Ta’limda qoʻyilgan maqsadga erishish


Download 106.54 Kb.
bet3/3
Sana09.04.2023
Hajmi106.54 Kb.
#1346094
1   2   3
Bog'liq
13 ma\'ruza

Anglash. Bu daraja oʻzida uch toifadagi oʻquv maqsadlarini mujassamlashtiradi:

  • koʻchirish (yangi vaziyatlarni oʻrganishda bilimlarni qoʻllash koʻnikmasi);

  • interpretatsiya (masalan, hisoblasda qoʻlga kiritilgan natijani ogʻzaki tusuntirib berish);

  • ekstropolyatsiya (masalan, egallangan bilimlarni oʻxshash vaziyatlarga koʻchirish koʻnikmasi).

Qoʻllash. Bu daraja, asosan, oʻquvchida amaliy koʻnikmalarni shakllantirishini nazarda tutadi (bilimlarni amaliyotga qoʻllash qobiliyati):

  • tushunchalarni qoʻllash;

  • algoritmlarni qoʻllash;

  • nazariyalarni qoʻllash va hokazo.

Tahlil. Bu daraja oʻquv maqsadlarini quyidagi toifalar boʻyicha aniqlastiradi:

  • unsurlar tahlili (butunni qismlarga boʻlish, ajratish);

  • munosabatlar tahlili (unsurlar oʻrtasidagi aloqalarni oʻrnatish);

  • tamoyillar tahlili (unsurlarni tizimlastirish).

Sintezlash. Bu daraja “alohida qismlardan yaxlitini tuzish” koʻnikmasini shakllantirish boʻyicha oʻquv maqsadlarini belgilaydi:

    • gʻoyalar sintezi (masalan, muammo yechimi boʻyicha bildirilgan gʻoyalarning umumlashishi);

    • mulohazalar sintezi (masalan, shaxs sifatlarining sakllanganlik darajalari, mezonlarini ishlab chiqish);

    • tuzilma sintezi (masalan, ob’ekt koʻrinishi chizmasi, koordinat yordamida funksiyani ifodalas).

Baholash. Bu toifa muayyan maqsad uchun u yoki bu materiallarning ahamiyatini baholash koʻnikmalarini nazarda tutadi. Oʻquvchi mulohazasi aniq mezonlarga tayanishi zarur. Baholash sifatida icki bilish va ishonchlar (argumentlash, mantiq) hamda tashqi mezonlar (standartlar, qoida, me’yorlar)ga tayaniladi. Mezonlarni oʻquvchining oʻzi aniqlashi yoki tashqi tomondan berilishi mumkin. Bu daraja oldingi toifalar boʻyicha oʻquv natijalariga erishganligi toʻgʻrisida xulosa chiqaradi.
Shunday qilib, har qanday oʻquv predmeti maqsadlarini usbu taksonomiya asosida aniqlashtiris mumkin. Buning uchun oʻquv predmetlarining mavzu (boʻlim)lari vertikal ustunga yoziladi. Oʻquvchilarning aqliy faoliyati turlari esa gorizontal ustunda qayd etiladi. Ular mantiqiy asosda ma’lum chorrahada kesishadi va joriy oʻquv maqsadiga erishish darajasi (bilish, aniqlash, qoʻllash, tahlil) aniqlashtiriladi.
Download 106.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling