Ta’limda korruptsiyaga qarshi kurash, davlat taraqqiyotning asosiy omili sifatida umida Maksimova
Download 30.61 Kb.
|
КОРРУПЦИЯ ДЛЯ УМИДОЧКИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
- Ключевые слова
TA’LIMDA KORRUPTSIYaGA QARSHI KURASH, DAVLAT TARAQQIYoTNING ASOSIY OMILI SIFATIDA Umida Maksimova, Andijon Mashinasozlik instituti, “Iqtisodiyot” kafedrasi kabinet mudiri Annotatsiya. Ushbu maqolada, ta'lim sohasidagi korruptsiya mamlakatimiz uchun qanchalik ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy xavfiga ekanligi ko’rsatib berilgan. Korruptsiyani inson tabiati bilan bog’liq hodisa sifatida qabul qilmaslikka qaratilgan ochiq fikrlash, huquqiy va moliyaviy madaniyatni shakllantirish, shuningdek kundalik hayotda uchraydigan korruptsiyani ildizi bilan yo’q qilish umumiy vazifalardan biri bo’lib qolishi kerakli bayon etilgan. Kalit so’zlar: korruptsiya, ta’lim tizimi, bozor islohotlari,mansabdor shaxs, manfaatlar, odam tabiati. Аннотация. В данной статье показано, насколько большую социальную, экономическую и политическую опасность представляет для нашей страны коррупция в сфере образования. Констатируя, что одной из общих задач является формирование непредубежденности, правовой и финансовой культуры, направленной на неприятие коррупции как явления, связанного с человеческой природой, а также искоренение коррупции в повседневной жизни. Ключевые слова: коррупция, система образования, рыночные реформы, чиновник, интересы, природа человека. Annotation. This article shows how great a social, economic and political danger is for our country corruption in the field of education. It is stated that one of the common tasks is the formation of open-mindedness, legal and financial culture aimed at the rejection of corruption as a phenomenon associated with human nature, as well as the eradication of corruption in everyday life. Key words: corruption, education system, market reforms, official, interests, human nature. So’nggi yillarda oliy kasbiy ta’lim sohasiga, davlat boshqaruv idoralariga tadqiqotchilarning alohida e’tibori qaratmoqda. Bu tabiiy: axir, oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash sifati ko’p jihatdan jamiyatdagi rivojlanish jarayonlarining xarakterini belgilaydi, butun ijtimoiy tizimning mustahkamligini belgilovchi element hisoblanadi. Mamlakatimiz ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, uning sifati hamda samaradorligini oshirish, ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. SHu bilan birga, oliy o’quv yurtlariga qabul jarayonlarining shaffofligini ta’minlash, ta’limdagi korruptsiya va poraxo’rlikning oldini olishga ham astoydil kirishilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2022 yilning 20 dekabrь kuni Oliy Majlis va O’zbekiston xalqiga Murojaatnomasida ham ushbu illatga alohida to’talib, jumladan shunday dedilar: “SHu o’rinda biz uchun dolzarb muammo bo’lgan korruptsiya masalasiga alohida to’xtalib o’tmoqchiman. Endi amaliy ishlarni kuchaytirish kerak. Sun’iy monopoliyaga, yopiq sxemalarga, umuman korruptsiyaga imkon yaratadigan barcha bo’shliqlarga barham beriladi”. Korruptsiya jinoyatini bugungi kunda juda keng tarqalgan jinoyat turi deb atash mumkin, bu nafaqat bizning davlatimizda, balki dunyoning boshqa ko’plab sivilizatsiyalashgan mamlakatlarida ham mavjud. Buni tasdiqlovchi sifatida korruptsiyani umumiy deb ta’riflaydigan taniqli olimlarning fikrini ta’kidlash kerak, bu yerda korruptsiya mamlakat iqtisodiy inqirozining deyarli asosiy yo’liga aylangan. Davlat hokimiyati, boshqaruvi tizimi va ta’lim soxasidagi bozor islohotlarining buzilishi va jamiyat huquqiy ongining jinoiy deformatsiyasidir. Har qanday murakkab ijtimoiy hodisa singari, korruptsiya ham yagona aniq ta’rifga ega emas. Korruptsiyaning ko’plab ta’riflari mavjud. Korruptsiya (lotincha corrumpere — “talon-taroj qilmoq”) — mansabdor shaxsning o’ziga ishonib topshirilgan vakolatlari va huquqlaridan shaxsiy manfaatlar yo’lida, belgilangan qonunlar va qoidalarga zid ravishda foydalanishi. Ehtimol, ulardan eng qisqasi (va to’g’risi) “davlat hokimiyatini shaxsiy manfaat uchun suiiste’mol qilish” (Jozef Senturiya)1. Download 30.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling