Ta’limni tashxis etish va
Ta'lim natijalarini tekshirish va baholashga qo'yiladigan talablar
Download 0.72 Mb.
|
1 amaliy mashgulot
3. Ta'lim natijalarini tekshirish va baholashga qo'yiladigan talablar.
O'quvchilarning ta'lim natijalarini tekshirish va baholashga qo'yiladigan pedagog talablar (buni pedagog olim N.A.Sorokin ta'rifida berishni ma'qul deb topdik) ta'lim nazariyasi va amaliyotida quyidagicha belgilangan: 1) har bir o'quvchining o'quv faoliyatini nazorat qilishni talab etadigan, sinf yoki guruhning o'quv ishi natijalari o'quvchining shaxsiy natijalarining o'rnini almashtirishga yo'l bermaydigan nazoratning individual tavsifi; 2) nazoratni ta'lim jarayonining barcha bosqichlarida: boshlang'ich idrok etishdan to bilimlarni amalda qo'llashgacha bo'lgan bosqichlarida o'quvchilarning o'quv faoliyatlarining boshqa tomonlari bilan birgalikda olib borishning tizimliligi; 3) nazoratning o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirish vazifalarini hal etadigan, uni olib borishga o'quvchilarni qiziqtiradigan turli shakllari; 4) o'quv dasturining barcha qismlarini qamrab olgan, o'quvchilarning nazariy bilimlari, intellektual hamda amaliy ko'nikma va malakalarini tekshirishdan iborat nazoratning keng ko'lamliligi; 5) o'quvchilarni har jihatdan bilib olmasdan turib, o'qituvchining xato xulosalar chiqarish, sub'ektiv munosabatda bo'lishiga yo'l qo'ymasligi, shuningdek, o'zlashtirish natijalarini baholashda baho mezonlariga qat'iy rioya qilishni talab etadigan nazoratning xolisligi (ob'ektivligi); 6) har bir fan, uning bo'limlarining maxsus xususiyatlari, shuningdek, o'quvchilarning shaxsiy qobiliyatlarini hisobga olgan holda turli nazorat metodlarini tanlashning tabaqalashganligi; 7) muayyan sinf (guruh) o'quvchilarining o'quv ishlarini nazorat qilishda barcha o'qituvchilar tomonidan qo'yiladigan talablarning bir xil bo'lishi. Yuqorida ko'rsatilgan talablarga rioya qilish orqali nazoratning ishonchliligi ortadi va yoquv jarayonida o'z vazifalarini hal qilishga imkon yaratiladi. 4. O'quv faoliyati natijalarini hisobga olish turlari, shakl va metodlari. Pedagogika fani bilimlarni o'z vaqtida nazorat qilish va baholashning uchta vazifasi borligini alohida uqtiradi: 1. O'zlashtirishni nazorat qilish va baholash natijalariga qarab davlat ta'lim standartlari qanday bajarilayotganligi nazorat qilinadi va vazifalar belgilanadi. 2. Bilimlarni nazorat qilish va baholash natijasida o'quvchilarda bilimlar yanada kengayadi. Bu bilan ta'lim muassasalari oldida turgan ta'limiy maqsad bajariladi. 3. Ta'lim sohasida yaxshi natijalar yoshlar tarbiyasiga ham ta'sir ko'rsatadi, ularda ko'tarinki ruh, o'z kuchiga bo'lgan ishonch va qiziqish paydo bo'ladi. Shuning uchun ham ta'lim natijalarini nazorat qilish va baholash ta'lim tizimining ajralmas qismidir. Ana shu vazifalardan kelib chiqib o'quvchilar o'quv faoliyatini hisobga olishning bir qator shakl va metodlari asoslangan. Har bir fan bo'yicha o'quvchining o'quv faoliyatini nazorat qilish va baholash chorak yoki yarim yillik davomida muntazam ravishda olib boriladi va quyidagi nazorat turlari orqali baholanadi: - joriy nazorat; - oraliq nazorat; - yakuniy nazorat. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling