Tanishtiruv amaliyoti hisoboti


Olmaliq KMK” AJ 2-Mis boyitish fabrikasi to‘g’risida umumiy ma’lumot


Download 1.41 Mb.
bet4/7
Sana28.09.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1689354
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Alimova Mahliyo hisobot (5)

Olmaliq KMK” AJ 2-Mis boyitish fabrikasi to‘g’risida umumiy ma’lumot


Olmaliq kon-metallurgiya kombinati — Oʻzbekistonda rangli metallurgiya sanoatining yirik korxonasi. Kombinat 2 majmuadan — qo’rg’oshin-rux (Qoʻrgʻoshinkon, Oltintopgan, Sardoba va Chalata konlari, qoʻrgʻoshin-rux boyitish fabrikasi va rux zavodi) hamda mis eritish majmuasidan (Qalmoqqir koni, mis boyitish fabrikasi, mis zavodi)dan iborat.
Korxona tomonidan Qurama togʻlaridagi polimetalli rudalarning boy zaxirasini keng koʻlamda oʻzlashtirish maqsadida kon-qurilish ishlari 1949-yildan boshlangan edi. 1950-yilda qoʻrgʻoshin koni, 1954-yilda qoʻrgʻoshinrux boyitish fabrikasi, 1955-yilda Oltintopgan koni qurib bitkazildi. 1961-yilda mis-molibden ruda boyitish fabrikasi, 1964-yilda miss eritish zavodi, 1970-yilda rux zavodi, 1971-yilda Chalata koni, 1974-yilda Sari-Cheka karyeri ishga tushirildi. Olmaliq konmetallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyati obʼyektlarini rivojlantirish 80-yillarda ham faol davom ettirildi. 1999-yildan kombinat ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.
Kombinatda qazib chiqariladyotgan rudalar tarkibidan 13 ta kimyoviy elementlarni ajratib olib mis va mis buyumlar, rux, kadmiy, oltin, kumush, qoʻrgʻoshin, sulfat kislotasi, mis va molibden konsentratlari, selen, tellur, mis va rux kuporosi kabi mahsu-lotlar ishlab chiqariladi. Korxona boʻlinmalarini „Svedala“ (Shvetsiya), „Varmon“ (Germaniya), „Integra Gro-ur“ (Amerika), „Mexanabr-Injiniring“ (Rossiya) va boshqa ilgʻor firmalarning zamonaviy asbobuskunalari bilan jihozlash ishlari olib borilmoqda. Kombinat mahsulotlari chet mamlakatlarga eksport qilinadi.
“Olmaliq KMK” AJ 2-Mis boyitish fabrikasi asosan Saricho’qqi konidan kelgan rudalar asosida ish olib boradi. Fabrikada asosan mis rudasi boyitiladi. Fabrika maydalash , yanchish va boyitish sexlaridan iborat.
Saricho’qi konidan keltirilgan rudalar avval yirik maydalashdan dastlabki maydalashdan o’tkazilib ,so’ngra o’rta va elaklash ishlariga o’tkaziladi.3 bosqichli maydalash ishlaridan so’ng belgilangan 16mm li konditsiya o’lchamidagi 92 foizli rudalar fabrikaning yanchish sexiga o’tkaziladi.Boyitmalarni saralash va navbatdagi bosqichlarga o’tkazish maqsadida elaklar, yuzlab transpartyor lentalardan foydalaniladi.Bundan tashqari nasoslar , ventilyatsiya va aspilyatsiya jihozlari ham texnologiya jarayonlarida muhim o’rin tutadi. Maydalash bo’linmasida bugungi kunga kelib 160 nafarga yaqin ishchi hodimlar fabrika rivoji yo’lida tunu kun mehnat qilib kelishmoqdalar.Bo’linmaga joriy yil 4mln.640t rudani maydalash reja qilib belgilangan bo’lsa , shundan 10 oylik reja ko’rsatkichlari ortig’I bilan bajarilgan.


Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling