Tangalari haqida ayrim mulohazalar


G‘ARBIY TURK XOQONLIGI DAVRIDA O‘RTA OSIYO TANGALARI HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR


Download 31.54 Kb.
bet4/6
Sana17.06.2023
Hajmi31.54 Kb.
#1547920
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xumoyun TANGALAR (1)

G‘ARBIY TURK XOQONLIGI DAVRIDA O‘RTA OSIYO
TANGALARI HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR

Annotatsiya. Mazkur maqolada Buyuk Turk xoqonligining g‘arbiy qismi bo'lgan G'arbiy Turk xoqonligi davrida xoqonlar va mahalliy sulolalar tomonidan zarb etilgan tangalar haqida so'z yuritildi. Bu tangalarning qaysi asrlarda zarb etilgani, qanday shakllarga ega bulganligi, qaysi davlatlar ta’sirida bo'lganligi, avers va reversida qanday rasm va yozuvlar bo'lgani yoritiladi. G'arbiy Turk xoqonligidagi savdo aloqalarining rivojlanishiga zarb qilingan tangalarning ham ahamiyati katta bo'ladi.
Kalit so`zlar: Choch, So'g'd, Toxariston, xoqon, yabg'u, jabg'u, yabg'u-xoqon, jabg'u-xoqon, Xonqa, Qanqa, Tun yabg'u xoqon, mis, bronza, Xitoy, Tan sulolasi.
Annotation. This article talks about coins minted by khagans and local dynasties during the Western Turkic khanate, the western part of the Great Turkic khanate. It will be explained in which centuries these coins were minted, what forms they had, which countries were influenced by them, what pictures and inscriptions were on the obverse and reverse. It is also ensured that the trade relations in the West Turkic Khanate are developed.
Keywords: Choch, Sogd, Tokharistan, Khagan, Yabgu, Jabgu, Yabgu-Khagan, Jabgu-Khakan, Khanqa, Kuva, Tun Yabgu Khagan, copper, bronze, China, Tang dynasty.
Абстрактный. В данной статье рассказывается о монетах, чеканенных каганами и местными династиями в период Западнотюркского ханства, западной части Великого Тюркского ханства. Будет объяснено, в какие века чеканились эти монеты, какие формы они имели, какие страны испытали на себе их влияние, какие изображения и надписи были на аверсе и реверсе. Также обеспечивается развитие торговых отношений в Западнотюркском ханстве.
Ключевые слова: Чоч, Согд, Тохаристан, Каган, Ябгу, Джабгу, Ябгу-Каган, Джабгу-Хакан, Ханка, Канка, Тун Ябгу Каган, медь, бронза, Китай, династия Тан.

Kirish. Tariximiz xaqida gap ketganda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “ -Hamma o’z tarixini ulug’laydi. Lekin bizning mamlakatimizdagidek boy tarix, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qayerda yo’q. Bu merosni chuqur o’rganishimiz, xalqimizga, dunyoga yetkaza bilishimiz kerak...” degan so’zlari ko’z oldimizda jaranglaydi. G’arbiy Turk xoqonligi haqida malumot beruvchi tarixiy kitoblar va adabiyotlar ko’p. Xoqonlik tarixi haqidagi malumotlarni biz xitoy yilnomalari, vizantiya, arman, arab va fors tarixchilari asarlari orqali o’rganamiz. Biroq G’arbiy Turk xoqonligi davrida zarb etilgan tangalar haqidagi asosiy malumotlarni arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan numizmatik materiallar orqali o’rganamiz. G'arbiy Turk xoqonligi davrida O’rta Osiyo tarixini o’rganishda numizmatik ma'lumotlar alohida o’rin tutadi. G'arbiy Turk xoqonlari ichki savdo-sotiqni rivojlantirish uchun o'zlarining mis va bronza tanga pullarini zarb ettirganlar. Turk xoqonligi davrining o’ziga xos jihatlaridan biri, O'rta Osiyo xalqlari siyosiy-iqtisodiy hayotiga deyarli aralashmasdan, tobe hududlardan faqat soliqlar yig'ish bilan cheklangan. Shuning uchun mamlakat bo'ylab yagona tanga pul tizimi bo'lmasdan, har bir hokimlar o'z tangalarini zarb ettirishgan.


Download 31.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling