Tanishtiruv amaliyoti hisoboti
Download 1.41 Mb.
|
Alimova Mahliyo hisobot (5)
3.Yordamchi jarayonlar quyidagilarni tashkil etadi: 1) suvsizlantirish; 2) quyiltirish; 3) filtrlash (olingan boyitmalarni); 4) quritish (olingan boyitmalarni); 5) changsizlantirish; 6) sexlarni shamollatish. Suvsizlantirish usulini tanlash qattiq mahsulotning zichligi va o’lchamiga, boshlang’ich mahsulot tarkibidagi suvning miqdoriga va suvsizlantirilgan mahsulotning namlik miqdoriga qo’yilgan talablarga bog’liq. Suvsizlantirish jarayoni mexanik va termik usullarda amalga oshiriladi. Mexanik usulga quyidagilar kiradi: drenajlash, quyultirish, filtrlash va sentrifugalash. Termik usulga quritish kiradi. Drenajlash - bu og’irlik kuchi ta'sirida zarachalar oralig’idan suvni tabiiy holda sizib chiqishiga asoslangan qattiq va suyuq fazani ajratish jarayonidir. Drenajlash jarayoni o’lchami 1,0-0,5 mm dan katta bo’lgan mahsulotlarni suvsizlantirishda qo’llaniladi. Bunday mahsulotlarga yirik o’lchamdagi magnetit boyitmalari, oraliq mahsulotlar va boshqar misol bo’ladi. Drenajlash jarayoni mahsulotlar tarkibidan suvni yo’qotish uchun suvsizlantirishning dastlabki bosqichi bo’lib xizmat qilishi mumkin. Quyiltirish - bu qattiq va suyuq fazani ularni zichligining farqiga asoslangan holda ajratish jarayonidir. Quyiltirish jarayoni o’lchami 1,0 mm dan kichik bo’lgan mahsulotlarni suvsizlantirishda qullaniladi va gravitatsiya yoki markazdan qochma maydonda amalga oshiriladi. Filtrlash - bu qattiq va suyuq fazani hosil qilinadigan bosim farqi hisobiga govak to’sinq orqali ajratish jarayonidir. Filtrlash jarayoni o’lchami 0,5-0,1 mm dan kichik bo’lgan mahsulotlarni suvsizlantirishda qullaniladi. O’lchami 50 mkm dan kichik bo’lgan mahsulotlarni suvsizlantirish uchun bosim ostida filtrlash, 50 mkm dan katta o’lchamdagi zarralar uchun esa vakuum ostida ishlaydigan filtrlash qo’llaniladi. Sentrifugalash - bu qattiq va suyuq fazani aylanayotgan rotorda markazdan qochma kuch ta'sirida ajratish jarayonidir. Sentrifugalash – o’lchami 15 mm dan kichik o’lchamdagi mahsulotlarni suvsizlantirish uchun qo’llaniladi. Mahsulotni yanchish uchun esa zarrachalarni markazdan qochma kuch ta'sirida cho’ktirish qullaniladi. Quritish - bu qattiq va suyuq fazani issiqlik (harorati) ta'sirida parlantirish natijasida ajratish jarayonidir. Issiqlik ta'sirida quritish jarayoniga o’lchami 0,1 mm dan kichik bo’lgan mayin yanchilgan flotatsiya boyitmalari va har xil o’lchamdagi foydali qazilmalar boyitishdan avval yuborilishi mamkin. Quritish suvsizlantirishning eng ko’p energiya sarf qilinadigan usuli hisoblanadi. Shuning uchun uning qo’llanilishi texnika-iqtisodiy asoslangan bo'lishi kerak.
Yordamchi jarayonlar deganda asosiy boyitish jarayonlarining samaradorligini oshiradigan va qayta ishlash natijasida mahsulotning samaradorligini oshiruvchi jarayonlar tushuniladi. Bunda changsizlantirish, sexlarni shamollatish, loyqasizlantirish, suvsizlantirish, quyiltirish, filtrlash, quritish bosqichlari tushuniladi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling