Ta’limda psixologiyaning kasbiy faoliyati tavsifi reja: Psixolog kasbiy faoliyati va psixologiya metodlari. Psixologiya metodlari
Download 24.74 Kb.
|
Документ Microsoft Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qiyoslash metodidan
Psixologiya metodlari.
Har bir fan taraqqiyotining asosiy sharoitlaridan biri uning ma’lum darajada mumkin qadar ob’ektiv, aniq ishonchli uslublarga ega ekanligidir. Metod − uslubning ma’nosi biror narsaga borish yo‘li demakdir. Umuman psixologiyada inson psixikasini tadqiq qilishda metodlarning turli tasnifi mavjuddir. Tadqiqot metodlarini ilmiy jihatdan tahlil qilgan rus psixologi B.G. Ananev mazkur metodlarni xususiyatlariga qarab klassifikasiya qilgan. B.G. Ananev psixikani o‘rganish metodlarini turli guruhga ajratib, o‘rgangan: A) tashkiliy guruhga − qiyoslash, longityud, kompleks metodlari kiradi; B) empirik guruhga − kuzatish, eksperiment, suhbat, so‘rovnoma, test, faoliyat mahsulini o‘rganish metodi, biografiya, sotsiometriya; V) natijalarni qayta ishlash yoki statistik metodlar; G) sharhlash guruhiga genetik va donalash metodlari kiradi. B.G. Ananev tomonidan ajratilgan klassifikatsiyaga ko‘ra, tadqiqot ishlarida foydalaniladigan asosiy metodlar empirik guruh metodlari hisoblanadi. Shunday bo‘lsada boshqa guruh metodlariga ham qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Tadqiqot metodlarining birinchi tashkiliy guruhi o‘z ichiga qiyoslash, longityud (uzluksiz), kompleks (ko‘pyoqlama) deb ataladigan turlarni qamrab oladi. Qiyoslash metodidan umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiyada katta yoki kichik guruhlarni hamda ularning har xil toifalarini o‘zaro taqqoslash uchun, tibbiyot psixologiyasida – sog‘lom va bemor kishilarning psixik xususiyatlarini qiyoslash maqsadida, sport psixologiyasida sportchilarning holati, o‘quvliligini va ishchanligini o‘zaro taqqoslash maqsadida foydalaniladi. Qiyoslash metodi turli yoshdagi odamlarning bilish jarayonlari shaxs xususiyatlari, bilimlarni o‘zlashtirish, aqliy qobiliyati, salohiyati, rivojlanish dinamikasi, jinslarning tafovutlari va o‘ziga xosligini o‘rganishda qo‘llaniladi. Psixolog olimlardan L.S. Vigotskiy, P.P. Blonskiy, A.A. Smirnov, B.G. Ananev, D.B. Yelkonin, P. Galperin va ularning shogirdlari olib borgan tadqiqotlar (chaqaloqlik, go‘daklik, ilk bolalik, kichik maktab yoshi, o‘smirlik, o‘spirinlik yosh davrlarini o‘zaro solishtirish) shu metoddan foydalanib amalga oshirilgan. Download 24.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling