Talimiy; : Yuksak insoniy fazilatlar mohiyatini anglatish, ularga ongli munosabatda bo’lish, hamma millat vakillariga yaxshi munosabatda bo’lish bilimini shakllantirish. Tarbiyaviy


Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi


Download 123.42 Kb.
bet4/7
Sana16.04.2020
Hajmi123.42 Kb.
#99773
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
odobnoma 4-sinf konspek


Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

Televizordan ko‘rgan, radiodan eshitgan lavhalaridan ma’lumotlar tushunib aytib

bera olish.



  • O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

kun tartibiga rioya qilish;

kattalarni hurmat qilish;



  • Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

maktabda, oilada bo‘layotgan jarayonlarda ishtirok etish;

  • Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:

orasta kiyinish, maktab ichki tartib qoidalariga va gigiyena talablariga doimo

rioya qilish.


Darsning usuli: Mustahkamlovchi

Darsning jihozi: O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, mavzuga oid rasmlar, 4-sinf Odobnoma darsligi.

T/r Dars bosqichlari, mazmuni Vaqti

1 Salomlashuv. Mashg'ulotning borishi haqida tushuncha berish 2 minut

2 Kirish suhbati 20 minut

3 Sharq mutafakkirlarining hikmatli so'zlaridan hikoya qilib berish. 15 minut

4 Mavzu bo'yicha o'quvchilar bilimlarini, tushunchalarini aniqlash 5 minut

5 Mashg'ulotniyakunlash, mustaqil ish uchun topshiriq berish 3 minut

I.Tashkiliy qism; O'quvchilarni darsga tayyorlash, davomami aniqlash. Ularning darsda ishtirokini nazorat qilish.

II.O'tilgan mavzu savol-javob tariqasida o'quvchilardan so'raladi.

III.Yangi mavzuning bayoni; _

Davlat katta hududda hayotni to'g'ri tashkil qilish, tartibga solish hamda uni boshqarish tuzilmalaridir. Bu tuzilmalar umumiy nom bilan davlat organlari yoki idoralari

deyiladi.Yer yuzida davlatlar qadimdan mavjud. Har bir davlat o'zining

boshqaruv tizimiga ega.Odamlarning kundalik hayotini tashkil etish uchun qonun-qoidalarni tayyorlab beradigan tuzilmalar qonun chiqaruvchi idoralar deyiladi. Qonun-qoidalar odamlarning xohish-irodasini inobatga olib ishlab chiqiladi. Sunday idoralarda deputatlar ishlaydi. Ota-onanalarimiz ertalab turib «Saylovga borib kelamiz», deganida aynan mana shu deputatlarni saylab keladilar. Deputatlar xalqning ishonchli vakillari bo'lib, ular qonunlarni ishlab chiqib prezidentga taqdim etadilar. Prezidentimiz qonunni ma'qullab imzo chekkanidan so'ng u kuchga kiradi. Qabul qilingan qonun-qoidalarni hayOtga joriy etish bilan ijro etuvchi idoralar shug'ullanadi. Qonun chiqaruvchi idoralar qa-bul qilgan hamda prezident ma'qullab imzo chekkan qonunlarni qay tarzda amalga joriy etish ijro etuvchi idoralarning vazifasi hisoblanadi.Qonunlarning qanday bajarilishini va odamlar manfaatiga xiz-mat qilishini nazorat qilish uchun davlatning у ana bir idoralari bor. Ular sud idoralari deyiladi. Shunday qilib, davlatning uch xil ko'rinishdagi idoralari butun jamiyat hayotini tartibga soladi va nazorat qiladi.Davlat O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING boshqaruviga bir kishi umumiy rahbarlik qiladi. Bu sharafli vazifa prezident zimmasiga yuklatiladi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, O'zbekistonda davlatni prezident boshqaradi. O'zbekistonda davlatni boshqarish xalq manfaatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Uyga vazifa;

1. Davlat deganda nimani tushunasiz?

2. Qonun chiqaravchi idoralar qanday vazifani bajaradi?

3. Ijro etuvchi idoralar qanday vazifalarni amalga oshiradi?

4. Qonunlarning qay tarzda bajarilishini va odamlar manfaatiga xizmat qilishini nazorat qilish qaysi idoralarning zimmasida?


Fan:Odobnoma

Sana:_______________

17. MAVZU:NAZORAT ISHI

Maqsad: Darsda olgan bilim ko’kma va malakalarini rivojlantirish va mustahkamlash.

Dars turi: Nazorat ishi

___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________


Fan:Odobnoma

Sana:_______________

18. MAVZU:TAKRORLASH
Darsning maqsadi; talimiy; Bo'limda o'tilgan mavzularni takrorlash. O'tilgan darslarni savol-javob, bahs ko'rinishida o'quvchilar bilab birgalikda mustahkamlash. Tarbiyaviy; Yuksak insoniy fazilatlar mohiyatini anglatish, ularga ongli munosabatda bo'lish, yaxshini yomondan ajrata olish bilimini shakllantirish.

Rivojlantiruvchi; Yangi dars texnologiyalari orqali o'quvchilardagi fikriy bog'liqlikni, mantiq va xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratish, qandaydir muammoni hal qilishda o'z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantirish.



  • Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

Televizordan ko‘rgan, radiodan eshitgan lavhalaridan ma’lumotlar tushunib aytib

bera olish.



  • O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

kun tartibiga rioya qilish;

kattalarni hurmat qilish;



  • Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

maktabda, oilada bo‘layotgan jarayonlarda ishtirok etish;

  • Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:

orasta kiyinish, maktab ichki tartib qoidalariga va gigiyena talablariga doimo

rioya qilish.


Darsning usuli:bahs, savol-javob

Darsning jihozi: Mavzularga oid rasmlar, tarqatmalar, 4-sinf Odobnoma darsligi

T/r Dars bosqichlari, mazmuni Vaqti 2 minut

1 Salomlashuv. Mashg'ulotning borishi haqida tushuncha berish

2 Kirish suhbati 20 minut

3 Sharq mutafakkirlarining hikmatliso'zlaridan hikoya qilib berish. 15 minut

4 Mavzu bo'yicha o'quvchilar bilimlarini, tushunchalarini aniqlash 5 minut

5 Mashg'ulotniyakunlash, mustaqil ish uchun topshiriq berish 3 minut


I.Tashkiliy qism; Oquvchilarni darsga tayyorlash, davomatni aniqlash. Ularning darsda ishtirokini nazorat qilish.

II.O'tilgan mavzuni sorash; O'tilgan mavzu savol-javob tariqasida o'quvchilardan so'raladi.

III.Yangi mavzuning bayoni; ONAJONLAR BESHIK TEBRATSIN

(Mustaqil o'qish uchun) Dunyoda chaqaloq uchun eng bexavotir va orombaxsh joy beshikdir. Shu bilan birga, beshik xalq amaliy san'atining go'zal namunasi hisoblanadi. Uni qo'ligul mohir

duradgor-ustalar yasashadi. Beshik mustahkam va salomatlik uchun foydali bo'lgan tol va tut daraxtlarining yog'ochidan yasaladi. Ustalar beshik yog'ochlariga turli naqshlar o'yishadi, turfa bo'yoq va ranglar bilan jilo berishadi. Bu bolaning ko'zlarini quvnatadi, tinchlantirib, go'zallikni his qilishga o'rgatadi.Tol va tut daraxtlarining yog'ochi juda mustahkam bo'lgani uchun uni yo'nish, silliqlash, yupqa holga keltirish, naqsh o'yish oson ish emas. Mana shunday murakkab ishni mahorat bilan uddalaganlari uchun amaliy san'at ustalari mehnatiga tahsin o'qisak arziydi. Ustalar qo'lidan chiqqan naqshinkor beshikni buvijon va onajonlarimiz yasatishadi. Beshik uchun ko'rpachalar, qo'lbog', yostiqcha va yopinchiqlar tikishadi.Onajonlar beshik tebratib, farzandiga alia aytishadi. Allada ular farzandining unib-o'sishini, kelajakda yaxshi inson bo'lishini kuylab, eng ezgu niyatlarini ifodalaydilar. Xalqimiz tomonidan oilada chaqaloq dunyoga kelishi munosabati bilan beshik to'yi nishonlanadi. Chaqaloqning buvisi nabiram sog'lom unib o'ssin, deb chiroyli yasatilgan beshik olib keladi. Shu kuni barcha

chaqaloq va uning ota-onasiga yaxshi tilaklar bildiradi, bolajonlar quvnab-o'ynaydi. Yangi mavzuni mustahkam lash

1. Sizning xonadoningizda amaliy san'atning qaysi turiga oid buyumlar bor?

2. Sizning oilangizda yangi yil bayrami qanday kutib olinadi? Nima uchun yangi yil arafasida odamlar bir-birlariga yaxshi tilaklar bildiradilar?

3. Alia bolaga qanday ta'sir qiladi?

4. Beshik to'yi marosimi haqida gapiring. Siz ham beshik to'yida ishtirok etganmisiz? Taassurotlaringizni o'rtoqlashing.

5. Konstitutsiyamizni o'rganish davomida siz qanday huquq va burchlaringizni bilib oldingiz?

6. O'zbekistonda davlat boshqaruvi qay tartibda amalga oshiriladi? Uyga vazifa;

Maktabingizda o'tkazilgan qanaqa tadbirlarda ishtirok etdingiz? Taassurotlaringizni aytib bering.
Fan:Odobnoma

Sana:_______________

19. MAVZU:DARSNING MAVZUSI; VATANIMIZ POSBONLARI

YURT TINCHLIGI UCHUN BARCHAMIZ MAS'ULMIZ

Darsning maqsadi; ta limiy; DTS talablari asosida dars o'tish. Yurt tinchligi uchun barcha yosh-u qari mas'ulligini, Vatanni himoya qilish ulug' qadriyat ekanligini tushuntirish.

Tarbiyaviy; Milliy istiqlol g'oyasi asosiy tushuncha va tamoyillari dasturi doirasida o'quvchilar qalbida mustaqillik g'oyasiga sadoqat hissini tarbiyalash

Rivojlantiruvchi; O'quvchilarni tafakkur, mantiq, ijodiy izlanish, fikran tajribalarini rivojlantirishga yo'naltirish


  • Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

Televizordan ko‘rgan, radiodan eshitgan lavhalaridan ma’lumotlar tushunib aytib

bera olish.



  • O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

kun tartibiga rioya qilish;

kattalarni hurmat qilish;



  • Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

maktabda, oilada bo‘layotgan jarayonlarda ishtirok etish;

  • Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:

orasta kiyinish, maktab ichki tartib qoidalariga va gigiyena talablariga doimo

rioya qilish.

Darsning usuli: Savol-javob

Darsning jihozi: Mavzuga oid rasmlar, 4-sinf Odobnoma darsligi.

T/r Dars bosqichlari, mazmuni Vaqti

1 Salomlashuv. Mashg'ulotning borishi haqida tushuncha berish 2 minut

2 Kirish suhbati 20 minut

3 Sharq mutafakkirlarining hikmatli so'zlaridan hikoya qilib berish. 15 minut

4 Mavzu bo'yicha o'quvchilar bilimlarini, tushunchalarini aniqlash 5 minut

5 Mashg'ulotni yakunlash, mustaqil ish uchun topshiriq berish 3 minut

I.Tashkiliy qism; Oquvchilarni darsga tayyorlash, davomatni aniqlash. Ularning darsda ishtirokini nazorat qilish.

II.O'tilgan mavzuni so rash; O'tilgan mavzu savol-javob tariqasida o'quvchilardan so'raladi.

III.Yangi mavzuning bayoni;

Savolga javob bergan holda fikrni davom ettiring. Nima uchun tinchlikni asrashimiz lozim? Chunki.. ______

Tinchlik — bebaho ne'mat. Tinchlik bor joyda rivojlanish, o'sish bo'ladi. Bizning farovon hayotimiz, baxtli bolaligimiz, zamonaviy maktablarda ilm olishimiz, o'zimiz qiziqqan sport turlari bilan shug'ullanishimiz tinchlik tufaylidir. O'zbek xalqi tinchliksevar xalq. Chunki xalqimiz tinchlikning nechog'li qadrli ekanini yaxshi biladi. Ota-bobolarimiz «Yurting tinch — sen tinch», deb bejiz aytishmagan. Urush dahshatini, azob-uqubatlarini bobo va momolarimizdan eshitganmiz, kinofilmlarda ko'rganmiz. Ikkinchi jahon urushi davrida navqiron yigitlar va ishga yaroqli erkaklar urushga ketgan. Dalalarda, zavod-fabrikalardagi og'ir mehnat qariyalar, ayollar va bolalar zimmasiga tushgan. Urushda millionlab insonlar qurbon bo'lgan. Bugungi kunda dunyoning ayrim mamlakatlarida bo'layO'tilgan ko'ngilsiz voqealar har birimizni hushyorlikka undashi zarur. Notinch mamlakatlarda уashayO'tilgan tengdoshlarimizning qorni nonga to'ymaydi, ustboshi yupun, yashash uchun hatto boshpnasi ham yo'q. Ularning hayoti doimiy xavf ostida. Bolalar maktablarda bilim olish o'rniga qorin to'ydirish, jonini saqlab qolish uchun kurashmoqda. Shunday voqealar osoyishta hayotimizning qadriga yetishimiz kerakligini eslatib turadi. Afsuski, bizning baxtli va farovon turmushimizni ko'rolmayO'tilgan, uni buzishga urinayO'tilgan yovuz niyatli kuchlar ham yo'q emas. Ular har xil yo'llar, aldovlar orqali ongimizni zaharlashga intiladilar. Bunday kimsalarning changaliga ko'proq bilimsiz, dunyo qarashi tor yoshlar tushib qoladi.

Aziz o'quvchi, kimdir ota-onangga aytma, deb biror gapni aytsa yoki shubhali ishlarga da'vat qilsa, demak u bizning do'stimiz emas. Biz uchun eng yaqin do'st ota-onamiz, ustozlarimiz. Ulardan hech narsani yashirmasligimiz, har bir ishni ular bilan maslahatlashib qilishimiz lozim. Yomon niyatli kishilarning tuzog'iga tushib qolmaslik uchun esa yaxshi o'qishimiz, ustozlarimiz va ota-onamizning aytganlariga doimo rioya qilishimiz kerak.«0'z kindik qoni to'kilgan, ota-bobolari xoki y

O'tilgan ona yurtni dunyoda tengsiz, muqaddas Vatan deb ataladigan odamning maqsadi-muddaolari aniq, g'urur va iftixori yuksak bo'ladi».

Yangi mavzuni mustahkamlash;

OQIL BOBO NASIHATLARI O'z Vatanini sevmagan odam — yomon odam. Kimda-kim o'z ona-diyorining zaminiyu, oqar suvlarini, kimsasiz cho'llari-yu, dala-dashtlarini qalbdan sevsa, u kam bo'lmaydi. Zavol ko'rmay, kamol topadi. Vatangado esa xalq qahr-g'azabiga uchragan kishidir. Vaqti kelib unga hatto bir parcha yer ham, kafan ham buyurmaydi. Bir siqim ona yer tuprog'i bir hovuch oltindan qimmat, deb bejiz aytishmagan. Donishmanddan so'rashibdi:

— Siz uchun eng ulug' va mo'tabar narsa nima?

— Vatan, — deb javob beribdi u.

— Nima uchun?

— Sababi shu tuproq, shu zamin men tug'ilib o'sgan, kindik qonim to'kilgan joy. Shu yerning tuzini totib, suvini ichib, havosidan nafas olib, ulg'aydim, kamol topdim. Shuning uchun u meni dunyoga keltirib, tarbiyalab katta qilgan onam kabi muqaddas. Onani Vatanga, Vatanni onaga taqqoslanishining boisi ham ana shunda.

VI.Uyga vazifa:1. Notinch mamlakatlardagi bolalarning turmushi qanday kechmoqda?

2. Ota-onangiz, bobo yoki buvingizdan tinchlik qadri haqidagi hayotiy voqealardan so'zlab berishni iltimos qiling va mazmunini daftaringizga yozing.

3. Tinch-osoyishta hayomi asrash uchun bizlar nima qilishimiz kerak?

4. Nima uchun Vatan onaga, ona esa Vatanga qiyoslanadi?
Fan:Odobnoma

Sana:_______________

20. MAVZU:VATANIMIZ POSBONLARI
DARSNING MAVZUSl; BIZNING ARMlYA

Darsning maqsadi; ta limiy; DTS talablari asosida dars o'tish. Milliy armiyamiz haqida ma'lumot berish

Tarbiyaviy; Ota-ona, Vatan oldidagi burchni anglash va unga sodiqlik nima ekanligini tushuntirish.

Rivojlantiruvchi; O'quvchilarning o'z qobiliyati va imkoniyatlarini tekshirishga yordam berish.



  • Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

Televizordan ko‘rgan, radiodan eshitgan lavhalaridan ma’lumotlar tushunib aytib

bera olish.



  • O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

kun tartibiga rioya qilish;

kattalarni hurmat qilish;



  • Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

maktabda, oilada bo‘layotgan jarayonlarda ishtirok etish;

  • Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:

orasta kiyinish, maktab ichki tartib qoidalariga va gigiyena talablariga doimo

rioya qilish.


Darsning usuli: Mustahkamlovchi

Darsning jihozi: Mavzuga oid rasmlar, 4-sinf Odobnoma darsligi.

T/r Dars bosqichlari, mazmuni Vaqti

1 Salomlashuv. Mashg'ulotning borishi haqida tushuncha berish 2 minut

2 Kirish suhbati 20 minut

3. Sharq mutafakkirlarining hikmatli so 'zlaridan hikoya qilib berish. 15 minut

4 Mavzu bo*yicha o'quvchilar bilimlarini, tushunchalarini aniqlash 5 minut

5 Mashg'ulotniyakunlash, mustaqil ish uchun topshiriq berish 3 minut

I.Tashkiliy qism; O'quvchilarni darsga tayyorlash, davomatni aniqlash. Ularning darsda ishtirokini nazorat qilish.

II.O'tilgan mavzuni so rash; O'tilgan mavzu savol-javob tariqasida o'quvchilardan so'raladi.

III.Yangi mavzuning bayoni;

1, Vatanimizni kimlar qo'riqlaydi?

2, Vatan posboni — askar qanday bo'lishi kerak?

Har bir mamlakat xavfsizligini ta'minlash, tinchligini saqlash uchun o'z armiyasini shakllantiradi. O'zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari 1992- yil 14- yanvarda tashkil topgan. Shuning jchun har yil 14- yanvarni «Vatan himoyachilari kuni» sifatida niishonlaymiz.

O'zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari Quruqlikdagi qo' shinlar, Havo hujumidan mudofaa qo'shinlari, Harbiy Havo hujumchilari, Maxsus qo'shinlar, Chegara qo'shinlari va boshqa harbiy tuzilmalardan tashkil topgan. Bundan ko'rinib turibdiki, bizning armiyamiz mamlakatimizni har tomonlama ishonchli himoya qila oladi. Mustaqillik yillarida armiyamiz har jihatdan takomillashtirildi. eng zamonaviy qurol-yarog'lar, harbiy texnika va asbob uskunalar bilan ta'minlandi, askarlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi. Harbiy san'at yurtimizda juda qadim zamonlardayoq rivojlangan. Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Bobur kabi ajdodlarimiz qo'shin tuzish va uni boshqarish ishini, harbiy jang san'atini puxta egallagan edilar. Amir Temur qo'shin tuzib, navkar olishda yigitlarning kuch-quwatiga, chapdastligi va jasurligiga, aql-zakovatiga e'tibor qaratgan.

Bag'rida o'stirib-ulg'aytirgan, yaxshi bilim olishimiz, sog'lom voyaga yetishimiz uchun qayg'urgan ona-Vatanga xizmat qilish biz — yoshlarning sharafli burchimizdir. Buning

uchun barchamiz astoydil bel bog'lashimiz lozim. Muntazam sport bilan shug'ullanib chiniqishimiz, fanlarni chuqur o'zlashtirishimiz, dunyoqarashimizni kengaytirishimiz, til o'rganishimiz shart. Ana shundagina biz chinakam yurt posboni bo'lamiz.

VATAN POSBONI BO'LAY

Muqim Qodir

Ko'hna Xiva shahrida Xizmat qilmoqda akarn. Kecha undan xat oldik, Yuboribdi surat ham. Askarlikning kiyimi Yarashibdi unga xo'p. Usti boshi ozoda, Ko'kragida nishon ko'p. Chegarachi ekan u Sarhad qo'riqlar hushyor. Akam tinchlik posbohi Uqtirdi opam Dildor. Suratiga boqib men Havas qildim akamga. Ulg'ayib, jasur posbon Bo'lay men ham Vatanga. Yangi mavzuni mustahkamlash; Uyga vazifa;l. Mamlakat armiyasi nima uchun zarur?

2. O'zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari qachon tashkil topgan?

3. Amir Temur lashkar tuzishda va navkar tanlashda nimalarga e'tibor qaratgan?

4. Harbiy san'atni chuqur egallagan ajdodlarimizdan kimlarni bilasiz?

5. Katta bo'lganingizda armiya safida xizmat qilishni xohlaysizmi? Buning uchun hozirdan qanday tayyorgarlik ko'rish kerak?

6. Sizningcha, ona-Vatan himoyasi uchun kimlar mas'ul?

Fan:Odobnoma

Sana:_______________

21. MAVZU:BIZNING SOG’LIG’IMIZ VATANIMIZ BOYLIGI

Darsning maqsadi; ta'limiy; DTS ta'lablari asosida dars o'tish. Sog'lom turmush tarzini shakllantiruvchi omillar haqida tushuntirish.

Tarbiyaviy; Qdob-inson ko'rki va ma'naviy boyligi ekanligini va mutafakkir ma'rifatparvarlar asarlaridagi hikmat, rivoyat va o'g'itlarini, milliy sharqona odob-axloq qoidalari, fazilatlarini, o'zbekona urf-odat va an'analarining millliy xususiyatlarni farqlash va amalga oshirish usullarini o'rgatish.

Rivojlantiruvchi; Mashg'ulot davomida o'quv materialini chuqur va yaxlit holatda o'rgatish, ijodiy tushunib yetishga, bilimlatrni erkin egallashga yo'naltirish.


  • Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

Televizordan ko‘rgan, radiodan eshitgan lavhalaridan ma’lumotlar tushunib aytib

bera olish.



  • O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

kun tartibiga rioya qilish;

kattalarni hurmat qilish;



  • Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

maktabda, oilada bo‘layotgan jarayonlarda ishtirok etish;

  • Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:

orasta kiyinish, maktab ichki tartib qoidalariga va gigiyena talablariga doimo

rioya qilish.


Darsning usuli: Savol-javob

Darsning jihozi: Mavzuga oid rasmlar, 4-sinf Odobnoma darsligi

T/r Dars bosqichlari, mazmuni Vaqti

1 Salomlashuv. Mashg'ulotning borishi haqida tushuncha berish 2 minut

2 Kirish suhbati 20 minut

3 Sharq mutafakkirlarining hikmatliso'zlaridan hikoya qilib berish. 15 minut

4 Mavzu bo'yicha o'quvchilar bilimlarini, tushunchalarini aniqlash 5 minut

5 Mashg'ulotniуakunlash, mustaqil ish uchun topshiriq berish 3 minut

I.Tashkiliy qism; O quvchilarni darsga tayyorlash, davomatni aniqlash. Ularning darsda ishtirokini nazorat qilish.

II.O'tilgan mavzuni so'rash; O'tilgan mavzu savol-javob tariqasida o'quvchilardan so'raladi.

III.Yangi mavzuning bayoni;

Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish« huquqiga ega. О 'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 11-modda

Buyuk hakim Ibn Sinoning uqtirishicha, insonning qancha umr ko'rishi uning o'ziga bog'liq. Sog'lom bo'lish uchun inson kundalik hayotda qator qoidalarga amal qilmog'i kerak. Ertalabki badantarbiya, sayr qilish, to'g'ri ovqatlanish, dam olish, sport bilan shug'ullanish, ozodalikka rioya qilish sog'lom bo'lish va uzoq umr ko'rishning asosiy shartlaridir.

Salomatlikni saqlashda to'g'ri ovqatlanish muhim ahamiyatga ega. Tibbiyot ilmining ustozlaridan biri bo'lgan Gippokrat «Bizning ovqatimiz — bizning dori-darmonimiz», deb bekorga aytmagan.

Biz tanamiz uchun zarur bo'lgan kuch-quwat va darmondorilarni ovqat orqali olamiz. Tarkibida yod moddasi kabi mahsulotlarni muntazam iste'mol qilaversak, tez charchaydigan, serzarda, kamharakat bo'lib qolishimiz mumkin. Temir moddasiga boy oziq-ovqatlarni kam iste'mol qilish natijasida esa odam kamqon, kasallikka chalinuvchan, asabiy bo'lib qoladi. Qadimda Sharq tabobatida kasalliklarni eng awalo ovqat bilan davolashga harakat qilingan. Ovqatdan davo topilmagan holatlardagina dori-darmon va boshqa tibbiy muolajalar buyurilgan.

Odamning tanasi sog'lom bo'lsa, ruhi ham tetik bo'ladi. O'qishi a'lo, ishida unum bo'ladi. Keling, shu o'rinda Samad bilan Ravshanning kun tartibini ko'rib chiqaylik. Samad o'ta injiq va qaysar bola. U har kuni yarim tungacha televizor tomosha qiladi. Ertalab esa barvaqt uyg'onishni istamaydi. Bazo'r o'rnidan turib, apil-tapil yuvinadi. Ba'zan nonushta qilishga ham ulgurmaydi, ochnahor maktabga jo'naydi. Darslarda esnab, lanj holatda o'tiradi. O'qituvchisining aytgan gaplari qulog'iga kirmaydi. Maktabdan kela solib ko'chaga chopadi. Samadning har kuni shu zayilda o'tadi. Shu bois uning rangi siniq, ishtahasi yo'q, fanlarni o'zlashtirish darajasi ham past. Ravshan esa kun tartibiga qat'iy amal qiladi. U o'z vaqtida uxlaydi. Ertalab barvaqt turib, badantarbiya bilan shug'ullanadi. Tishlarini tozalab, yaxshilab yuvinadi. Onasi tayyorlagan nonushtani ishtaha bilan yeb, maktabga yo'l oladi. Darslarda hushyor turadi, O'qituvchisining savollariga javob beradi, topshiriqlarni bajaradi. Maktabdan kelib, onasiga yordamlashadi. Mahalladagi kurash sport to'garagiga borib, o'rtoqlari bilan birga mashq qiladi. O'z vaqtida ovqatlanib, darslarini tayyorlaydi. Aziz o'quvchi, o'ylaymizki, Samad va Ravshanning kun tartibidan o'zingiz tegishli xulosa chiqarib olasiz.

GASHT QILAMIZ — MASHQ QILAMIZ

Po'lat Mo'min Aka-uka bo'lishib jam, Kiyinvolib rosa ixcham, Biz har kuni turib tongda — Mashq qilamiz har ohangda. Sog'lomlikka intilamiz, Maza qilib mashq qilamiz. Har tomonga yuguramiz, Ko'p mashqlarga ulguramiz. O'zimizni erkin qo'yib, Nafas olib to'yib-to'yib. Sog'lomlikka intilamiz, Maza qilib mashq qilamiz. Goh o'ltirib, goho yotib, Har tomonga koptok otib, To'g'ri, biroz charchagaymiz, Terlagaymiz — chidagaymiz.

Sog'lomlikka intilamiz,

Maza qilib mashq qilamiz.

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash; Sog'lom bo'lish uchun nimalarga e'tibor qaratish kerak?

To'g'ri va tartibli ovqatlanishning inson salomatligidagi o'rni haqida gapiring.

Siz sog'lom turmush tarziga rioya qilyapman, deb o'ylaysizmi?

Qaysi odatlaringiz sog'lig'ingiz uchun foydali-yu, qaysi biri zararli?

VI.Uyga vazifa;Kun tartibingiz haqida matn tuzing. Sog'lom bo'lish uchun yana nimalarga e'tibor

qaratishingiz kerakligi haqida mulohaza yuriting.


Fan:Odobnoma

Sana:_______________

22. MAVZU: BIZNING SOG’LIG’IMIZ VATANIMIZ BOYLIGI

DARSNING MAVZUSI;. ONALIK VA BOLALIK DAVLAT MUHOFAZASIDA

Darsning maqsadi; ta'Iimiy; DTS talablari asosida dars o'tish. Onlal va bolalik davlat muhofazasida ekanligini konstitutsiya moddalari asosida tushuntirish. Ota-onalarning farzandlari oldidagi burchlarini tushuntirish.

Tarbiyaviy; Ota-ona, Vatan oldidagi burchni anglash va unga sodiqlik nima ekanligini tushuntirish.

Rivojlantiruvchi; Dars jarayonida egallangan bilimlarni aniqlash, umumlashtirish,

mustahkamlash.


1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling