Tanishtiruv amaliyoti hisoboti


Download 1.41 Mb.
bet1/7
Sana28.09.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1689354
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Alimova Mahliyo hisobot (5)



О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Islom Karimov nomidagi
Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali
«Konchilik ishi va metallurgiya» fakulteti
«Konchilik ishi» kafedrasi
TANISHTIRUV AMALIYOTI HISOBOTI

Amaliyot joyi: ____________________________________________________


Korxonadan amaliyot rahbari:_____________________________________
_______________________________________________________________
OTM dan amaliyot rahbari: ________________________________________
_______________________________________________________________
Bajardi: ________________________________________________________
Qabul qildi: _____________________________________________________
Hisobotga qo‘yilgan baho___________________________________________
Hisobot himoyasiga qo‘yilgan baho: __________________________________
Olmaliq-2021
Reja:

I.Kirish
II. Asosiy qism:



  1. “Olmaliq KMK” AJ 2-Mis boyitish fabrikasi to‘g’risida umumiy ma’lumot .

  2. 2-Mis boyitish fabrikasida qo`llaniladigan maydalagich,tegirmon va boshqa uskunalar haqida ma’lumotlar.

  3. 2-Mis boyitish fabrikasida qo’llaniladigan boyitish usullari.

III. Xavfsizlik qoidalari
IV. Xulosa.

Kirish



Foydali qazilmalar asosan 3 turga bo'linadi va ular quyidagicha bo'ladi: rudali, rudasiz va yoqilg’ilar.
Ruda deb shunday foydali qazilmalarga aytiladiki, hozirgi zamon texnika va bo'yitishning texnologik jarayonlarida ulardan olinadigan qimmatbaho komponentlar miqdori iqtisodiy tomondan foyda keltirish uchun yetarli darajada bo'lishi kerak. Foydali qazilmalarning tarkibi asosan qimmatbaho komponentlardan, foydali yo'ldosh komponentlardan, zararli qo'shimchalardan va chiqindilardan iborat.
Qimmatbaho komponent deb foydali qazilmalar tarkibidagi alohida kimyoviy element yoki mineralga aytiladiki, u element qayta ishlash va boytitish jarayonlarida kerak bo'lsin va xalq xo'jaligida ham foydali bo'lsin.
Foydali qo'shimcha deb foydali qazilmalar tarkibida ozroq miqdorda uchraydigan alohida kimyoviy element yoki tabiiy birikmaga aytilib, ular asosiy qimmatbaho komponent bilan birga ajratib olinadi va asosiy komponentni boyitadigan qo'shimcha hisoblanadi.
Yo'ldosh komponent deb foydali qazilmalar tarkibida oz miqdorda uchraydigan alohida qimmatbaho kimyoviy element yoki minerall bo'lib, foydali qazilmalarni boyitilganda bir yo'la mustaqil ajralishi va boyitilishiga aytiladi.
Zararli qo'shimcha – alohida kimyoviy element yoki tabiiy birikmalar bo'lib, foydali qazilmalar tarkibidagi asosiy qimmatbaho komponentlarni sifatiga salbiy ta'sir qiladi.
Chiqindi deb mahsulotlar tarkibidan foydali komponentlar va boyitmalarni ajratib olgandan keyin qoladigan keraksiz mahsulotga aytiladi.6 3. Ruda – minerallardan tashkil topgan bo’lib, tarkibida har xil minerallar, ma'danlar yoki birikmalari bo'lgan tog jinsi.
Foydali qazilmalar albatta qazilib olinib boyitish fabrikalari yoki gidrometallurgiya zavodlariga boyitish, ya'ni, tarkibidagi bizga kerak bo’ladigan mahsulotni, qimmatbaho komponentni ajratib olish uchun tashib boriladi. Demak, foydali qazilmalar boyitish jarayonlari ketma-ketlikda quyidagi 3 ta asosiy katta qismga bo’linadi:
1) tayyorlash jarayonlari.
2) asosiy (boyitish) jarayonlar.
3) yordamchi jarayonlar .
Bu uchta jarayonlarni birgalikda boyitish texnologiyasi deb ayta olishimiz mumkin. 1Tayyorlash jarayonlarini o’rganishdan maksad minerall zarrachalarining yuza qismini qoplab turuvchi puch tog jinslaridan ochib berish va dastlabki xom ashyoni boyitishga tayyorlashdan iborat. Bu jarayonlar har-xil prnitsipda ishlaydigan q’alvirlarda, maydalagichlar va tegirmonlarda amalga oshiriladi. Boyitishning asosiy jarayonlarda deganda esa boyitishga tayyor bo'lgan xomashyo zarrachalarini har xil usullar yordamida ularning tarkibi, fizik–kimyoviy xossalariga qarab boyitib ajratib olish tushuniladi.
Tayyorlash jarayonlar ham o'z navbatida quyidagilarga bo'linadi:
1) maydalash.
2) g’alvirlash.
3) yanchish
4) klassifikatsiya, sinflarga ajratish – tasniflash.

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling