Tana massa indeksi (tmi): 1. kg/m
Download 185.06 Kb. Pdf ko'rish
|
Fiziologiya-converted
1. Yuk mashinasi haydovchisi bo’lib ishlaydigan 46 yoshli erkak yillik tibbiy ko’rikdan o’tish uchun shifokor ko’rigiga keldi. Suhbat jarayonida, u deyarli jismoniy harakat qilmasligini va uning ishi gipodinamiya bilan bog’liq ekanligini ta’kidladi. U jismoniy mashqlar qilishni yoqtirmaydi va bunga vaqti ham yo’q. Tibbiy ko’rik vaqtida uning tana harorati normada, qon bosimi 138/78 mm. sim. ust., puls 88/min, nafas olish soni 18/min, xona sharoitida kislorod saturatsiyasi 95%, tana massa indeksi (TMI): 31.1 kg/m 2 . Boshqa a’zolar o’zgarishlarsiz. Laborator ko’rsatkichlar quyidagicha:
HbA 1C darajasi: 6.5% Xolesterol: 256 mg/dL Triglitserid: 189 mg/dL Yuqori zichlikli lipoproteinlar: 35 mg/dL Past zichlikli lipoproteinlar: 135 mg/dL Savollar: 1. Qon bosimini boshqarish mexanizmlari? 2. Baroretseptor refleks, Valsalva manyovri? 3. AQB boshqarishda miya stvolining ahamiyati? 4. Renin-angiotenzin II-aldosteron sistemasi? 5. Xemoretseptorlar, ADG? 2. 30 yoshli erkak shoshilinch yordam bo’limiga tez yordam xizmati tomonidan olib kelindi. Ma’lum bo’lishicha uning mashinasiga 30 mil tezlikda kelayotgan boshqa mashina orqadan kelib urilgan. Uning yagona jarohati tirsak suyagining bo’g’imdan tashqari distal qismi sinishi bo’lib, shu anatomic sohaga shina qo’yilib shoshilinch yordam bo’limiga olib kelingan. Bemorda va uning otasida anemiya bo’lgan. Jismoniy ko’rikda tirsak suyagi sinishi va skleralarning ikterikligi aniqlandi. Qon tahlili quyidagicha: Leykosit: 8,400 /mm 3
Gemoglobinning o’rtacha korpuskulyar konsentratsiyasi: 39 g/dL Eritrositlarning tarqalish kengligi: 16% (norma: 10%-14%) Trombositlar soni: 224,000/mm 3 1. Organizm suyuqliklari tarkibi va ularning taqsimlanishi? 2. Qon hujayralarining alohida yosh guruhlaridagi normal ko’rsatkichlari? 3. Geomopoyez: eritropoyez, miyelopoyez va limfopoyez? 4. Anemiya nima va uning turlari? 5. Gemoglobinopatiyalar?
3. 36 yoshli erkak avtohalokatdan keyin shoshilinch tez yordam bo’limiga olib kelindi. Uning ahvoli gemotransfuziyani talab qildi. ABO sistemasi bo’yicha donor va resipiyentning qon guruhlari aniqlandi. Qon namunalari turli xil antitanalarga (anti-A, anti-B, anti-D) yoki eritrositlarga (A yoki B tur) qarshi o’tkazildi. Positiv antitana-antigen reaksiyasi eritrositlarning agglyutinatsiyasiga sabab bo’ldi. Birinchi tajribada, anti-A antitana control, donor va retsipiyentning qonlariga alohida-alohida qo’shildi. Har bir namunada antitana qo’shilgandan keyin agglyutinatsiya borligi tekshirildi. Qolgan to’rt tekshirish ham xuddi shu usulda antitana-antigen reaksiyasiga asoslangan holda o’tkazildi. Ularning natijalari quyida keltirilgan.
Yuqorida keltirilganlardan qaysi biri donor va retsipiyentning qon guruhlarini ifodalaydi? 1. Klassik ABO sistemsi bo’yicha qon guruhlari? 2. Qon guruhlarini aniqlash usuli va ularning irisiyati? 3. Rezus nomutanosiblik haqida tushuncha? 4. Qon preparatlari, ularni saqlash? 5. Gemotransfuziya va uning asoratlari?
4. 44 yoshli ayol siyishdagi achishish va tez-tez siyish shikoyati bilan klinikaga tashrif buyurdi. Uning kasallik tarixidan, unda qandli diabet, bo’lmachalar fibrilyatsiyasi va gipertoniya kasalligi borligi va ularga qarshi metformin, varfarin va metoprolol qabul qilishi aniqlandi. U hozirda yoga instruktori bo’lib ishlaydi va vegeterianlar dietasiga rioya qiladi. Siydik tahlilida oshgan leykositlar, esteraza va nitritlar topildi. Unda sulfa guruh saqlovchi dorilarga nisbatan allergiya borligi uchun, siydik yo’li infeksiyaga qarshi siprofloksatsin buyurildi. U bir haftadan keyin qayta ko’rikka keldi va siydik ayirish bilan bog’liq muammolar yo’qolganligini, ammo oshqozonda o’g’riqlar paydo bo’lganligini va ichi kelmayotganligini aytdi. Ko’rikda, bemor tana harorati normada, pulsi 82/min, nafas olish soni 18/min, va qon bosimi 118/78 mm Hg. Laborator ko’rsatkichlar quyidagicha:
Leykosit soni: 10,000/mm3 Trombositlar soni: 300,000/mm3 Protrombin vaqti: 29 sec (22 sec oxirgi tashrifda) Qisman prothrombin vaqti: 45 sec (41 Oxirgi tashrifda) Qon ivish vaqti: 2 min
Nima sababli bemorning qon tahlilida bunaqa o’zgarishlar kuzatilgan? 1. Leykositlar strukturasi, funksiyalari va turlari? 2. Leykopoyez? 3. Fagositoz va uning fiziologik mexanizmi? 4. Trombositlar soni, strukturasi va vazifalari? 5. Trombopoyez?
5. 18 yoshli erkak kasalxonaga keldi va uning yuragi ba’zida juda tez urishidan shikoyat qildi. Uning ta’kidlashicha bu holatlar birdaniga boshlanadi va bo’ynini massaj qilsa yoki yuziga sovuq suv sepsa o’tib ketadi. Quyida xuddi shunday epizod paytida yozib olingan EKG keltirilgan:
taxikardiyani to’xtashiga sabab bo’ladi? 1. Yurak ichida qo’zg’alishning paydo bo’lishi va tarqalishi? 2. Qorinchalarda harakat potensialining paydo bo’lishi? 3. Bo’lmachalarda harakat potensialining paydo bo’lishi? 4. Sinoatrial tugunda harakat potensialining paydo bo’lishi? 5. Avtonom nerv sistemasining yurak va qon tomirlar faoliyatiga ta’siri?
6. 10 yillik alkogolizm anamneziga ega bo’lgan 30 yoshli bemor bosh og’rishiga, sovuqqotishga, ko’ngil aynishiga va bosh aylanishiga shikoyat qildi va bu simptomlar 24 soat boshlangan. Uning aytishicha, u ancha vaqt davomida o’zining bir xonali kvartirasidan chiqmagan va bu vaqt davomida gazli isitkichdan foydalangan. Ko’rik paytida bemor tana harorati 37°C (98.6°F), boshqa fizik tekshiruvlar ahamiyatsiz. Shoshilinch tez tibbiy yordam bo’limida bemor hushini yo’qotishni boshladi. 1. O’pkalarda gaz transporti? 2. Qonda kislorod transporti? 3. Qonda karbonat angidrid transporti? 4. Pulsoksimetriya? 5. Uglerod monooksidning gaz almashinuviga ta’siri, eritropoetin funksiyasi?
7. 60 yoshli erkak o’zining birlamchi zveno shifokoriga tez charchash, zinadan yuqoriga ko’tarilganda nafas siqishi va nafas olish qiyinlashishidan shikoyat qildi. Bemorning anamnezidan, u 20 yoshidan buyon chekuvchi ekanligini va bir kunda bir qutidan tamaki chekkanligini, 30 yoshlaridan esa kuniga 2-3 quti tamaki chekish odati borligini bilish mumkin. Shifokor bemor tinch holatida undagi kislorod saturatsiyasi 90% ekanligini aniqladi. O’pkaning funksional tekshiruvi o’tkazilganda quyidagi natija olindi:
.
1. O’pka hajmlari va sig’imlari? 2. O’lik bo’shliqlar? 3. Nafas olish va chiqarish mexanizmi, unda qatnashadigan muskullar? 4. Surfaktant va uning ahamiyati? 5. O’pkaning surunkali obstruktiv kasalliklarida qaysi fiziologik ko’rsatkichlar pasayadi? Download 185.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling