajariladigan jiddiy vazifalardan biri sifatida belgilandi‖[5]. Bu yo‘nalishlar birinchi Prezidentimizning 2002 yil 30 mayda qabul qilingan ―Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risidagi farmonida ko`rsatilgan vazifalarni bevosita to‘ldirib, ularning dolzarbligini yanada oshirmoqda. Mamlakatimizda ta‘lim sohasida ro‘y berayotgan tub yangilanishlar har bir ta‘lim muassasasida o‘quv jarayoni metodik ta‘minotini rivojlantirishni talab etadi. Ta‘lim oluvchilar uchun mustaqil bilim olish imkoniyatlarini oshirish, ta‘limning elektron axborot resurslarini shakllantirish va rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratish ta‘lim mazmunini takomillashtirishning zaruriy shartlaridan biri sanaladi. Hozirgi kunda axborot-kommunikasiya texnologiyalari insonlarning intelektual faoliyatiga kirib kelib, ilmiy texnik taraqqiyotning o‘sishiga asosiy sababchilardan biri bo‘lib kelmoqda [4].
Axborot xajmining jadal suratlar bilan ortib borishi, axborotlarni yig‘ish, saqlash hamda ma‘lumotlar bazasi va omborini tashkil qilish, shu jumladan, internet texnologiyalarini rivojlanishi natijasida axborotlarni tahlil qilish va tadqiqot obyektlarini modellashtirishning aniq usullari real hayot talablaridan qisman ortda qolmoqda. Bulardan kelib chiqqan holda shuni ta‘kidlash mumkinki, turli soha axborotlarini qayta ishlash uchun yaroqli bo‘lgan, shu jumladan, yaqin kelajakda vujudga keladigan muammolarni hal qilishga mo‘ljallangan universal va ishonchli yondoshuvlarni ishlab chiqish talab qilinadi[5]. Ko‘pchilik tadqiqotchilar o‘z faoliyatlari davomida juda katta hajmdagi ma‘lumotlarni to‘playdilar. Lekin ularning yagona istagi – bu to‘plangan ma‘lumotlar bazasidan o‘zlari uchun kerakli bo‘lgan ma‘lumotlarni tez va aniq qidirib topish hisoblanadi. Qisqacha aytganda ma‘lumotlar bazasi xotira yoki murakkab yozuvlar daftari vazifasini bajaradi. Foydalanuvchilarning ma‘lumotlar bazasiga kirishi aniq qo‘yilgan savollarga javob olish uchun saqlanayotgan ma‘lumotlarning unchalik katta bo‘lmagan qismini olishini ta‘minlaydi. Ulkan axborot oqimiga, to‘plangan axborotning ulkan zaxiralariga ega bo‘lganimizda qandaydir jarayonlarni boshqarishni optimallashtirish, tashkilot faoliyatini yaxshilash murakkab obyektlarga, masalan, ta‘lim tizimida pedagog-xodimlar, OTMlarning ko‘rsatkichlari, talabalar haqida katta xajmdagi ma‘lumotlarda mavjud bilimni chiqarish uchun bu ma‘lumotdan maksimal maqsadga muvofiq foydalanish masalasi paydo bo‘ladi. Berilgan ma‘lumotlar ba‘zasidagi ma‘lumotlarni yaqinlik xususiyatiga ko‘ra guruhlarga ajratish va ulkan axborot oqimidan kerakli ma‘lumotni tez va aniq ajratib olish masalasi hozirgi zamonning dolzarb masalasi hisoblanadi. Mazkur dissertatsiya ishida ma‘lumotlarni intellektual tahlil etishning usullari va dasturiy ta‘minoti masalalaridan kelib chiqgan holda inlellektual tahlil etishning klasterizatsiya masalasi algoritmlarini qiyosiy tahlil etish hamda dasturiy ta‘minotlar orqali ifodasini keltirib, o‘qitish tizimiga joriy etishni tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling