Taqdimot ishi Xushvaqtova Nafosat


Download 69.76 Kb.
bet4/4
Sana23.04.2023
Hajmi69.76 Kb.
#1385629
1   2   3   4
Bog'liq
portal.guldu.uz-коллоид системаларнинг олиниш усуллари

Kolloid eritmalarni peptizatsiya usuli bilan ham hosil qilish mumkin. Zolning koagullanish mahsulotini qaytadan kolloid eritma holatiga o`tkazish jarayoniga peptizatsiya deyiladi. Peptizatsiyani amalga oshirish uchun kolloid cho`kmasiga (koagulyantga) biror elektrolit qo`shib, erituvchi bilan aralashtiriladi. Kolloid eritma olishda ishlatiladigan elektrolit peptizator deyiladi. Peptizator sifatida elektrolitlar va ba`zi sirt faol moddalar ishlatiladi. Peptizatsiya murakkab jarayon bo`lib, u peptizatorning dispersion muhitga, cho`kma sirtiga yutilishiga, solvat qavatlar hosil bo`lishiga va boshqalarga bog`liq. A. V. Dumanskiyning fikricha peptizatsia vaqtida cho`kma bilan peptizator orasida kompleks birikmalar tipidagi bir qator oraliq mahsulotlar hosil bo`ladi, agar kolloid zarrachalar sirtiga stabilizatorning o`zi yutilib kolloid eritma hosil qilsa, bunday peptizatsiya bevosita peptizatsiya deyiladi; agar kolloid zarrachalar sirtiga stabilizatorning o`zi yutilmay, balki uning eruvchan modda bilan hosil qilgan mahsulotlari yutilsa, bilvosita peptizatsiya deyiladi.

Kolloid sistema dispers fazaning solishtirma sirti katta bo'lganligi sababli dispers, fazaning solishtirma sistemada ortiqcha erkin sirt energiya hosil bo'ladi. Shuning uchun kolloid sistemalar termodinamik jihatdan barqaror bo'lmaydi. Termodinamikaning ikkinchi qonuniga muvofiq erkin energiya minimumga intilishi kerak. Kolloid zarrachalar bilan suyuqlik chegarasi orasidagi sirt kamaygandagina kolloid sistemadagi erkin sirt energiya minimumga erisha oladi. Kolloid zarrachalarning molekulyar kuchlar ta'siri ostida o'zaro birlashib yiriklasha borish jarayoniga koagulyatsiya deyiladi.

. Yiriklanish jarayoni ba'zi kolloidlarda juda tez, ba'zilarida esa ancha uzoq davom etadi. Koagulyatsiyaga uchragan sistemada dispers faza zarrachalari (suyuqlik va qattiq jismning solishtirma og'irliklariga qarab) idish tubiga cho'kish (sedimentatsiya, yoki emulsiyalarda suyuq qavat holida ajralib qolishi (koatservatsiya) mumkin. Dispers fazaning zarrachalari og'irlik kuchi ta'siri ostida sezilarli darajada cho'kmaydigan dispers sistemalar sedimentatsion barqaror sistemalar deviladi.

Dispers sistemaning sedimentatsion barqarorligi dispers faza zarrachalarining og'irlik kuchiga (yoki markazdan qochuvchi kuchga) bardosh berish qobiliyatini ko'rsatadi. Sedimenitatsion barqarorlik diffuziyaga va broun harakatiga bog'liq bo'ladi. Sistem aning sedimentatsion barqarorligini aniqlash uchun dispers faza zarrachalarining dispersion muhitdan og'irlik kuchi (yoki markazdan qochirma kuch) ta'siri ostida ajralib chiqish shartlarini ko'rib chiqish kerak.

Etiboringiz uchun raxmat


Download 69.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling