1. Darsni tashkil etilishi:
a) salomlashish, davomatni aniqlash uy vazifasini so’rash.
b) o’quvchilarni darsga hozirlab sinfga jonli muhid yaratish.
2. Uyga berilgan “Algoritmni tasvirlash usullari” mavzusiga oid bilimlarni tekshirish.
Bu yangi mavzuni o’rganishni boshlashga hozirlik bo’lib yangi mavzu bilan bog’lik, o’tgan dars mavzularini takrorlash, yangi mavzuni boshlashdan oldin o’qubchilarning bilim darajalarini aniqlash, hamda baxolash, yangi dars maqsadini va undagi asosiy tushunchalarni e’lon qilishdir.
O’quvchilarni to’rt guruhga bo’lib tarqatma materiallar beriladi. Guruh azolari birgalikda fikrlashib tarqatma materialda berilgan topshuruqni yozma ifodalaydi. Mavzu bo’yicha imkon boricha to’laroq malumot berishlari kerak bo’ladi.
1-guruh
a) Algoritm nima va u qanday so’zdan olingan?
b) Y=15x2-4 funksiani hisoblash algoritmini so’zlar yordamida yozing
2-guruh
a) compyuter so’zining manosi va u qanday vazifalarni bajaradi?
b) Y=(7x+5)(15x-8) funsiani hisoblash algoritmini formulalar yordamida yozing
3-guruh
a) blok sxema nima ,unda qanday shakillar ishlatiladi?
b) y=x2 funksiyani x=-5; -3; -2; 0; 2; 3; 5 qiymatlari uchun hisoblash algoritmini jadval ko’rinishida yozing
4-guruh
a) Dastur va dasturlash tili nima ?
b) y=x2 funksiyasini hisoblash algoritmini grafik (Blok-sxema) ko’rinishda yozing
Har bir guruh ajratilgan vaqt davomida berilgan topshiriqni bajarib bo’lgach guruhdan bir o’quvchi taqdimod qiladi.
O’qituvchi guruhlar va yakka tartibda javob bergan o’quvchilarni javobini to’g’ri yoki notog’riligini izohlab baholaydi, bu baho guruhning bali hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |