Tangalar (turkiy "tam/a" soʻzidan) metall
Download 309.18 Kb. Pdf ko'rish
|
Tanga - Vikipediya
Tanga Tanga , tangalar (turkiy "tam/a" soʻzidan) — metall (oltin, kumush, mis; hozirgi vaqtda misning turli krtishmalari, nikel va alyuminiy)dan yasalgan pul birligi, muomala va toʻlov vositasi. Tuxumsimon yoki dumaloq shakli foydalanish uchun qulay. Tangalar aversi (yuzi) va reversi (orqa tomoni) va gurti (cheti) orqali bir- biridan farklanadi. T.lar deyarli bir vaqtda (mil. av. 8— 7-asr) Lidiya davlati (Kichik Osiyo)da va Egina o. (Yunoniston)da paydo boʻlgan. T. pultovar munosabatlarining rivojlanishi bilan yuzaga kelgan va tovar ayirboshlashda ekvivalent rolini oʻynagan boshqa buyumlar (chorva mollar, don, chigʻanoq, mato va boshqalar)dan farq qilib, Oltin 5 rubl, 1899 y., avers Oltin 5 rubl, 1899 y., revers universal toʻlov vositasi vazifasini bajargan. Qadimgi T.lar tasvir (hukmdorning tasviri, unvoni, ismi, gerbi) va izohlar (tanga chiqqan davlat va shaharning nomi, yili) bilan zarb qilingan. Oʻzbekiston hududida dastlabki metall T.lar mil. av. 6-asrda Doro I davrida zarb etilgan, ogʻirligi.4,8 g ni tashkil etgan "darik" deb nomlangan tilla tangalar, deb taxmin qshAnadi. Mil. av. 3— 1-asrlarda va undan keyingi davrda zarb etilgan T.lar namunalari hrzirgacha saklanib qolgan. Ular jumlasiga Antiox 1 (mil. av. 281—261 yillar), Yevtidem 1 (mil. av. 235—200 yillar), Demetriy I (mil. av. 200—185 yillar), Yevkratid I (mil. av. 171 —155 yillar), Mitridat 11 (mil. av. 124—88 yillar) va Germey (mil. av. 75—55 yillar) Tlari kiradi. 8-asrning oʻrtalarida Oʻrta Osiyoda arablar hukmronligi boshlanganidan soʻng savdo muomalasini amalga oshirish uchun vazni 4,3 g boʻlgan oltin dinor, maosh va soliqlar toʻlovi uchun vazni 2,8 g. boʻlgan kumush dirhamlar va kundalik savdosotiq uchun mis tangalar — fuluslar zarb etilib, muomalaga chiqarilgan. Amir Temur davrida Samarqandda T.lar zarb etiladigan maxsus zarbxonalar tashkil etilgan, birinchi marta turkiy nom, yaʼni "tanga" deb atalgan, vazni 4,5—4,7 g boʻlgan kumush T.lar, vazni 2 g ni tashkil etgan oltin dinorlar va vazni 1,8 g boʻlgan va kumushdan tayyorlangan mirilar zarb etila boshlagan. 1. Amir Temur mis fulusi. Samarqand, 1383-yil, ogʻirligi 4, 132 g. 2. Amir Temur va Sulton Mahmud kumush miri, 1388-yil, ogʻirligi 1,59 g. 3. Sulton Shoxruh kumush tangasi, Samarqand. 1435-yil, ogʻirligi 5,06 g. 19-asrning 2yarmida Xiva, Buxoro, Qoʻqon xonliklarida oltindan "tilla", kumushdan "tanga", misdan "pul" (chaqa) deb ataladigan T.lar zarb qilingan. Qogʻoz pullar paydo boʻlishi bilan muomalada T.ning roli keskin pasaydi, asosan, 20-asrdan boshlab T. qogʻoz pullarni maydalash va mayda toʻlov vositasi yoki mamlakat asosiy pul birligining muayyan qismini (dollaraa sent, lirada chentezimo, dlila tiyin va boshqalar) ifodalaydigan pul birligi vositasi sifatida ishlatila boshladi, oltin va kumush T.lar chikarilishi toʻxtatildi (maxsus esdalik va yubiley oltin, kumush, platina T.lar bundan mustasno). Oʻzbekiston Respublikasi oʻz milliy valyutasi — soʻmni muomalaga kiritgandan keyin jezdan yasalgan va qiymati 1, 3, 5, nikel bilan krplangan 10, 20, 50 tiyin boʻlgan T.lar chiqarildi. Respublika tarixldan muhim sanalarga bagʻishlab esdalik va numizmatik ahamiyatga ega boʻlgan koʻplab yubiley T.lar zarb etildi. Dastlab 1994-yilda Mustaqillikning 3 yilligiga bagʻishlab 10 soʻmlik, Ulugʻbek tavalludining 600 yilligiga bagʻishlab 1 soʻmlik, 1996-yil 1 sentyabrda Amir Temur tavalludining 660 y.ligi munosabati bilan oltin va kumushdan 100 soʻmlik hamda 1998- yilda Alisher Navoiy, keyinchalik esa, Abu Ali Ibn Sino, Ahmad Fargʻoniy, Abu Rayhon Beruniy, Muso AlXorazmiy kabi buyuk allomalar portretlari tushirilgan yubiley T.lar zarb etildi. T.larni numizmatika fani oʻrganadi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki muomalaga chiqargan tangalar: 1. Qiymati 50 tiyinlik; 2. 5 soʻmlik; 3. Yusoʻmlik; 4. 50 soʻmlik tangalar. 1.Oʻzbekiston RespublikasidaUlugʻbekning 600 yillik yubileyiga chikarilgan yubiley tangasi, qiymati 1 soʻm, oltin suvi yuritilgan; 1994. 2. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 5 yilligiga chiqarilgan yubiley tangasi; qiymati 50 soʻm, oltin suvi yugurtirilgan; 1996.3. Amir Temurning 660 yillik yubileyiga chikarilgan yubiley tangasi, qiymati 100 soʻm, oltin suvi yugurtirilgan; 1996. Zograf A.N., Antichnie monetoʻ, M.—L., 1951; FedorovDavoʻdov T.A., Monetoʻ rasskazoʻvayut, M., 1963; Rtveladze E.V., Drevniye monetoʻ Sredney Azii, T., 1987; Numizmatika Uzbekistana, T., 1990; Rtveladze E.V., Velikiy shelkovoʻy put, T., 1999; Rtveladze E.V., Drevniye i rannesrednevekovie monetoʻ istorikokulturnoʻx oblastey Uzbekistana, T., 2003; Temuriylar sulolasi tangalari, T., 1996. Fayzulla Mullajonov. Tanga – turli xil metalllar (oltin, mis, temir va boshqalar)dan quyib tayyorlanadigan Adabiyot pul birligi. Qimmatbaho tangalardan tashqari pulni maydalaydigan, kolleksiya, yodgorlik va investitsion tangalar ham ishlab chiqariladi. Tangalar koʻpincha metalldan zarb qilish yoʻli bilan tayyorlanadi va toʻgʻri doira shakliga ega boʻladi. Tanganing old tomoni - avers, orqa tomoni - revers, yon tomoni - gurt deb ataladi. Tanga shakli Banknota Numizmitika Mis tangalar Temir tangalar Kumush tangalar Oltin tangalar Platina tangalar Palladiy tangalar Tarozi tangalari Qoʻshmetal tangalar Tiyin Burgut (tanga tomoni) Reshka (tanga tomoni) Avers Revers (numizmatika) Gurt Rangli tangalar Tangalarni kolleksiya qilish Yana qarang Download 309.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling