Ta’limning milliy yo’naltirilganligi
Download 1.32 Mb.
|
E.Eriksonning ego-psixologiyasi va tadqiqot metodlari
Jamiyat inson imkoniyatlarini kengaytirishni ma`qullaydi, uni bu rivojlanish taraqqiyotida qo’llab-quvvatlashga harakat qiladi. E.Erikson har bir madaniyatda individ rivojlanishi va uning ijtimoiy muhiti o’rtasida “hal etuvchi muvofiqlash” “hayot davrlarining tinim g`ildiragi” mavjudligini e`tirof etgan. Kelishilgan rivojlanish qonuniga muvofiq jamiyat rivojlanayotgan shaxsga yordam beradi va uni ayniqsa, yordamga muhtoj bo’lgan damlarda qo’llab-quvvatlaydi (bola g`amxo’rlikka muhtoj bo’lganida ota-ona qayg`urib, g`amxo’rlik ko’rsatishga harakat qiladilar).
Shunday qilib E.Erikson nuqtai-nazariga ko’ra, avlodlarning ehtiyoj va imkoniyatlari bir xil, bu uning o’zaro bog`liqlik kontseptsiyasida aks ettirilgan. E.Erikson bo’yicha har bir inqirozni muvaffaqiyatli hal etish shartlarini o’rganish zarur, chunki faqat bir butunlikka erishish natijasida sog`lomlashgan shaxs shakllanadi. “Psixologik muvofiqlik (identiklik) barcha muvofiqliklarni asta-sekin birlashtirishdan rivojlanadi”. Individning biologik ehtiyojlari va jamiyat talablari o’rtasidagi o’zaro ta`sir rivojlanish mazmuni va yo’nalishini belgilaydi.
Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling