Taniqli amerikalik sotsiolog Fukuyama «Buyuk uzilish» (2003 y) asarida G`arb og'ir kasallikka yo'liqqan, uning ilk alomatlari 1960 yillarda paydo bo`lgan degan xulosaga keladi
Download 20 Kb.
|
Ma`naviy buzuql
Ma`naviy buzuqlik deganda, umuminsoniy va milliy axloq, qadriyat, madaniyat, din va tarbiya asoslariga zid bo'lgan, inson shaxsining tubanlashuvi, jamiyat, oila va kishilar tomonidan belgilangan axloq me'yorlariga rioya etmaslik yoxud ularni inkor etish tushuniladi. Ma'naviy buzg'unchilik esa, muayyan kuchlar, markazlar, shaxslar tomonidan o`z manfaatlarini g'oyaviy-mafkuraviy jihatdan taminlash, g'arazli maqsadlarni ko`zlab, mamlakati va oʻzga davlatlar xalqi, ayniqsa, yoshlarini chalg'itish, ularning ongiga g'ayriinsoniy va g`ayriaxloqiy g'oya va qarashlarni singdirishga xizmat qiladigan usul va texnologiyalardir. Ma'lumki, XX asrning ikkinchi yarm iva XXI asr boshlarida ko'pgina G`arb mamlakatlarida ma'naviy buzg'unchilik (palapartish jinsiy munosabatlar, giyohvandlik, nikohsiz oila, ommaviy behayo kliplar, axloqsizlik, kuch va zo`ravonlikni targ'ib etuvchi fil'mlar va boshqalar) jamiyat hayotining barcha jabhalarida yaqqol namoyon bo'ladi. Bu jarayonning chuqurlashuvi, dahshatli tus olayotgani G`arb olimlari, maxsus markaz hamda OAV tomonidan amalga oshirilgan ko'plab tadqiqot natijalarida aks ettirilgan. Masalan, bir guruh amerikalik olimlar amalga oshirgan tadqiqot natijasiga ko`ra, tartibsiz jinsiy hayot kechirayotgan o`smirlarning 30 foizi baxtsizligi, umidsizligi, hayotdan uchragan, boshqalari esa chuqur ruhiy tushkunlik holatiga tushib qolgan. Shuningdek, tadqiqotda amerikalik o`smirlarning jinsiy faolligi darajasining yuqoriligi, jinoyatkorona harakatlar, ya`ni avtomashinalarni olib qochish, o`girlik, zo'ravonlik, vandalizm kabi holatlar bilan bog'liqligi aniqlangan. Taniqli amerikalik sotsiolog Fukuyama «Buyuk uzilish» (2003 y) asarida G`arb og'ir kasallikka yo'liqqan, uning ilk alomatlari 1960 yillarda paydo bo`lgan degan xulosaga keladi. Fukuyama nazarida, uning asosiy alomatlari quyidagilarda namoyon bo`ladi. 1. Jinoyatchilikning o`sishi. «Jinoyatchilikning urushdan keyingi to`lqinining ko'tarilishi taxminan 1963 yillarga to'g'ri keladi, o'sha vaqtdan beri o yanada shiddat Bilan tezlashdi». 2. Oila inqirozi. «Nikoh va bolalar tug'ilishi kamayib ketdi; ajralishlar soni ko`paydi; AQShdagi har uchtadan bita bola nikohsiz tug`ilmoqda, butun Skandinaviyada esa tug`ilayotgan bolalarning yarimidan ko`pini nikohsiz tug'ilganlar tashkil etadi». 3. Aholi sonining kamayishi (depopulyatsiya). Demografik portlash muammosi faqat «Uchinchi dunyo» mamlakatlariga xosdir, Ayni paytda, «barcha rivojlangan mamlakatlarda umuman qarama-qarshi muammo-ular uzoqligi jamiyatda asosan nafaqaxorlardan iborat bo'lishi, ularni ta'minlash masalasini keltirib chiqaradi. Tug'ilishning sun`iy ravishda rag'batlantirilishi esa, masalan, Frantsiya misolida o`ta qimmat va samarasiz ish bo`lib chiqdi. 4. Ijtimoiy tarqoqlik - shaxsning hayotdan ajralib qolgani, munosabatlarning keskinlashuvi, kishilar o`rtasida yolg`iz yashashga maylning kuchayishi. Amerikalik sotsiolog, G`arb jamiyati duch kelgan kasallikning sabablari haqida toxtalib, ularni oilaning inqirozga uchragani Bilan bog'liq degan xulosaga keladi. Chunki Fukuyana nazarida «oila – ijtimoiy kapitalning muhim manbai», ya'ni aynan oilada fuqarolik axloqining asoslari yaratiladi, uning o`rnini hech qanday qonunchilik aktlari bilan to'ldirib bo'lmaydi. Fukuyama oila inqirozi bu shunchaki afsona deb hisoblaydigan olimlar bilan bahs yuritib, oila faqatgina evolyutsiyaning yangi bosqichi - «o'zaro fuqarolik jinsiy aloqa bosqichiga o`tganini ta'kidlaydi. Asarda, shuningdek, G`arb ma'naviy inqirozning boshqa muhim sabablari, chunonchi, «kulturologik omil, ya`ni G`arb madaniy qadriyatlari emirilib borayotgani tahlil etiladi. E'tiborli jihati shundaki, Gʻarb davlatlari ma'naviy hayotidagi salbiy holatlar G`rab olim va mutaxassislarini ham g'oyatda tashvishlantirmoqda. Masalan, D.Vilkersonning «His etish» kitobida Gʻarb jamiyatida «axloqiy buzuqlikning kuchayishi», kabel televideniyasi orqali namoyish etilayotgan behayo sahnalar, gomoseksualizm, sadizm va mazoxizmning targ'ib etilishi tobora keng o`rin olaytgani ta'kidlanadi. Bularning barchasi, avvalo, yoshlarning dunyoqarashi, axloq-odobi, ma'naviyatiga salbiy ta'sir etishi shubhasizdar. Shu bois O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosat insoniyatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnologik taraqqiyot borasida toʻplagan ijobiy tajribasini astoydil o'rgangan holda, birinchi galda, davlatchilik an`analarimiz, milliy qadriyatlarimiz, boy ma`naviyat va madaniyatimiz negizida yurtimizda demokratik huquqiy davlat hamda fuqarolik jamiyatini barpo etish, rivojlangan mamlakatlar qatoridan munosib o'rin egallashga qaratilgan. Download 20 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling