Taqdimot fan o’qituvchisi


Journal of Vertebrate Paleontology


Download 0.81 Mb.
bet2/2
Sana16.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1502559
1   2
Bog'liq
axrorova gulshoda

Journal of Vertebrate Paleontology jurnalidagi maqolada ta’kidlanganidek, ehtimol, uchuvchi-reptiliyalarning paydo boʻlishiga Perm davrining boshida yanada zichroq boʻlgan oʻrmonlar tuzilishidagi oʻzgarishlar yordam bergan.
Zamonaviy reptiliyalar orasida chinakam uchuvchi turlar yoʻq. Biroq uchuvchi ajdaho agamalari (Draco), kaltakesak va gekkonlarning ayrim turlari, shuningdek, bezatilgan daraxt ilonlari (Chrysopelea) sakrab uchishni oʻzlashtirishga muvaffaq boʻldi. Daraxtdan daraxtga uchib oʻtish qobiliyati ularga yirtqichlardan qochish va oʻrmon boʻylab tez harakat qilish imkonini beradi.
Oʻtmishda uchuvchi-reptiliyalar mavjud boʻlgan. Ulardan birinchisi 252—258 million yil avval Perm davrining oxirida, hozirgi Madagaskar, Buyuk Britaniya, Germaniya va Rossiya hududida yashagan Weigeltisauridae oilasining ilk diapsidlari (taxminan 300 million yil muqaddam soʻnggi shakllangan va hozirgi kungacha yashab kelayotgan reptiliyalar guruhi) boʻlgan deb taxmin qilinadi. Zamonaviy ajdaholar singari ular tananing yon tomonida joylashgan va soxta qovurgʻalar ustiga choʻzilgan teri membranalari yordamida uchgan va qoʻngandan keyin parvoz membranasi taxlangan. Parijdagi Milliy tabiiy tarix muzeyi xodimi Valentin Buffa boshchiligidagi paleontologlar jamoasi Weigeltisauridae guruhining eng mashhur vakillaridan biri, deyarli yuz yil oldin Madagaskarning Perm davri konlari qoldiqlaridan topilgan va tasvirlangan selurozavravusni (Coelurosauravus elivensis) batafsil oʻrganishga qaror qildi.
Mualliflar uchta maʼlum boʻlgan selurozavravus namunalarini tahlil qildi. Bu esa sudraluvchining skeletini deyarli toʻliq tiklashga imkon berdi. Bundan tashqari, ular C.elivensis anatomiyasini boshqa veygeltizavridlar bilan solishtirdi.
Tadqiqot shuni koʻrsatdiki, selurozavravuslar uncha katta boʻlmagan, kichik sudraluvchilar boʻlib, ularning tana uzunligi burun uchidan orqa peshobgacha 180 millimetrga va burun uchidan dum uchigacha 320 millimetrga yetgan. Teri membranalarining kengligi 350 millimetrni tashkil etgan. Selurozavravuslarning old va orqa oyoqlari uzun va ingichka, qoʻli, oyog‘i kattaroq boʻlgan. Buffa va uning hamkasblari selurozavravuslarning uchish membranasi qoplangan, soxta qovurgʻalariga alohida eʼtibor berdi. Oldingi taxminlardan farqli oʻlaroq, bu tuzilmalar haqiqiy qovurgʻalar emas ekan. Yolgʻon qovurgʻalarning aniq shakllanish davrini aniqlashning imkoni boʻlmadi, gastraliya gomologlaridir
С.elivensis skeletining toʻliq qayta tiklanishi tufayli tadqiqotchilar ushbu sudraluvchi va uning qarindoshlari turmush tarzi haqida koʻproq maʼlumotga ega boʻldi. Qoʻl-oyoqlar tuzilishiga, dorsoventral yoʻnalishda siqilgan tanasiga va uchish organlari mavjudligiga koʻra, veygeltizavridlar faqat daraxtda yashovchilar boʻlgan. Ular, ehtimol, daraxtdan daraxtga qobiqqa yopishgan tirnoqlari yordamida koʻchib yurgan. Selurozavravusning uchish membranalari tortishish markazidan pastroqqa biriktirilgani tufayli sudraluvchilar parvozi yanada qulay boʻlgan. Boshqa hollarda bunday biriktirma kamroq barqarorlikka sabab boʻlishi mumkin, ammo C.elivensis parvoz membranasining muhim oraligʻi tufayli bu kamchilikni qoplab olgan. Koʻrinishidan bu sudraluvchilar barqaror va manyovrli parvoz tufayli daraxtlar orasidagi sezilarli masofani bosib oʻtishi mumkin boʻlgan. Shu bilan birga, ularning dumi barqarorlashtiruvchi vazifasini oʻtab bergan. 
Qoʻl-oyoqlar tuzilishi, xususan, old oyoqning beshinchi barmogʻida qoʻshimcha toʻrtinchi falanganing paydo boʻlishi selurozavravuslarga xuddi uchuvchi ajdarlar kabi, old panjalari bilan oʻzining uchish membranasi oldingi chetiga yetib borish va uni toʻgʻrilab olish, shuningdek, parvoz paytida boshqarish imkonini bergan.
Buffa va uning hammualliflari birinchi uchuvchi-reptiliyalarning paydo boʻlishini oʻrmon ekotizimlari tuzilishidagi oʻzgarishlar bilan bogʻlaydi. Soʻnggi Karbon davrida oʻrmonlar siyrak boʻlib, daraxtlarning uchi bir-birining ustiga zoʻrga tegib turgan. Bunday sharoitda uchish yordamida bir daraxtdan ikkinchisiga sakrab oʻtish mumkin emas edi, bu esa uchuvchi hayvonlar rivojlanishini toʻxtatib qoʻygan. Biroq erta Perm davrida oʻrmonlar zichlasha boshladi. Daraxtlar orasidagi masofa qisqardi, shuning uchun parvoz vositasida ular orasida harakat qilish mumkin boʻldi. 
Reptiliyalar amfibiyalarga qaraganda ancha xilma-xil sharoitda yashaydi. Bu xolat reptiliyalarning muayyan sharoyatga birinchi galda kuruqlikka moslanishiga bog’liq. Muxim moslanishlardan biri bu reptiliyalarning yer muxitining quruqligiga voyaga yetganlari ham (ayniqsa muhim bo’lgan), embrional rivojlanayotganlari ham bardosh berishidir. Katta yoshdagi hayvonlarda bu epidermisning shox modda bilan qoplanishiga bog’liq. Embrional moslanishlar to’g’risida urchish xaqidagi qismda bayon etiladi. Quruqlikda yashash va urchish reptiliyalar faqat issiq va nam iqlimda emas, balki quruq va issiq iqlimda ham yashashiga imkon berdi. Natijada, reptiliyalarning umumiy geografik tarqalish doirasi amfibiyalarnikiga qaraganda juda keng. Ular Arktika va Antarktikadan tashqari, yer sharining barcha iqlim zonalarida tarqalgan. Reptiliyalar tana temperaturasining turg’un bo’lmasligi tufayli ular faqat nisbatan yuqori harorat muxitida yashaydi 
Masalan, ilonlar +10°С da kam xarakatchan, +6 ... + 8°С da esa xarakatchan, -2, -3°С da karaxt bo’ladi. Tanasi -4 ...-6°С gacha sovisa nobud bo’ladi. Yuqorida aytilgan sabablarga ko’ra, reptiliyalar tropik zonalarda keng tarqalgan bo’lib, qutbga tomon son jixatdan kamayib boradi. Masalan, Indoneziya orollarida 150-200, O’rta Xitoyda atiga 30 turi yashaydi. O’rta Osiyoda 50, Kavkazda 68, G’arbiy Yevropada 12 turi yashaydi; to Shimoliy qutb doirasigacha faqat ikki turi uchraydi.Tog’li mamlakatlarda dengiz sathidan ko’tarila borgan sari reptiliyalar soni xuddi shunday sezilarli kamaya boradi. Reptiliyalarning eng yuqori tarqalish chegarasi Markaziy Osiyoda dengiz satxidan 5000 m balanddadir. Janubiy Amerika Kordileralarida kaltakesaklarning bir turi dengiz sathidan 4900 m balandlikda ham uchraydi. Shu bilan bir qatorda juda yuqori temperatura reptiliyalar uchun xavflidir. Yashirinish iloji bo’lmaganda, +55° С da qum kaltakesaklar 1,5-4 minutda nobud bo’ladi.
Kaltakesaklar isib ketishdan qochib, uyalarga yashirinadi (agamalar) yoki daraxt shoxlariga chiqib oladi. D.N.Qashqarov O’rta Osiyoning qumli cho’llarida yozda tush vaqtida xarorat yerdan 2 m balandlikda (daraxtlar shoxida) yerda soya joydagiga qaraganda 10°S, serquyosh joydagiga qaraganda 28°С past bo’lishini aniqlagan. Reptiliyalarda ma’lum darajada fizik termoregulyatsiya qilish qobiliyati bor, deb faraz qilish mumkin. Masalan, tirik tug’uvchi kaltakesakda tashqi muhit harorati + 16 dan +42°С gacha ko’tarilishida nafas olish tezligi bir minutda 31 dan 114 martagacha oshadi. Bu holatni tanadan ortiqcha issiqlikni chiqaruvchi xansirash deb atasa bo’ladi. Bundan tashqari, Amerika stsinklari va iguanlarda teri orqali suv bug’latish katta termoregulyatsiya axamiyatga ega ekanligini ko’rsatish mumkin. Bir soatda bunday yo’l bilan terining 1 sm2 yuzasidan millilitr bilan hisoblaganda u 0,1 dan 0,3 gacha teng. Butun teri orqali organizmning suv bug’latishi 66-76% ni tashkil etadi.
Yuqori harorat reptiliyalarga bilvosita salbiy ta’sir ham qiladi. O’simliklarni qurishi cho’l toshbaqalarining uyquga kirishiga sabab bo’ladi. Tropikda haroratni baland bo’lishi, suv havzalarining qurish natijasida timsohlar, ba’zi bir toshbaqalar va ilonlar uyquga kiradi.
Suvda yoki tuproqda tuzlar bo’lishi reptiliyalar yashashiga xalaqit bermaydi. Kaltakesaklar bilan ilonlarning aksariyat turlari amfibiyalar yashay olmaydigan sho’r tuproqlarda yashaydi. Ilonlar, toshbaqalar uzoq muddat ichida dengiz va ko’llarning sho’r suvida yashaydi. Sudralib yuruvchilarning umumiy ekologik tarqalish areali nihoyatda keng. Ular orasida yer ustida, yarim suv va suv sharoitida, yer ostida daraxtlarda yashovchi turlari bor. Hozirgi reptiliyalar faqat havoda yo’q. Hozirgi zamonda yashovchi reptiliyalar hayot formalarining bunchalik ko’p bo’lishi qadimiy reptiliyalarni turli-tuman sharoitda yashaganligiga bog’liq.
Turlarning aksariyati yer ustida yashaydi. Ular yer ustidagi turli-tuman sharoitda yashaganligi uchun xatti-harakati ham har xil. Ular qum, tuproq, toshli cho’llarda, qalin o’tzorlarda, o’rmon va botkoqlarda uchraydi. Shu bilan bir qatorda, ular ochiq serquyosh, harakatlanishga halal bermaydigan joylarni yoqtiradi.
Reptiliyalarning harakat shakllari juda xilma-xil. Faqat ulardan ayrimlarini «Sudralib yuruvchilar», ya’ni tanasini yerda sudrab yuruvchilar, deb atash mumkin. Timsohlar, echkemarlar va ko’pgina kaltakesaklar tanasini baland ko’tarib chopib yuradi. Ba’zi bir kuruqlikda yashovchi toshbaqalar ham tanasini yerda sudramaydi. Katta masofani faqat orqa oyoqlarida chopib o’tuvchi turlar ham bor. Masalan, ba’zi agamalar, iguanalar va, ayniqsa, avstraliya qalqonli kaltakesagi shulardandir. Mezozoyda yashagan guruhlar orasida bunday reptiliyalar ayniqsa ko’p bo’lgan. Cho’l reptiliyalarining tanasini ko’tarib chopishi moslanish xususiyatiga ega.
Reptiliyalar juda turli-tuman oziq bilan oziqlanadi. Ularning ozig’i yer yuzida va suvda yashaydigan mayda hayvonlar bilan bir qatorda yirik sut emizuvchilardan iborat. Ayrim turlari o’simliklar bilan oziqlansa ham, lekin ko’pchiligi asosan xayvonlar bilan oziqlanadi. Masalan, kaltakesaklar ko’pincha yer yuzidagi hasharotlar, chuvalchanglar, mollyuskalarni ovlaydi. Bularning ba’zilari (agamalar, iguanlar) ishtaha bilan o’simliklarni ham yeydi. Dengiz toshbaqalari va dengiz ilonlari odatda baliqlar bilan oziqlanadi. Suvilonlarning asosiy ozig’i baqa. Ba’zi bir dengiz ilonlari, masalan, pelamidalar asosan boshoyoqli mollyuskalar bilan oziqlanadi. Yirik kaltakesaklar, masalan, echkemarlar, ilonlar mayda kemiruvchilarni, qushlarni va sudralib yuruvchilarni ovlaydi. Timsoxlar va yirik ilonlar faqat mayda hayvonlarni emas, balki yirik hayvonlarni, bug’ularni ham ovlaydi. Timsoxlar odamga hujum qilganligi xam ma’lum.
Deyarli barcha reptiliyalar oziqni chaynamay butun yutadi. Faqat timsoxlar va toshbaqalar oziqni burdalab yeydi. Bularda haqiqiy ikkilamchi tanglay bo’lganligi tufayli, ular nafas olishga xalal bermay, oziqni, og’zida saqlay oladi. Ko’pchilik reptiliyalar o’ljasini jonsizlantirmay yeyaberadi. Faqat zaxarli va bo’g’ma ilonlar oldin nobud qilib, keyin yutadi.
Urchishi. Reptiliyalarning urchishi amfibiyalarnikidan tubdan farq qiladi va yer ustida yashashga imkon beruvchi moslanishlarga ega. Urug’lanish hamma vaqt ichki va erkaklarida qo’shilish organlari bor. Tuxumi suvda emas, balki quruqlikdagi turli sharoitda rivojlanadi. Rivojlanishi o’zgarishsiz boradi. Amfibiyalardan farq qilib, bularda lichinka davri bo’lmaydi va tuxumdan chiqqan yoshlari ota-onasi yashayotgan sharoitda yashaydi.
Timsohlar va toshbaqalarda, bundan tashqari, embrional rivojlanishni ta’minlovchi suv zapasi bo’lgan oqsil qobiq bor.

Etiboringiz uchun raxmat!


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling