Tanlangan sport turi nazariyasi va uslubiyati (kurash) reja


Texnik usullarning terminlari


Download 1.31 Mb.
bet4/6
Sana23.04.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1386930
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurash sport turi nazariyasi va uslubiyati

Texnik usullarning terminlari
To’ntarish — parter holatidagi texnik usul hisoblanib, ularni amalga oshirish natijasida kurashchi raqibni gilamdan ko‘tarmasdan xavfli holatga tushiradigan texnik usul.
Qayirib - texnik usul bo‘lib, raqibning umirtqa o’qi atrofida burish va gilamga orqasi bilan o‘girishga yordam beradi.
Avlana vugurib - texnik usul bo‘lib, uning natijasida kurashchi raqib boshi atrofida navbatma-navbat qadam tashlab harakatlanib uni gilamga orqasi bilan o‘giradi.
O’tish bilan — texnik usul bo‘lib, uning natijasida kurashchi raqibni qo‘lini kalitsimon ushlab, uning ustidan harakatlanib, gilamga orqasi bilan o‘giradi. Aylantirib - texnik usul bo‘lib, uni bajarish paytida kurashchi, raqibni belidan yoki bel va qo‘lidan ushlab “ko’prik” holatiga o’tib, uni o‘zining ustidan, oldidan oshirib, o‘z boshi tomonga o’giradi.
Ko'krakdan oshirib - texnik usul bo’lib, uning natijasida kurashchi, “ko‘prik” holatiga turib, raqibni gilamga orqasi bilan o‘giradi.
Ag‘darib - texnik usul bo‘lib, uning natijasida kurashchi raqibni oldinga boshdan oshirib gilamga orqasi bilan o‘giradi.
Og'riq beruvchi usul
Og’rq beruvchi usul - qo‘l yoki oyoq bo‘g‘inini bukilishiga teskari tortib hamda raqibga og’riq berib bajariladigan texnik usul.
Bug'ish usullari - raqib bo'ynidagi arteriya qon tomir yo‘lini har xil ushlab bug‘ish texnik usullari.
Ta’slim bo’lish ishorasi — og‘riq beruvchi va bugcish usullari ta’sirida raqibga yoki gilamga qo‘l bilan urib taslim bo‘lganligi haqida ishora ko‘rsatish, ayrim holatlarda ovoz chiqarib ham taslim bo‘lish mumkin.
O’tkazishlar.
O’tkazish — tik turgan holatdagi usul hisoblanib, hujumni amalga oshiruvchi raqibni tik turgan holatdan parter holatiga tushirishdir.
Qo’lidan tortib - texnik usul hisoblanib, uning ta’sirida kurashchi raqibni asosan tortib parter holatiga o‘tkazadi.
Oo‘l ostidan sho’ng’ib - texnik usul hisoblanib, uning ta’sirida kurashchi raqibni asosan qo‘l ostidan sho‘ngib parter holatiga o‘tkazadi.
Qo‘lini bo‘vinga o‘rab — texnik usul hisoblanib, uning ta’sirida kurashchi raqibning qo‘lini bo‘yinga o‘rab parter holatiga o‘tkazadi.
Oldinga chiqib o'tirish bilan - texnik usul hisoblanadi va qarshi usul sifatida ham qo’lanilishi mumkin, ya’ni parter holatidagi kurashchi oldinga surilib va raqibga nisbatan burilib hamda shu paytning o‘zida yonboshga o’tirib parter holatiga o‘tkazadi.
Yiqitishlar
Yiqitish - tik turgan holatdagi texnik usul hisoblanib, kurashchi raqib tanasini gilamdan ko‘tarmasdan xavfli holatga olib keladigan texnik usul.
Zarb bilan - texnik usul hisoblanib, uning natijasida kurashchi gavdasi va qoilari bilan raqibni turtadi.
Qavirib - texnik usul hisoblanib, uning natijasida raqib o‘z bo‘yi o’qi atrofida buriladi.
Tashlashlar
Tashlashlar - tik turgan va parter holatidagi texnik usullar hisoblanib, raqibni gilamdan ko‘tarib xavfli holatga olib keladigan texnik usul.

Bo’yinga o’rab — tik turgan holatidagi texnik usul hisoblanib, bunda kurashchi raqibning qo‘lini yoki kiyimining ma’Ium bir qismini ofiz bo‘yniga o‘rash bilan bajaradi.
Elkalardan oshirib - tik turgan holatidagi texnik usul hisoblanib, bunda kurashchi har xil ushlash bilan raqibni elkalardan oshirib tashlash.
Beldan oshirib - tik turgan va parter holatidagi texnik usul bo’lib, bunda kurashchi har xil ushlash bilan raqibga orqasi bilan burilish va keyin oldinga egilib yoki oldinga yiqilish hisobiga harakatni bajaradi.
Oldidan chalib - tik turgan holatidagi texnik usul bo‘lib, bunda kurashchi har xil ushlash bilan raqib oyog‘ining oldidan chalib tashlash hisobiga harakatni bajaradi.
Orqadan chalib - tik turgan holatidagi texnik usul bo‘lib, bunda kurashchi har xil ushlash bilan raqib oyog‘ining orqasidan chalib tashlash hisobiga harakatni bajaradi.
Ilib - tik turgan holatidagi texnik usul bo‘lib, bunda kurashchi har xil ushlash bilan raqib oyoqlarining orasidan oyoq bilan ilib tashlash hisobiga harakatni bajaradi
To’sib — tik turgan holatidagi texnik usul bo‘lib, bunda kurashchi har xil ushlash bilan raqib oyog‘ining yonidan oyoq bilan to‘sib tashlash hisobiga harakatni bajaradi
Egilib — tik turgan va parter holatidagi texnik usul bo‘lib, uning natijasida raqibni gilamdan ko‘tarib, vertikal holatdan gorizontal holatga o‘tkazadi.
Ko‘krakdan oshirib - tik turgan va parter holatidagi texnik usul bo‘lib, bunda kurashchi gavdasini orqaga egib, keyin orqaga yiqiladi.



Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling