Taqdimot ishi Xushvaqtova Nafosat
Download 69.76 Kb.
|
portal.guldu.uz-коллоид системаларнинг олиниш усуллари
4. Elektr toki yordamida changlatib dispergirlash usuli animatsiyasini ko`rsatish 5. Fizikaviy kondensirlash. Fizikaviy kondensirlash usullaridan biri dispersion muhitga qattiq jism bug`ini yuborish usulidir. Bu usul bilan simob, oltingugurt, fosfor zollari olinadi. Rus olimlari A. I. Shalnikov va S. Z. Roginskiy modda bug`ini qattiq sovutilgan sirtda kondensatlab kolloid eritmalar hosil qilish usulini ishlab chiqdilar. Asbobning (3) qismiga bug`lanuvchi modda (masalan, Na), (1) qismiga dispersion muhit (masalan, benzol) va (4) qismiga suyuq havo quyiladi (3-rasm). Asbobning (3) va (1) qismi qizdirilganda natriy va benzol bug`lanib, suyuq havo solingan (4) idish sirtida kondensatlanadi. Suyuq havo olib qo`yilgach (bug`lanib bo`lgach), kondensatlanish natijasida hosil bo`lgan kolloid eritma asbobning (2) qismiga yig`iladi. Fizikaviy kondensirlash usullariga erituvchini almashtirish usuli ham kiradi. Bu usulning mohiyatini quyidagi misolda ko`rsatib o`tamiz. Ma`lumki, ba`zi organik kislotalar etil spirtda yaxshi, lekin suvda yomon eriydi. Bunday kislotalarning suvdagi eritmalarini hosil qilish uchun, avval, kislota spirtda eritiladi, so`ngra hosil bo`lgan eritmaga asta-sekin suv qo`shib suyultiriladi. Suv spirt bilan har qanday nisbatda aralasha olganligidan, spirtda erigan organik kislota suvga o`tgach uning suvdagi kolloid eritmasi hosil bo`ladi. Shu yo`l bilan, masalan, oltingugurtning spirtdagi eritmasiga suv qo`shib, oltingugurtning sut kabi oq kolloid eritmasini hosil qilish mumkin.6. Fizikaviy kondensirlash animatsiyasini ko`rsatish. 7. Kimyoviy kondensirlash va peptizatsiya usullari Kimyoviy kondensirlash kimyoviy reaksiyalar natijasida kam eruvchan cho`kmalar hosil bo`lishiga asoslangan. Ularga: oksidlanish-qaytarilish, almashinish, gidroliz va boshqa reaksiyalarga asoslangan usullar kiradi. Qaytarilish usulida chin eritmada erigan modda biror qaytaruvchi vositasida qaytariladi. Masalan, xloraurat eritmasini vodorod peroksid yoki formalin bilan qaytarish, kumush oksidni vodorod bilan qaytarish reaksiyalarini ko`rsatish mumkin. Qaytarish usuli bilan Au, Ag, Pt, Pd, Rh, Ru, Os, Hg, Bi, Te ning zollari olingan. Oksidlanish usulida molekulyar eritmadagi moddani oksidlash yo`li bilan kolloid eritma hosil qilinadi, masalan H2S ni oksidlab oltingugurt zoli hosil qilinadi. Ikki tomonlama almashinish usuli erimaydigan moddalar hosil bo`ladigan ikki tomonlama almashinish reaksiyalariga asoslanadi. Bu usul bilan, masalan, kumush xlorid gidrozoli hosil qilinadi. Gidroliz usuli bilan, ko`pincha, metall gidroksidlarining kolloid eritmalari olinadi. Buning uchun metall tuzlarini gidrolizlab kam eriydigan gidroksidlar hosil qilinadi. Suvda kam eriydigan silikatlar, volframat va boshqa kislotalarning zollari ham shu usulda olinadi.Download 69.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling