Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


 Milliy iqtisodiyot rivojlanishida xalqaro moliya


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet248/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

26.3. Milliy iqtisodiyot rivojlanishida xalqaro moliya 
 munosabatlarining roli va ahamiyati 
Jahon iqtisodiyotining rivojlanish jarayoni xalqaro moliya 
munosabatlarining rivojlanish evolyutsiyasi bilan uzviy bog‘liqdir. 
Xalqaro moliya munosabatlari jahon xo‘jaligining shakllanishi 
jarayonida alohida o‘rin tutadi. 
Xalqaro moliya munosabatlari asta-sekin jahon xo‘jaligining 
tarkibiy elementiga aylana bordi. Hozirgi vaqtda xalqaro moliya 
munosabatlarini 
jahon 
xo‘jaligining 
rivojlanishi 
natijasida 
shakllangan mustaqil iqtisodiy tizim sifatida baholash mumkin.
Jahon 
xo‘jaligi 
– 
bozor 
iqtisodiyotining 
obyektiv 
qonuniyatlariga bo‘ysunuvchi xalqaro moliya munosabatlari orqali 
o‘zaro bog‘liq milliy iqtisodiyotlar yig‘indisi sifatidagi global 
iqtisodiy tizimdir. 
Jahon xo‘jaligining barqaror rivojlanishida alohida olingan 
milliy iqtisodiyotlar holati muhim o‘rin tutadi. Chunki, milliy 
iqtisodiyotlar jahon iqtisodiyotining asosiy subyekti hisoblanadi.
Milliy iqtisodiyotning rivojlanishida uning tashqi dunyo bilan 
aloqalari holati, mamlakatning xalqaro moliya munosabatlaridagi 
ishtiroki muhim o‘rin tutadi. Mamlakatning xalqaro moliya 
munosabatlaridagi ishtirokining kuchayishida xalqaro moliya 
munosabatlarini amalga oshirish mexanizmlarini samarali tarzda 
tashkil etish bilan uzviy bog‘liqdir. 
Ta’kidlash joizki, xalqaro moliya munosabatlarining predmeti 
ikkita muhim tarkibiy qismni o‘ziga qamrab oladi, ya’ni xalqaro 
moliyaviy munosabatlar va ularni amalga oshirish mexanizmi. 
Ma’lumki, mamlakatlar o‘rtasidagi xalqaro moliya munosabatlari 
muayyan mexanizm orqali amalga oshiriladi, bunda xalqaro 
tashkilotlar tomonidan belgilangan me’yoriy normalar, davlatlararo 
darajadagi shartnoma va bitimlar, mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro 
qabul qilingan kelishuvlarga amal qilinadi.
Xalqaro 
moliya 
munosabatlari 
mexanizmiga 
huquqiy 
normalar va ularni amalga oshirish vositalari (shartnomalar, 
kelishuvlar, bitimlar, rezolyutsiya va konventiya) xalqaro iqtisodiy 
munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan yo‘l-yo‘riqlarni amalga 
oshirishni muvofiqlashtiruvchi xalqaro moliya tashkilotlari kiradi. 
Xalqaro moliya munosabatlari jahon xo‘jaligi tizimida tez-tez 
takrorlanib turuvchi turli xil darajadagi kompleks, alohida olingan 
713 
bir mamlakat va ularning hududiy birlashmalari va subyektlari, 
alohida tashkilotlar o‘rtasidagi aloqalarni o‘z ichiga oladi. 
Xalqaro 
moliya 
munosabatlari 
tuzilmaviy 
jihatdan 
quyidagilarni o‘rganishni taqozo etadi: 
– xalqaro valyuta munosabatlari; 
– xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlar; 
– xalqaro savdo munosabatlari; 
– investitsiyalar va kapitalning xalqaro harakati; 
– mamlakatlar to‘lov balanslarini boshqarish; 
– xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish; 
– xalqaro moliya tashkilotlari faoliyati va boshq. 
Xalqaro moliya munosabatlarining obyektiv asosini xalqaro 
mehnat taqsimoti va jahon xo‘jaligi hamda undagi iqtisodiy 
aloqalar tizimi tashkil qiladi. Hozirgi zamon jahon xo‘jaligi milliy 
iqtisodiyotlar yig‘indisidan iborat bo‘lgan global iqtisodiy tizim 
bo‘lib, bozor iqtisodiyotining obyektiv qonunlariga, xalqaro mehnat 
taqsimotiga, ishlab chiqarish va kapitalning xalqaro harakatiga 
muvofiq tarzda o‘zgarib boradi. 
Xalqaro 
moliya 
munosabatlari 
rivojlanishining 
milliy 
iqtisodiyotga ta’siri quyidagi muhim xususiyatlar orqali namoyon 
bo‘ladi: 
• Moliyaviy globallashuv jarayoni. Mazkur jarayon quyidagi 
o‘zgarishlarni o‘z ichiga qamrab oladi: 
– mamlakatlarni jahon iqtisodiyotidagi jarayonlarga jalb 
etish; 
– ishchi 
kuchi, texnologiya, kapital, mahsulotlar va 
xizmatlarning global bozorlarini barpo etish; 
– jahon xo‘jalik aloqalarining global infratuzilmasini yaratish; 
– xalqaro moliya munosabatlari bilan milliy iqtisodiyotning 
qoidalarini universallashtirish; 
– yirik ishlab chiqarishga asoslangan xalqaro ishlab 
chiqarish tarmoqlarini vujudga keltirish. 
• Iqtisodiy integratsion hudud va birlashmalarning tashkil 
topishi. Milliy iqtisodiyotlarning xalqaro mehnat taqsimotiga 
asoslangan 
holda 
iqtisodiy 
jihatdan 
birlashish 
jarayoni 
hisoblanadi.
• Xalqaro moliya bozorlaridagi o‘zgarishlar. Milliy 
iqtisodiyotda faoliyat ko‘rsatayotgan moliya institutlarining jahon 
moliya bozorlaridagi ishtirokini muvofiqlashtirib boradi. 
• Global raqobatlashuv jarayonining keskinlashuvi. Ushbu 
holat, milliy iqtisodiyotlar tomonidan jahon bozorlarida o‘rin 


736 
ham mamlakatdagi daromad, bandlik va narx darajalarida 
muayyan tebranishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Keyingi yillarda 
mamlakatimizda 
keskin 
raqobatlashuv 
sharoitida 
ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlarning jahon va mintaqaviy bozorlarda 
xaridorgir bo‘lishi va mustahkam o‘rin egallashi uchun bir qator 
chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hozirgi kunda mamlakatimizda importning o‘rnini qoplash va 
eksportga yunaltirilgan ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash 
dasturi amalga oshirilmokda. Mazkur dasturning maqsadi, mavjud 
resurs va ishlab chiqarish salohiyatidan imkon boricha to‘liq va 
samarali foydalanish hamda uni rivojlantirish asosida eksport 
hajmining barqaror o‘sishi uchun qulay shart-sharoitlarni 
yaratishdir.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish uchun 
xorijiy sarmoyalarni ustuvor yo‘nalishlarga keng jalb qilish, ularga 
kafolat va imkoniyatlar berish, litsenziyalar, nou-xaular sotib 
olishga qaratilgan izchil siyosat olib borilmokda. 
Tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish va rivojlantirishda 
qo‘yidagilarni ustuvor yo‘nalishlar sifatida keltirish mumkin: 
– Respublikaning eksport qudratini rivojlantirish va yanada 
mustahkamlash, 
eksportga 
yo‘naltirilgan 
iqtisodiyotni 
shakllantirish; 
– eksport imkoniyatlarini kengaytirish, jahon bozorlariga 
kirib borish uchun, avvalo, qimmatbaho xomashyoni qayta ishlash 
negizida tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxonalarni 
rivojlantirish 
zarur. 
Eksportni 
kengaytirishga 
qaratilgan 
strategiyani faol qo‘llash bilan bir qatorda importning salmog‘ini 
qisqartirishga qaratilgan siyosatni izchillik bilan o‘tkazish, o‘zimiz 
ishlab chiqarishimiz mumkin bo‘lgan tovarlar va maxsulotlarning 
chetdan keltirilishini oqilona darajada kamaytirib borish talab 
qilinadi; 
– tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish, xo‘jalik 
ishlarini yurituvchi subyektlarga xorijiy sheriklar bilan bevosita 
aloqalar o‘rnatishda, o‘z maxsulotini chet ellarda sotishda ko‘proq 
erkinliklar berish, tovarlani eksport va import qilishda birmuncha 
imtiyozli tartibni joriy qilish borasida aniq maqsadni ko‘zlab siyosat 
o‘tkazish; 
721 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling