Tangalar (turkiy "tam/a" soʻzidan) metall


Download 309.18 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.06.2023
Hajmi309.18 Kb.
#1463386
Bog'liq
Tanga - Vikipediya



Tanga
Tanga
, tangalar (turkiy "tam/a" soʻzidan)
— metall (oltin, kumush, mis; hozirgi
vaqtda misning turli krtishmalari, nikel va
alyuminiy)dan yasalgan pul birligi,
muomala va toʻlov vositasi. Tuxumsimon
yoki dumaloq shakli foydalanish uchun
qulay. Tangalar aversi (yuzi) va reversi
(orqa tomoni) va gurti (cheti) orqali bir-
biridan farklanadi.


T.lar deyarli bir vaqtda (mil. av. 8— 7-asr)
Lidiya davlati (Kichik Osiyo)da va Egina o.
(Yunoniston)da paydo boʻlgan. T. pultovar
munosabatlarining rivojlanishi bilan
yuzaga kelgan va tovar ayirboshlashda
ekvivalent rolini oʻynagan boshqa
buyumlar (chorva mollar, don, chigʻanoq,
mato va boshqalar)dan farq qilib,
Oltin 5 rubl, 1899 y., avers
Oltin 5 rubl, 1899 y., revers


universal toʻlov vositasi vazifasini
bajargan. Qadimgi T.lar tasvir
(hukmdorning tasviri, unvoni, ismi, gerbi)
va izohlar (tanga chiqqan davlat va
shaharning nomi, yili) bilan zarb qilingan.
Oʻzbekiston hududida dastlabki metall
T.lar mil. av. 6-asrda Doro I davrida zarb
etilgan, ogʻirligi.4,8 g ni tashkil etgan
"darik" deb nomlangan tilla tangalar, deb
taxmin qshAnadi. Mil. av. 3— 1-asrlarda
va undan keyingi davrda zarb etilgan T.lar
namunalari hrzirgacha saklanib qolgan.
Ular jumlasiga Antiox 1 (mil. av. 281—261
yillar), Yevtidem 1 (mil. av. 235—200
yillar), Demetriy I (mil. av. 200—185 yillar),
Yevkratid I (mil. av. 171 —155 yillar),


Mitridat 11 (mil. av. 124—88 yillar) va
Germey (mil. av. 75—55 yillar) Tlari kiradi.
8-asrning oʻrtalarida Oʻrta Osiyoda
arablar hukmronligi boshlanganidan
soʻng savdo muomalasini amalga
oshirish uchun vazni 4,3 g boʻlgan oltin
dinor, maosh va soliqlar toʻlovi uchun
vazni 2,8 g. boʻlgan kumush dirhamlar va
kundalik savdosotiq uchun mis tangalar
— fuluslar zarb etilib, muomalaga
chiqarilgan. Amir Temur davrida
Samarqandda T.lar zarb etiladigan
maxsus zarbxonalar tashkil etilgan,
birinchi marta turkiy nom, yaʼni "tanga"
deb atalgan, vazni 4,5—4,7 g boʻlgan
kumush T.lar, vazni 2 g ni tashkil etgan
oltin dinorlar va vazni 1,8 g boʻlgan va


kumushdan tayyorlangan mirilar zarb
etila boshlagan.
1. Amir Temur mis fulusi. Samarqand,
1383-yil, ogʻirligi 4, 132 g. 2. Amir Temur
va Sulton Mahmud kumush miri, 1388-yil,
ogʻirligi 1,59 g. 3. Sulton Shoxruh kumush
tangasi, Samarqand. 1435-yil, ogʻirligi
5,06 g.
19-asrning 2yarmida Xiva, Buxoro,
Qoʻqon xonliklarida oltindan "tilla",
kumushdan "tanga", misdan "pul" (chaqa)
deb ataladigan T.lar zarb qilingan.
Qogʻoz pullar paydo boʻlishi bilan
muomalada T.ning roli keskin pasaydi,
asosan, 20-asrdan boshlab T. qogʻoz


pullarni maydalash va mayda toʻlov
vositasi yoki mamlakat asosiy pul
birligining muayyan qismini (dollaraa
sent, lirada chentezimo, dlila tiyin va
boshqalar) ifodalaydigan pul birligi
vositasi sifatida ishlatila boshladi, oltin
va kumush T.lar chikarilishi toʻxtatildi
(maxsus esdalik va yubiley oltin, kumush,
platina T.lar bundan mustasno).
Oʻzbekiston Respublikasi oʻz milliy
valyutasi — soʻmni muomalaga
kiritgandan keyin jezdan yasalgan va
qiymati 1, 3, 5, nikel bilan krplangan 10,
20, 50 tiyin boʻlgan T.lar chiqarildi.


Respublika tarixldan muhim sanalarga
bagʻishlab esdalik va numizmatik
ahamiyatga ega boʻlgan koʻplab yubiley
T.lar zarb etildi. Dastlab 1994-yilda
Mustaqillikning 3 yilligiga bagʻishlab 10
soʻmlik, Ulugʻbek tavalludining 600
yilligiga bagʻishlab 1 soʻmlik, 1996-yil 1
sentyabrda Amir Temur tavalludining 660
y.ligi munosabati bilan oltin va
kumushdan 100 soʻmlik hamda 1998-
yilda Alisher Navoiy, keyinchalik esa, Abu
Ali Ibn Sino, Ahmad Fargʻoniy, Abu
Rayhon Beruniy, Muso AlXorazmiy kabi
buyuk allomalar portretlari tushirilgan
yubiley T.lar zarb etildi.
T.larni numizmatika fani oʻrganadi.


Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki
muomalaga chiqargan tangalar: 1.
Qiymati 50 tiyinlik; 2. 5 soʻmlik; 3.
Yusoʻmlik; 4. 50 soʻmlik tangalar.
1.Oʻzbekiston
RespublikasidaUlugʻbekning 600 yillik
yubileyiga chikarilgan yubiley tangasi,
qiymati 1 soʻm, oltin suvi yuritilgan; 1994.
2. Oʻzbekiston Respublikasi
mustaqilligining 5 yilligiga chiqarilgan
yubiley tangasi; qiymati 50 soʻm, oltin
suvi yugurtirilgan; 1996.3. Amir
Temurning 660 yillik yubileyiga
chikarilgan yubiley tangasi, qiymati 100
soʻm, oltin suvi yugurtirilgan; 1996.


Zograf A.N., Antichnie monetoʻ, M.—L.,
1951; FedorovDavoʻdov T.A., Monetoʻ
rasskazoʻvayut, M., 1963; Rtveladze
E.V., Drevniye monetoʻ Sredney Azii, T.,
1987; Numizmatika Uzbekistana, T.,
1990; Rtveladze E.V., Velikiy shelkovoʻy
put, T., 1999; Rtveladze E.V., Drevniye i
rannesrednevekovie monetoʻ
istorikokulturnoʻx oblastey
Uzbekistana, T., 2003; Temuriylar
sulolasi tangalari, T., 1996.
Fayzulla Mullajonov.
Tanga
– turli xil metalllar (oltin, mis, temir
va boshqalar)dan quyib tayyorlanadigan
Adabiyot


pul birligi. Qimmatbaho tangalardan
tashqari pulni maydalaydigan, kolleksiya,
yodgorlik va investitsion tangalar ham
ishlab chiqariladi. Tangalar koʻpincha
metalldan zarb qilish yoʻli bilan
tayyorlanadi va toʻgʻri doira shakliga ega
boʻladi.
Tanganing old tomoni - avers, orqa
tomoni - revers, yon tomoni - gurt deb
ataladi.
Tanga shakli


Banknota
Numizmitika
Mis tangalar
Temir tangalar
Kumush
tangalar
Oltin tangalar
Platina tangalar
Palladiy tangalar
Tarozi tangalari
Qoʻshmetal
tangalar
Tiyin
Burgut (tanga
tomoni)
Reshka (tanga
tomoni)
Avers
Revers
(numizmatika)
Gurt
Rangli tangalar
Tangalarni
kolleksiya qilish
Yana qarang

Download 309.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling