Ta’limning zamonaviy mеtоdlari va vоsitalari
Download 36.81 Kb.
|
Ta’limning zamonaviy mеtоdlari va vоsitalari
Ta'lim metodlari oldiga muqarrar suratda qo'yiladigan yana bir talab ularning tushinarli bo'lishidir. O'qitish yo'li o'quvchiga tushinarli va maqbul bo'lishi, o'quv materialini o'rganish usullari esa uning bilimlarni o'zlashtirishdagi yosh imkoniyatlariga muvofiq kelishi lozim. Bolani sezgi organlari orqali bilishga o'rgatish va o'quv jarayonida ko'rsatmali qurollardan iloji boricha ko'proq foydalanish zarurligi ta'lim metodlari oldiga qo'yiladigan muhim talabdir. Ta'lim metodlarini ta'limni ongli va faol shaklda olib borish tamoyili nuqtai nazaridan asoslash zarurligi ham muhim talablardan biridir. Bolaning o'quv mashg'ulotlariga ongli munosabatda bo'lishi, o'quv materiali mazmunining ongli ravishda tushinishi, undagi bilish faolligi va qiziqishining darajasi o'qituvchining tushintirish metodlariga va bolalarning bilimlarni o'zlashtirish usullariga bog'liqdir. Ta'lim metodlari oldiga qo'yiladigan talablardan yana biri bilimlarning asosli va puxta bo'lishidir. Ta'lim metodlari yaxshi natija beradigan bo'lishi lozim. O'qituvchining tushintirish va o'quvchilarning o'zlashtirish usuli rejalashtirilgan yoki mo'ljallangan natijani berishi kerak.
Download 36.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling