Taqdimot ishi Buxoro Davlat Universiteti


Download 0.79 Mb.
bet8/10
Sana24.12.2022
Hajmi0.79 Mb.
#1061669
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-1 Mullaqulova Marhabo

Genetik tadqiqotlar natijasida qator irsiyat qonunlari kashf etildi. Mendel tadqiqotlaridan kelib chiqadigan irsiyat qonunlari quyidagilardan iborat: organizm belgi va xususiyatlarining irsiy asosini genlar tashkil etadi; irsiyat birligi boʻlgan genlar nisbatan turgʻundir; har bir gen har xil allel (dominant va retsessiv) xrlatda boʻladi; tana hujayralarida genlar jinsiy hujayradagiga nisbatan ikki hissa koʻp.

Amerikalik T. Morgan tadqiqotlari negizida quyidagi irsiyat prinsiplari aniqlandi: gen xromosomaning lokus deb nomlangan maʼlum bir qismida oʻrnashgan; allel genlar gomologik xromosomalarning aynan oʻxshash lokuslarida oʻrin oladi; genlar xromosomalarda muayyan tartibda bir qator boʻlib joylashgan; jinsiy hujayralarda xromosomalar soni tana xujayralariga nisbatan ikki hissa kam (gaploid) boʻladi.

Zigotada genlar jinsiy hujayralarning xromosomalari qoʻshilishi ham ikki baravar ortadi va somatik hujayralarda boʻlganidek diploid holatga oʻtadi. Irsiyat prinsiplari negizida genlarning molekulyar genetik strukturasi va funksiyasi haqidagi taʼlimot yotadi. Irsiayt qonuniyatlarini oʻrganish q. x. amaliyotida va tibbiyotda muhim ahamiyatga ega.

Irsiyatning xromosoma nazariyasi — irsiy omillarning xujayra xromosomalarida joylashishi haqidagi taʼlimot. Bu taʼlimotga koʻra, organizm belgi va xususiyatlarining nasldan naslga oʻtishi xromosomalar bilan bogʻliq. Irsiyat xromossoma nazariyasini dastlab nemis sitolog olimi T. Boveri (1902—07) va amerikalik olim U. Setton (1902—03) asoslab bergan. Keyinchalik 20-asr boshlarida bu nazariya amerikalik genetik T. X. Morgan va uning xodimlari tomonidan batafsil ishlab chiqilgan. Hayvonlar jinsini aniqlashning genetik mexanizmini oʻrganish orqali jinsning jinsiy xromosomalarning naslda taqsimlanishi bilan bogʻliqligining aniqlanishi irsiyat xromossoma nazariyani isbotladi. Amerika genetigi K. Brijes (1913) tomonidan urgʻochi drofozilada meyoz jarayonida xromosomalarning ajralib ketmasligining kashf etilishi va jinsiy xromosomalar taqsimlanishining buzilishi birikkan irsiy belgilarning oʻzgarishi bilan bogʻliqligining aniqlanishi irsiyatni xromossoma nazariyasini uzil-kesil tasdiqladi.


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling