Tanishtirildim va ogohlantirildim
Download 14.86 Kb.
|
Tilxat.
- Bu sahifa navigatsiya:
- tanishtirildim va ogohlantirildim.
______________________________________________ga ________________________________________________________________________________________________________________________ TILXAT Men, Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvar kunidagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-419-sonli Qonuni va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar mazmun mohiyati bilan hamda davlat organlari, xususan mahalliy hokimiyati organlarining ayrim mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilgan jinoiy xatti-harakatlar, mansab vakolatini suiiste’mol qilish bilan bogʻliq yoʻl qoʻyilayotgan salbiy holatlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar bilan tanishtirildim va ogohlantirildim. Mazkur salbiy holatlar men uchun “ogohlik qoʻngʻirogʻi” ekanligini tushungan holda kelgusi faoliyatimda bu kabi salbiy holatlarga yoʻl qoʻymaslik, korrupsiyaning har qanday koʻrinishlariga qarshi keskin kurashish, menga yuklatilgan funksional xizmat vazifalarimni qonun talablari asosida sidqidildan bajarish, tanish-bilishchilik, mas’uliyatsizlik, ta’magirlik va manfaatlar toʻqnashuviga hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslikka, davlat xizmatchisining kasb etikasi, odob-ahloq qoidalariga qat’iy rioya etgan holda zimmamga yuklatilgan vazifalarni halollik, mas’uliyat va sadoqat bilan ado etishga kafolat beraman. Xizmat vazifalarimni bajarish jarayonida mansab vakolatlarimni suiiste’mol qilmasligim, korrupsiyaning oldini olishim, korrupsiyaning barcha koʻrinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlishim, qonun talablaridan chetga chiqish, noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilishi holatlariga yoʻl qoʻysam qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishim toʻgʻrisida ogohlantirildim. ___________________________________________________ ________ 2022-yil “___” _______ Download 14.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling