Ta’limni boshqarish tizimlari va ularning interaktiv imkoniyatlari


Download 22.28 Kb.
bet1/2
Sana18.12.2022
Hajmi22.28 Kb.
#1026793
  1   2
Bog'liq
Ta’limni boshqarish tizimlari va ularning interaktiv imkoniyatla


Ta’limni boshqarish tizimlari va ularning interaktiv imkoniyatlari
Reja:

  1. .Ta’lim tizimini boshqarishning nazariy-metodologik asosi

  2. Ta’limni boshqarish tizimlari

Hayotning ijtimoiy zarurati, ta’limni boshqarishning nazariy va metodologik jihatlarini maxsus ilmiy yo`nalish sifatida qabul qilib, o`quv-tarbiya jarayonini boshqarishning ilmiy asoslangan metodlarini ishlab chiqishni taqozo ztadi. Ta`lim boshqaruvining asosiy jihatlarini nazariy va tadqiqot-tajriba nuktai nazaridan asoslash rahbarlarni maxsus ilm va malaka bilan qurollantirish uchun kerak. Bu ularga boshqaruv jarayonida vujudga keladigan aniq muammolarni to`g`ri hal etish, ta’limga oid jumboqlarni holisona yechishga yordam beradi.
Shu jihatdan ta`limning jiddiy nuksoni-ta`lim boshqaruviga oid tajribalarning deyarli utkazilmayotganligini diqqatdan chetda qoldirib bulmaydi. Chunki, bugungi kundagi eng asosiy muammo - boshqaruv tizimi sifatini tubdan o`zgartirishdan iborat. Buning uchun boshqaruv tizimini soddalashtirish, uning turdosh to`zilmalarini birlashtirish, oraliqdagi o`rinsiz bo`g`inlarni qisqartirish, har bir tizim darajasidagi vazifalar mohiyatidan imkon qadar oqilona foydalanish eng asosiy vazifalardandir.
Ta`lim tizimini ilmiy jihatdan boshqarishninng o`ziga xos xususiyatlari quyidagilar xisoblanadi:
boshqaruv mazmunida o`z aksini topgan davlat va ijtimoiy ta’lim manfaatlarining dialektik birligi;
hozirgi zamon maktabi oldida turgan murakkab vazifalar bilan bog`liq bo`lgan boshqaruv qirralarining kengayishi;
ta`lim boshqaruvi qonuniyatlarining ob`ektiv va sub`ektiv jihatlarini idrok etib foydalanish va o`rganish orqali tizim rivojlanishini yangi, sifat jihatidan yanada mukammal holatga yetkazish;
ta`lim boshqaruvi shakl va metodlarini milliy xususiyatlardan kelib chiqqan holda doimiy ravishda takomillashtirish;
zamonaviy elektron-hisoblash mashinalaridan foydalangan holda boshqaruvning matematik, statistik hamda iqtisodiy metodlarini joriy etish hamda boshqaruv texnikasini rivojlantirish.
Hozirgi paytda boshqaruv jarayonini belgalashda turli harakterdaga yondoshuvlar mavjud. Boshqaruv rahbarlik qarorlarini qabul qilish va uni tadbiq etish, yoki ta’lim jarayoni sifatida, boshqa xilda ifodalaganda boshqaruv jarayonida ma’lumotlarning doimiy harakati, to`g`ridan-to`g`ri yoki uning aks sadosi natijasi sifatida talkin etilmokda.
Boshqaruv - ma’lum sharoitda har bir xodim, guruh yoki tashkilot faoliyatiga bevosita ta’sir etuvchi, imkoni boricha yuqori, yaxshi natijalarga erishishga qaratilgan jarayon hisoblanadi.
Boshqaruv jarayonining yana bir, nisbatan to`g`ri yo`nalish i - tizimli boshqaruv hisoblanadi, chunki uni faqat aniq; tizim orqali boshqarib bo`ladi. haqiqatda ham "boshqaruv" atamasi izohining ko`pchiligi boshqaruvga tizim shaklida yondoshish orqalidir.
"Tizim" tushunchasi pedagogik amaliyotda tez-tez uchrab tursada, aslida biz tizim mohiyati va o`rnini hamisha ham darrov idrok qilaolmaymiz. Tizim - maqsad yagonaligi, mazmun, prinsip, vazifalar, shakl, boshqaruv metodi va yo`li bo`lib, ob`ektiv o`rganish va idrok etish hamda uni takomillashtirishga ta’sir etadi. Ta`limni boshqarish tizimi tashqi muhit bilan bog`liqligi tufayli ochiq tizim. Mazkur tizimning vazifasi bevosita o`qitish, tarbiyalash va rivojlantirish maqsadiga buysunadi. Boshqaruv jarayoni aslida barcha murakkab tizimlar qatoridan o`rin olganligi bois, bir butun tizim sifatida qarashga asos bo`ladi. Unga quyidagi jihatlar xos:
o`z xususiyatlariga ega bo`lgan ma’lum qismlarning mavjudligi;
qismlarning o`zaro aloqadaligi va bir-biri bilan bog`liqligi (umumiy birlikka egaligi);
ichki tashkiliylikka egaligi;
qismlar, elementlarning buysunishi va buysunuvchanligi;
ma’lum tashqi muhitda mavjud bo`lib, bir birlikni tashkil qilishi hamda o`z navbatida tizim faoliyatini davom ettirishga asos bo`lishi;
faoliyatning maqsadga qaratilganligi, maqsadga erishish uchun intilshi;
dinamik harakat, rivojlanishi;
barqaror holatni saklab qolish qobiliyati;
tabiatida qarama-qarshilik mavjudligi;
pedagogik jamoaning boshqaruv ishiga faol va o`z vaqtida qatnashishi.
Ta`lim boshqaruvi tizimi - to`g`ri yo’naltiruvchi faoliyat bo`lib, yakka boshqaruvchilik va shaxsiy javobgarlikka asoslanadi. Demak, ta`limni boshqarish ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy-pedagogik jarayon bo`lib, butun o`quv-tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish, yuqori natijalarga erishish uchun turli metod va vositalardan foydalanib ish ko`radi.
To`la ishonch bilan shuni ta’kidlash mumkinki, ob`ektiv haqiqat qonunlarini bilmasdan turib, boshqaruvga tizimli holda yondoshib bo`lmaydi, eng muhimlaridan biri maktab boshqaruvining yaxlitlik (butunlik) qonuniyatidir. Ijtimoiy-iqtisodiy tizim birligi - mazkur qonuniyatning eng zarur xususiyatidir.
Ijtimoiy-iqtisodiy tizimning birligi xalq ta’limi tizimining bir butunligini belgilab beradi. Bu butunlikni qo`llab-quvvatlovchi mexanizm sifatida boshqaruv tizimi alohida o`rin tutadi va quyidagi jihatlarda o`z ifodasini topadi:
ta`lim boshqaruvi jamoa manfaati asosida amalga oshiriladi, bu o`z navbatida yagona, ko`p bosqichli boshqaruvga olib keladi;
boshqaruv ishining tarkibidagi turli elementlarda buysunish va buysundirish bir maqsadga qaratilganligi bilan belgilanadi;
boshqaruv tizimi ayrim elementlaridagi vaqtinchalik xatoliklar uning bir butunlikda faoliyat ko`rsatishiga monelik qilmaydi;
boshqaruv tizimi tarkibida murakkab munosabatlar zanjiri mavjud. U kommunikativ aloqalar bo`lib, eng yuqori darajadan boshlab eng quyi zinagacha mavjud va bu zanjir bir-biridan ajralmasdir;
boshqaruv shakllari xilma-xil bo`lishiga qaramasdan, boshqaruv apparatining barcha pog`onalaridagi munosabatlar barqarordir;
ta`lim boshqaruvi mexanizmi barcha boshqaruv pog`onalarida turli- tuman munosabatlarda faoliyat ko`rsatadi. Bu moliyaviy-iqtisodiy, tashkiliy-pedagogik, tashkiliy-texnik, ijtimoiy-psixologik munosabatlar bo`lib, ularning barchasi yagona maqsadga xizmat qiladi;
jamiyat mulkchiligi qanchalik yagona boshqaruv tizimini talab etsa, yagona boshqaruv tizimi ham shunchalik umumjamiyat mulkchiligini hamda mavjud ishlab chiqarish munosabatlarini qullab quvvatlaydi;
jamiyat va ishlab chiqarish taraqqiyotining barcha ob`ektiv qonunlari o`z mohiyati bilan boshqaruv tizimi xususiyatini belgilaydi va amal qiladi.
Ta`lim boshqaruvi tizimining birligi, qonuniylik sifatida aniq birlik, umumlashtirish va muvofikdik, teng taqsimlash va ta`limning bir meyorda faoliyat ko`rsatishida ko`rinadi, bu o`z navbatida xalq ta’limi tizimining barchasiga ham taalluqli.
Markazlashtirish va markazlashtirishdan voz kechish qonuniyatlarining bog`liqligi. Markazlashtirish inson faoliyatining barcha bug`inlarida boshqaruvning eng asosiy xususiyati hisoblanadi. xalq ta’limining markazlashgan boshqaruv tizimi shunday boshqaruv tizimi tarkibiga ega va uning barcha bug`inlarida doimiy bo`lgan mustaxkam aloqalar mavjud. Bu aloqalar buysunuvchi va buysindiruvchini belgilaydi,
Markazlashgan boshqaruv uning barcha bug`inlarida rahbarlik qarorlarini hamjihatlik bilan kelishib olishni nazarda tutadi. Boshqa jihatdan, maqsadga qaratilgan boshqaruv xalq ta’limining barcha tizimlarida qattiq reglamentatsiyani joriy etadi, deyish xatodir. Uning har bir bug`ini faoliyat ko`rsatishning o`ziga xos sharoitiga ega.
Shuning uchun boshqaruv o`ziga xos muammolarni hal qilishda ma’lum mustaqillikni nazarda tutishi kerak. Bu markazlashgirishdan voz kechish bilan amalga oshiriladi. Ayniqsa bu ta`lim tizimiga taalluqli. Unda barcha jamoa azosining ijodiy xususiyati, eng avvalo maktab boshqaruvi tizimining ichki qonuniyatiga buysunadi. Markazlashtirilgan boshqaruvdan voz kechish har bir bug`inga, tizim va tizimchalarga mustaqil faoliyat huquqini beradi.
Boshqaruvchi va boshqariladigan tizim munosabatlari qonuniyati boshqaruv mazmunining turli jabhalarida ko`rinadi, zero u siyosiy, iqtisodiy, tashkiliy va ijtimoiy omillarga bog`liq. Mazkur tizimlar qaysi bug`inlarda bo`lishidan qat’iy nazar, o`zaro ham miqdor, ham sifat jihatidan munosabatdadir. Hozirgi paytda boshqaruvchi va boshqariladigan tizimning miqdoriy nisbati oxirgisining foydasiga o`zgarmoqda. Mazkur jarayon mavjud qonuniyatning bevosita in’ikosidir. Ta`lim boshqaruvining jamoatchilik asosi qanchalik rivojlansa, yuqori boshqaruv tizimi organiga zarurat shunchalik kam qoladi,
Boshqaruvchi va boshqariladigan tizimlarning o`zaro munosabatlarida iqtisodiy jihatlar ham muhim omil bo`lib xizmat qiladi. Mazkur tizimlarda o`zgarishlar ular qiymatining ko`payishi yoki kamayishi bilan belgilanadi. Mazkur qonuniyat shu qatori ob`ektiv iqtisodiy asosga ham ega.
Boshqariladigan tizim qiymatining oshishi quyidagi sabablar bilan bog`liq:
barcha ta`lim tizimi bug`inlaridagi maktablar ishi mazmunining murakkablashuvi;
maxsus tayyorlangan boshqaruv apparati kadrlariga bo`lgan talab natijasida boshqaruv kadrlarni qayta tayyorlash uchun sarflanadigan moddiy harajatlarning oshishi;
boshqaruv tizimi uchun yangi kadrlar (sotsiolog, psiholog, pragrammist va x-k) ga extiyoj;
ancha qimmat turadigan EXM larni sotib olish va boshqalar.
Boshqaruv apparati qiymatining oshib borishi doimiy tus olmaydi,
chunki har qanday faoliyat jarayonida ham ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik nazarda tutiladi. Shunday qilib, boshqaruvchi va boshqariladigan tizim munosabatlaridagi o`zgarishlar tabiiy hol bo`lib, u, ham jamiyat, ham xalq ta’limi rivojlanishida o`z aksini topadi. Bu qonuniyat boshqaruvchi tizimdagi o`zgarishlar bevosita boshqariladigan tizimda aks etishini nazarga tutishga imkon beradi.
Zamonaviy ta'lim tizimini muvaffaqiyatli boshqarish uchun ma`lumotlar bazasini tuzish va olingan ma'lumotlar orqali tizim monitoringini o'tkazish zarur. Shu bois XXI asrga kelib ta'limni boshqarish va sifatini oshirish uchun, ko'proq va yaxshiroq ma'lumotlarni qayta ishlash va boshqarish axborot tizimlari (EMIS – Education management information systems) vujudga keldi. Biroq, ko'pincha EMIS dizayni va rivojlanishi faqat axborot texnologiyalarini takomillashtirish bilan cheklangan va ma'lumotlarni saqlash va texnik xizmat ko'rsatishga etarlicha e'tibor berilmagan. Ushbu maqolada texnik, tashkiliy va axborotga asoslangan bo'lishi uchun bajarilishi kerak bo`lgan tizimni samarali boshqarish uchun qarorlar qabul qilish.
Ta'limning rivojlanishi va boyishiga hissa qo'shadigan shaxslarga sog'lig'ini,
malakasini, bilimini va samarali mehnat qobiliyatini yaxshilash imkoniyatini berish
orqali jamiyat madaniy, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlangan. Ko'p yillik tadqiqotlar shuni
ko'rsatadiki, ta'lim rivojlanishdagi asosiy omil hisoblanadi. Biroq, o'quv jarayonida
talabalarning bilimini qanday oshirish mumkin. Resurslari cheklangan tizimlar
ta'limning eng katta muammolaridan biri bo'lib qolmoqda. Boshqa tomonidan esa
ta'lim tizimi doimiy monitoring va baholashni talab qiladi. Ta'lim tizimini
boshqarishda axborotga asoslangan qarorlar qabul qilish o'ziga xos xususiyatga ega.
Ta'limni monitoring va baholashning samarali tizimi, moliyalashtirish va rejalashtirish,
tadqiqotlar samaradorligi va sifatini oshirish orqali amalga oshiriladi. Ta'limni
boshqarishning axborot tizimlari (EMIS) bu ma'lumotlarga imkon beradi. Butun ta'lim
tizimida ta'limni boshqarish funktsiyalari Integratsiyalashgan ma'lumotlar va axborot
tizimlari EMISni qo'llab-quvvatlashda rivojlanishining asosini tashkil etadi.
"Ehtimol, tarixda birinchi marta insoniyat bundan ham ko'proq narsani yaratish
imkoniyatiga ega va har kim o'zlashtira oladigan ma'lumotdan ko'ra, o'zaro bog'liqlikni
kuchaytirish, boshqarish va o'zgarishni tezlashtirish, har kimning tezligini ushlab turish
qobiliyatidan ko'ra tezroq. " (Peter Senge 1990) [1]. EMIS – ma`lumotlarni boshqaruv
funktsiyalariga yig'ish, saqlash, integratsiya, taʼlim maʼlumotlari va statistikasini qayta
ishlash, tashkil etish, chiqarish va sotish uchun ishonchli vositadir. Bu aniq vazifalar
ta'lim ehtiyojlariga xizmat qiladi. Boshqarish, resurslarni taqsimlash va siyosatni
shakllantirish, masalan, rejalashtirish va byudjetlashtirish, siyosatni tadqiq qilish va tahlil qilish, monitoring va baholash, ajratish va etkazib berish, mahalliy va global aloqa va hamkorlik. EMIS, shuningdek, rasmiylashtirilgan va birlashtirilgan ish jarayonlari, ta`lim dargohlari va ular to'g'risidagi ma'lumotlar hamda ushbu ma'lumotlarga asoslangan hamkorlik shartnomalari, o'qituvchilar, talabalar, o'quv faoliyati va baholash natijalari muntazam ravishda har bir bosqichda ta'lim qarorlarini qabul qilish uchun umumiy, birlashtirilgan, tahlil qilingan va tarqatilgan ta'lim ma`lumotlari tizimidir. EMIS muvaffaqiyati uchta omilga bog'liq: 1. Ma'lumot va axborotni o'z vaqtida va ishonchli ishlab chiqarish. 2. Ma'lumotlar integratsiyasi va bo'limlar o'rtasida ma'lumotlar almashish. 3. Ta'lim siyosatiga oid qarorlar uchun ma'lumotlar va ma'lumotlar bazasidan samarali foydalanish. Samarali EMIS tizimi salohiyatini faollashtirish va yaratish uchun, EMIS ma'lumotlari va ulardan foydalanish talabi, tashkiliy salohiyat bo'lishi kerak. Xususan, byudjetlashtirish, rejalashtirish, monitoring qilish, baholash siyosatini o'rganish va tahlil qilishni shakllantirish lozim. EMIS ishlashi samaradorligini baholash uchun u quyidagilarni o'z vaqtida bajara oladimi yoki yo'qligini aniqlash kerak. 1. Ta'lim ma'lumotlari va statistikasini aniqlash, yig'ish va qayta ishlash; 2. Bir nechta manbalardan, bir necha yillik va bir nechta ta'limdan olingan ma'lumotlarni birlashtirish. Ta'lim vazirligi ichidagi va tashqarisidagi darajalar; 3. Ma'lumotlar bazalarini muntazam ravishda saqlash va boshqarish va ularni talab qilinganda tezda olish; 4. Ta'limning hozirgi sharoitlari to'g'risidagi har yillik statistik hisobotni tayyorlash tizimi va yuqori rahbariyatning maxsus ma'lumotlari va statistik so'rovlarini qondirish; 5. Ta'lim siyosati tadqiqotchilarining so'rovlari va so'rovlariga javob berish va ularni qo'llab-quvvatlash; tahlilchilar, rejalashtiruvchilar va boshqa boshqaruv xodimlari kabi tadbirlarni qo'llab –quvvatlash, ko'rsatkichlarni ishlab chiqish, statistik tahlil, byudjetlashtirish va rejalashtirish, ro'yxatga olish, ta'lim samaradorligini o'rganish va boshqa miqdoriy tizimlarni tahlil va monitoring qilish hamda baholash.


Download 22.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling