Taqdimot dasturlari bilan ishlash Reja: Taqdimotlar uchun dasturiy ta’minot
Download 24.56 Kb.
|
12-Mavzu Power Point dasturida ishlash. Reja Taqdimotlar uchun
- Bu sahifa navigatsiya:
- Slayd
- Ko`rgazmani tashkil qilish
- Microsoft Power Point dasturining menyusi.
- MS Power Point dasturini ishga tushirish va uning tezkor tugmalari.
- Bu dastur oynasi
- Boshqa ko’rgazma uchun slaydlardan nusxa olish.
- P ower Point dan chiqish
Taqdimot dasturlari bilan ishlash Reja: Taqdimotlar uchun dasturiy ta’minot. Slayd-shou, multimedia texnologiyasi bilan ishlash. Ms Power Point dasturi haqida umumiy tushinchalar PowerPoint dasturi MICROSOFT firmasining WINDOWS qobig`i ostida yaratilgan bo`lib, ushbu dastur prеzеntatsiyalar (taqdimot qilish, ya`ni tanishtirish) bilan ishlash uchun eng qulay bo`lgan dasturiy vositalardan biridir. Bu dastur orqali barcha ko`rgazmali qurollarni yaratish va ba`zi joylarda esa ma`lumotlar bazasi sifatida ham qo`llash mumkin. Ayrim hollarda bu dasturdan multimеdia vositalarini boshqarish va ularni qo`llab, namoyish etuvchi qurilmalarga yuborish vazifalarini ham bajarish mumkin. Prezentatsiyalarni barpo etish va o’tkazish ishlarini soddalashtirishga yordam beradigan dastur mahsuloti vakillaridan biri bu Microsoft Power Point dasturidir. Prezentatsiya - bu slaydlar va maxsus effektlar to’plami bulib, ularni ekranda ko’rsatish, tarqatiladigan material, ma’ruza rejasi va konspekt shaklida bitta faylda saqlanadi, Prezentatsiya (taqdimot) - yaratilayotgan slaydlar turkumi va uni namoyish etish uchun beriladigan fayl nomi. Slayd - bu prezentatsiyani alohida kadiri bulib, matnni, sarlavhalarini grafik va diagrammalarni o’z ichiga oladi. Slayd - ma`lum bir o’lchamga ega bo`lgan muloqot varaqlari hisoblanadi. Unda biror maqsad bilan yaratilayotgan namoyish elеmеntlari joylanadi. Slaydlar kеtma-kеtligidan iborat tayyor ko`rgazmani kompyutеr ekranida, vidеomonitorda, katta ekranda namoyish qilish mumkin. Ko`rgazmani tashkil qilish - slaydlar kеtma-kеtligini loyihalash va jihozlash dеmakdir. Microsoft Power Point dasturi ishga tushirilganda dasturning interfeysi va Power Point muloqot oynasi ochiladi. Word, Excel dasturlari interfeysi kabi Power Point interfeysi ham sarlavhalar satri, menyular satri, uskunalar paneli va ishchi maydoniga ega. Menyular satri slaydlarni ko’rsatish (Pokaz slaydov) bo’limi bilan farqlanadi. Power Point dasturi interfeysining boshqa dasturlar interfeysidan yana bir farqi Power Point muloqot oynasining mavjudligidir. Muloqot oynasida taqdimot ishlarida yordam beradigan maslahatlar berilgan. Microsoft Power Point dasturining menyusi. Power Point taqdimotlar muxarririning menyusi oynani yuqori qismida joylashgan bo’lib u 8 bo’limdan iborat: Fayl, Pravka, Vid, Vstavka, Format, Servis, Tablitsa va Okno. Bu bulimlar yordamida biz taqdimot, slayd va ularda joylashgan xar xil matn, rasm hamda boshqa istalgan ob’ektlar ustidan xar xil amallarni bajarishimiz mumkin. MS Power Point dasturini ishga tushirish va uning tezkor tugmalari. Bu dasturni ishga tushirishni WINDOWS ish stolidan boshlash zarur. Ish stolidagi quyidagi buyruqlarni bajarish orqali dastur ishga tushiriladi. Microsoft Power Point dasturini ishga tushirish uchun Windowsning "Пуск" tugmasi bosiladi, menyuning "Программы" bandidan Microsoft Power Point nomli qismi ishga tushiriladi. Power Point dasturining umumiy ko’rinishi: 1. Sarlavhalar qatori. 2. Gorizontal menyu. 3. Uskunalar paneli («standart», «formatlash» va rasmlar bilan ishlash), 4. Rejim tugmachalari(slaydlar rejimi, strukturalar rejimi, saralash rejimi, namoyishlar rejimi) 5. Ishchi maydonni o’z ichiga oladi. Taqdimotni tahrirlaganimizda va u bilan ishlashni boshlaganimizda dastur oynasi quyidagi ko’rinishda bo’ladi: Bu dastur oynasi Microsoft Power Point 2010 dasturi oynasi bo’lib u oldingi versiyalariga qaraganda ko’plab qulayliklarga ega. Slaydda rasmlar joylashtirish Power Point ning o’zida bo’lgan rasmlar to’plamidan biror rasmni joylashtirish «Стандартная» panеlidan, «Добавит картинку » tugmasini bosib, kеrakli rasmni tanlash yo’li bilan amalga oshiriladi. Bu oynadan kеrakli rasmni tanlab «Вставить» tugmasi bosilsa tanlangan rasm slaydda joylashadi. Agar o’zimiz hosil qilgan yoki biror faylda joylashgan rasmni slaydda joylashtirmoqchi bo’lsak, mеnyuning «Вставка» bandidan «Рисунок» - «Из файла…» bandini tanlab, kеrakli fayl tanlanadi va «Добавить» tugmasi bosilib, tanlangan rasm slaydda joylashtiriladi. Boshqa ko’rgazma uchun slaydlardan nusxa olish. 1. Boshqa ko’rgazmaga nusxasi o’tkaziladigan slaydlardan oldin turuvchi slaydni belgilang. 2. «Vstavka» menyusidagi «Slaydi iz faylov» («fayllardan slaydlar») buyrug’ini tanlang. 3. Nusxasi o’tkaziladigan slaydlar turgan ko’rgazmani toping va uni belgilang. 4. Nusxasi o’tkaziladigan slaydlarni belgilang va «Vstavit» («Kiritilsin») tugmachasini bosing. Slaydlarni o’chirish. 1. O’chirilishi kerak bo’lgan slaydlarni belgilang. 2. «Pravka» menyusidagi «Udalit slayd» («Slayd o’chirilsin») buyrug’ini tanlang. P ower Point dan chiqish «Fayl» menyusidan «Vixod» («Chiqish») buyrug’ini tanlang. MS PowerPoint ning yuqorida ko’rsatilgan imkoniyatlarini qo’llab, quyidagi namunaviy laboratoriya ishining bajarilishini ko’rib chiqamiz. Download 24.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling