Ta’limda qoʻyilgan maqsadga erishish


Download 106.54 Kb.
bet1/3
Sana09.04.2023
Hajmi106.54 Kb.
#1346094
  1   2   3
Bog'liq
13 ma\'ruza


4.3. Baholash faoliyati ta'lim (tizimi), oʻquv faoliyati oʻzini oʻzi boshqarishni faollashtirish va oʻzini oʻzi nazorat va refleksiya qilish koʻnikmalarini rivojlantirishni rag‘batlantirish taksonomiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son Farmoniga binoan Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar amlga oshirildi.
2017 - 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, mehnat bozori talablariga mos yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ta’lim sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish, innovatsion ilm-fan yutuqlarini amaliyotga tatbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish orqali mamlakatda ta’lim tizimini isloh qilish boʻyicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, professional ta’lim dasturlari YUNESKO tashkiloti tomonidan qabul qilingan Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi (MSKO) darajalari bilan uygʻunlashmaganligi, oʻquv jarayoniga Oʻzbekistonning Milliy kvalifikatsiya tizimi toʻlaqonli joriy etilmaganligi tayyorlanayotgan kadrlarning mehnat bozorida munosib oʻrin egallashlariga haqida aytib oʻtildi.
Professional ta’lim tizimini ilgʻor xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional ta’lim bosqichlarini joriy qilish orqali mehnat bozori uchun malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda mazkur jarayonga ish beruvchilarni keng jalb qilish koʻzda tutildi.
2020-2021 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasida Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi (keyingi oʻrinlarda — Xalqaro tasniflagich) darajalari bilan uygʻunlashgan yangi boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional ta’lim tizimi hamda tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari joriy etiladigan ta’lim muassasalari tarmogʻi tashkil etilishini ta’kidlab o ‘tildi.
Ta’limda qoʻyilgan maqsadga erishish uchun turli metod, vosita, tashkiliy tizim va shakllar (maʼruza, suqbat, tajribalar oʻtkazish, koʻrgazmali qurollarni qoʻllash, kuzatish, mashq va shu kabi) dan foydalaniladi. Oʻquv jarayonida texnik vositalar (kino, televideniye, radio, kompyuter, EHM va boshqalar)ni keng qoʻllash Ta’lim metodini ishlab chiqishga katta taʼsir koʻrsatadi.

Download 106.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling